PQ-266-son Qaror · 07.08.2023

Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki ishtirokida “Buxoro viloyatining suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish va modernizatsiya qilish (2-bosqich)” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-266
  • Qabul qilingan sana:07.08.2023
  • Kuchga kirgan sana:09.08.2023
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 07/23/266/0573

Buxoro viloyatida aholi va tadbirkorlik subyektlarining ichimlik suv va oqova suv xizmatlari bilan taʼminlanganlik darajasini oshirish, viloyatning sanitariya-epidemiologik hamda ekologik holatini yanada yaxshilash, shuningdek, Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki bilan hamkorlikni kengaytirish maqsadida:

1. Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki (keyingi oʻrinlarda — OIIB) tomonidan Oʻzbekiston Respublikasiga “Buxoro viloyatining suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish va modernizatsiya qilish (2-bosqich)” loyihasini (keyingi oʻrinlarda — loyiha) amalga oshirish doirasida:

a) 5 yillik imtiyozli davrni oʻz ichiga olgan 25 yilda qaytarish sharti bilan 248,40 million AQSh dollari miqdoridagi qarz ajratilishi maʼqullanganligi;

b) loyihaning umumiy qiymati 281,25 million AQSh dollarini, shu jumladan:

OIIB qarzi — 248,40 million AQSh dollarini;

loyihani amalga oshirishda Oʻzbekiston Respublikasining ulushi — qoʻshilgan qiymat soligʻini qoplash va bojxona imtiyozlari koʻrinishida — 32,85 million AQSh dollarini tashkil etishi;

v) loyihani amalga oshirish davri 5 yil (2023 — 2027-yillar) etib belgilanganligi;

g) loyihani amalga oshirish davrida foizlar, majburiyatlar uchun vositachilik haqi hamda bir martalik vositachilik haqi koʻrinishidagi moliyaviy xarajatlar OIIB qarzi hisobidan amalga oshirilishi;

d) Buxoro viloyati hokimligi, “Oʻzsuvtaʼminot” AJ, Bosh prokuratura hamda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuridagi “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUK tomonidan oʻtkazilgan oʻrganish natijasi boʻyicha xarajatlar (74,5 million AQSh dollar) iqtisod qilinishi mumkinligi aniqlanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.

2. Belgilab qoʻyilsinki:

a) “Oʻzsuvtaʼminot” AJ loyihaning sifatli amalga oshirilishi uchun zarur tashkiliy-texnik tadbirlarning oʻz vaqtida oʻtkazilishi hamda OIIBning qarzidan maqsadli va samarali foydalanilishini taʼminlash uchun masʼul ijro etuvchi organ hisoblanadi;

b) Buxoro viloyati hokimligi “Oʻzsuvtaʼminot” AJ bilan birgalikda loyihaning sifatli amalga oshirilishi, belgilangan koʻrsatkichlarga erishilishi va OIIB qarzlarining oʻz vaqtida qaytarilishi uchun javobgar hisoblanadi.

3. Quyidagilar:

“Buxoro viloyatining suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish va modernizatsiya qilish (2-bosqich)” loyihasini texnik-iqtisodiy asoslashning asosiy texnik-iqtisodiy parametrlari 1-ilovaga muvofiq;

“Buxoro viloyatining suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish va modernizatsiya qilish (2-bosqich)” loyihasi boʻyicha OIIBning asosiy qarzini, majburiyatlar uchun vositachilik haqi hamda bir martalik vositachilik haqini toʻlashning prognoz jadvali 2-ilovaga muvofiq;

“Buxoro viloyatining suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish va modernizatsiya qilish (2-bosqich)” loyihasi doirasida OIIB qarz mablagʻlariga xizmat koʻrsatish xarajatlarini qoplash boʻyicha ulushlar taqsimotining prognozi 3-ilovaga muvofiq;

“Buxoro suv taʼminoti” MChJni moliyaviy sogʻlomlashtirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

4. Buxoro viloyati hokimligi, “Oʻzsuvtaʼminot” AJ, Bosh prokuratura hamda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligining loyiha doirasida iqtisod qilingan mablagʻlar hisobidan 5-ilovaga muvofiq Buxoro viloyatining loyiha bilan qamrab olinmagan hududlarida jami 1 157,2 km ichimlik suv va 117,3 km oqova suv tarmoqlarini, jumladan Jondor tumanida 409,3 km, Peshku tumanida 305,9 km va Romitan tumanida 442 km ichimlik suv tarmoqlari hamda Buxoro shahrida 117,3 km oqova suv tarmoqlarini qurish boʻyicha yangi loyihalarni amalga oshirish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.

5. Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vaziriga:

Oʻzbekiston Respublikasi nomidan OIIB bilan loyihani amalga oshirish uchun qarz bitimini imzolash, zarur hollarda, ushbu bitimga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish;

Oʻzbekiston Respublikasi nomidan Buxoro viloyati hokimligi, “Oʻzsuvtaʼminot” AJ va “Buxoro suv taʼminoti” MChJ bilan OIIB qarz mablagʻlarini qayta kreditlash toʻgʻrisidagi bitimni imzolash, zarur hollarda, ushbu bitimga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish vakolati berilsin.

6. Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi va OIIB oʻrtasida tuziladigan qarz bitimi va qayta kreditlash toʻgʻrisidagi bitimga, zarur hollarda, ushbu bitimlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha belgilangan tartibda yuridik xulosalar bersin.

7. Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari boʻyicha xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining mablagʻlar (qarzlari, kreditlari) hisobidan amalga oshiriladigan loyihalar doirasida yuridik shaxslar tomonidan olinadigan tovarlar bojxona bojidan ozod qilinganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.

