PQ-146-son Qaror · 02.05.2023

2023-2025-yillarda Jizzax viloyatini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-146
  • Qabul qilingan sana:02.05.2023
  • Kuchga kirgan sana:05.05.2023
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 07/23/146/0249

Jizzax viloyatida tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash, foydalanilmayotgan davlat aktivlari, mavjud tabiiy resurslar zaxiralari, qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar toifasidagi yer maydonlari va suv resurslaridan samarali foydalanish, muhandislik-kommunikatsiya, ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish infratuzilmasini rivojlantirish hamda investitsiyalarni jalb qilish hisobiga qoʻshilgan qiymat zanjirini yaratish, aholi bandligini oshirish va turmush darajasini yanada yaxshilash maqsadida:

1. Quyidagilar Jizzax viloyatini 2023 — 2025-yillarda rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin:

mahallalarda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash hamda tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash orqali aholi bandligini taʼminlash, mahallalarni ishsizlikdan xoli hududga aylantirish;

infratuzilmaviy shart-sharoitlarni yaratib berish orqali ishlab chiqarishni kengaytirish hamda savdo va xizmat koʻrsatish sohalarini rivojlantirish;

qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer maydonlari va suv resurslaridan oqilona foydalanish orqali qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishni koʻpaytirish;

foydalanilmayotgan davlat aktivlari hamda mavjud tabiiy resurslar zaxiralaridan samarali foydalanishni yoʻlga qoʻyish orqali ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish sohalarini rivojlantirish.

2. Jizzax viloyatida 2023-yilda tashkil etiladigan yangi ish oʻrinlarining yigʻma maqsadli koʻrsatkichlari 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov Jizzax viloyati hokimi E.A. Saliyev bilan birgalikda:

bir oy muddatda 2023-yilda amalga oshiriladigan investitsiya, tadbirkorlik, xizmat koʻrsatish sohalariga oid loyihalar va yaratiladigan yangi ish oʻrinlarining tuman va shaharlar kesimidagi roʻyxatini va ularni amalga oshirish boʻyicha “yoʻl xaritalari”ni tasdiqlasin;

investitsiya, tadbirkorlik, xizmat koʻrsatish sohalariga oid loyihalarni oʻz vaqtida va samarali tashkil etish, yangi ish oʻrinlarini yaratish ustidan doimiy monitoring oʻrnatib, amalga oshirilgan ishlar yuzasidan har chorakda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga axborot kiritib borsin.

3. 2023-yilda Jizzax viloyatida ijtimoiy soha obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish, yoʻl-transport infratuzilmasi va muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirishning manzilli roʻyxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Bunda, mazkur qarorga 2-ilovada belgilangan tadbirlarni amalga oshirishga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti topshiriqlariga asosan hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun nazarda tutilgan mablagʻlar va ijrochilarning oʻz mablagʻlari hisobidan qoʻshimcha tarzda 406,1 milliard soʻm ajratilishi belgilansin.

Bosh vazir oʻrinbosari A.J. Ramatov qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri B.I. Zakirov bilan birgalikda 2023-yilda qoʻshimcha tarzda ajratilgan mablagʻlar doirasida ijtimoiy soha obyektlari, muhandislik-kommunikatsiya, ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish infratuzilmasini rivojlantirish ishlari boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarining belgilangan tartibda davlat ekspertizasidan oʻtkazilishini va qurilish-taʼmirlash ishlarining sifati, shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya etilishi yuzasidan davlat arxitektura-qurilish nazoratining amalga oshirilishini taʼminlasin.

4. Jizzax viloyatidagi mahallalarda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash orqali aholi bandligini taʼminlash maqsadida 2023-2024-yillarda mahallalarda sanoat, hunarmandchilik, kasanachilik, chorvachilik, savdo va xizmat koʻrsatish yoʻnalishlarida tashkil etiladigan mikromarkazlarning manzilli roʻyxati 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Ushbu bandda belgilangan tadbirlarning amalga oshirilishini samarali tashkil qilish Jizzax viloyati hokimi E.A. Saliyev, kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri B.A. Musayev hamda qishloq xoʻjaligi vaziri A.B. Voitov zimmasiga yuklansin.

5. Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi Jizzax viloyati hokimligi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi hamda “Hunarmand” uyushmasi bilan birgalikda, tajriba tariqasida, viloyatdagi 302 ta mahallaning har biridan besh nafargacha hunarmandchilikka qiziquvchi yoshlarni 2023-2024-yillar davomida grafik asosida Fargʻona, Andijon va Namangan viloyatlaridagi hunarmandchilik maktablariga hunar oʻrganish uchun oʻquv kurslariga yuborish choralarini koʻrsin.

