Mamlakatimizda uzumchilik va vinochilik sohasini kelgusida yanada barqaror rivojlantirish, yangi istiqbolli sanoatbop uzum navlarini koʻpaytirish va yetishtirishni yoʻlga qoʻyish, qayta ishlash korxonalarini xom ashyo bazasi bilan taʼminlashni mustahkamlash va moliyaviy qoʻllab-quvvatlash, malakali mutaxassislarni tayyorlash, shuningdek, uzum va vinochilik mahsulotlari eksporti hajmlarini oshirish maqsadida:
1. Respublikada 2023 — 2026-yillarda uzumchilik va vinochilikni kompleks rivojlantirish dasturi doirasida quyidagilar:
2023-2024-yillarda yangi uzumzorlarni barpo qilishning maqsadli koʻrsatkichlari 1-ilovaga muvofiq;
respublika hududlarida uzum koʻchatlarini tayyorlash boʻyicha tashkil qilinadigan “in-vitro” laboratoriyalari 2-ilovaga muvofiq;
2023 — 2026-yillarda uzumchilik va vinochilik sanoatini kompleks rivojlantirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
“Yoʻl xaritasi”da belgilangan chora-tadbirlar hamda maqsadli va prognoz koʻrsatkichlar bajarilishini taʼminlash boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlari boshchiligida loyiha ofislari tashkil qilinsin.
2. Respublikada uzumchilikni rivojlantirish kengashi (keyingi oʻrinlarda — Kengash) 4-ilovaga muvofiq tarkibda tasdiqlansin.
Kengashga quyidagi vazifalar yuklatilsin:
respublika hududlari va tumanlarini uzum yetishtirishga ixtisoslashtirish hamda uzumzorlarni barpo qilish uchun eng maqbul maydonlarni belgilash yuzasidan qarorlar qabul qilish;
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 10-apreldagi PF-65-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.04.2025-y., 06/25/65/0331-son)
uzum yetishtirish boʻyicha xalqimizning asrlar davomida shakllangan milliy dehqonchilik madaniyati, qadriyatlaridan kelib chiqib, uzumchilikni milliy madaniyat sifatida rivojlantirish chora-tadbirlarini belgilash;
uzumni yirik maydonlarda, klaster va kooperatsiya usulida yetishtirish orqali sohada qoʻshilgan qiymat zanjirini yaratish, uzumni saqlash, saralash va qayta ishlashni ragʻbatlantirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish;
aholi xonadonlari va tomorqa yer uchastkalarida uzumchilik sohasini keng rivojlantirish, yangi tashabbuskorlarni aniqlash hamda ularning manzilli dasturini tasdiqlash;
mahalliy uzum navlarining milliy brendlarini yaratish va yangi bozorlarga chiqish orqali eksportni kengaytirish boʻyicha chora-tadbirlarni tasdiqlash;
ilmiy asoslangan holda uzum yetishtirish, uning yangi hosildor, danaksiz navlarini yaratish maqsadida uzumchilik ilmiy maktabini rivojlantirish hamda ilm-fan va ishlab chiqarishning uzviy integratsiyasini yoʻlga qoʻyish.
3. 2023-2024-yillarda Toʻrtkoʻl, Ellikqalʼa, Asaka, Buloqboshi, Jalaquduq, Xoʻjaobod, Romitan, Shofirkon, Vobkent, Baxmal, Zomin, Gʻallaorol, Forish, Yangiobod, Shahrisabz, Kitob, Dehqonobod, Gʻuzor, Yakkabogʻ, Xatirchi, Nurota, Yangiqoʻrgʻon, Chust, Chortoq, Kosonsoy, Bulungʻur, Urgut, Jomboy, Qoʻshrabot, Oltinsoy, Boysun, Sariosiyo, Uzun, Sardoba, Xovos, Sirdaryo, Bekobod, Parkent, Yangiyoʻl, Zangiota, Ohangaron, Toshkent, Qibray, Oʻrta Chirchiq, Oltiariq, Beshariq, Fargʻona, Yangibozor, Bogʻot, Hazorasp tumanlari va Quvasoy shahri hokimliklari “Oltiariq tajribasi” asosida har biri 2 — 2,5 ming gektar yer maydonlarida uzum plantatsiyalari tashkil etsin.
