Hududlarda yuqori qoʻshilgan qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarish boʻyicha investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun sanoat maydonlarini tashkil qilish va ularda tadbirkorlarning toʻliq va uzluksiz faoliyat olib borishini taʼminlash, muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini yaratish, investorlar faoliyatini qoʻllab-quvvatlash maqsadida:
1. Quyidagilar:
2022-yilda maxsus iqtisodiy, kichik sanoat zonalari, yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari hamda toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy va mahalliy investitsiyalar ishtirokidagi yirik ishlab chiqarish loyihalarini tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan taʼminlash tadbirlari yigʻma parametrlari 1-ilovaga muvofiq;
2022-yilda maxsus iqtisodiy zonalarni tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan taʼminlash tadbirlarining manzilli dasturi 2-ilovaga muvofiq;
2022-yilda kichik sanoat zonalarini tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan taʼminlash tadbirlarining manzilli dasturi 3-ilovaga muvofiq;
2022-yilda yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalarini tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan taʼminlash tadbirlarining manzilli dasturi 4-ilovaga muvofiq;
2022-yilda toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy va mahalliy investitsiyalar ishtirokidagi yirik ishlab chiqarish loyihalarini tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan taʼminlash tadbirlarining manzilli dasturi 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hamda Toshkent shahar hokimliklarining:
2022-yilda hududlarda 363,29 ga qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlarda 6-ilovaga muvofiq 104 ta yangi kichik sanoat zonalarini tashkil qilish;
2023-yil va kelgusi yillarda qoʻshimcha 100 ta kichik sanoat zonalarini tashkil qilish va sanoat yoʻnalishida investitsiya loyihalarini amalga oshirish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
3. 2022-yilda yangi tashkil qilinadigan kichik sanoat zonalarini tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan taʼminlash tadbirlarining manzilli dasturi 7-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Belgilab qoʻyilsinki, yangi tashkil qilinadigan kichik sanoat zonalarini tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan taʼminlash tadbirlarining manzilli dasturi boʻyicha:
bosh reja loyihalarini ishlab chiqish Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari mablagʻlari hamda hududlardagi tadbirkorlik infratuzilmasini rivojlantirish jamgʻarmalari hisobidan amalga oshiriladi;
bosh rejalarni ishlab chiqish boʻyicha loyiha tashkiloti belgilangan tartibda aniqlanadi;
obyektlarni moliyalashtirish kichik sanoat zonalarining bosh rejalari ishlab chiqilgandan soʻng belgilangan tartibda taʼminotchi tashkilotlar tomonidan berilgan texnik shartlar asosida amalga oshiriladi.
5. Belgilansinki:
manzilli dasturlarga ajratilgan mablagʻlar doirasida qoʻshimcha loyihalar (obyektlar)ni kiritish, shuningdek, mavjud samarasiz loyihalarni chiqarib tashlash boʻyicha oʻzgartirish va (yoki) qoʻshimchalar kiritish Vazirlar Mahkamasi Rayosati tomonidan amalga oshirilishi mumkin;
manzilli dasturlarga kiritilgan obyektlar (loyihalar)ni qurish ishlarini moliyalashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-dekabrdagi “Hududlarda muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4929-son qaroriga muvofiq amalga oshiriladi;
manzilli dasturlarga kiritilgan obyektlarni qurish-taʼmirlash ishlari boʻyicha buyurtmachi vazifasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi “Maxsus iqtisodiy va kichik sanoat zonalari muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5101-son qarorida belgilangan tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi.
6. Belgilab qoʻyilsinki, 2022-yilga moʻljallangan Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida:
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi manzilli dasturlarda koʻzda tutilgan ichimlik va oqova suv tarmoqlari hamda avtomobil yoʻllarini qurish-taʼmirlash ishlari uchun talab etiladigan mablagʻlarni tender (tanlov) savdolari yakunlariga koʻra tasdiqlangan manzilli roʻyxatlarga asosan;
Moliya vazirligi Energetika vazirligi bilan birgalikda manzilli dasturlarda koʻzda tutilgan elektr energiyasi va tabiiy gaz tarmoqlarini qurish-taʼmirlash ishlari uchun talab etiladigan mablagʻlarni oʻrnatilgan tartibda ishlab chiqilgan loyiha-smeta hujjatlariga asosan budjet ssudasini ajratish orqali moliyalashtiradi.