Belgilansinki, loyihani amalga oshirish doirasida:

hosil boʻladigan qoʻshilgan qiymat soligʻi summasi xoʻjalik yurituvchi subyektlar mablagʻlari hisobidan toʻlanadi yoki qonunchilikda belgilangan tartibda respublika budjeti mablagʻlari hisobidan qoplab beriladi;

olib kiriladigan tovarlarni bojxona bojidan ozod qilish va qoʻshilgan qiymat soligʻi summasini respublika budjeti mablagʻlari hisobidan qoplab berish Oʻzbekiston Respublikasining loyihani amalga oshirishdagi ulushi deb hisoblanadi.

8. Belgilansinki, “Oʻzsuvtaʼminot” AJ boshqaruvi raisi v.b. D. Azimov zimmasiga:

“Buxoro suv taʼminoti” MChJ tomonidan qayta kreditlash toʻgʻrisidagi bitim shartlariga muvofiq OIIB qarzini qaytarish va foizlarni toʻlash uchun zarur boʻlgan mablagʻlar oʻz vaqtida jamlanib borilishini taʼminlash;

“Oʻzsuvtaʼminot” AJ tarkibidagi OIIB Loyihalarni muvofiqlashtirish guruhiga Buxoro viloyati hokimligi tomonidan tavsiya etilgan qoʻshimcha malakali mutaxassislarni jalb qilgan holda loyihani muvofiqlashtirish va boshqarish;

loyihani amalga oshirish davrida OIIB Loyihalarni muvofiqlashtirish guruhi faoliyatini moliyalashtirish boʻyicha yillik xarajatlar smetasi hamda shtatlar jadvalini Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishish funksiyalari yuklanadi.

9. Iqtisodiyot va moliya vazirligi Buxoro viloyati hokimligi bilan birgalikda 2028-yildan boshlab Buxoro viloyati mahalliy budjeti parametrlarida OIIB qarzi boʻyicha foizlarni va asosiy qarzni qaytarish uchun “Buxoro suv taʼminoti” MChJ tomonidan ushbu maqsadlarga yoʻnaltiriladigan mablagʻni hisobga olgan holda toʻlovning qolgan qismiga zarur mablagʻlarni ajratishni nazarda tutsin.

10. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasining investitsiya dasturlarida har bir yil uchun asosiy koʻrsatkichlarni aniqlashtirib va yangilab borgan holda, loyiha doirasida ajratiladigan mablagʻlarni inobatga olsin.

11. Loyiha doirasida:

“Oʻzsuvtaʼminot” AJ tomonidan xalqaro moliya institutlari va xorijiy moliya tashkilotlari ishtirokida amalga oshirilayotgan loyihalar doirasida tovar, ish va xizmatlarni sotib olish boʻyicha tasdiqlangan xarid komissiyasi tarkibiga Buxoro viloyati hokimligining 2 ta vakili kiritilsin;

“Oʻzsuvtaʼminot” AJ loyihalashtirish jarayonlarida eng toʻgʻri va optimal loyiha (texnik) takliflari qabul qilinishi ustidan nazorat oʻrnatsin;

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi loyihaga ajratilayotgan mablagʻlarning maqsadli ishlatilishi jarayonida ochiqlik va oshkoralikni taʼminlash ustidan doimiy nazorat oʻrnatsin;

Hisob palatasi va Bosh prokuratura loyihaga ajratilayotgan mablagʻlarning maqsadli va samarali sarflanishi hamda pudrat ishlari oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishi ustidan tizimli nazorat oʻrnatsin;

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi Adliya vazirligi, Buxoro viloyati hokimligi va “Oʻzsuvtaʼminot” AJ bilan birgalikda mazkur qarorning mazmuni va ahamiyatini aholi hamda tadbirkorlik subyektlariga yetkazish, ularga ichimlik suv va oqova suv tizimi bilan taʼminlanadigan hududlar toʻgʻrisida maʼlumot berib borish hamda qurilish-montaj ishlari ustidan jamoatchilik nazoratini oʻrnatish choralarini koʻrsin.

12. Quyidagilar:

Bosh vazir oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J. Qoʻchqorov — loyiha boʻyicha qarz bitimini imzolashga va mazkur bitimga asosan qarz mablagʻlarini oʻz vaqtida jalb qilishga;

“Oʻzsuvtaʼminot” AJ boshqaruvi raisi v.b. D. Azimov hamda Buxoro viloyati hokimi B. Zaripov — loyiha boʻyicha mablagʻlarning samarali yoʻnaltirilishiga, qurilish-montaj ishlari sifatli va oʻz vaqtida bajarilishini taʼminlashga, obyektlar va ishlab chiqarish quvvatlarini belgilangan muddatlarda ishga tushirishga;

investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri oʻrinbosari S. Xamidov — loyihaning amalga oshirilishini muvofiqlashtirishga, natijadorligini taʼminlashga, tasdiqlangan prognoz parametrlari bajarilishini tizimli muhokama qilib borishga, loyihalarni amalga oshirishda yuzaga keladigan muammoli masalalarni tezkor hal etib borishga;

“Oʻzsuvtaʼminot” AJ boshqaruvi raisi v.b. D. Azimov va Buxoro viloyati hokimi B. Zaripov — “Buxoro suv taʼminoti” MChJni moliyaviy sogʻlomlashtirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi”da belgilangan chora-tadbirlarning oʻz vaqtida bajarilishini taʼminlashga, tuzilgan bitim shartlariga muvofiq qarz mablagʻlarini oʻz vaqtida qaytarishga shaxsan masʼul va javobgar ekanligi belgilab qoʻyilsin.

13. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosarlari A.J. Ramatov va J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2023-yil 7-avgust,

PQ-266-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 7-avgustdagi PQ-266-son qaroriga1-ILOVA

“Buxoro viloyatining suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish va modernizatsiya qilish (2-bosqich)” loyihasini texnik-iqtisodiy asoslashning

T/r Xarajatlar kategoriyasining nomi Oʻlchov birligi Hammasi* Moliyalashtirish manbai, shu jumladan: OIIB qarzi Oʻzbekiston Respublikasining ulushi (qoʻshilgan qiymat soligʻini qoplash va bojxona imtiyozlari shaklida) 1. Loyihaning umumiy qiymati ming AQSh doll. ekv. 281 254,80 248 400,00 32 854,80 2. Kapital qoʻyilmalar qiymati, hammasi ming AQSh doll. ekv. 235 960,30 235 960,30 shu jumladan: 2.1. Qurilish-taʼmirlash ishlari ming AQSh doll. ekv. 172 884,90 172 884,90 2.2. Mashina va uskunalar ming AQSh doll. ekv. 46 146,60 46 146,60 2.3. Loyihani boshqarish va texnik nazorat ming AQSh doll. ekv. 13 881,50 13 881,50 2.4. Taqsimlanmagan xarajatlar ming AQSh doll. ekv. 3 047,30 3 047,30 3. Moliyaviy xarajatlar ming AQSh doll. ekv. 12 439,70 12 439,70 4. Qoʻshilgan qiymat soligʻini qoplab berish koʻrinishidagi mablagʻlar va bojxona imtiyozlari ming AQSh doll. ekv. 32 854,80 0,00 32 854,80

* Loyihaning yakuniy qiymat koʻrsatkichlari loyiha-smeta hujjatlari batafsil ishlab chiqilganidan keyin hamda tovarlar yetkazib berish (ishlarni bajarish va xizmatlar koʻrsatish) boʻyicha tenderlar natijalariga koʻra belgilanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 7-avgustdagi PQ-266-son qaroriga2-ILOVA

“Buxoro viloyatining suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish va modernizatsiya qilish (2-bosqich)” loyihasi boʻyicha OIIBning asosiy qarzini, majburiyatlar uchun vositachilik haqi hamda bir martalik vositachilik haqini toʻlashning

Qarz miqdori 248,4 mln AQSh dollari Qarz muddati 25 yil* Imtiyozli davr 5 yil Foiz stavkasi SOFR+ 1,29 % Majburiyatlar uchun vositachilik haqi 0,25 % oʻzlashtirilmagan qarz miqdoridan Bir martalik vositachilik haqi 0,25 % umumiy qarz miqdoridan ming AQSh doll. Yillar Toʻlanadigan foizlar Majburiyatlar uchun vositachilik haqi Bir martalik vositachilik haqi Asosiy qarzni qaytarish Jami qaytariladigan mablagʻ 15.10.2023 280,90 621,00 901,90 15.10.2023 363,60 275,60 639,20 15.02.2024 366,70 227,70 594,40 15.08.2024 966,70 223,70 1 190,40 15.02.2025 973,00 145,20 1 118,20 15.08.2025 1 899,60 140,30 2 039,90 15.02.2026 1 897,30 51,90 1 949,20 15.08.2026 2 955,80 47,4 3 003,20 15.02.2027 2 949,90 2 949,90 15.08.2027 3 543,70 3 543,70 15.02.2028 3 486,00 6 210,0 9 696,00 15.08.2028 3 455,20 6 210,0 9 665,20 15.02.2029 3 330,00 6 210,0 9 540,00 15.08.2029 3 278,00 6 210,0 9 488,00 15.02.2030 3 137,40 6 210,0 9 347,40 15.08.2030 3 100,80 6 210,0 9 310,80 15.02.2031 2 963,10 6 210,0 9 173,10 15.08.2031 2 923,60 6 210,0 9 133,60 15.02.2032 2 788,80 6 210,0 8 998,80 15.08.2032 2 746,40 6 210,0 8 956,40 15.02.2033 2 628,90 6 210,0 8 838,90 15.08.2033 2 569,20 6 210,0 8 779,20 15.02.2034 2 440,20 6 210,0 8 650,20 15.08.2034 2 392,00 6 210,0 8 602,00 15.02.2035 2 265,90 6 210,0 8 475,90 15.08.2035 2 214,80 6 210,0 8 424,80 15.02.2036 2 091,60 6 210,0 8 301,60 15.08.2036 2 037,70 6 210,0 8 247,70 15.02.2037 1 927,90 6 210,0 8 137,90 15.08.2037 1 860,50 6 210,0 8 070,50 15.02.2038 1 743,00 6 210,0 7 953,00 15.08.2038 1 683,30 6 210,0 7 893,30 15.02.2039 1 568,70 6 210,0 7 778,70 15.08.2039 1 506,10 6 210,0 7 716,10 15.02.2040 1 394,40 6 210,0 7 604,40 15.08.2040 1 328,90 6 210,0 7 538,90 15.02.2041 1 226,80 6 210,0 7 436,80 15.08.2041 1 151,70 6 210,0 7 361,70 15.02.2042 1 045,80 6 210,0 7 255,80 15.08.2042 974,50 6 210,0 7 184,50 15.02.2043 871,50 6 210,0 7 081,50 15.08.2043 797,30 6 210,0 7 007,30 15.02.2044 697,20 6 210,0 6 907,20 15.08.2044 620,20 6 210,0 6 830,20 15.02.2045 525,80 6 210,0 6 735,80 15.08.2045 443,00 6 210,0 6 653,00 15.02.2046 348,60 6 210,0 6 558,60 15.08.2046 265,80 6 210,0 6 475,80 15.02.2047 174,30 6 210,0 6 384,30 15.08.2047 88,60 6 210,0 6 298,60 Jami: 88 009,80 1 392,70 621,00 248 400,00 338 423,50

