Vatanimiz istiqloli, xalqimizning ozodligi va erkinligi, kelajak avlodlarning tinch va farovon hayotini taʼminlash yoʻlida mardona kurash olib borib aziz jonlarini fido qilgan, mustabid tuzum davrida qatagʻon qilingan ajdodlarimiz xotirasini abadiylashtirish, ularning faoliyati va merosini oʻrganish hamda targʻib etish borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, oʻtgan davrda ushbu yoʻnalishda muhim farmon va qarorlar qabul qilindi. Yurtimizda 2001-yildan buyon har yili 31-avgust — “Qatagʻon qurbonlarini yod etish kuni” sifatida keng nishonlab kelinmoqda. “Shahidlar xotirasi” yodgorlik majmuasi barpo etildi. “Shahidlar xotirasi” jamoat fondi, Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi hamda hududlardagi oliy taʼlim muassasalari qoshida uning boʻlimlari tashkil etildi.
Mahmudxoʻja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Isʼhoqxon Ibrat, Abdurauf Fitrat, Abdulhamid Choʻlpon, Abdulla Qodiriy kabi ulugʻ maʼrifatparvar ajdodlarimiz xotirasiga bagʻishlangan muhtasham haykallar, muzeylar bunyod etildi, ijod maktablari faoliyati yoʻlga qoʻyildi. Siyosiy qatagʻon yillarida nohaq qurbon boʻlgan yurtdoshlarimizning nomlarini aniqlash, ularning qoldirgan merosini oʻrganish va keng jamoatchilikka yetkazishga qaratilgan ilmiy-tadqiqot ishlari, badiiy va hujjatli asarlar yaratilmoqda.
Dunyoda global xavf-xatarlar kuchayib borayotgan hamda milliy oʻzlikni anglash va haqiqiy tariximizni tiklash har qachongidan ham muhim ahamiyat kasb etayotgan bugungi davrda mustabid tuzum tomonidan shafqatsiz qatagʻon qilingan davlat va jamoat arboblari, ilm-fan, madaniyat va sanʼat, adabiyot namoyandalarining, oddiy kasb egasi boʻlgan minglab yurtdoshlarimizning nomlari va xotiralarini abadiylashtirish, ularning jasorati va matonati misolida yosh avlodimizni Vatanimiz va xalqimizga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash dolzarb vazifa boʻlib qolmoqda.
Bu boradagi tarixiy maʼlumotlarni xolis va haqqoniy oʻrganish mamlakatimiz mustaqilligi qanday ogʻir va mashaqqatli kurashlar bilan qoʻlga kiritilganini, bugungi erkin, ozod va obod hayotimizni asrab-avaylab, qadrlab yashash kerakligini yanada chuqur anglashga xizmat qiladi.
Koʻpmillatli xalqimizning fidoyi farzandlari, maʼrifatparvar ajdodlarimiz hayoti va faoliyati bilan bogʻliq haqiqatni toʻla yuzaga chiqarish, ularga nisbatan tarixiy adolatni tiklash, bu boradagi ishlarning koʻlami va samarasini oshirish maqsadida:
1. Oʻzbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini koʻllab-quvvatlash “Nuroniy” jamgʻarmasi, Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi, “Shahidlar xotirasi” jamoat fondi, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Madaniyat vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Fanlar akademiyasi, Yozuvchilar uyushmasi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Badiiy akademiya hamda keng jamoatchilikning qatagʻon qurbonlari merosini yanada chuqur oʻrganish va ular xotirasini abadiylashtirish haqidagi takliflari qoʻllab-quvvatlansin.
