PQ-178-son Qaror · 15.05.2024

Hududlarda yoshlarga raqamli texnologiyalar va xorijiy tillarni oʻrganish uchun qoʻshimcha sharoitlar yaratishga qaratilgan “IT-shaharcha”lar faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-178
  • Qabul qilingan sana:15.05.2024
  • Kuchga kirgan sana:16.05.2024
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 07/24/178/0349

Hududlarda yoshlarni zamonaviy kasb va xorijiy tillarga oʻqitish, ularda raqamli texnologiyalardan foydalangan holda, shu jumladan xalqaro miqyosda xizmatlar koʻrsatish orqali yuqori daromad topish koʻnikmalarini shakllantirish, shuningdek, joylarda raqamlashtirish sohasidagi mutaxassislar tayyorlash faoliyatini kengaytirish hamda eksport qilish salohiyatini oshirish maqsadida:

1. Raqamli texnologiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Yoshlar ishlari agentligining Samarqand viloyati Nurobod tumanida amalga oshirilgan tajriba asosida faoliyati hududlarda yoshlarni raqamli texnologiyalar va xorijiy tillarga oʻqitishga yoʻnaltirilgan “IT-shaharcha”larni tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.

2. Quyidagilar “IT-shaharcha”larning asosiy faoliyat yoʻnalishlari etib belgilansin:

yoshlarni raqamli texnologiyalar sohasiga yoʻnaltirish, ularning mazkur sohada bilim egallash boʻyicha intilishlarini ragʻbatlantirish;

seminarlar, mentorlik dasturlari va onlayn taʼlim resurslari orqali yoshlarda ularning mehnat bozorida muvaffaqiyatga erishishiga yordam beruvchi raqamli texnologiyalar sohasidagi koʻnikmalarni shakllantirish va rivojlantirish;

dasturlash va raqamli texnologiyalardan foydalangan holda xizmatlar koʻrsatish yoʻnalishlarida taʼlim berish, xorijiy tillar, shu jumladan ingliz tiliga oʻqitish orqali yoshlarning bilim va salohiyatini oshirish;

yosh avlodni zamonaviy kasblarga oʻqitish, shuningdek, ularda tabiiy resurslardan oqilona foydalanish koʻnikmalarini oshirish.

3. Quyidagilar:

“IT-shaharcha”lar faoliyatini tashkil etish uchun ajratiladigan yer uchastkalari hamda bino va inshootlar roʻyxati 1-ilovaga muvofiq;

“IT-shaharcha”lar faoliyatini samarali tashkil etish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari mazkur qarorga 1-ilovaga muvofiq qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalari belgilangan tartibda doimiy foydalanish huquqi bilan ajratilishini taʼminlasin.

4. Belgilansinki:

a) hududlarda tashkil etiladigan “IT-shaharcha”lar Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Raqamli taʼlimni rivojlantirish markazi” davlat muassasasining (keyingi oʻrinlarda — Markaz) yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan boʻlinmalari hisoblanadi;

b) Markaz “IT-shaharcha”lar faoliyatini samarali tashkil etish va rivojlantirish boʻyicha quyidagilarni amalga oshiradi:

yoshlarga bepul taʼlim olish uchun qulay sharoitlar yaratadi, taʼlim jarayonlari sifatli tashkil etilishi va amalga oshirilishini taʼminlaydi hamda yoshlarga xalqaro masofaviy taʼlim platformalarida bilim olish imkoniyatini yaratadi;

taʼlim berish uchun mentorlarni jalb qiladi, ular bilan shartnomalar tuzadi, shuningdek, bilim va koʻnikmalarini doimiy oshirib boradi;

“IT-shaharcha”lar faoliyatini muvofiqlashtiradi hamda yuklatilgan vazifalar ijrosi nazoratini amalga oshiradi;

oʻquv dasturlariga binoan yoshlarning bilim olishi va koʻnikmalar egallashi, shuningdek, mashgʻulotlar boʻyicha davomatini monitoring qilib boradi;

Yoshlar ishlari agentligi bilan birgalikda “IT-shaharcha”larda yoshlar ishtirokida sohaga oid turli musobaqalar, tanlov va boshqa tadbirlarni tashkil qiladi;

“IT-shaharcha”lar faoliyatini doimiy ravishda rivojlantirib boradi hamda samaradorligini oshirish choralarini koʻradi.

5. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:

“IT-shaharcha”larni oʻquv adabiyotlari, metodik qoʻllanma va boshqa taʼlim resurslari bilan taʼminlash, mentorlar xizmatiga haq toʻlash hamda ajratilgan bino va inshootlarni saqlash xarajatlari Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan;

“IT-shaharcha”larning bino va inshootlarini qurish, mavjudlarini kapital va joriy taʼmirlash, mebel, kompyuter texnikasi hamda boshqa vositalar bilan taʼminlash investitsiyalar, mahalliy budjet, davlat-xususiy sheriklik, tashabbuskor tadbirkorlar, homiylik mablagʻlari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan;

Jizzax viloyatining Sharof Rashidov, Forish va Zomin tumanlarida “IT-shaharcha”larni qurish va jihozlash ishlari Yoshlar ishlari agentligining Yoshlarga oid davlat siyosatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hisobidan moliyalashtiriladi.

6. Raqamlashtirish sohasidagi taʼlimni rivojlantirish loyihalarini amalga oshirish, shu jumladan “IT-shaharcha”lar faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida raqamli texnologiyalar vaziriga “Axborot texnologiyalari va axborot resurslarini rivojlantirish markazi” masʼuliyati cheklangan jamiyatining Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan shtat birliklarini bosqichma-bosqich Markazga oʻtkazish vakolati berilsin.

7. Raqamli texnologiyalar vaziri Sh.X. Shermatov hududlarda yoshlarning raqamlashtirish va xorijiy tillarni oʻrganishi uchun sharoitlar yaratishga qaratilgan “IT-shaharcha”lar faoliyatini tashkil etish boʻyicha belgilangan tadbirlar ijrosi holati yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripovga har chorakda axborot kiritib borsin.

8. Hududlarda “IT-shaharcha”lar faoliyatini samarali tashkil etish boʻyicha ishchi guruh tarkibi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin hamda quyidagilar uning asosiy vazifalari etib belgilansin:

namunaviy loyihalar asosida “IT-shaharcha”larni barpo etish, ularni mebel, kompyuter texnikasi hamda boshqa vositalar, zaruriy muhandislik infratuzilmalari bilan taʼminlash ishlarini tashkil etish;

taʼlim jarayoniga raqamli texnologiyalar, xorijiy tillar va zamonaviy kasblar yoʻnalishida yuqori bilim va koʻnikmalarga ega boʻlgan mutaxassislar (mentorlar)ni jalb qilishga koʻmaklashish;

“IT-shaharcha”lar faoliyati samaradorligini baholash va monitoring qilish;

mutaxassislar (mentorlar) malakasi muntazam oshirib borilishi, yoshlarning “IT-shaharcha”larda tahsil olishga yoʻnaltirilishini taʼminlash.

9. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari “IT-shaharcha”larning bino va inshootlarini qurish, mavjudlarini kapital taʼmirlash uchun pudrat tashkilotlari belgilangan tartibda jalb qilinishini taʼminlasin.

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi “IT-shaharcha”lar faoliyatini yoʻlga qoʻyish uchun zarur bino va inshootlarda qurilish-montaj ishlari sifatli amalga oshirilishi yuzasidan belgilangan tartibda davlat arxitektura-qurilish nazoratini oʻrnatsin.

10. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi hamda Raqamli texnologiyalar vazirligining “IT-shaharcha”lar faoliyatini yoʻlga qoʻyish uchun zarur bino va inshootlar foydalanishga topshirilgandan soʻng ularni belgilangan tartibda Markazga operativ boshqaruv huquqi asosida oʻtkazish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.

Bunda, Jizzax viloyatining Sharof Rashidov, Forish va Zomin tumanlarida barpo etiladigan “IT-shaharcha”lar Yoshlar ishlari agentligiga operativ boshqaruv huquqi asosida oʻtkaziladi.

11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-martdagi “Iqtisodiyotda davlat ishtirokini yanada qisqartirish va xususiylashtirishni jadallashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-168-son qarorining 2-ilovasidan 177-pozitsiya chiqarib tashlansin.

12. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi hamda Raqamli texnologiyalar vazirligi yoshlarni “IT-shaharcha”larga muntazam ravishda jalb qilib borish choralarini koʻrsin.

13. Raqamli texnologiyalar vazirligi Yoshlar ishlari agentligi va Adliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

14. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib raqamli texnologiyalar vaziri Sh.X. Shermatov hamda Yoshlar ishlari agentligi direktori A.Z. Saʼdullayev belgilansin.