* Qarz berilishi muddati moliyaviy bitim imzolanishi sanasiga bogʻliq.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 7-avgustdagi PQ-266-son qaroriga3-ILOVA

“Buxoro viloyatining suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish va modernizatsiya qilish (2-bosqich)” loyihasi doirasida OIIB qarz mablagʻlariga xizmat koʻrsatish xarajatlarini qoplash boʻyicha ulushlar taqsimotining

Yillar “Buxoro suv taʼminoti” MChJ ulushi Buxoro viloyati mahalliy budjetining ulushi 2027 7,3% 92,7% 2028 11,0% 89,0% 2029 13,0% 87,0% 2030 15,0% 85,0% 2031 17,0% 83,0% 2032 19,0% 81,0% 2033 21,0% 79,0% 2034 23,0% 77,0% 2035 25,0% 75,0% 2036 27,0% 73,0% 2037 29,0% 71,0% 2038 31,0% 69,0% 2039 33,0% 67,0% 2040 35,0% 65,0% 2041 37,0% 63,0% 2042 39,0% 61,0% 2043 41,0% 59,0% 2044 43,0% 57,0% 2045 45,0% 55,0% 2046 47,0% 53,0% 2047 48,0% 52,0% Jami: 27,2% 72,8%

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 7-avgustdagi PQ-266-son qaroriga4-ILOVA

“Buxoro suv taʼminoti” MChJni moliyaviy sogʻlomlashtirish boʻyicha

(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-fevraldagi PF-35-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.03.2025-y., 06/25/35/0204-son)

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 7-avgustdagi PQ-266-son qaroriga5-ILOVA

Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki ishtirokidagi “Buxoro viloyatining suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish va modernizatsiya qilish (2-bosqich)” loyihasi doirasida iqtisod qilingan mablagʻlar hisobidan Buxoro viloyatining loyiha bilan qamrab olinmagan hududlarida ichimlik suv hamda oqova suv tarmoqlarini qurish boʻyicha yangi loyihalar