Bunda, mazkur chora-tadbirlarni moliyalashtirish Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamgʻarmasi va “Hunarmand” uyushmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.

6. Vazirlar Mahkamasining Jizzax viloyati tumanlarida kichik sanoat zonalari, savdo va maishiy xizmat koʻrsatish komplekslari va boshqa sanoat obyektlarini barpo etish, shu jumladan yoʻlboʻyi xizmat koʻrsatish va servisni rivojlantirish maqsadida 4-ilovaga muvofiq jami 1 371,7 gektar, shundan 31,9 gektar qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan sugʻoriladigan yerlarni qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar toifasidan sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlar toifasiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.

Belgilansinki, mazkur bandga muvofiq yer uchastkalari qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar toifasidan chiqarilishi munosabati bilan hisoblanadigan qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining oʻrnini qoplash boʻyicha toʻlovlar, istisno tariqasida, undirilmaydi.

Kadastr agentligi Qishloq xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda mazkur bandga asosan yer resurslarining holati toʻgʻrisidagi milliy hisobotga tegishli oʻzgartirishlar kiritilishini taʼminlasin.

7. Jizzax viloyati hokimligi ikki oy muddatda:

yer uchastkalarining jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilishi munosabati bilan yer uchastkalari egalari, foydalanuvchilari va ijarachilariga yetkazilgan zararlarning belgilangan tartibda toʻliq qoplab berilishini;

tanlangan yer uchastkalarining belgilangan tartibda zaxiraga qaytarilishi, davlat mulki sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi hamda elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarilishini taʼminlasin.

8. 2023-yilda jami 25 gektar yer maydonida yangi tashkil etilishi rejalashtirilgan kichik sanoat zonalarini tashqi muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi bilan taʼminlash tadbirlarining manzilli dasturi 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Bunda, mazkur qarorga 5-ilovaga muvofiq tasdiqlanayotgan dastur boʻyicha bosh reja loyihalarini ishlab chiqish Jizzax viloyati mahalliy budjeti va Jizzax viloyati hokimligi huzuridagi Tadbirkorlik infratuzilmasini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi..

9. Jizzax viloyatida raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarishga moʻljallangan 20 ta yirik istiqbolli investitsiya loyihalari roʻyxati 6-ilovaga muvofiq, Xorijiy brendlar asosida ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi 7-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi mazkur qarorga 6-ilovada keltirilgan istiqbolli investitsiya loyihalariga xorijiy hamkor topishda Jizzax viloyati hokimligiga koʻmaklashsin.

10. Jizzax viloyatida qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish va xom ashyo zaxiralarini chuqur qayta ishlashni yoʻlga qoʻyish maqsadida Jizzax viloyatida 2023-yilda auksion savdolariga chiqariladigan zaxiralarga ega 25 ta yer qaʼri uchastkalari roʻyxati 8-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Jizzax viloyati hokimligi bir oy muddatda mazkur qarorga 8-ilovada keltirilgan yer qaʼri uchastkalari joylashgan yer maydonlarini doimiy foydalanish huquqi asosida Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligiga ajratsin.

Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi Jizzax viloyati hokimligi bilan birgalikda mazkur qarorga 8-ilovada keltirilgan yer qaʼri uchastkalarining 2023-yil 1-iyulga qadar auksion savdolariga chiqarilishini taʼminlasin.

11. Belgilansinki, qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer maydonlari va suv resurslaridan oqilona foydalanish orqali qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishni koʻpaytirish maqsadida 2023-yilda Jizzax viloyati Doʻstlik tumanida yangi dehqon xoʻjaliklarini tashkil etish uchun paxta va gʻalla maydonlaridan qisqartirilgan hamda aholi punktlariga yaqin va suv taʼminoti yaxshi boʻlgan ekin yerlar hisobidan aholiga qoʻshimcha 500 gektar yer maydoni ajratiladi.

12. Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalari qisqarib ketishining oldini olish maqsadida Jizzax viloyati tumanlarida 2023 — 2025-yillarda ekin yerlarini qayta foydalanishga kiritishning maqsadli koʻrsatkichlari 9-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Jizzax viloyati hokimligi Suv xoʻjaligi vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi va Agrosanoatni rivojlantirish agentligi bilan birgalikda mazkur qarorga 9-ilovaga muvofiq 2023 — 2025-yillar davomida Arnasoy, Baxmal, Gʻallaorol, Zomin, Forish va Yangiobod tumanlaridagi 9 480 gektar maydonda irrigatsiya va melioratsiya obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish tadbirlari asosida yer maydonlarining foydalanishga kiritilishini taʼminlasin.