Qaror ijrosini muhokama qilib borish, masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2024-yil 15-may,

PQ-178-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 15-maydagi PQ-178-son qaroriga 1-ILOVA

“IT-shaharcha”lar faoliyatini tashkil etish uchun ajratiladigan yer uchastkalari hamda bino va inshootlar

T/r Hudud nomi Yer uchastkasi / bino va inshootlarning joylashgan manzili Yer uchastkasi maydoni (gektar) Yer uchastkasi foydalanuvchisi / bino va inshoot balansda saqlovchisi nomi Topshirish muddati 1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Chimboy tumani “Kenes” OFY 0,20 Hokimlik zaxirasi 2024-yil 1-oktabr 2. Andijon viloyati Xonobod shahri “Kampirrovot” MFY 0,70 Xonobod shahar hokimligi balansidagi boʻsh turgan bino va unga tutash yer maydoni 3. Buxoro viloyati Gʻijduvon tumani “Oqrabot” MFY 0,20 Hokimlik zaxirasi 4. Jizzax viloyati Zomin tumani “Mustaqillik” MFY 0,30 Hokimlik zaxirasi Sharof Rashidov tumani “Yangiobod” MFY 0,30 Hokimlik zaxirasi 2025-yil 1-sentabr Forish tumani “Musaqul Orolov” MFY 0,30 Hokimlik zaxirasi 2026-yil 1-sentabr 5. Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumani “Uloch” MFY 0,20 Hokimlik zaxirasi 2024-yil 1-oktabr 6. Navoiy viloyati Xatirchi tumani “Farovon” MFY 0,40 Hokimlik zaxirasi 7. Namangan viloyati Pop tumani “Mirishkor” MFY 0,20 Hokimlik zaxirasi 8. Samarqand viloyati Qoʻshrabot tumani “Chimmos” MFY 0,35 Hokimlik zaxirasi 9. Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumani “Adolat” MFY 0,20 Sirdaryo tumani hokimligi balansidagi boʻsh turgan bino va unga tutash yer maydoni 2024-yil 1-sentabr 10. Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumani “Sangardak” MFY 0,35 Hokimlik zaxirasi 2024-yil 1-oktabr 11. Toshkent viloyati Parkent tumani “Samsarak” MFY 0,50 Hokimlik zaxirasi 2024-yil 1-oktabr 12. Fargʻona viloyati Toshloq tumani “Yangiyoʻl” MFY 0,40 Maishiy xizmat koʻrsatish texnikumi hududidagi boʻsh yer maydoni 13. Xorazm viloyati Tuproqqalʼa tumani “Sarimoy” mahallasi 0,30 Hokimlik zaxirasi

Izoh: Yer uchastkalari (bino va inshootlar) roʻyxatiga tegishli hududdagi yoshlar soni va ularning qiziqishlaridan kelib chiqqan holda, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyat hokimliklari hamda Raqamli texnologiyalar vazirligi takliflariga asosan Vazirlar Mahkamasi tomonidan oʻzgartirish kiritilishi mumkin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 15-maydagi PQ-178-son qaroriga 2-ILOVA