T/r Tumanlar boʻyicha mahalla va koʻchalarda bajariladigan ishlar Oʻlchov birligi Iqtisod qilingan mablagʻlar yoʻnaltiriladigan qoʻshimcha hajmlar JAMI 1 274,5 I. Peshku tumani boʻyicha 305,9 1. “Valfajir” MFY hududidagi Kuchkalo qishlogʻida ichimlik suv tarmogʻini qurish km 7,0 2. “Guliston” MFY hududidagi Chuqurak va Rabot qishloqlarida ichimlik suv tarmogʻini qurish km 8,0 3. “Navoiy” MFY hududidagi Amir va Kudrashex qishloqlarida ichimlik suv tarmogʻini qurish km 22,0 4. “Qalʼa” MFY hududidagi Qalʼa qishlogʻida ichimlik suv tarmogʻini qurish km 13,0 5. “Oʻzbek” MFY hududidagi Shoboti qishlogʻida ichimlik suv tarmogʻini qurish km 11,0 6. “Zandani” MFY hududidagi Arabguzar, Koʻkchi, Hayotobod va Yangihovli qishloqlarida ichimlik suv tarmogʻini qurish km 17,3 7. “Xulbor” MFY hududidagi Arabdiyor qishlogʻida ichimlik suv tarmogʻini qurish km 5,5 8. “Chibagʻoni” MFY hududidagi Degdavon qishlogʻida ichimlik suv tarmogʻini qurish km 13,0 9. “Doʻstlik” MFY hududidagi Yoriko, Kupmiri, Qoʻrgʻon, Mahalla Miron, Miyonijoʻy va Omutfare qishloqlarida ichimlik suv tarmogʻini qurish km 31,7 10. “Oʻgʻlon” MFY hududidagi Oʻgʻlon qishlogʻida ichimlik suv tarmogʻini qurish km 3,3 11. “Xoʻlbor” MFY hududidagi Xoʻlbor qishlogʻida ichimlik suv tarmogʻini qurish km 13,2 12. “Talisobun” MFY hududidagi Talisobun qishlogʻida ichimlik suv tarmogʻini qurish km 19,0 13. “Chibagʻoni” MFY hududidagi Chibagʻoni va Chalmagadoy qishloqlarida ichimlik suv tarmogʻini qurish km 14,8 14. “Quchoq” MFY hududidagi Sarichashma, Sariob, Naberajoʻja va Mangʻitlar qishloqlarida ichimlik suv tarmogʻini qurish km 18,0 15. “Xurram” MFY hududidagi Jonxoʻroz, Chakalon, Yuqori Kate, Quyi Kate, Biryon Xate, Qoʻrchi va Hurdiyor qishloqlarida ichimlik suv tarmogʻini qurish km 29,0 16. “Varaxsho” MFY hududidagi Imkon, Vaximkor va Nalbodon qishloqlarida ichimlik suv tarmogʻini qurish km 20,8 17. “Turkiston” MFY hududidagi Xayriob, Tegirmonchi va Qorovul qishloqlarida ichimlik suv tarmogʻini qurish km 24,0 18. “Kiyovxoʻja” MFY hududidagi Qoʻshchi, Kuyovxoʻja va Qumqoʻrgʻon qishloqlarida ichimlik suv tarmogʻini qurish km 25,5 19. “Obidxoʻja” MFY hududidagi Shodmin va Kate qishloqlarida ichimlik suv tarmogʻini qurish km 9,8 II. Jondor tumani boʻyicha 409,3 20. “Paxtakor” MFY hududidagi Paxtakor va Shodlik qishloqlarida ichimlik suv tarmogʻini qurish km 4,5 21. “Zarafshon” MFY hududidagi Zarafshon va Doʻstlik qishloqlarida ichimlik suv tarmogʻini qurish km 5,6 22. “Tinchlik” MFY hududidagi Bunyodkor qishlogʻida ichimlik suv tarmogʻini qurish km 3,1 23. “Jondor” MFY hududidagi Monqufiy qishlogʻida ichimlik suv tarmogʻini qurish km 7,1 24. “Obod” MFY hududidagi Yuqoriobod, Quyiobod va Istiqlol qishloqlarida ichimlik suv tarmogʻini qurish km 20,1 25. “Rabot” MFY hududidagi Rabot va Xoʻjalik qishloqlarida ichimlik suv tarmogʻini qurish km 8,9 26. “Mirzayon” MFY hududidagi Arablar va Gulzor qishloqlarida ichimlik suv tarmogʻini qurish km 15,4 27. “Yosh kuch” MFY hududidagi Yosh kuch va Yuqori Raximobod qishloqlarida ichimlik suv tarmogʻini qurish km 9,0 28. “Mirzayon” MFY hududidagi Mirzayon, Obod, Yangiyer, Yangiobod va Ozod qishloqlarida ichimlik suv tarmogʻini qurish km 21,4 29. “Oq tepa” MFY hududidagi Urganjilar, Xotcha va Chiqir qishloqlarida ichimlik suv tarmogʻini qurish km 11,5 30. “Ibn Sino” MFY hududidagi Yangibogʻ, Asbobsoz, Aminobod va Yuqori Qulonchi qishloqlarida ichimlik suv tarmogʻini qurish km 19,3 31. “Poʻloti” MFY hududidagi Kallazor qishlogʻida ichimlik suv tarmogʻini qurish km 8,1 32. “Dalmun” MFY hududidagi Dalmun va Kolluk qishloqlarida ichimlik suv tarmogʻini qurish km 10,6 33. “Xumdonak” MFY hududidagi Joʻyzar qishlogʻida ichimlik suv tarmogʻini qurish km 6,1 34. “Shoʻrobod” MFY hududidagi Eskiyon qishlogʻida ichimlik suv tarmogʻini qurish km 3,4 35. “Denov” MFY hududidagi Xofrabot qishlogʻida ichimlik suv tarmogʻini qurish km 6,2 36. “Denov” MFY hududidagi Denov qishlogʻida ichimlik suv tarmogʻini qurish km 6,4 37. “Boliob” MFY hududidagi Qishloqcha qishlogʻida ichimlik suv tarmogʻini qurish km 4,2 38. “Murgʻak” MFY hududidagi Murgʻak qishlogʻida ichimlik suv tarmogʻini qurish km 5,4 39. “Xumin” MFY