PQ-266-son Qaror · 31.05.2022

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-maydagi “Mashinasozlik va elektrotexnika maxsus sanoat xabi” maxsus sanoat zonasini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5128-son qaroriga oʻzgartirishlar kiritish haqida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-266
  • Qabul qilingan sana:31.05.2022
  • Kuchga kirgan sana:01.06.2022
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 07/22/266/0458

Mashinasozlik va elektrotexnika sanoatini rivojlantirish, mahalliy xomashyo resurslarini qayta ishlash, import oʻrnini bosuvchi, eksport bozorlarida raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish, qulay investitsiya muhitini yaratish hamda yuqori texnologiyali va zamonaviy investitsiya loyihalarini amalga oshirish, yangi ish oʻrinlari yaratish maqsadida:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-maydagi “Mashinasozlik va elektrotexnika maxsus sanoat xabi” maxsus sanoat zonasini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5128-son qaroriga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.

2. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2022-yil 31-may,

PQ-266-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 31-maydagi PQ-266-son qaroriga ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-maydagi “Mashinasozlik va elektrotexnika maxsus sanoat xabi” maxsus sanoat zonasini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5128-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirishlar

1. 3-bandning toʻrtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Sanoat xabi hududida mashinasozlik va elektrotexnika sohalaridagi loyihalar, shuningdek, boshqa sohalardagi yuqori qoʻshilgan qiymatli loyihalar joylashtiriladi va ularning tashabbuskorlariga qurilgan bino va inshootlar ijara shaklida ajratib beriladi”.

2. 8-banddagi “besh yilgacha boʻlgan davrda boʻlib-boʻlib toʻlanishi mumkin” soʻzlari “, istisno tariqasida, undirilmaydi” soʻzlari bilan almashtirilsin.

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.