“IT-shaharcha”lar faoliyatini samarali tashkil etish boʻyicha

T/r Chora-tadbirlar nomi Amalga oshirish mexanizmi Amalga oshirish muddati Moliyalashtirish manbasi Masʼul ijrochilar I. “IT-shaharcha”larni barpo etish va jihozlash Qoraqalpogʻiston Respublikasi Chimboy tumanida “IT-shaharcha”ni tashkil etish 1. “IT-shaharcha” bino va inshootlarini barpo etish. 1. “IT-shaharcha”ni tashkil etish uchun zarur yer uchastkalarini ajratish. 2. “IT-shaharcha” tashkil etiladigan hududlarning bosh reja sxemalariga zarur oʻzgartirishlar kiritish. 3. “IT-shaharcha”ni barpo etish boʻyicha loyiha hujjatlarini ishlab chiqish hamda qurilishini amalga oshirish. 4. “IT-shaharcha” qurilishi tugaganidan soʻng Raqamli taʼlimni rivojlantirish markaziga operativ boshqaruv huquqi asosida oʻtkazish. 2024-yil sentabr 1 mlrd soʻm, mahalliy budjet mablagʻlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi (F. Ermanov), Chimboy tumani hokimligi (A. Tajetdinov), Raqamli texnologiyalar vazirligi (R. Karimjonov), “UZINFOCOM” MChJ (E. Gimranov) 2. “IT-shaharcha”ni mebel, kompyuter texnikasi hamda boshqa vositalar bilan jihozlash. 1. “IT-shaharcha”ning namunaviy dizaynini va jihozlash boʻyicha talablarni ishlab chiqish. 2024-yil iyun 800 mln soʻm, mahalliy budjet mablagʻlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi (F. Ermanov), Chimboy tumani hokimligi (A. Tajetdinov), Raqamli texnologiyalar vazirligi (R. Karimjonov), “UZINFOCOM” MChJ (E. Gimranov) 2. “IT-shaharcha”ni jihozlash va zarur texnikalar bilan taʼminlash. 2024-yil sentabr 3. “IT-shaharcha”ni zarur muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmalari bilan taʼminlash. 1. “IT-shaharcha”ga elektr energiyasi, telekommunikatsiya tarmoqlari va boshqa zarur infratuzilmalar bilan taʼminlash. 2. “IT-shaharcha”da qayta tiklanuvchi energiya manbalarini tashkil etish. 2024-yil sentabr Ijrochilar mablagʻlari “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ (U. Mustafoyev), “Oʻzbektelekom” AK (N. Xasanov), Energetika vazirligi (U. Mamadaminov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi (F. Ermanov), Chimboy tumani hokimligi (A. Tajetdinov) Andijon viloyati Xonobod shahrida “IT-shaharcha”ni tashkil etish 4. “IT-shaharcha” bino va inshootlarini barpo etish. 1. “IT-shaharcha”ni tashkil etish uchun zarur yer uchastkalarini ajratish. 2. “IT-shaharcha” tashkil etiladigan hududlarning bosh reja sxemalariga zarur oʻzgartirishlar kiritish. 3. “IT-shaharcha”ni barpo etish boʻyicha loyiha hujjatlarini ishlab chiqish hamda qurilishini amalga oshirish. 4. “IT-shaharcha” qurilishi tugagandan soʻng Raqamli taʼlimni rivojlantirish markaziga operativ boshqaruv huquqi asosida oʻtkazish. 2024-yil sentabr 1 mlrd soʻm, mahalliy budjet mablagʻlari Andijon viloyati hokimligi (Sh. Abdurahmonov), Xonobod shahar hokimligi (M. Tadjibayev), Raqamli texnologiyalar vazirligi (R. Karimjonov), “UZINFOCOM” MChJ (E. Gimranov) 5. “IT-shaharcha”ni mebel, kompyuter texnikasi hamda boshqa vositalar bilan jihozlash. 1. “IT-shaharcha”ning namunaviy dizaynini va jihozlash boʻyicha talablarni ishlab chiqish. 2. “IT-shaharcha”ni jihozlash va zarur texnikalar bilan taʼminlash. 2024-yil sentabr 800 mln soʻm, mahalliy budjet mablagʻlari Andijon viloyati hokimligi (Sh. Abdurahmonov), Xonobod shahar hokimligi (M. Tadjibayev), Raqamli texnologiyalar vazirligi (R. Karimjonov), “UZINFOCOM” MChJ (E. Gimranov) 6. “IT-shaharcha”ni zarur muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmalari bilan taʼminlash. 1. “IT-shaharcha”ga elektr energiyasi, telekommunikatsiya tarmoqlari va boshqa zarur infratuzilmalar bilan taʼminlash. 2. “IT-shaharcha”da qayta tiklanuvchi energiya manbalarini tashkil etish. 2024-yil sentabr Ijrochilar mablagʻlari “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ (U. Mustafoyev), “Oʻzbektelekom” AK (N. Xasanov), Energetika vazirligi (U. Mamadaminov), Andijon viloyati hokimligi (Sh. Abdurahmonov), Xonobod shahar hokimligi (M. Tadjibayev) Buxoro viloyati Gʻijduvon tumanida “IT-shaharcha”ni tashkil etish 7. “IT-shaharcha” bino va inshootlarini barpo etish. 