hududidagi Qipchoq va Shahri Islom qishloqlarida ichimlik suv tarmogʻini qurish km 10,2 40. “Qoʻliyon” MFY hududidagi Qoʻliyon qishlogʻida ichimlik suv tarmogʻini qurish km 4,2 41. “Istiqlol” MFY hududidagi Oqxoʻja va Pasona qishloqlarida ichimlik suv tarmogʻini qurish km 11,3 42. “Xumdonak” MFY hududidagi Qoʻshrabot qishlogʻida ichimlik suv tarmogʻini qurish km 6,7 43. “Qaroli” MFY hududidagi Stansiya Yakkatut aholi punktida ichimlik suv tarmogʻini qurish km 4,6 44. “Eronshoh” MFY hududidagi Yakkatut qishlogʻida ichimlik suv tarmogʻini qurish km 6,4 45. “Paxlavon” MFY hududidagi Boʻribogʻi qishlogʻida ichimlik suv tarmogʻini qurish km 6,1 46. “Mustaqillik” MFY hududidagi Oʻrikzor, Akka-Chakka, Chorgʻuli va Bodomzor qishloqlarida ichimlik suv tarmogʻini qurish km 22,4 47. “Baxoriston” MFY hududidagi Xojikanda qishlogʻida ichimlik suv tarmogʻini qurish km 7,1 48. “Nurafshon” MFY hududidagi Zarafshon, Nurafshon va Ogʻar qishloqlarida ichimlik suv tarmogʻini qurish km 18,2 49. “Qorovul” MFY hududidagi Xoʻjaguxriz, Mangʻit va Moxon qishloqlarida ichimlik suv tarmogʻini qurish km 19,5 50. “Darveshi” MFY hududidagi Darveshi qishlogʻida ichimlik suv tarmogʻini qurish km 4,2 51. “Oytugʻdi” MFY hududidagi Peshqandoq qishlogʻida ichimlik suv tarmogʻini qurish km 8,1 52. “Tabogar” MFY hududidagi Tabogar qishlogʻida ichimlik suv tarmogʻini qurish km 8,5 53. “Chorzona” MFY hududidagi Chorzona qishlogʻida ichimlik suv tarmogʻini qurish km 4,2 54. “Qozikenti” MFY hududidagi Umarxoʻja qishlogʻida ichimlik suv tarmogʻini qurish km 7,2 55. “Xumin” MFY hududidagi Tongosha va Raximobod qishloqlarida ichimlik suv tarmogʻini qurish km 13,4 56. “Xoʻjahayron” MFY hududidagi Xoʻjahayron qishlogʻida ichimlik suv tarmogʻini qurish km 7,2 57. “Namgoni” MFY hududidagi Namgoni, Yobu va Toʻqsaboy qishloqlarida ichimlik suv tarmogʻini qurish km 22,6 58. “Romish” MFY hududidagi Yangiobod qishlogʻida ichimlik suv tarmogʻini qurish km 6,4 59. “Qozoqon” MFY hududidagi Qozoqon, Xushkonu va Dexqonobod qishloqlarida ichimlik suv tarmogʻini qurish km 18,0 60. “Qaroli” MFY hududidagi Qulonchi qishlogʻida ichimlik suv tarmogʻini qurish km 8,4 61. “Yangiobod” MFY hududidagi Yangimozorqishlogʻida ichimlik suv tarmogʻini qurish km 8,1 III. Romitan tumani boʻyicha 442,0 62. “Tarnaut” MFY hududidagi Mahalla va Sardoipoyon qishloqlarida ichimlik suv tarmogʻini qurish km 28,0 63. “Attoron” MFY hududidagi Sardoribolo, Shalgʻami, Attoron, Tagʻori va Avliyoxoʻja qishloqlarida ichimlik suv tarmogʻini qurish km 43,0 64. “Mirishkor” MFY hududidagi Quyi Mirishkor, Baxril, Musicha, Yuqori Mirishkor va Payshanba qishloqlarida ichimlik suv tarmogʻini qurish km 48,0 65. “Oʻba” MFY hududidagi Doʻrman, Oʻba, Rabotipoyon, Mirmullo, Soqijon va Indamas qishloqlarida ichimlik suv tarmogʻini qurish km 43,0 66. “Qalaychorbogʻ” MFY hududidagi Sichqonchi, Akana, Challi, Alishex, Boʻyrabof va Istiqlol qishloqlarida ichimlik suv tarmogʻini qurish km 46,0 67. “Chandir” MFY hududidagi Quyi Chandir va Quyi Chandir-2 qishloqlarida ichimlik suv tarmogʻini qurish km 16,0 68. “Qumrabot” MFY hududidagi Rabot, Kamkoʻch, Otar va Yangiobod qishloqlarida ichimlik suv tarmogʻini qurish km 34,0 69. “Bogʻiturkon” MFY hududidagi Hazorbogʻ, Boyshi, Pinjon va Bahoriston qishlogʻida ichimlik suv tarmogʻini qurish km 41,0 70. “Iftixor” MFY hududidagi Marvosim, Rabotak, Mahalla, Moʻri, Piyoxkoron va Taloqon qishloqlarida ichimlik suv tarmogʻini qurish km 74,0 71. “Shoʻrcha” MFY hududidagi Quyi Shoʻrcha, Raboti Sulaymon, Yangi Shoʻrcha, Yuqori Shoʻrcha, Sarikunda va Oʻzbakon qishloqlarida ichimlik suv tarmogʻini qurish km 69,0 IV. Buxoro shahri boʻyicha 117,3 - Yangi qurilish (oqova suv tarmogʻi) 102,0 72. Sharq-1 mavzesi hududidagi Shirduddin koʻchasi muyulishlarini ulash orqali Gazli shossesi boʻylab “Sharqiy” kollektoriga tutashuvchi oʻzioqar oqova suv tarmogʻini qurish (“Sharq” avtovokzalining roʻparasi) km 7,7 73. Sharq-1 mavzesi hududidagi (SP-10 KNSni tugatish maqsadida) Suvchilar shaharchasi (poselok Vodnik) va muyulishlarini ulash orqali Gazli shossesi boʻylab “Sharqiy” kollektorga tutashuvchi oʻzioqar oqova suv tarmogʻini qurish km 1,6 