(12-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentabrdagi PF-151-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.10.2024-y., 06/24/151/0764-son)

Bunda, ushbu tadbirlarni amalga oshirishda Suv xoʻjaligi vazirligi va Qishloq xoʻjaligi vazirligi ularga mazkur maqsadlar uchun ajratilgan mablagʻlar doirasida 83,1 milliard soʻm mablagʻning ajratilishini taʼminlasin.

13. Qishloq xoʻjaligida xizmatlar koʻrsatish agentligi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi hamda Jizzax viloyati hokimligi bilan birgalikda 10-ilovaga muvofiq dastlab aholiga ijaraga berilgan 400 gektar yer maydonida:

uzoq muddatli ijara asosida ajratilgan yer maydonlaridan samarali foydalanishni tashkil etish, mahsulot yetishtirish uchun oldindan buyurtma berish, koʻchat, urugʻlik va oʻgʻit bilan taʼminlash, agronom biriktirgan holda yer maydonlari egalarining bilim-koʻnikmalarini oshirishga koʻmaklashadigan “Agregator” tizimining joriy etilishini;

qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yigʻish, tashish, saqlash, qayta ishlash va sotishning barcha bosqichlarini qamrab olgan kichik agrologistika markazlari faoliyati yoʻlga qoʻyilishini;

tumanning ixtisoslashuvi, iqlimi, ijaraga berilgan yer maydoniga yaqin boʻlgan mahallalarda yetishtiriladigan mahsulotlar va aholining shakllangan koʻnikmalarini inobatga olgan holda “bir kontur — bir mahsulot” tamoyili asosida eksportbop va yuqori daromadli ekinlar ekilishini taʼminlasin.

Bunda ushbu yer maydonlarini ijaraga olgan aholiga dehqonchilikda ilgʻor texnologiyalardan foydalanish va samarali natijalarga erishishda koʻmaklashish, shuningdek ular uchun oʻquv seminarlarini tashkil etish choralari koʻrilsin.

14. Jizzax viloyati hokimligi, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi Gʻallaorol, Arnasoy, Baxmal, Zarbdor tumanlarida joriy yil yakuniga qadar suv taʼminoti ogʻir boʻlgan 38 ta mahalladagi 269 gektar aholi tomorqalari yer maydonlarini sugʻorish uchun 94 ta vertikal sugʻorish qudugʻini ishga tushirish choralarini koʻrsin.

Bunda, mazkur bandga muvofiq amalga oshiriladigan tadbirlar uchun zarur boʻlgan mablagʻlar Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hisobidan ajratiladi.

15. Madaniyat va turizm vazirligi Suv xoʻjaligi vazirligi, Tabiat resurslari vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Jizzax viloyati hokimligi bilan birgalikda bir oy muddatda Aydar-Arnasoy koʻllari boʻyida turizm obyektlari tashkil qilishga qulay hududlarni belgilasin.

Soliq qoʻmitasi Jizzax viloyati hokimligi, Tabiat resurslari vazirligi va Suv xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda turizm obyektlari tashkil qilinadigan hududlardagi koʻchma savdo joylarining joylashish sxemasini ishlab chiqsin va unga asosan belgilangan tartibda ularni elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarish choralarini koʻrsin.

16. Jizzax viloyatidagi ommaviy savdolarga chiqarilib, uch oydan ortiq muddat mobaynida sotilmay turgan, boshlangʻich qiymatini 50 foizgacha bosqichma-bosqich pasaytirish mexanizmi qoʻllaniladigan davlat aktivlari roʻyxati 11-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

17. Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi va Jizzax viloyati hokimligi bilan birgalikda mazkur qarorning mazmun-mohiyati hamda maqsad va vazifalari ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini taʼminlasin.

18. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 12-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.

19. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Jizzax viloyati hokimi E.A. Saliyev belgilansin.

Qaror ijrosini har chorakda muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2023-yil 2-may,

PQ-146-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 2-maydagi PQ-146-son qaroriga1-ILOVA

Jizzax viloyatida 2023-yilda tashkil etiladigan yangi ish oʻrinlarining

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 2-maydagi PQ-146-son qaroriga2-ILOVA

2023-yilda Jizzax viloyatida ijtimoiy soha obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish, yoʻl-transport infratuzilmasi va muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirishning

* Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti topshiriqlariga asosan hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun nazarda tutilgan mablagʻlar.