1. “IT-shaharcha”ni tashkil etish uchun zarur yer uchastkalarini ajratish. 2. “IT-shaharcha” tashkil etiladigan hududlarning bosh reja sxemalariga zarur oʻzgartirishlar kiritish. 3. “IT-shaharcha”ni barpo etish boʻyicha loyiha hujjatlarini ishlab chiqish hamda qurilishini amalga oshirish. 4. “IT-shaharcha” qurilishi tugagandan soʻng Raqamli taʼlimni rivojlantirish markaziga operativ boshqaruv huquqi asosida oʻtkazish. 2024-yil sentabr 1 mlrd soʻm, mahalliy budjet mablagʻlari Buxoro viloyati hokimligi (B. Zaripov), Gʻijduvon tumani hokimligi (Sh. Ashurov), Raqamli texnologiyalar vazirligi (R. Karimjonov), “UZINFOCOM” MChJ (E. Gimranov) 8. “IT-shaharcha”ni mebel, kompyuter texnikasi hamda boshqa vositalar bilan jihozlash. 1. “IT-shaharcha”ning namunaviy xonalar dizaynini va jihozlash boʻyicha talablarni ishlab chiqish. 2. “IT-shaharcha”ni jihozlash va zarur texnikalar bilan taʼminlash. 2024-yil sentabr 800 mln soʻm, mahalliy budjet mablagʻlari Buxoro viloyati hokimligi (B. Zaripov), Gʻijduvon tumani hokimligi (Sh. Ashurov), Raqamli texnologiyalar vazirligi (R. Karimjonov), “UZINFOCOM” MChJ (E. Gimranov) 9. “IT-shaharcha”ni zarur muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmalari bilan taʼminlash. 1. “IT-shaharcha”ga elektr energiyasi, telekommunikatsiya tarmoqlari va boshqa zarur infratuzilmalar bilan taʼminlash. 2. “IT-shaharcha”da qayta tiklanuvchi energiya manbalarini tashkil etish. 2024-yil sentabr Ijrochilar mablagʻlari “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ (U. Mustafoyev), “Oʻzbektelekom” AK (N. Xasanov), Energetika vazirligi (U. Mamadaminov), Buxoro viloyati hokimligi (B. Zaripov), Gʻijduvon tumani hokimligi (Sh. Ashurov) Jizzax viloyati Zomin, Sharof Rashidov va Forish tumanlarida “IT-shaharcha”larni tashkil etish 10. Jizzax viloyati Zomin tumanida “IT-shaharcha” bino va inshootlarini barpo etish. 1. “IT-shaharcha”ni tashkil etish uchun zarur yer uchastkalarini ajratish. 2. “IT-shaharcha” tashkil etiladigan hududlarning bosh reja sxemalariga zarur oʻzgartirishlar kiritish. 3. “IT-shaharcha”ni barpo etish boʻyicha loyiha hujjatlarini ishlab chiqish hamda qurilishini amalga oshirish. 4. “IT-shaharcha” qurilishi tugagandan soʻng Yoshlar ishlari agentligiga operativ boshqaruv huquqi asosida oʻtkazish. 2024-yil sentabr 1 mlrd soʻm, Yoshlar ishlari agentligining Yoshlarga oid davlat siyosatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari Jizzax viloyati hokimligi (E. Saliyev), Yoshlar ishlari agentligi (F. Ablayarov), Zomin tumani hokimligi (A. Abdugʻaniyev), Raqamli texnologiyalar vazirligi (R. Karimjonov), “UZINFOCOM” MChJ (E. Gimranov) 11. Jizzax viloyati Zomin tumanidagi “IT-shaharcha”ni mebel, kompyuter texnikasi hamda boshqa vositalar bilan jihozlash. 1. “IT-shaharcha”ning namunaviy xonalar dizaynini va jihozlash boʻyicha talablarni ishlab chiqish. 2. “IT-shaharcha”ni jihozlash va zarur texnikalar bilan taʼminlash. 2024-yil sentabr 800 mln soʻm, Yoshlar ishlari agentligining Yoshlarga oid davlat siyosatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari Jizzax viloyati hokimligi (E. Saliyev), Yoshlar ishlari agentligi (F. Ablayarov), Zomin tumani hokimligi (A. Abdugʻaniyev), Raqamli texnologiyalar vazirligi (R. Karimjonov), “UZINFOCOM” MChJ (E. Gimranov) 12. Jizzax viloyati Zomin tumanidagi “IT-shaharcha”ni zarur muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmalari bilan taʼminlash. 1. “IT-shaharcha”ga elektr energiyasi, telekommunikatsiya tarmoqlari va boshqa zarur infratuzilmalar bilan taʼminlash. 2. “IT-shaharcha”da qayta tiklanuvchi energiya manbalarini tashkil etish. 