74. Sharq-1 mavzesi hududidagi Maʼrifat koʻchasi muyulishlari bilan Gazli shossesi boʻylab “Sharqiy” kollektorga tutashuvchi oʻzioqar oqova suv tarmogʻini qurish (Gaz taqsimlash stansiyasi) km 2,5 75. Gulchorbogʻ koʻchasida oʻzioqar oqova suv tarmogʻini qurish (Agrokimyo laboratoriyasi) km 2,3 76. Jahon banki mablagʻlari hisobidan Ibn-Sino koʻchasida qurilgan (BVR/CQ/01-2,7(1)-0-S) D-400 mm oqova suv tarmogʻiga ulash orqali Jarqoq koʻchasida oʻzioqar oqova suv tarmogʻini qurish km 0,5 77. Jahon banki mablagʻlari hisobidan Ibn-Sino koʻchasida qurilgan (BVR/CQ/01-2,7(1)-0-S) D-400 mm oqova suv tarmogʻiga ulash orqali Istiqlol koʻchasida oʻzioqar oqova suv tarmogʻini qurish km 0,4 78. Jahon Banki mablagʻlari hisobidan Ibn-Sino koʻchasida qurilgan (BVR/CQ/01-2,7(1)-0-S) D-400 mm oqova suv tarmogʻiga ulash orqali Zuxro koʻchasida oʻzioqar oqova suv tarmogʻini qurish km 0,3 79. Oq Masjid, Al-Xorazmiy, Xilol Buxoriy, Elobod koʻchalarida oʻzioqar oqova suv tarmoqlarini qurish km 1,9 80. M. Karimov va Ibn Sino koʻchalari kesishmasidagi Shimoliy-Sharqiy kollektorga ulash orqali M. Karimov, Jondor shoh koʻchasi, Qizilqum, X. Sheroziy, Chorbahossa (muyulishlari bilan), M. Mirzayev, Anhor koʻchalarida oʻzioqar oqova suv tarmoqlarini qurish km 7,6 81. Ibn Sino koʻchasidagi “Shimoliy-Sharqiy” kollektorga ulash orqali (Maishiy texsoz) Chorbakr koʻchasi 1-muyulishda oʻzioqar oqova suv tarmogʻini qurish km 0,9 82. Ibn Sino koʻchasidagi “Shimoliy-Sharqiy” kollektorga ulash orqali (Talipoch) Anhor, Talija va M. Mirzayev koʻchalarida oʻzioqar oqova suv tarmogʻini qurish km 2,3 83. Ibn Sino koʻchasidagi “Shimoliy-Sharqiy” kollektorga ulash orqali (Novmetan kanali yoqasida) Fidokor, Tadbirkor, Goʻzal va Adolat koʻchalarida oʻzioqar oqova suv tarmogʻini qurish km 2,7 84. Ibn Sino koʻchasidagi “Shimoliy-Sharqiy” kollektorga ulash orqali Mirdoʻstim, M. Tarobiy (muyulishlari bilan), Goʻzal va Adolat koʻchalarida oʻzioqar oqova suv tarmogʻini qurish km 3,6 85. “Novmetan” kanali boʻylab “Shimoliy-Gʻarbiy” kollektorga ulanish orqali (trikotaj fabrikasi) Sulton Joʻra (muyushlishlari bilan), M. Narshaxiy, R. Hamroyev (muyulishlari bilan), Joʻbor Berun, O. Xuzayev (muyulishlari bilan), M. Tarobiy (muyulishlari bilan), Baxt (muyulishlari bilan), Gulbahor, Shergiron mahalla koʻchalarida oʻzioqar oqova suv tarmogʻini qurish km 9,4 86. “Novmetan” kanali boʻylab “Shimoliy-Gʻarbiy” kollektorga ulanish orqali (trikotaj fabrikasi) “Novmetan” kanali boʻylab “Shimoliy-Gʻarbiy” kollektorga ulanish orqali (trikotaj fabrikasi) M. Narshaxiy, Joʻbor Berun, Joʻbor Berun 1-muyulish koʻchalarida oʻzioqar oqova suv tarmogʻini qurish km 1,7 87. “Novmetan” kanali boʻylab “Shimoliy-Gʻarbiy” kollektorga ulanish orqali (trikotaj fabrikasi) Joʻbor (muyulishlari bilan), Kunji Qalʼa, Abay, Shaftolizor, Shaftolizor (muyulishlari bilan), Shoxmalik va A. Borband koʻchalarida oʻzioqar oqova suv tarmogʻini qurish km 4,3 88. Jahon banki mablagʻlari hisobidan M. Iqbol koʻchasida (viloyat shifoxonasi roʻparasi) qurilgan (BVR/CQ/01-3,34-0-S) D-600 mm oqova suv tarmogʻiga ulash orqali Xoʻja Ismat Buxoriy koʻchasida oʻzioqar oqova suv tarmogʻini qurish km 0,7 89. Namozgoh koʻchasi boʻylab ishlab turgan D-1200 mm boʻlgan oqova suv tarmogʻiga ulash orqali Tong, S. Buxoriy, Sadri Ziyo, M. Muzahhib, A. Munzim, H.I. Buxoriy, Afshor mahalla koʻchalarida oʻzioqar oqova suv tarmoqlarini qurish km 2,3 90. Xoʻja Aloviddin Gʻijduvoniy koʻchasida (muyulishlari bilan) oʻzioqar oqova suv tarmoqlarini qurish km 4,3 91. Gʻijduvoniy koʻchasidagi D-800 mm boʻlgan oqova suv tarmogʻiga ulash orqali Afrosiyob koʻchasida (UzGASHK LITI) oʻzioqar oqova suv tarmoqlarini qurish km 0,7 92. Jahon banki mablagʻlari hisobidan M. Burxonov koʻchasida qurilgan (BVR/CQ/01-2,8(1)-0-S) oqova suv tarmogʻiga ulash orqali M. Burxonov, Koʻkcha, S. Boxarziy, Shayx ul-Olam, Mironshox koʻchalarida oʻzioqar oqova suv tarmogʻini qurish km 2,9 93. Mushfiqiy koʻchasida (muyulishlari bilan) oʻzioqar oqova suv tarmoqlarini qurish km 1,5 94. “Oʻtror” turar joy massivida oʻzioqar oqova suv tarmoqlarini qurish (M. Tarobiy) km 4,5 95. Dilkusho koʻchasidagi D-800 mm va Xalqobod