Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-martdagi “Oila va xotin-qizlar bilan ishlash, mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-81-son Farmoniga muvofiq:
1. Oliy Majlis palatalari, Vazirlar Mahkamasi hamda mahalliy vakillik organlarining Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari boʻyicha respublika komissiyasini, mahalliy xalq deputatlari Kengashlarida esa Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari boʻyicha hududiy komissiyalarni tashkil etish haqidagi taklifi qoʻllab-quvvatlansin.
2. Quyidagilar:
a) Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasining tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
b) Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni:
49 nafar shtat birligidan iborat Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi markaziy apparatining tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq;
168 nafar shtat birligidan iborat Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar oila va xotin-qizlar boshqarmalarining namunaviy tuzilmasi 3-ilovaga muvofiq;
621 nafar shtat birligidan iborat tuman (shahar) oila va xotin-qizlar boʻlimlarining namunaviy tuzilmasi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Bosh vazir oʻrinbosari — Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi raisiga:
oʻzining oʻrinbosarlari oʻrtasida aniq vazifalar va funksiyalarni taqsimlash;
Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasining (keyingi oʻrinlarda — Qoʻmita) markaziy apparati, hududiy boʻlinmalari tuzilmalariga boshqaruv xodimlarining belgilangan umumiy shtatlar soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida oʻzgartirishlar kiritish;
davlat organlari va boshqa tashkilotlar, yetakchi loyiha institutlari, ilmiy va taʼlim muassasalari, xalqaro tashkilotlar, xorijiy kompaniyalarning yuqori malakali mutaxassislarini, shuningdek, ekspertlarni maslahatchi sifatida jalb qilish huquqi berilsin.
4. Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasida xodimlarning umumiy cheklangan soni doirasida 5 nafar boshqaruv xodimlari shtat birligidan iborat boʻlgan Bosh vazir oʻrinbosari — Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi raisining kotibiyati tashkil etilsin.
5. Belgilab qoʻyilsinki:
Bosh vazir oʻrinbosari — Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi raisi har yili Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari boʻyicha respublika komissiyasiga Qoʻmita faoliyati yuzasidan hamda sohadagi tizimli muammolar va ularning yechimi toʻgʻrisida axborot berib boradi;
mahallalardagi xotin-qizlar faollari lavozimlariga nomzodlar tuman (shahar) hokimlari oʻrinbosarlari — oila va xotin-qizlar boʻlimlari boshliqlari boshchiligidagi tanlov komissiyalarini shakllantirish orqali ochiq tanlovlar asosida ishga qabul qilinadi;
mahallalardagi xotin-qizlar faollari lavozimlariga oila va xotin-qizlar bilan ishlash tajribasiga ega, shaxsiy fazilatlari bilan namuna koʻrsatgan, fidoyi va sadoqatli nomzodlar tayinlanadi;
Qoʻmita markaziy apparati xodimlari mehnatga haq toʻlash shartlariga koʻra Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi markaziy apparati xodimlariga, uning hududiy boʻlinmalari xodimlari Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligining hududiy boʻlinmalari xodimlariga tenglashtiriladi.
6. Qoʻmita va uning hududiy boʻlinmalarining faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib quyidagilar belgilansin:
Davlat budjeti mablagʻlari;
Qoʻmitaning budjetdan tashqari mablagʻlari;
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
7. Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlasin.
8. Bosh prokuraturaning tashkiliy-shtat tuzilmasida shtat birliklarini maqbullashtirish hisobidan 18 nafar shtat birligidan (shundan, 14 nafar hududiy vakillar shtat birligi) iborat Xotin-qizlar huquqlarini taʼminlash hamda ularni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish sohalarida qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boʻlimi tashkil etilsin.
(8-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-maydagi PF-77-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.05.2023-y., 06/23/77/0298-son)
Bosh prokuratura xotin-qizlar huquqlarini taʼminlash hamda ularni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish sohalaridagi qonunchilik hujjatlari ijrosi ustidan tizimli nazorat oʻrnatsin.
9. Qoʻmita:
a) ikki oy muddatda:
markaziy apparat va hududiy boʻlinmalarning Qoʻmitaga yuklangan vazifalarni professional darajada bajarishga qodir boʻlgan, zarur nazariy bilim va amaliy koʻnikmalarga ega yuqori malakali kadrlar bilan tanlov asosida toʻldirilishini;
tarkibiy va boʻysunuvidagi boʻlinmalar, shu jumladan mahalladagi xotin-qizlar faoli toʻgʻrisidagi nizomlar, shuningdek, xodimlarning lavozim yoʻriqnomalari tasdiqlanishini taʼminlasin;
b) uch oy muddatda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda Qoʻmita va uning hududiy boʻlinmalarini yuqori tezlikdagi Internet tarmogʻiga ulanishini hamda zarur aloqa, jumladan, Qoʻmitani hukumat aloqasi bilan taʼminlasin.