Bunda, Kengash Fargʻona vodiysida uzum va eksportbop mahsulotlarni yetishtirishda dehqonchilik tajribasiga ega oilalarga mazkur bandda nazarda tutilgan tumanlarda qishloq xoʻjaligi ekinlarini ekish uchun yer ajratish, amaliy va moddiy yordam koʻrsatish tartibini tasdiqlasin.
4. Qishloq xoʻjaligi vazirligi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda 2023 — 2026-yillarda uzumchilikni rivojlantirish, klaster va kooperatsiya usulida uzum mahsuloti yetishtirish hamda qayta ishlash yoʻnalishlariga investorlar va xalqaro moliya institutlarining jalb etilgan 100 mln AQSH dollari miqdoridagi imtiyozli qarz mablagʻlarini yoʻnaltirsin.
5. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Qishloq xoʻjaligi vazirligining “Qishloq xoʻjaligini modernizatsiya qilish” loyihasi doirasida Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish agentligi faoliyatini rivojlantirishga ajratilgan 5 mln AQSH dollari hamda Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligini rivojlantirishga ajratilgan 3 mln AQSH dollari, jami 8 mln AQSH dollari miqdoridagi qarz mablagʻlarini Agrosanoatni rivojlantirish agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) faoliyatini rivojlantirishga yoʻnaltirish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentabrdagi PF-151-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.10.2024-y., 06/24/151/0764-son)
6. 2023-yil 1-avgustdan boshlab uzum mahsulotlari yetishtirishni moliyaviy qoʻllab-quvvatlashning quyidagi tizimi joriy etilsin:
a) Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasining meva, uzum, sabzavot, kartoshka, poliz ekinlari, gul, koʻkatlar va dorivor oʻsimliklar, makkajoʻxori doni, dukkakli va moyli ekinlarni yetishtirishga ajratiladigan mablagʻlari hisobidan yangi uzumzorlarni barpo qilish, koʻchat tayyorlash va “in-vitro” laboratoriyalarini ishga tushirish loyihalarini amalga oshirish uchun mablagʻ yoʻnaltirishga ruxsat beriladi.
Bunda, Jamgʻarma mablagʻlari “Qishloq qurilish bank” ATBga Markaziy bankning asosiy stavkasida resurs sifatida joylashtiriladi hamda loyiha tashabbuskorlariga 10 yil muddatga (5 yillik imtiyozli davr bilan) 2 foizdan koʻp boʻlmagan marja bilan tijorat krediti ajratiladi;
b) Agentlik tadbirkorlik subyektlariga uzum plantatsiyalarida agrotexnik tadbirlarni oʻtkazish, yangi tokzorlarni barpo etish va boshqa xizmatlarni koʻrsatadi. Bunda:
“tayyor holda topshirish” mexanizmi asosida amalga oshiriladigan loyihalar uchun talab etiladigan mablagʻlar Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi tomonidan ajratilgan mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi;
(6-band “b” kichik bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 3-iyundagi PF-84-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.06.2024-y., 06/24/84/0400-son)
yangi uzumzorlarni 1 gektardan 10 gektargacha boʻlgan maydonlarda barpo qilish boʻyicha loyihalar Agentlik tomonidan toʻgʻridan-toʻgʻri moliyalashtiriladi, yirik uzumchilik plantatsiyasi shaklidagi loyihalar “Qishloq qurilish bank” ATB kreditlari hisobidan amalga oshiriladi;
Agentlik hamda “Qishloq qurilish bank” ATB tomonidan mablagʻlar Markaziy bankning asosiy stavkasida tijorat banklariga resurs sifatida joylashtiriladi;
v) Vinochilikni rivojlantirish jamgʻarmasi hisobidan texnik navli uzum plantatsiyalarini yaratish loyihalariga kompensatsiya va kafilliklar beriladi.