Bunda, manzilli dasturlarga kiritilgan obyektlar (loyihalar)ning loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish uchun xarajatlarga zarur mablagʻlar manzilli dasturlarda ushbu obyekt (loyiha) uchun koʻzda tutilgan mablagʻlar doirasida ajratiladi.
7. Davlat dasturlari ijro etilishini nazorat qilish va muvofiqlashtirish boʻyicha respublika shtabi (E.T. Yuldashev) mazkur qaror doirasida amalga oshiriladigan loyihalar boʻyicha mablagʻlarning maqsadli ajratilishi va sarflanishi ustidan doimiy nazorat oʻrnatsin hamda har yarim yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga axborot kiritib borsin.
8. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
9. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi oʻrinbosari A.B. Voitov hamda iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri oʻrinbosari A.M. Boboyev belgilansin.
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi R.A. Gulyamov va Bosh vazir oʻrinbosari S.U. Umurzakov zimmasiga yuklansin.
Amalga oshirilgan chora-tadbirlarning natijadorligi toʻgʻrisida har chorak yakuni boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot kiritib borilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2022-yil 6-iyun,
PQ-271-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 6-iyundagi PQ-271-son qaroriga 1-ILOVA
2022-yilda maxsus iqtisodiy, kichik sanoat zonalari, yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari hamda toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy va mahalliy investitsiyalar ishtirokidagi yirik ishlab chiqarish loyihalarini tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan taʼminlash tadbirlari
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 6-iyundagi PQ-271-son qaroriga 2-ILOVA
2022-yilda maxsus iqtisodiy zonalarni tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan taʼminlash tadbirlarining
*2021-yildan 2022-yilga oʻtadigan obyektlar.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 6-iyundagi PQ-271-son qaroriga 3-ILOVA
2022-yilda kichik sanoat zonalarini (KSZ) tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan taʼminlash tadbirlarining
*2021-yildan 2022-yilga oʻtuvchi obyektlar.
**Mavjud kichik sanoat zonalardagi amalga oshirilishi talab etiladigan obyektlar.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 6-iyundagi PQ-271-son qaroriga 4-ILOVA
2022-yilda yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalarini tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan taʼminlash tadbirlarining
*2021-yildan 2022-yilga oʻtadigan obyektlar.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 6-iyundagi PQ-271-son qaroriga 5-ILOVA
2022-yilda toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy va mahalliy investitsiyalar ishtirokidagi yirik ishlab chiqarish loyihalarini tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan taʼminlash tadbirlarining
T/r Obyektlar nomi Oʻlchov birligi Miqdori Amalga oshirish muddati Obyektning umumiy qiymati* (mln. soʻm) 2022-yil uchun ajratiladigan mablagʻ (mln. soʻm) Moliyalashtirish manbasi 12 ta Jami 170 000,0 Investitsiya loyihalari 160 640,0 1. Qoraqalpogʻiston Respublikasida joylashgan “MUYNAK LDSP” MCHJga 12 km elektr energiyasi tarmogʻi tortish va 2 dona TP oʻrnatish km 12 2022-yil 3 380,0 3 380,0 “Hududiy elektr tarmoqlari” AJga ajratiladigan budjet ssudasi obyekt 2 2. Andijon viloyati, Xonobod shahridagi “Water life Mineral” MCHJ hududiga 1 km oqova suv tarmogʻi tortish va 1 dona KNS qurish km 1 2022-yil 3 000,0 3 000,0 Respublika budjeti obyekt 1 3. Buxoro viloyati, Vobkent tumani “Vobkent tola klaster” MCHJ hududiga 6,5 km elektr energiyasi