2024-yil sentabr Ijrochilar mablagʻlari “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ (U. Mustafoyev), “Oʻzbektelekom” AK (N. Xasanov), Energetika vazirligi (U. Mamadaminov), Jizzax viloyati hokimligi (E. Saliyev), Zomin tumani hokimligi (A. Abdugʻaniyev) 13. Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida “IT-shaharcha” bino va inshootlarini barpo etish. 1. “IT-shaharcha”ni tashkil etish uchun zarur yer uchastkalarini ajratish. 2. “IT-shaharcha” tashkil etiladigan hududlarning bosh reja sxemalariga zarur oʻzgartirishlar kiritish. 3. “IT-shaharcha”ni barpo etish boʻyicha loyiha hujjatlarini ishlab chiqish va qurilishini amalga oshirish. 4. “IT-shaharcha” qurilishi tugagandan soʻng Yoshlar ishlari agentligiga operativ boshqaruv huquqi asosida oʻtkazish. 2025-yil avgust 1 mlrd soʻm, Yoshlar ishlari agentligining Yoshlarga oid davlat siyosatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari Jizzax viloyati hokimligi (E. Saliyev), Yoshlar ishlari agentligi (F. Ablayarov), Sharof Rashidov tumani hokimligi (M. Xolboʻtayev), Raqamli texnologiyalar vazirligi (R. Karimjonov), “UZINFOCOM” MChJ (E. Gimranov) 14. Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanidagi “IT-shaharcha”ni mebel, kompyuter texnikasi hamda boshqa vositalar bilan jihozlash. 1. “IT-shaharcha”ning namunaviy dizaynini va jihozlash boʻyicha talablarni ishlab chiqish. 2. “IT-shaharcha”ni jihozlash va zarur texnikalar bilan taʼminlash. 2025-yil avgust 800 mln soʻm, Yoshlar ishlari agentligining Yoshlarga oid davlat siyosatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari Jizzax viloyati hokimligi (E. Saliyev), Yoshlar ishlari agentligi (F. Ablayarov), Sharof Rashidov tumani hokimligi (M. Xolboʻtayev), Raqamli texnologiyalar vazirligi (R. Karimjonov), “UZINFOCOM” MChJ (E. Gimranov) 15. Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanidagi “IT-shaharcha”ni zarur muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmalari bilan taʼminlash. 1. “IT-shaharcha”ga elektr energiyasi, telekommunikatsiya tarmoqlari va boshqa zarur infratuzilmalar bilan taʼminlash. 2. “IT-shaharcha”da qayta tiklanuvchi energiya manbalarini tashkil etish. 2025-yil avgust Ijrochilar mablagʻlari “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ (U. Mustafoyev), “Oʻzbektelekom” AK (N. Xasanov), Energetika vazirligi (U. Mamadaminov) Jizzax viloyati hokimligi (E. Saliyev), Sharof Rashidov tumani hokimligi (M. Xolboʻtayev) 16. Jizzax viloyati Forish tumanida “IT-shaharcha” bino va inshootlarini barpo etish. 1. “IT-shaharcha”ni tashkil etish uchun zarur yer uchastkalarini ajratish. 2. “IT-shaharcha” tashkil etiladigan hududlarning bosh reja sxemalariga zarur oʻzgartirishlar kiritish. 3. “IT-shaharcha”ni barpo etish boʻyicha loyiha hujjatlarini ishlab chiqish va qurilishini amalga oshirish. 4. “IT-shaharcha” qurilishi tugagandan soʻng Yoshlar ishlari agentligiga operativ boshqaruv huquqi asosida oʻtkazish. 2026-yil avgust 1 mlrd soʻm, Yoshlar ishlari agentligining Yoshlarga oid davlat siyosatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari Jizzax viloyati hokimligi (E. Saliyev), Yoshlar ishlari agentligi (F. Ablayarov), Forish tumani hokimligi (I. Matiyev), Raqamli texnologiyalar vazirligi (R. Karimjonov), “UZINFOCOM” MChJ (E. Gimranov) 17. Jizzax viloyati Forish tumanidagi “IT-shaharcha”ni mebel, kompyuter texnikasi hamda boshqa vositalar bilan jihozlash. 1. “IT-shaharcha”ning namunaviy dizaynini va jihozlash boʻyicha talablarni ishlab chiqish. 2. “IT-shaharcha”ni jihozlash va zarur texnikalar bilan taʼminlash. 2026-yil avgust 800 mln soʻm, Yoshlar ishlari agentligining Yoshlarga oid davlat siyosatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari Jizzax viloyati hokimligi (E. Saliyev), Yoshlar ishlari agentligi (F. Ablayarov), Forish tumani hokimligi (I. Matiyev), Raqamli texnologiyalar vazirligi (R. Karimjonov), “UZINFOCOM” MChJ (E. Gimranov) 18. Jizzax viloyati Forish tumanidagi “IT-shaharcha”ni zarur muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmalari bilan taʼminlash. 