koʻchasidagi D-1000 mm mavjud oqova suv tarmoqlariga ulash orqali Omad, Turon, T. Qorayev, Yangiyoʻl koʻchalarida oʻzioqar oqova suv tarmoqlarini qurish km 3,5 96. Buxoro shahrining tarixiy qismida oʻzioqar oqova suv tarmoqlarini qurish (Eski shahar) km 21,0 97. Shayxon-2, 3, 4, 5 turar joy massivlarida oʻzioqar oqova suv tarmoqlarini qurish (63-son Shayxon MFY) km 11,0 - Tarmoqlarni rekonstruksiya qilish (oqova suv tarmogʻi) km 15,3 98. B. Naqshband koʻchasi boʻylab Gazli shossesi chorrahasidan Maʼrifat koʻchasi kesishmasigacha (Buxoro xalqaro aeroporti) boʻlgan oqova suv tarmogʻini rekonstruksiya qilish km 1,4 99. Namozgoh koʻchasi boʻylab Q. Murtazoyev chorrahasidan A. Toʻqay koʻchasi kesishmasigacha (29-maktab) boʻlgan oqova suv tarmogʻini rekonstruksiya qilish km 1,4 100. Alpomish koʻchasi boʻylab Namozgoh koʻchasi kesishmasidan Navoiy shoh koʻchasi kesishmasigacha boʻlgan oqova suv tarmogʻini rekonstruksiya qilish km 2,0 101. A. Jomiy koʻchasi (5-B aholi shaharchasi) boʻylab Piridastgir koʻchasi kesishmasidan Alpomish koʻchasi kesishmasigacha boʻlgan oqova suv tarmogʻini rekonstruksiya qilish km 0,8 102. Q. Murtazoyev koʻchasi 5/2-uydan Q. Murtazoyev koʻchasi boʻylab (RK-2) Q. Murtazoyev koʻchasi boʻylab oqova suv tarmogʻini rekonstruksiya qilish km 0,4 103. Q. Murtazoyev koʻchasi 3/3-uydan Q. Murtazoyev koʻchasi 4-uygacha boʻlgan oqova suv tarmogʻini rekonstruksiya qilish km 0,3 104. Q. Murtazoyev koʻchasi 9/1-uydan Q. Murtazoyev koʻchasi 8-uygacha boʻlgan oqova suv tarmogʻini rekonstruksiya qilish km 0,3 105. Jahon banki mablagʻlari hisobidan Piridastgir koʻchasida qurilgan (BVR/CQ/01-2,10(1)-0-S) oqova suv tarmogʻiga ulash orqali Navoiy shoh koʻchasi 21-uygacha boʻlgan oʻzioqar oqova suv tarmogʻini rekonstruksiya qilish km 0,5 106. Jahon banki mablagʻlari hisobidan Piridastgir koʻchasida qurilgan (BVR/CQ/01-2,10(1)-0-S) oqova suv tarmogʻiga ulash orqali Q. Murtazoyev koʻchasi 9/1-uygacha boʻlgan oʻzioqar oqova suv tarmogʻini rekonstruksiya qilish km 0,5 107. SP-3 dan Zulfiya koʻchasidagi 17-uygacha oqova suv kollektorini rekonstruksiya qilish km 0,8 108. SP-4 dan M. Iqbol koʻchasidagi 5/2-uygacha (19-maktab) boʻlgan oqova suv kollektorini rekonstruksiya qilish km 0,3 109. SP-4 dan Q. Murtazoyev koʻchasidagi 4/2-uygacha boʻlgan oqova suv kollektorini rekonstruksiya qilish km 0,5 110. SP-4 dan “Buxoro” kinoteatrigacha boʻlgan oqova suv kollektori km 0,6 111. Sharq-1 mavzesidagi 3-uydan “Sharqiy” kollektorgacha (“Fregat” restorani) boʻlgan oqova suv kollektorini rekonstruksiya qilish km 1,0 112. Jahon banki mablagʻlari hisobidan qurilgan kollektordan gravitatsion oqova suv I. Karimov (BVK/CQ/01-1.5-0-S loyihasi) koʻchasi boʻylab Alpomish koʻchasi 11/3-son turar joy binosigacha, Jahon Banki mablagʻlari hisobidan I. Karimov koʻchasida qurilgan (BVR/CQ/01-1,510-0-S) oqova suv tarmogʻiga ulash orqali Alpomish koʻchasi 11/3-uygacha boʻlgan oqova suv tarmogʻini rekonstruksiya qilish km 0,6 113. Alpomish koʻchasidan (“Jilgorodok” bekati) Alpomish koʻchasidagi 6/3-uygacha boʻlgan oqova suv kollektorini rekonstruksiya qilish km 0,5 114. Alpomish koʻchasi 11/4-uydan Alpomish koʻchasi 74/6-uygacha boʻlgan oʻzioqar oqova suv tarmogʻini rekonstruksiya qilish km 0,4 115. Jahon banki mablagʻlari hisobidan Mustaqillik koʻchasida qurilgan (BVR/CQ/01-1,510-0-S) (avvalgi “Melodiya” bar) oqova suv tarmogʻiga ulash orqali Mustaqillik koʻchasi 58/3-uygacha boʻlgan oqova suv tarmogʻini rekonstruksiya qilish km 0,4 116. A. Jomiy koʻchasidagi ( 5-A va 5-B aholi shaharchasi oraligʻida) oʻzioqar oqova suv tarmogʻini rekonstruksiya qilish km 0,7 117. Piridastgir koʻchasi 9/3-uydan 8 va 34-maktablar oraligʻidan Alpomish koʻchasigacha (“Tojmaxal” restorani) oqova suv tarmogʻini rekonstruksiya qilish km 0,6 118. Nizomiy, Buxoro, Tutzor koʻchalaridagi oʻzioqar oqova suv tarmoqlarini rekonstruksiya qilish km 1,5

* Ushbu roʻyxatga Buxoro viloyati hokimligi va “Oʻzsuvtaʼminot” AJ taklifiga asosan Investitsiyalarni jalb qilish, sanoatni rivojlantirish va savdoni tartibga solish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi tomonidan oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.