2. Qatagʻon qurbonlarining merosini yanada chuqur oʻrganish, ular xotirasini abadiylashtirish ishlarini tashkil etish va muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika ishchi guruhi (keyingi oʻrinlarda — Ishchi guruh) tashkil etilsin va uning tarkibi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Quyidagilar Ishchi guruhning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda malakali olimlar va mutaxassislardan iborat tegishli guruhlarni tuzish;
qatagʻon qurbonlarini viloyat, tuman va shaharlar kesimida nomma-nom aniqlash, ularning hayoti va faoliyati, tarixiy xizmatlari haqidagi maʼlumotlarni, arxiv va muzeylarda saqlanayotgan hujjatlarni toʻplash va oʻrganish boʻyicha ushbu guruhlarning faoliyatini samarali tashkil etish;
qatagʻon qurboni boʻlgan yurtdoshlarimizning avlodlari va yaqinlari, oʻsha davr voqealarini chuqur biladigan kishilarning xotiralarini yozib olish, oilaviy arxiv va kutubxonalarda saqlanayotgan tarixiy materiallarni, noyob suratlarni toʻplash ishlarini muvofiqlashtirish;
aniqlangan qatagʻon qurbonlarining nomlarini Toshkent shahridagi “Shahidlar xotirasi” yodgorlik majmuasida barpo etiladigan ramziy kitob sahifalariga kiritish;
shahid boʻlgan yurtdoshlarimiz xotirasini kelgusi avlodlarga bezavol yetkazish maqsadida koʻp jildlik “Qatagʻon qurbonlari” kitobi nashrga tayyorlanishi va chop etilishini taʼminlash;
Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi hamda uning hududlardagi oliy taʼlim muassasalari qoshidagi boʻlimlarining fondlari va ekspozitsiyalarini yangi topilgan maʼlumotlar, hujjatlar va boshqa eksponatlar bilan muntazam ravishda boyitib borilishini tashkillashtirish;
xorijdagi turli arxiv, muzey, kutubxona va boshqa ilmiy-maʼrifiy muassasalar hamda tegishli mutaxassislar bilan hamkorlik oʻrnatgan holda, ilmiy ekspeditsiyalar tashkil etish;
oʻrganishlar jarayonida aniqlangan, muayyan sabablarga koʻra reabilitatsiya qilinmay qolib ketgan qatagʻon qurbonlarini oqlash yuzasidan belgilangan tartibda takliflar kiritib borish;
qatagʻon qurbonlari hayoti va faoliyatini ilmiy tadqiq etish, ular haqida ilmiy-tarixiy kitoblar, badiiy va hujjatli filmlar yaratish ishlarini muvofiqlashtirish;
qatagʻon qurbonlari xotirasini abadiylashtirish maqsadida ular tugʻilib voyaga yetgan va istiqomat qilgan mahallalar va umumtaʼlim maktablarida xotira burchaklarini tashkil etish;
“Inson — aziz, xotira — muqaddas” degan gʻoya asosida barcha tuman, shahar va mahallalarda aholi, ayniqsa, yosh avlodni mustaqillik va adolat tantanasi uchun kurashgan fidoyi ota-bobolarimizning xotirasiga hurmat ruhida tarbiyalash, ularning koʻrsatgan jasorati va ibratli faoliyatlarini targʻib etishga qaratilgan maʼnaviy-maʼrifiy targʻibot ishlarini tashkil etish.
4. Qatagʻon qurbonlarining nomlarini tiklash va xotirasini abadiylashtirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
5. Ishchi guruhga qatagʻon qurbonlari nomlarini aniqlash va ularning xotirasini abadiylashtirish bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish uchun davlat organlari va boshqa tashkilotlarning, ilmiy-tadqiqot muassasalarining yuqori malakali mutaxassislarini, ekspertlarni, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi diplomatik vakolatxonalari vakillarini jalb etish huquqi berilsin.
6. Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda Toshkent shahridagi “Shahidlar xotirasi” yodgorlik majmuasida qatagʻon qurbonlarining nomlari qayd etiladigan ramziy kitobni yaratish, Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi va uning hududlardagi oliy taʼlim muassasalari qoshidagi boʻlimlarining, shuningdek “Shahidlar xotirasi” jamoat fondining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, fondning homiylar guruhi tarkibini yangilash va ular tomonidan qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirish hamda xalqaro moliya institutlari, xorijiy tashkilotlar, donor mamlakatlar va tashkilotlarning grantlarini jalb etish yuzasidan Hukumat qarorini qabul qilsin.
Bunda, jumladan, xorijdagi turli arxiv, muzey, kutubxona va boshqa ilmiy-maʼrifiy muassasalar hamda tegishli mutaxassislar bilan hamkorlik qilish, chet eldagi mavjud manbalarni izlab topish va oʻrganish, shuningdek qatagʻon qurbonlari haqida yangi badiiy va hujjatli filmlar tayyorlash, xotira kitoblari va fotoalbomlarni nashr etish, tashkiliy ishlarni moliyalashtirish masalalari koʻzda tutilsin.
7. Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga ushbu farmoyish ijrosini taʼminlashga qaratilgan tadbirlarni keng yoritish, mavzuga oid telekoʻrsatuv va radioeshittirishlarni efirga uzatish hamda matbuot nashrlari va Internet sahifalarida maqolalar eʼlon qilish tavsiya etilsin.
8. Mazkur farmoyishning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchilari R.S. Qosimov va A.A. Abduvaxitov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2020-yil 8-oktabr,
F-5598-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi F-5598-son farmoyishiga1-ILOVA
Qatagʻon qurbonlarining merosini yanada chuqur oʻrganish, ular xotirasini abadiylashtirish ishlarini tashkil etish va muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika ishchi guruhining
R. Qosimov — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi, ishchi guruh rahbari B. Musayev — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari, Ishchi guruh rahbari oʻrinbosari X. Sultonov — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi — Spichrayteri A. Joʻraboyev — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi oʻrinbosari K. Kamilov — Oliy sud raisi B. Qurbonov — mudofaa vaziri P. Bobojonov — ichki ishlar vaziri T. Ishmetov — moliya vaziri O. Nazarbekov — madaniyat vaziri I. Majidov — oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri Sh. Shermatov — xalq taʼlimi vaziri R. Mamatov — mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vaziri B. Zokirov — qurilish vaziri R. Abdullaxanov — Davlat xavfsizlik xizmati raisi oʻrinbosari F. Arziyev — tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari A. Xodjayev — Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori B. Yuldashev — Fanlar akademi�si prezidenti U. Yusupov — “Oʻzarxiv” agentligi direktori S. Turdiyev — “Nuroniy” jamgʻarmasi respublika boshqaruvi raisi S. Saidov — Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi S. Hakimov — Oʻzbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi raisi M. Xojimatov — Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari A. Nuridinov — Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi raisi F. Abduxoliqov — “Oʻzbekkino” Milliy agentligi bosh direktori A. Xadjayev — Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi A. Koʻchimov — Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori B. Hasanov — Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi direktori A. Ziyoyev — Fanlar akademiyasi Tarix instituti direktori J. Ismailova — Fanlar akademiyasi Oʻzbekiston tarixi davlat muzeyi direktori R. Kalonov — Toshkent shahar Nuroniylar jamoatchilik kengashi raisi U. Teshaboyeva — Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi direktori B. Onorboyev — Vazirlar Mahkamasining kotibiyat mudiri, ishchi guruh kotibi
Izoh: Ishchi guruh aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan shaxslar yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi;
Ishchi guruh ishida ishtirok etish uchun soha yoʻnalishidagi boshqa mutaxassislar ham jalb etilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi F-5598-son farmoyishiga2-ILOVA
Qatagʻon qurbonlarining nomlarini tiklash va xotirasini abadiylashtirish boʻyicha
T/r Tadbir nomi Amalga oshirish mexanizmi Ijro muddati Moliyalashtirish manbai Masʼul ijrochilar I. Tashkiliy-amaliy tadbirlar 1. Respublika ishchi guruhining tashkiliy yigʻilishini oʻtkazish va ish rejasini tasdiqlash Tashkiliy chora-tadbirlar 2020-yil oktyabr — Respublika ishchi guruhi 2. Qatagʻon qurbonlarini nomma-nom aniqlash maqsadida mamlakatimiz hududlarida malakali olimlar va mutaxassislardan iborat tegishli guruhlarni tuzish va ularning samarali faoliyati uchun hududlardagi oliy oʻquv yurtlari bazasida zarur shart-sharoitlar yaratish Tashkiliy chora-tadbirlar 2020-yil oktyabr — Respublika ishchi guruhi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Majidov) 3. Olimlar va mutaxassislardan iborat tegishli guruhlar faoliyatini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi Yoʻriqnoma va namunaviy ish rejalarini ishlab chiqish Respublika ishchi guruhining qarori 2020-yil oktyabr — Respublika ishchi guruhi, Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi (B. Hasanov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Majidov) 4. Ilmiy-ishchi guruhlar faoliyatiga koʻmaklashish boʻyicha tuman va shaharlarda davlat va jamoat