PQ-5256-son Qaror · 05.10.2021

Xalqaro shartnomaga qoʻshilish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-5256
  • Qabul qilingan sana:05.10.2021
  • Kuchga kirgan sana:05.10.2021
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 07/21/5256/0932

“Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 23-moddasiga muvofiq:

1. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Osiyo va Tinch okeani iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasining “Quruqlik portlari” toʻgʻrisidagi hukumatlararo bitimiga (Bangkok, 2013-yil 1-may) qoʻshilinsin.

2. Transport vazirligi mazkur xalqaro shartnomani amalga oshirish yuzasidan masʼul vakolatli organ etib belgilansin.

3. Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasining mazkur xalqaro shartnomaga qoʻshilishi hamda uni amalga oshirish uchun masʼul vakolatli organ haqidagi tegishli bildirishnomani depozitariyga yuborsin.

4. Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirgandan keyin Oʻzbekiston Respublikasining huquq va majburiyatlari bajarilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni taʼminlasin.

5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2021-yil 5-oktabr,

PQ-5256-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.