PF-59-son Farmon · 20.04.2023

Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-59
  • Qabul qilingan sana:20.04.2023
  • Kuchga kirgan sana:24.04.2023
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 06/23/59/0223

Davlat va jamiyat hayotida davlat tilining nufuzini oshirish, uni ilmiy asosda har tomonlama rivojlantirish va qoʻllanish doirasini kengaytirish, davlat tilining zamonaviy ilm-fan taraqqiyotida tutgan oʻrni va rolini oshirish maqsadida:

1. Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasida Davlat tilini rivojlantirish departamenti tashkil etilsin.

Belgilansinki, Davlat tilini rivojlantirish departamenti tashkil etilishi munosabati bilan qoʻshimcha ajratilayotgan shtat birliklari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining 5 ta shtat birliklarini qisqartirish hisobidan kiritiladi.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-dekabrdagi “Yangi Oʻzbekiston maʼmuriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-269-son Farmoniga ilovaga muvofiq oʻzgartirish kiritilsin.

3. Adliya vazirligi bir oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

4. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2023-yil 20-aprel,

PF-59-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-apreldagi PF-59-son FarmonigaILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-dekabrdagi “Yangi Oʻzbekiston maʼmuriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-269-son Farmoniga kiritilayotgan oʻzgartirish

1-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-dekabrdagi PF-269-son Farmoniga1-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasi

Boshqaruv xodimlari umumiy cheklangan soni — 125 nafar”.

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.