tashkilotlari, Nuroniylar jamoatchilik kengashlari hamda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlaridan faollarni biriktirish Tashkiliy chora-tadbirlar 2020-yil oktyabr — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi (R. Mamatov) 5. Qatagʻon qurbonlarining nomlarini aniqlash borasida izlanishlar koʻlamini kengaytirish maqsadida Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi hamda hududlardagi oliy taʼlim muassasalaridagi muzeylarning ilmiy xodimlari uchun vazirlik va idoralarning idoraviy arxivlaridan foydalanish imkoniyatini yaratish Tashkiliy chora-tadbirlar 2020-yil oktyabr oyidan boshlab doimiy ravishda — Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi (B. Hasanov), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Oliy sud (K. Kamilov), Mudofaa vazirligi (B. Qurbonov), Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Davlat xavfsizlik xizmati (A. Azizov), “Oʻzarxiv” agentligi (U. Yusupov), mutasaddi vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 6. “Inson — aziz, xotira — muqaddas” degan gʻoya asosida barcha tuman va shaharlar, mahallalarda aholi, ayniqsa, yosh avlodni mustaqillik va adolat tantanasi uchun kurashgan fidoyi ota-bobolarimizning xotirasiga hurmat ruhida tarbiyalash, ularning koʻrsatgan jasorati va ibratli faoliyatlarini targʻib etishga qaratilgan maʼnaviy-maʼrifiy targʻibot ishlarini tashkil etish boʻyicha tashviqot guruhlarini tuzish Tashkiliy chora-tadbirlar 2020-yil oktyabr -noyabr — Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi (R. Mamatov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Majidov), Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi (M. Xojimatov), Yoshlar ishlari agentligi (A. Saʼdullayev), hududiy Nuroniylar jamoatchilik kengashlari 7. El-yurtimiz ozodligi va erkinligi yoʻlida jasorat koʻrsatgan qatagʻon qurbonlarining avlodlari boʻlgan kam taʼminlangan oilalarga moddiy va maʼnaviy yordamlar koʻrsatish Tashkiliy chora-tadbirlar Doimiy Mahalliy hokimliklarning budjetdan tashqari mablagʻlari, “Mahalla” fondi va “Nuroniy” jamgʻarmasi mablagʻlari, homiylik mablagʻlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, “Mahalla” fondi (D. Usmanov), “Nuroniy” jamgʻarmasi (S. Turdiyev) 8. Ishchi guruhlarning tavsiyalari asosida, qatagʻonga uchragan yurtdoshlarimiz tugʻilib voyaga yetgan va istiqomat qilgan hududlardagi mahallalarda va umumtaʼlim maktablarida xotira burchaklarini tashkil etish Tashkiliy chora-tadbirlar Doimiy “Mahalla” fondi, Xalq taʼlimi vazirligining budjetdan tashqari mablagʻlari Respublika ishchi guruhi, Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi (B. Hasanov), Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi (R. Mamatov), Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov) 9. “Qatagʻon qurbonlari” xotira kitoblari asosida qatagʻon qurbonlarining nomlarini Toshkent shahridagi “Shahidlar xotirasi” yodgorlik majmuasida barpo etiladigan ramziy kitob sahifalariga kiritish Hukumat qarori loyihasi 2022-2023-yillar mobaynida Davlat budjeti mablagʻlari Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi, “Shahidlar xotirasi” jamoat fondi (B. Hasanov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Qurilish vazirligi (B. Zakirov), Toshkent shahar hokimligi (J. Artikxodjayev) 10. Ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish jarayonida aniqlangan, ayrim sabablarga koʻra reabilitatsiya qilinmay qolib ketgan qatagʻon qurbonlari nomlarini oqlash yuzasidan belgilangan tartibda takliflar kiritish Tashkiliy chora-tadbirlar Doimiy — Respublika ishchi guruhi, Oliy sud (K. Kamilov), mutasaddi vazirlik va idoralar II. Ilmiy-tadqiqot ishlari 11. Shahid boʻlgan yurtdoshlarimiz nomini abadiylashtirish va kelgusi avlodlarga yetkazish maqsadida hududlar kesimida ular haqidagi koʻp jildlik “Qatagʻon qurbonlari” xotira kitoblarini nashrga tayyorlash hamda chop etish Ilmiy-tadqiqot ishlari 2021-2022-yillar mobaynida Davlat budjeti mablagʻlari, mahalliy hokimliklarning budjetdan tashqari mablagʻlari, “Shahidlar xotirasi” jamoat fondi mablagʻlari Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi, “Shahidlar xotirasi” jamoat fondi (B. Hasanov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (A. Xodjayev), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 12. Nomlari aniqlangan qatagʻon qurbonlarining har biri haqida kitoblar, risolalar tayyorlash va nashr