PF-46-son Farmon · 11.03.2024

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 17-yanvardagi “Suv havzalarida noruda materiallarni qazib olishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-14-son Farmoniga Sirdaryo daryosi oʻzanida ekologik xavfsizlikni taʼminlashga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-46
  • Qabul qilingan sana:11.03.2024
  • Kuchga kirgan sana:12.03.2024
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 06/24/46/0200

Mamlakatimizda suv havzalarini muhofaza qilish boʻyicha chora-tadbirlar izchilligini taʼminlash va Sirdaryo daryosining oʻzanini toʻplanib qolgan noruda materiallardan tozalash hamda qirgʻoqlarini mustahkamlash loyihalarini amalga oshirishda ekologik xavfsizlikni taʼminlash maqsadida:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 17-yanvardagi “Suv havzalarida noruda materiallarni qazib olishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-14-son Farmoniga ilovaga muvofiq quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritilsin:

2024-yil 1-maydan boshlab Sirdaryo daryosi oʻzanidagi noruda materiallarni qazib olishga muddatsiz moratoriy joriy qilish, shuningdek, noqonuniy qazib olish ishlari natijasida tabiatga yetkazilgan zarar uchun javobgarlikni kuchaytirish;

Sirdaryo daryosining yuvilgan qirgʻoqlarini mustahkamlash, qirgʻoq boʻyi mintaqasidagi buzilgan yerlarning tabiiy holatini qayta tiklash va reabilitatsiya qilish chora-tadbirlarini amalga oshirish.

2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2024-yil 11-mart,

PF-46-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 11-martdagi PF-46-son Farmoniga ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 17-yanvardagi “Suv havzalarida noruda materiallarni qazib olishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-14-son Farmoniga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimcha

1. Muqaddimaning toʻrtinchi xatboshisidagi va 1-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Chirchiq” soʻzi “Chirchiq, Sirdaryo” soʻzlari bilan almashtirilsin.

2. 1-ilova quyidagi mazmundagi 14-pozitsiya bilan toʻldirilsin:

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.