1. “IT-shaharcha”ga elektr energiyasi, telekommunikatsiya tarmoqlari va zarur infratuzilmalar bilan taʼminlash. 2. “IT-shaharcha”da qayta tiklanuvchi energiya manbalarini tashkil etish. 2026-yil avgust Ijrochilar mablagʻlari “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ (U. Mustafoyev), “Oʻzbektelekom” AK (N. Xasanov), Energetika vazirligi (U. Mamadaminov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi (F. Ermanov), Forish tumani hokimligi (I. Matiyev) 19. Jizzax viloyati Zomin, Sharof Rashidov va Forish tumanlaridagi “IT-shaharcha”larda yoshlarga raqamli taʼlim berishni yoʻlga qoʻyish. “IT-shaharcha”larda yoshlarga raqamli taʼlim jarayonlarini tashkil etish uchun Jizzax viloyati Zomin, Sharof Rashidov va Forish tumanlarida barpo etiladigan “IT-shaharcha”lar binolarining bir qismini Raqamli taʼlimni rivojlantirish markaziga tekin foydalanish huquqi asosida berish. Tegishliligi boʻyicha binolar barpo etilishi belgilangan muddatlarda – Yoshlar ishlari agentligi (F. Ablayarov), Raqamli texnologiyalar vazirligi (R. Karimjonov), Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (A. Miraliyev) Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida “IT-shaharcha”ni tashkil etish 20. “IT-shaharcha” bino va inshootlarini barpo etish. 1. “IT-shaharcha”ni tashkil etish uchun zarur yer uchastkalarini ajratish. 2. “IT-shaharcha” tashkil etiladigan hududlarning bosh reja sxemalariga zarur oʻzgartirishlar kiritish. 3. “IT-shaharcha”ni barpo etish boʻyicha loyiha hujjatlarini ishlab chiqish hamda qurilishini amalga oshirish. 4. “IT-shaharcha” qurilishi tugagandan soʻng Raqamli taʼlimni rivojlantirish markaziga operativ boshqaruv huquqi asosida oʻtkazish. 2024-yil sentabr 1 mlrd soʻm, mahalliy budjet mablagʻlari Qashqadaryo viloyati hokimligi (M. Azimov), Shahrisabz tumani hokimligi (S. Xasanov), Raqamli texnologiyalar vazirligi (R. Karimjonov), “UZINFOCOM” MChJ (E. Gimranov) 21. “IT-shaharcha”ni mebel, kompyuter texnikasi hamda boshqa vositalar bilan jihozlash. “IT-shaharcha”ni jihozlash va zarur texnikalar bilan taʼminlash. 2024-yil sentabr 800 mln soʻm, mahalliy budjet mablagʻlari Qashqadaryo viloyati hokimligi (M. Azimov), Shahrisabz tumani hokimligi (S. Xasanov), Raqamli texnologiyalar vazirligi (R. Karimjonov), “UZINFOCOM” MChJ (E. Gimranov) 22. “IT-shaharcha”ni zarur muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmalari bilan taʼminlash. 1. “IT-shaharcha”ga elektr energiyasi, telekommunikatsiya tarmoqlari va boshqa zarur infratuzilmalar bilan taʼminlash. 2. “IT-shaharcha”da qayta tiklanuvchi energiya manbalarini tashkil etish. 2024-yil sentabr Ijrochilar mablagʻlari “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ (U. Mustafoyev), “Oʻzbektelekom” AK (N. Xasanov), Energetika vazirligi (U. Mamadaminov), Qashqadaryo viloyati hokimligi (M. Azimov), Shahrisabz tumani hokimligi (S. Xasanov) Navoiy viloyati Xatirchi tumanida “IT-shaharcha”ni tashkil etish 23. “IT-shaharcha” bino va inshootlarini barpo etish. 1. “IT-shaharcha”ni tashkil etish uchun zarur yer uchastkalarini ajratish. 2. “IT-shaharcha” tashkil etiladigan hududlarning bosh reja sxemalariga zarur oʻzgartirishlar kiritish. 3. “IT-shaharcha”ni barpo etish boʻyicha loyiha hujjatlarini ishlab chiqish hamda qurilishini amalga oshirish. 4. “IT-shaharcha” qurilishi tugagandan soʻng Raqamli taʼlimni rivojlantirish markaziga operativ boshqaruv huquqi asosida oʻtkazish. 2024-yil sentabr 1 mlrd soʻm, mahalliy budjet mablagʻlari (daromad rejasining orttirib bajarilgan qismidan) Navoiy viloyati hokimligi (N. Tursunov), Xatirchi tumani hokimligi (U. Adizov), Raqamli texnologiyalar vazirligi (R. Karimjonov), “UZINFOCOM” MChJ (E. Gimranov) 24. “IT-shaharcha”ni mebel, kompyuter texnikasi hamda boshqa vositalar bilan jihozlash. 