etish Ilmiy-tadqiqot ishlari 2021-yildan boshlab muntazam ravishda Davlat budjeti mablagʻlari, mahalliy hokimliklarning budjetdan tashqari mablagʻlari, “Shahidlar xotirasi” jamoat fondi mablagʻlari, homiylik mablagʻlari Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi, “Shahidlar xotirasi” jamoat fondi (B. Hasanov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlimi vazirligi (I. Majidov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (A. Xodjayev), mutasaddi vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 13. Chor Rossiyasi mustamlakasi va mustabid tuzum davrida mamlakatimiz ozodligi uchun kurashgan va qatagʻonga uchragan ota-bobolarimiz hayoti va faoliyatini oʻrganish, bu yoʻnalishdagi ilmiy-tadqiqot ishlarini samarali tashkil etish Chora-tadbirlar rejasi Doimiy Davlat budjeti mablagʻlari, homiylik mablagʻlari Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi (B. Hasanov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlimi vazirligi (I. Majidov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Fanlar akademiyasi (B. Yoʻldoshev), “Oʻzarxiv” agentligi (U. Yusupov), mutasaddi vazirlik va idoralar 14. Mustaqillik va adolat tantanasi uchun kurashgan ota-bobolarimiz haqida ilmiy-tarixiy kitoblar va fotoalbomlar tayyorlash Tashkiliy chora-tadbirlar Doimiy Davlat budjeti mablagʻlari, homiylik mablagʻlari Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi (B. Hasanov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Majidov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Fanlar akademiyasi (B. Yoʻldoshev), “Oʻzarxiv” agentligi (U. Yusupov), Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (A. Xodjayev), mutasaddi vazirlik va idoralar 15. Qatagʻonga uchragan shaxslarning hayoti va faoliyati, mamlakatimizda sodir boʻlgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlar, muayyan tarixiy voqealarga oid ilmiy loyihalarni ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasi talablariga muvofiq tanlovlar asosida shakllantirish va ilmiy loyihalarning amalga oshirilishini taʼminlash Fundamental tadqiqotlar Doimiy Ilmiy-tadqiqot davlat dasturlari uchun ajratilgan mablagʻlar Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abdurahmonov), Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi (B. Hasanov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Majidov), Fanlar akademiyasi (B. Yoʻldoshev), mutasaddi vazirlik va idoralar 16. Qatagʻonga uchragan davlat, jamoat arboblari, fan va madaniyat, adabiyot va sanʼat namoyandalarining asarlarini tayyorlash va chop etish Fundamental tadqiqotlar Doimiy Ilmiy-tadqiqot davlat dasturlari uchun ajratilgan mablagʻlar Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi (B. Hasanov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Majidov), Fanlar akademiyasi (B. Yoʻldoshev), Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (A. Xodjayev), “Oʻzarxiv” agentligi (U. Yusupov), Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi (U. Teshaboyeva), mutasaddi vazirlik va idoralar 17. Qatagʻon qurbonlari boʻlgan ajdodlarimizning har biri boʻyicha multimedia mahsulotlarini tayyorlash Tashkiliy chora-tadbirlar Doimiy Ijrochilarning mablagʻlari Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Majidov), Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi (B. Hasanov), Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov), Fanlar akademiyasining Tarix instituti (A. Ziyo), Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi (Sh. Yovqochev) 18. Qatagʻon qurboni boʻlgan jadidlarni respublika oliy taʼlim muassasalariga biriktirish orqali ularning ilmiy-ijodiy merosini chuqur oʻrganish va targʻib qilish tizimini yaratish Tashkiliy chora-tadbirlar Doimiy — Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Majidov), Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi (B. Hasanov), mutasaddi vazirlik va idoralar 19. Mustabid tuzum davrida qatagʻon qurboni boʻlgan vatandoshlarimiz hayoti va faoliyati, oʻsha paytlarda mamlakatimizda hukm surgan murakkab ijtimoiy-siyosiy jarayonlar, muayyan tarixiy voqealar haqida badiiy va publitsistik asarlar, kinofilmlar tayyorlash ishlarini tashkil etish, yozuvchi va shoirlar, jurnalistlar, rejissorlar oʻrtasida ushbu mavzuga doir eng yaxshi asarlar tanlovini oʻtkazish Tashkiliy chora-tadbirlar Doimiy Davlat budjeti mablagʻlari, ijrochilarning mablagʻlari