10. Belgilansinki, Qoʻmita va uning hududiy boʻlinmalari oʻzlariga yuklatilgan funksiyalarga muvofiq belgilangan tartibda quyidagi huquqlarga ega:
Qoʻmitaga tegishli vazifalarni amalga oshirish uchun, zarur hollarda, davlat organlari, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlarning rahbarlari hamda mutaxassislarini jalb qilish, ishchi guruhlar tuzish;
Qoʻmita vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan davlat organlari va tashkilotlaridan statistik, tahliliy materiallar, xulosalar va boshqa maʼlumotlarni soʻrash va olish;
davlat organlari va tashkilotlari rahbarlariga xotin-qizlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash hamda oilani mustahkamlash borasidagi qonunchilik hujjatlari buzilishi, ularni keltirib chiqaruvchi sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish boʻyicha koʻrib chiqilishi majburiy boʻlgan taqdimnomalar kiritish;
xotin-qizlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini koʻzlab sudlarga ariza (shikoyat) va daʼvolarni kiritish;
xotin-qizlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash hamda oilani mustahkamlashga doir tashabbuslar bilan chiqish hamda takliflar kiritish.
11. 2022-yil 1-maydan boshlab mahalladagi xotin-qizlar faolining oylik ish haqi miqdori u biriktirilgan mahalladagi xonadonlar soniga mutanosib ravishda quyidagicha belgilansin:
xonadonlar soni 500 tagacha boʻlgan mahallada — mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 3,5 baravari miqdorida;
xonadonlar soni 501 tadan 1 000 tagacha boʻlgan mahallada — mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 4 baravari miqdorida;
xonadonlar soni 1 000 tadan ortiq boʻlgan mahallada — mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 4,5 baravari miqdorida.
Belgilansinki, faoliyat samaradorligi koʻrsatkichlaridan kelib chiqib, mahallalardagi xotin-qizlar faollarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida mehnatga haq toʻlash jamgʻarmasining 15 foizi miqdorida moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasi shakllantiriladi.
12. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 2022-yil 1-avgustga qadar mahalliy budjet mablagʻlari va qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan mahallalardagi xotin-qizlar faollarini “Ayollar daftari”ni yuritish, masofadan turib hisobotlar taqdim etish hamda videokonferensaloqa shaklida yigʻilishlarda ishtirok etish imkonini beruvchi planshetlar bilan taʼminlasin.
Qoʻmita hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ikki oy muddatda planshetlarda foydalaniladigan dasturiy taʼminotni ishlab chiqsin va mahallalardagi xotin-qizlar faollariga taqdim etsin.
13. Qoʻmita Toshkent shahri, Mirzo Ulugʻbek tumani, Ismoiliy koʻchasi, 1 G-uy manzili boʻyicha operativ boshqaruv huquqi asosida joylashtirilsin.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Qoʻmita bilan birgalikda 2022-yil 1-aprelga qadar Qoʻmitaning hududiy boʻlinmalarini zarur bino va inshootlar bilan taʼminlash choralarini koʻrsin.
(Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-dekabrdagi PQ-455-sonli qaroriga asosan 14-bandning oʻz kuchini yoʻqotish sanasi — 2025-yil 1-yanvar — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 07/24/455/1092-son)
15. Qoʻmita manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
16. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2022-yil 1-mart,
PQ-146-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-martdagi PQ-146-son qaroriga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasining
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-martdagi PQ-146-son qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi
Boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni — 49 nafar shtat birligi.
* Qoʻmitaning umumiy shtat birligiga kirmaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-martdagi PQ-146-son qaroriga 3-ILOVA
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar oila va xotin-qizlar boshqarmalarining
Boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni — 12 nafar shtat birligi, jami — 168 nafar shtat birligi.
*Qoʻmitaning (boshqarmaning) umumiy shtat birligiga kirmaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-martdagi PQ-146-son qaroriga 4-ILOVA
Tuman (shahar) oila va xotin-qizlar boʻlimlarining
Boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni — 3 nafar shtat birligi, jami — 621 nafar shtat birligi.
* Boʻlimning umumiy shtat birligiga kirmaydi.
** Mahalladagi xotin-qizlar faoli lavozimi har bir mahallada 1 nafardan nazarda tutiladi.