PF-24-son Farmon · 31.01.2024

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-24
  • Qabul qilingan sana:31.01.2024
  • Kuchga kirgan sana:01.02.2024
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 06/24/24/0077

Mamlakatimizda aholi turmush darajasini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar izchilligini taʼminlash, fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish va moddiy qoʻllab-quvvatlash hamda pensiya va nafaqalar miqdorlarining rasman belgilangan eng kam isteʼmol xarajatlaridan kam boʻlmasligini taʼminlash maqsadida:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.

2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2024-yil 31-yanvar,

PF-24-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 31-yanvardagi PF-24-son FarmonigaILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-iyuldagi “Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlarini moddiy qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-120-son Farmonida:

a) 1-bandda:

birinchi xatboshidagi “2023-yil 1-avgustdan boshlab” soʻzlari “2024-yil 1-fevraldan boshlab” soʻzlari bilan almashtirilsin;

ikkinchi — oltinchi xatboshilardagi “568 000 soʻm” soʻzlari “621 000 soʻm” soʻzlari bilan almashtirilsin;

beshinchi xatboshidagi “198 000 soʻm” soʻzlari “212 000 soʻm” soʻzlari bilan almashtirilsin;

b) 4-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“4. Mazkur Farmonning ijrosini taʼminlash uchun masʼul va shaxsiy javobgar etib Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov belgilansin.

Farmon ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin”.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 17-noyabrdagi “Ish haqi, pensiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida”gi PF-196-son Farmoni 2-bandining oʻninchi — oʻn toʻrtinchi xatboshilardagi “608 000 soʻm” soʻzlari “621 000 soʻm” soʻzlari bilan almashtirilsin.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-sentabrdagi “Aholiga ijtimoiy xizmatlar va yordamlar koʻrsatish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-319-son qaroriga 2-ilovaning 6 va 7-pozitsiyalari “Ijro muddati” ustunidagi “yanvar” soʻzi “mart” soʻzi bilan almashtirilsin.

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.