** “Oʻzsuvtaʼminot” AJ tomonidan amalga oshiriladigan tadbirlar 2023-2024-yillar davomida amalga oshiriladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 2-maydagi PQ-146-son qaroriga3-ILOVA

2023-2024-yillarda Jizzax viloyati mahallalarida sanoat, hunarmandchilik, kasanachilik, chorvachilik, savdo va xizmat koʻrsatish yoʻnalishlarida tashkil etiladigan mikromarkazlarning

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 2-maydagi PQ-146-son qaroriga4-ILOVA

Jizzax viloyati tumanlarida yer fondi toifasi qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar toifasidan sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlar toifasiga oʻzgartiriladigan yer uchastkalari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 2-maydagi PQ-146-son qaroriga5-ILOVA

2023-yilda yangi tashkil etilishi rejalashtirilgan kichik sanoat zonalarini tashqi muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi bilan taʼminlash tadbirlarining

* Infratuzilmalar uchun talab etiladigan mablagʻlar koʻrsatkichlariga loyiha-smeta hujjatlari tasdiqlangandan soʻng oʻzgartirish kiritilishi mumkin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 2-maydagi PQ-146-son qaroriga6-ILOVA

Raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarishga moʻljallangan istiqbolli yirik investitsiya loyihalari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 2-maydagi PQ-146-son qaroriga7-ILOVA

Jizzax viloyatida xorijiy brendlar asosida ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish boʻyicha

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 2-maydagi PQ-146-son qaroriga8-ILOVA

2023-yilda auksion savdolariga chiqariladigan zaxiralarga ega yer qaʼri uchastkalari

Izoh: Yer qaʼri uchastkalarini auksion savdolariga chiqarish jarayonida ularda mavjud zaxira miqdorlariga aniqlik (oʻzgartirish) kiritilishi mumkin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 2-maydagi PQ-146-son qaroriga9-ILOVA

Jizzax viloyati tumanlarida 2023 — 2025-yillarda ekin yerlarini qayta foydalanishga kiritishning

Izoh: tik sugʻorish quduqlarini qurish hududlar yer tuzilishidan kelib chiqib 130 — 220 mln soʻmni, elektr tarmogʻini tortish xarajatlari oʻrtacha hisobda 1 km.ga (10 kVt lik) 110 mln soʻmni, bitta transformator oʻrnatish xarajati 160 kVt boʻlganda 40 mln soʻmni, 250 kVt boʻlganda 50 mln soʻmni tashkil etmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 2-maydagi PQ-146-son qaroriga10-ILOVA

Jizzax viloyatida 2023-yilda uzoq muddatli ijara asosida ajratilgan yer maydonlarida agregator tizimini joriy etishning

*Izoh: Kredit mablagʻlari Agrobank ATIB resurslari hisobidan ajratiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 2-maydagi PQ-146-son qaroriga11-ILOVA

Jizzax viloyatidagi ommaviy savdolarga chiqarilib, uch oydan ortiq muddat mobaynida sotilmay turgan, boshlangʻich qiymatini 50 foizgacha qadam-baqadam pasaytirish mexanizmi qoʻllaniladigan davlat aktivlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 2-maydagi PQ-146-son qaroriga12-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-iyuldagi “Mahallalarda sanoat, hunarmandchilik, kasanachilik va chorvachilik mikromarkazlarini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-331-son qarorida:

a) 1-ilovaning “IV. Jizzax viloyati” boʻlimi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

b) 2-ilovaning “IV. Jizzax viloyati” boʻlimi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 10-sentabrdagi “Dehqon xoʻjaliklari tashkil etishni qoʻllab-quvvatlash orqali aholi daromadlarini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-373-son qarorida:

a) 2-bandning birinchi xatboshisi, 4-band “a” kichik bandining birinchi xatboshisi va 5-bandning ikkinchi xatboshisidagi “92 655” raqami “93 155” raqami bilan almashtirilsin;

b) 1-ilovada:

4-pozitsiyada:

“Jami yer maydoni, gektar” ustunidagi “13 436” raqami “13 936” raqami bilan almashtirilsin;

“2023-yilda” ustunidagi “4 460” raqami “4 960” raqami bilan almashtirilsin;

“Jami” pozitsiyasida:

“Jami yer maydoni, gektar” ustunidagi “192 655” raqami “193 155” raqami bilan almashtirilsin;

“2023-yilda” ustunidagi “92 655” raqami “93 155” raqami bilan almashtirilsin;

v) 1.4-ilovada:

3-pozitsiyada:

“Jami yer maydoni, gektar” ustunidagi “1 441” raqami “1 941” raqami bilan almashtirilsin;

“2023-yilda” ustunidagi “401” raqami “901” raqami bilan almashtirilsin;

“Jami” pozitsiyasida:

“Jami yer maydoni, gektar” ustunidagi “13 436” raqami “13 936” raqami bilan almashtirilsin;

“2023-yilda” ustunidagi “4 460” raqami “4 960” raqami bilan almashtirilsin.

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.