tarmogʻi tortish va 1 dona nimstansiya qurish km 6,5 2022-2023 yy. 20 100,0 10 000,0 “Hududiy elektr tarmoqlari” AJga ajratiladigan budjet ssudasi obyekt 1 4. Buxoro viloyati, Romitan tumani “WMB ROMITEX” MCHJ ip yigiruv fabrikasi hududiga Qoʻrgʻon 110/35/10 kV podstansiyasidan Yangibozor 110 kV 10,5 km havo elektr uzatish tarmogʻini va “Romitan” 110/35/10 kV podstansiyasidan chiquvchi Gʻalaosiyo 110 kV havo elektr uzatish tarmogʻidan 2,7 km liniya hamda 2x40 MVA boʻlgan 110/10 kVli podstansiya qurish km 13,2 2022-2023 yy. 40 991,3 19 960,0 “Hududiy elektr tarmoqlari” AJga ajratiladigan budjet ssudasi obyekt 1 5. Buxoro viloyati, Peshku tumani “Pesh Tex invest” MCHJga 5,3 km uzunlikdagi 35 kV havo elektr energiyasi tarmogʻi va 1 ta 35/10 kVt nimstansiya qurish km 5,3 2022-2023 yy. 12 284,0 6 000,0 “Hududiy elektr tarmoqlari” AJga ajratiladigan budjet ssudasi obyekt 1 6. Jizzax viloyati, Sharof Rashidov tumani “BMB-NRC-AGROLOGISTICS” MCHJ QKga 1,5 km uzunlikdagi 10 kVt elektr energiyasi tarmogʻi qurish, 2 ta 1000 kVt transformator oʻrnatish km 1,5 2022-yil 1 000,0 1 000,0 “Hududiy elektr tarmoqlari” AJga ajratiladigan budjet ssudasi obyekt 2 7. “Urgut” EIZ hududida joylashgan “Azia metall prof” MCHJga 220 kVli nimstansiya qurish obyekt 1 2021-2022 yy. 30 000,0 21 000,0 “Milliy elektr tarmoqlari” AJga ajratiladigan budjet ssudasi 8. Surxondaryo viloyatida joylashgan “Shargʻunkoʻmir” AJning investitsiya loyihasi doirasida 110/6 kV “Olmazor-2” nimstansiyasi qurish obyekt 1 2022-yil 29 000,0 29 000,0 “Hududiy elektr tarmoqlari” AJga ajratiladigan budjet ssudasi 13. Toshkent viloyatining Quyi Chirchiq tumanida joylashgan “TCT cluster” MCHJga 110 kV kuchlanishli 38 km elektr uzatish tarmoqlarini va 2 ta transformatorlik har birining quvvati 40 MVAlik podstansiya qurish km 38 2021-2022 yy. 82 000,0 40 000,0 “Hududiy elektr tarmoqlari” AJga ajratiladigan budjet ssudasi obyekt 1 14. Toshkent viloyatining Quyichirchiq tumanida joylashgan “TCT cluster” MCHJga gaz taʼminoti bilan taʼminlash uchun D-219 mm 13 km gaz tarmoqlarini tortish va Mehnatobod gaz taqsimlash stansiyasidan 1 ta sanoat tarmogʻi chiqarish km 13 2022-2022 yy. 17 200,0 16 340,0 “Hududgaztaʼminot” AJga ajratiladigan budjet ssudasi 15. Fargʻona viloyati, Rishton tumani “Rus Uzbek Tex” MCHJ QKga 5,5 km elektr energiyasi tarmogʻi va transformator oʻrnatish km 5,5 2022-yil 8 500,0 8 500,0 “Hududiy elektr tarmoqlari” AJga ajratiladigan budjet ssudasi obyekt 1 16. Fargʻona viloyati, Rishton tumani “Rus Uzbek Tex” MCHJ QKga 3,5 km tabiiy gaz tarmogʻi va GTP oʻrnatish km 3,5 2022-yil 1 510,0 1 510,0 “Hududgaztaʼminot” AJga ajratiladigan budjet ssudasi obyekt 1 17. Fargʻona viloyati, Rishton tumani “Rus Uzbek Tex” MCHJ QQ uchun quduq qazish va suv tarmogʻini qurish km 0,4 2022-yil 550,0 550,0 Respublika budjeti obyekt 1 18. Fargʻona viloyati, Rishton tumani “Rus Uzbek Tex” MCHJ QKga oqova suv tarmogʻini qurish km 0,55 2022-yil 400,0 400,0 Respublika budjeti Taqsimlanmagan mablagʻ 9 360,0
*Obyektlar quvvati va mablagʻlar miqdoriga ishlab chiqilgan loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq aniqlik kiritiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 6-iyundagi PQ-271-son qaroriga 6-ILOVA
2022-yilda hududlarda yangi tashkil etiladigan kichik sanoat zonalarining
*Qishloq xjaligida foydalanilmaydigan yer maydonlari toifasidan tanlab olingan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 6-iyundagi PQ-271-son qaroriga 7-ILOVA
2022-yilda yangi tashkil qilinadigan kichik sanoat zonalarini tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan taʼminlash tadbirlarining