Respublika ishchi guruhi, Yozuvchilar uyushmasi (S. Saidov), Jurnalistlar ijodiy uyushmasi (S. Hakimov), “Oʻzbekkino” Milliy agentligi (F. Abduholiqov), mutasaddi vazirlik va idoralar III. Maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar 20. “Inson — aziz, xotira — muqaddas” degan gʻoya asosida barcha tuman va shaharlar, mahallalarda aholi, ayniqsa, yosh avlodni mustaqillik va adolat tantanasi uchun kurashgan fidoyi ota-bobolarimizning xotirasiga hurmat ruhida tarbiyalash, ularning jasorati va ibratli faoliyatlarini targʻib etishga qaratilgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarni tashkil etish Tashkiliy chora-tadbirlar Doimiy Ijrochilarning mablagʻlari Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi (M. Xojimatov), Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi (R. Mamatov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Majidov), Din ishlari boʻyicha qoʻmita (A. Ahmedov), Yoshlar ishlari agentligi (A. Saʼdullayev), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, hududiy Nuroniylar jamoatchilik kengashlari 21. Mustaqillik va adolat tantanasi uchun kurashgan ota-bobolarimiz haqida badiiy va hujjatli filmlar yaratish Tashkiliy chora-tadbirlar Doimiy Davlat budjeti mablagʻlari “Oʻzbekkino” milliy agentligi (F. Abduxoliqov), Milliy teleradiokompaniya (A. Xadjayev), Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi (B. Hasanov), “Oʻzarxiv” agentligi (U. Yusupov), mutasaddi vazirlik va idoralar 22. Qatagʻon qurbonlarining nomlarini tiklash va xotirasini abadiylashtirish bilan bogʻliq jarayonlarni, ishchi guruhlar faoliyatini keng yoritish, shuningdek mavzuga oid turkum telekoʻrsatuv va radioeshittirishlar tayyorlab efirga uzatish, matbuot nashrlari va Internet sahifalarida maqolalar eʼlon qilish Tashkiliy chora-tadbirlar Doimiy — Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (A. Xodjayev), Milliy teleradiokompaniya (A. Xadjayev), Milliy axborot agentligi (A. Koʻchimov), ommaviy axborot vositalari 23. Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi hamda uning hududlardagi oliy taʼlim muassasalari qoshidagi boʻlimlari bazasida oʻquvchi-talabalar uchun mustaqillik va adolat tantanasi yoʻlida kurashgan fidoyi ota-bobolarimizning jasorati va ibratli faoliyatlari haqida targʻibot-tashviqot ishlarini tashkil etish Tashkiliy chora-tadbirlar Doimiy — Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Majidov), Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov), Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi (B. Hasanov) IV. Xorijiy davlatlardagi vakolatli muassasalar bilan hamkorlikda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar 24. Xorijiy davlatlardagi turli arxiv, muzey, kutubxona va boshqa ilmiy-maʼrifiy muassasalar hamda tegishli mutaxassislar bilan aloqalar oʻrnatish Tashkiliy chora-tadbirlar 2020-yil oktyabr oyidan boshlab reja asosida — Tashqi ishlar vazirligi (F. Arziyev), Respublika ishchi guruhi, Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi (B. Hasanov) 25. Qatagʻon qurboni boʻlgan vatandoshlarimiz hayoti va faoliyatiga oid chet ellardagi mavjud manbalarni izlab topish va oʻrganish maqsadida ilmiy �kspeditsiyalarni tashkil etish Tashkiliy chora-tadbirlar Doimiy Davlat budjeti mablagʻlari Respublika ishchi guruhi, Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi (B. Hasanov) 26. Qatagʻon qurboni boʻlgan vatandoshlarimizning nomlarini tiklash maqsadida xorijiy davlatlardagi ilmiy-tadqiqot muassasalari, arxivlar va turdosh muzeylar bilan hamkorlikda xalqaro grantlarni jalb etgan holda ilmiy loyihalarni amalga oshirish Oʻzaro hamkorlik kelishuvlari Doimiy Xalqaro va xorijiy tashkilotlarning grant mablagʻlari Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi (B. Hasanov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Majidov), Investitsiyalar va savdo vazirligi (L. Kudratov), Tashqi ishlar vazirligi (F. Arziyev), Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abdurahmonov), mutasaddi vazirlik va idoralar 27. Qatagʻon qurbonlarining nomlarini tiklash va xotirasini abadiylashtirish boʻyicha xalqaro konferensiyalar va davra suhbatlarini oʻtkazish Tashkiliy chora-tadbirlar Alohida reja asosida Ijrochilarning mablagʻlari Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi (B. Hasanov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Majidov), Fanlar akademiyasi (B. Yoʻldoshev), mutasaddi vazirlik va idoralar V. Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi hamda hududlardagi oliy taʼlim muassasalari tuzilmalaridagi muzeylarning faoliyatini takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar 28. Quyidagilarni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va qabul qilish: Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi va hududlardagi oliy taʼlim muassasalari tuzilmalaridagi muzeylarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash; Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi xodimlari uchun alohida xizmat binosini qurish; Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi hamda hududlardagi oliy taʼlim muassasalari tuzilmalaridagi muzeylarda qoʻshimcha ilmiy va mutaxassis xodimlar shtat birliklari joriy etilishini belgilagan holda namunaviy tuzilmalarni tasdiqlash; Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyining hududlardagi oliy taʼlim muassasalari tuzilmalaridagi muzeylar rahbarlari va ilmiy xodimlarining oylik ish haqlarini oshirish; “Shahidlar xotirasi” jamoat fondining homiylar guruhi tarkibini yangilash va ular tomonidan qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirish hamda xalqaro moliya institutlari, xorijiy tashkilotlarning grantlarini jalb etish. Hukumat qarori loyihasi 2020-yil noyabr davlat budjeti mablagʻlari, xalqaro va xorijiy tashkilotlarning grant mablagʻlari, homiylar mablagʻlari Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi (B. Hasanov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Qurilish vazirligi (B. Zakirov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Majidov), Investitsiyalar va savdo vazirligi (L. Kudratov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, mutasaddi vazirlik va idoralar 29. Qatagʻon qurbonlari, shu jumladan, mustaqillik va adolat tantanasi uchun kurashgan fidoyi ota-bobolarimizning jasoratlari va ibratli faoliyati bilan tanishtirish maqsadida mahallalardagi oʻquvchi yoshlar uchun “Shahidlar xotirasi” yodgorlik majmuasi, Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi hamda hududlardagi oliy taʼlim muassasalari tuzilmalaridagi muzeylarga sayohatlar uyushtirish. Bunda kam taʼminlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj va nogironligi boʻlgan oila farzandlari uchun sayohatlar davomida imtiyozlar belgilash. Tashkiliy chora-tadbirlar Doimiy — Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi, “Shahidlar xotirasi” jamoat fondi (B. Hasanov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Majidov), Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov), Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi (R. Mamatov) 30. Mustaqillik va adolat tantanasi uchun kurashgan fidoyi ota-bobolarimiz, qatagʻon qurbonlarining koʻrsatgan jasoratlarini va ibratli faoliyatlarini keng targʻib etish maqsadida Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi hamda uning hududlardagi oliy taʼlim muassasalari qoshidagi boʻlimlariga turistlarning tashriflarini tashkil etish va ularni sayyohlik yoʻnalishlariga kiritish Tashkiliy chora-tadbirlar Doimiy — Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (A. Akkulov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Majidov), Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi (R. Mamatov), Yoshlar ishlari agentligi (A. Saʼdullayev) 31. Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi hamda uning hududlardagi oliy taʼlim muassasalari qoshidagi boʻlimlarining fondlari va ekspozitsiyalarini yangi topilgan maʼlumotlar, hujjatlar va boshqa eksponatlar bilan muntazam ravishda boyitib borish Tashkiliy chora-tadbirlar Doimiy Ijrochilarning mablagʻlari Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi, “Shahidlar xotirasi” jamoat fondi (B. Hasanov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Majidov) 32. Qatagʻon qurbonlari, shu jumladan, mustaqillik va adolat tantanasi uchun kurashgan fidoyi ota-bobolarimizning jasoratlari va ibratli faoliyatlari toʻgʻrisida maʼlumot beruvchi alohida rasmiy internet saytini yaratish Tashkiliy chora-tadbirlar 2021-yil yanvar Davlat budjeti mablagʻlari Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov), Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi (B. Hasanov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Majidov), “Oʻzarxiv” agentligi (U. Yusupov), mutasaddi vazirlik va idoralar