(6-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 3-iyundagi PF-84-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.06.2024-y., 06/24/84/0400-son)
7. Vazirlar Mahkamasi (J. Xodjayev), Qishloq xoʻjaligi vazirligi:
(7-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PF-22-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son)
ikki oy muddatda Fransiya Respublikasi Bordo xalqaro vinochilik tashkiloti “Interco Nouvelle-Aquitaine” bilan uzumchilik va vinochilikni Oʻzbekistonda rivojlantirish boʻyicha xorijiy mutaxassislarni respublikaga jalb etish hamda sohani rivojlantirish yuzasidan tizimli ishlarni tashkil etsin hamda 2024-yil 1-martga qadar uzumchilik va vinochilik sohasini rivojlantirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda xorijiy davlatlardan keltirilgan sovuqqa chidamli, urugʻsiz, hosildorligi yuqori 34 xildagi uzum navlarini “in-vitro” laboratoriyalarida respublika hududlarining tabiiy-iqlim sharoitiga moslashtirish boʻyicha sinov-tajribalarini tashkil qilsin.
8. Qishloq xoʻjaligi vazirligi Surxondaryo viloyati hokimligi bilan birgalikda 2023-yil yakuniga qadar Qiziriq tumanida Akademik M. Mirzayev nomidagi Bogʻdorchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institutining uzum koʻchatchiligi tajriba xoʻjaligini tashkil etsin.
Vazirlar Mahkamasi tajriba xoʻjaligi uchun 200 ga yer maydonini ajratsin.
9. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi Qishloq xoʻjaligi vazirligi hamda Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda:
joriy yilda “Made in Uzbekistan” brendi ostida xorijiy davlatlarda milliy vino savdo uylarini ochish hamda vino mahsulotlari eksportini targʻib qilish;
Xitoy Xalq Respublikasi, Hindiston, Koreya Respublikasi va boshqa importyor davlatlar bilan muzokaralarni olib borib, eksport qilinadigan uzum va vinochilik mahsulotlarining bojxona rasmiylashtiruvi jarayonlarining qulay va tezlashtirilgan tartibini joriy etish choralarini koʻrsin.
10. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi xorijiy milliy tadqiqot markazlari bilan hamkorlikda mahalliy korxonalarda yuqori qoʻshilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarishning innovatsion texnologiyalarini joriy qilish choralarini koʻrsin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-dekabrdagi PF-269-son Farmoniga asosan Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligining vazifa va funksiyalari 5-ilovaga muvofiq vazirlik va idoralarga oʻtkazilgan holda tugatilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligining:
isteʼmol etil spirtini ishlab chiqaruvchi korxonalarda joylashgan etil spirti sifatini aniqlash boʻyicha laboratoriyalari ulardagi barcha jihozlari bilan birgalikda Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligiga;
Vinochilikni rivojlantirish jamgʻarmasining barcha huquq va majburiyatlari, gʻaznachilik hisobvaraqlaridagi 218 mlrd soʻm qoldiq mablagʻlari hamda 2023-yil 1-yanvargacha tadbirkorlik subyektlari va tijorat banklariga berilgan qarz (kredit) hisobidan qaytadigan mablagʻlar (resurslar) bilan birgalikda Agentlikka oʻtkazilsin.
Belgilab qoʻyilsinki, Qishloq xoʻjaligi vazirligi tomonidan Agrosanoatni rivojlantirish agentligi huzuridagi Agrosanoatni rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari taqsimlanadi.
(11-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PF-22-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son)
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 3-iyundagi PF-84-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.06.2024-y., 06/24/84/0400-son)
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 3-iyundagi PF-84-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.06.2024-y., 06/24/84/0400-son)
14. Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi ikki oy muddatda qoʻshimcha vazifa va funksiyalarni nazarda tutuvchi yangi tahrirdagi nizomni tasdiqlash toʻgʻrisidagi tegishli qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 3-iyundagi PF-84-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.06.2024-y., 06/24/84/0400-son)
(16-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 3-iyundagi PF-83-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.06.2024-y., 06/24/84/0400-son)
16. Agrosanoatni rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasini shakllantirish manbalari etib quyidagilar belgilansin:
(16-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PF-22-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son)
Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan har yili ajratiladigan mablagʻlar;
xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumat tashkilotlarining kreditlari (qarz mablagʻlari) va grantlari;
qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
17. Qishloq xoʻjaligi vazirligi ikki oy muddatda Agentlik huzuridagi Vinochilikni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va tadbirkorlik subyektlariga subsidiyalar, kompensatsiyalar, kafilliklar va qarz (kredit) mablagʻlarini berish tartibini nazarda tutuvchi qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 3-iyundagi PF-84-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.06.2024-y., 06/24/84/0400-son)
19. Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda viloyatlar hokimliklari mazkur qaror bilan belgilangan “yoʻl xaritasi” va prognoz koʻrsatkichlarining oʻz vaqtida va sifatli ijrosini taʼminlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar boʻyicha har chorak yakuni bilan Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritib borsin.
20. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 7-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
21. Qishloq xoʻjaligi vazirligi hamda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
22. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib qishloq xoʻjaligi vaziri A.B. Voitov hamda investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri L.Sh. Kudratov belgilansin.
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Xodjayev hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Sh.M. Gʻaniyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2023-yil 3-avgust,
PQ-260-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-avgustdagi PQ-260-son qaroriga1-ILOVA
2023-2024-yillarda yangi uzumzorlarni barpo qilishning
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-avgustdagi PQ-260-son qaroriga2-ILOVA
Respublika hududlarida uzum koʻchatlarini tayyorlash boʻyicha tashkil qilinadigan “in-vitro” laboratoriyalari
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-avgustdagi PQ-260-son qaroriga3-ILOVA
2023 — 2026-yillarda uzumchilik va vinochilik sanoatini kompleks rivojlantirish boʻyicha
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 4-apreldagi PF-54-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.04.2026-y., 06/26/54/0320-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-avgustdagi PQ-260-son qaroriga4-ILOVA
Respublikada uzumchilikni rivojlantirish Kengashi
1. Sh.M. Gʻaniyev — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi, Kengash raisi 2. J.A. Xodjayev — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, Kengash raisining oʻrinbosari 3. A.B. Voitov — qishloq xoʻjaligi vaziri 4. Sh.R. Xamrayev — suv xoʻjaligi vaziri 5. A.R. Karimov — iqtisodiyot va moliya vaziri oʻrinbosari 6. N.N. Saydullayev — Markaziy bank raisining birinchi oʻrinbosari 7. Lavozimi boʻyicha — Agrosanoatni rivojlantirish agentligi direktori 8. A.A. Muratov — “Qishloqqurilishbank” ATB boshqaruv raisi 9. K.T. Abdulloyev — “SAG AGRO” MCHJ in-vitro laboratoriyasi taʼsischisi 10. I.H. Boymatov — Fargʻona viloyati Oltiariq tumani “Xayrullo Boymatov” uzumchilik fermer xoʻjaligi rahbari 11. Lavozimi boʻyicha — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi va viloyatlar hokimlarining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari 12. Lavozimi boʻyicha — Qishloq xoʻjaligi vazirligining masʼul boshqarmasi boshligʻi, Kengash ishchi organi
Izoh:
Kengash aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
Kengash ishchi organi ovoz berish huquqiga ega boʻlmaydi.
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentabrdagi PF-151-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.10.2024-y., 06/24/151/0764-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-avgustdagi PQ-260-son qaroriga5-ILOVA
Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligining vazifa va funksiyalari oʻtkazilayotgan vazirlik va idoralar
1. Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoatni rivojlantirish agentligiga:
(1-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentabrdagi PF-151-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.10.2024-y., 06/24/151/0764-son)
uzumchilik va vinochilik sohasida davlat siyosatini yuritish hamda sohani rivojlantirishga yoʻnaltirilgan maqsadli dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
“uchlik tizim”, yaʼni sanoatbop yangi uzum navlari, plantatsiyalarni kengaytirish hamda vinochilikni rivojlantirishga, shuningdek, zamonaviy resurs tejovchi texnologiyalarni joriy etish va kompleks modernizatsiyalashga koʻmaklashish;
xorijiy va mahalliy taʼlim muassasalari, ilmiy-tadqiqot institutlari va tarmoq yetakchi ishlab chiqaruvchilari vakillari bilan hamkorlik qilish orqali vinochilik sohasida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashga koʻmaklashish;
oʻzbek vinolarining milliy brendini yaratish va uni jahon bozorlarida keng targʻib qilish tadbirlarini amalga oshirish;
uzum, meva va rezavorlardan tayyorlangan mahsulotlar sifatini aniqlash yuzasidan tegishli vakolatli organlar bilan hamkorlik qilish;
mahalliy vino tayyorlovchilarning xalqaro miqyosda raqobatbardoshligi va eksport salohiyatini oshirish, shuningdek, sohaga investitsiyalarni jalb etishda uzum yetishtiruvchilar va vino tayyorlovchilarni qoʻllab-quvvatlash;
vinochilik mahsulotlarini ishlab chiqarishda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativlar va texnologik normalarni joriy etishda koʻmaklashish;
har chorakda mahsulotlar sifatini tahlil qilish maqsadida vinochilik mahsulotlari degustatsiyasini tashkil qilish;
vinochilik sohasida innovatsion loyihalarni joriy etishda koʻmaklashish.
2. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligiga:
isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish va realizatsiya qilishda davlat siyosatini yuritish, shuningdek, sohani rivojlantirishga yoʻnaltirilgan kompleks dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosiga doir faoliyatni litsenziyalash.
3. Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligiga:
isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarishda texnik va texnologik normalarga rioya etilishi hamda saqlanish sifatini, shu jumladan, ularni ishlab chiqarishda qoʻllaniladigan xom ashyo va yordamchi materiallar sifatini nazorat qilish;
isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar hamda alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosi bilan shugʻullanadigan korxonalar tomonidan litsenziya talablariga rioya etilishini nazorat qilish;
isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish hamda ularning aylanmasi hajmlarining monitoringini zamonaviy axborot tizimlarini faol joriy etish va rivojlantirish orqali olib borish;
isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarishda texnik va texnologik normalarni joriy etish va ularga rioya etilishiga koʻmaklashish.
(6-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 3-iyundagi PF-84-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.06.2024-y., 06/24/84/0400-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-avgustdagi PQ-260-son qaroriga7-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 28-iyuldagi “Uzumchilikni rivojlantirishda klaster tizimini joriy etish, sohaga ilgʻor texnologiyalarni jalb qilishni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5200-son qarorining 2 va 14-bandlari hamda 1-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-noyabrdagi “Gʻalla yetishtirish va sotishda erkin raqobatni taʼminlaydigan bozor tamoyillarini joriy etish toʻgʻrisida”gi PQ-10-son qarori 7-bandining uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzdonmahsulot” AK tizimidagi korxonalarga tegishli 20 ta urugʻlik don tayyorlash sexlarini ushbu korxonalarning Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi oldidagi qarzdorligini (ular boʻyicha hisoblangan penyalar, shuningdek, obyektni oʻtkazish natijasida yuzaga keladigan soliqlarni ham inobatga olgan holda) obyektning baholangan qiymati miqdoriga kamaytirish hisobiga Urugʻchilikni rivojlantirish markaziga tekinga berish va toʻliq modernizatsiya qilish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin”.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 11-avgustdagi “Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki hamda Xalqaro taraqqiyot uyushmasi ishtirokida “Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligini modernizatsiya qilish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4803-son qaroriga 1, 2 va 2a-ilovalarning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 11-avgustdagi PQ-4803-son qaroriga1-ILOVA
“Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligini modernizatsiya qilish” loyihasi texnik-iqtisodiy asoslarining asosiy koʻrsatkichlari
* Yakuniy narx koʻrsatkichlari batafsil loyiha-smeta hujjatlari, tovarlar (ish va xizmatlar) yetkazib berish boʻyicha tender savdolari natijalari asosida belgilanadi.
** XTU — Xalqaro taraqqiyot uyushmasi.
*** XTTB — Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 11-avgustdagi PQ-4803-son qaroriga2-ILOVA
“Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligini modernizatsiya qilish” loyihasi boʻyicha Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki va Xalqaro taraqqiyot uyushmasi mablagʻlaridan foydalanish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 11-avgustdagi PQ-4803-son qaroriga2a-ILOVA
“Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligini modernizatsiya qilish” loyihasini amalga oshirish boʻyicha
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-maydagi “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari maʼmuriy binolaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi F-26-son farmoyishiga 1-ilovaning izoh qismidagi ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“**”Oʻzdonmahsulot” AK belgilangan tartibda tugatilgunga qadar boshqa binoga koʻchiriladi. Bunda, bino-inshootlar ularning baholangan qiymatiga jamiyatning Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi oldidagi qarzdorligini kamaytirish hisobiga davlat mulki sifatida operativ boshqaruv huquqi asosida tekinga oʻtkaziladi”.