1. “IT-shaharcha”ning namunaviy dizaynini va jihozlash boʻyicha talablarni ishlab chiqish. 2. “IT-shaharcha”ni jihozlash va zarur texnikalar bilan taʼminlash. 2024-yil sentabr 800 mln soʻm, mahalliy budjet mablagʻlari (daromad rejasining orttirib bajarilgan qismidan) Navoiy viloyati hokimligi (N. Tursunov), Xatirchi tumani hokimligi (U. Adizov), Raqamli texnologiyalar vazirligi (R. Karimjonov), “UZINFOCOM” MChJ (E. Gimranov) 25. “IT-shaharcha”ni zarur muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmalari bilan taʼminlash. 1. “IT-shaharcha”ga elektr energiyasi, telekommunikatsiya tarmoqlari va boshqa zarur infratuzilmalar bilan taʼminlash. 2. “IT-shaharcha”da qayta tiklanuvchi energiya manbalarini tashkil etish. 2024-yil noyabr Ijrochilar mablagʻlari “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ (U. Mustafoyev), “Oʻzbektelekom” AK (N. Xasanov), Energetika vazirligi (U. Mamadaminov), Navoiy viloyati hokimligi (N. Tursunov), Xatirchi tumani hokimligi (U. Adizov) Namangan viloyati Pop tumanida “IT-shaharcha”ni tashkil etish 26. “IT-shaharcha” bino va inshootlarini barpo etish. 1. “IT-shaharcha”ni tashkil etish uchun zarur yer uchastkalarini ajratish. 2. “IT-shaharcha” tashkil etiladigan hududlarning bosh reja sxemalariga zarur oʻzgartirishlar kiritish. 3. “IT-shaharcha”ni barpo etish boʻyicha loyiha hujjatlarini ishlab chiqish hamda qurilishini amalga oshirish. 4. “IT-shaharcha” qurilishi tugagandan soʻng Raqamli taʼlimni rivojlantirish markaziga operativ boshqaruv huquqi asosida oʻtkazish. 2024-yil sentabr 1 mlrd soʻm, mahalliy budjet mablagʻlari Namangan viloyati hokimligi (Sh. Abdurazakov), Pop tumani hokimligi (A. Sultanov), Raqamli texnologiyalar vazirligi (R. Karimjonov), “UZINFOCOM” MChJ (E. Gimranov) 27. “IT-shaharcha”ni mebel, kompyuter texnikasi hamda boshqa vositalar bilan jihozlash. 1. “IT-shaharcha”ning namunaviy dizaynini va jihozlash boʻyicha talablarni ishlab chiqish. 2. “IT-shaharcha”ni jihozlash va zarur texnikalar bilan taʼminlash. 2024-yil sentabr 800 mln soʻm, mahalliy budjet mablagʻlari Namangan viloyati hokimligi (Sh. Abdurazakov), Pop tumani hokimligi (A. Sultanov), Raqamli texnologiyalar vazirligi (R. Karimjonov), “UZINFOCOM” MChJ (E. Gimranov) 28. “IT-shaharcha”ni zarur muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmalari bilan taʼminlash. 1. “IT-shaharcha”ga elektr energiyasi, telekommunikatsiya tarmoqlari va zarur infratuzilmalar bilan taʼminlash. 2. “IT-shaharcha”da qayta tiklanuvchi energiya manbalarini tashkil etish. 2024-yil noyabr Ijrochilar mablagʻlari “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ (U. Mustafoyev), “Oʻzbektelekom” AK (N. Xasanov), Energetika vazirligi (U. Mamadaminov), Namangan viloyati hokimligi (Sh. Abdurazakov), Pop tumani hokimligi (A. Sultanov) Samarqand viloyati Qoʻshrabot tumanida “IT-shaharcha”ni tashkil etish 29. “IT-shaharcha” bino va inshootlarini barpo etish. 1. “IT-shaharcha”ni tashkil etish uchun zarur yer uchastkalarini ajratish. 2. “IT-shaharcha” tashkil etiladigan hududlarning bosh reja sxemalariga zarur oʻzgartirishlar kiritish. 3. “IT-shaharcha”ni barpo etish boʻyicha loyiha hujjatlarini ishlab chiqish hamda qurilishini amalga oshirish. 4. “IT-shaharcha” qurilishi tugagandan soʻng Raqamli taʼlimni rivojlantirish markaziga operativ boshqaruv huquqi asosida oʻtkazish. 2024-yil sentabr 1 mlrd soʻm, mahalliy budjet mablagʻlari hamda Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki mablagʻlari Samarqand viloyati hokimligi (E. Turdimov), Qoʻshrabot tumani hokimligi (D. Shakarboyev), Raqamli texnologiyalar vazirligi (R. Karimjonov), “UZINFOCOM” MChJ (E. Gimranov) 30. “IT-shaharcha”ni mebel, kompyuter texnikasi hamda boshqa vositalar bilan jihozlash. 1. “IT-shaharcha”ning namunaviy dizaynini va jihozlash boʻyicha talablarni ishlab chiqish. 2. “IT-shaharcha”ni jihozlash va zarur texnikalar bilan taʼminlash. 2024-yil sentabr 800 mln soʻm, mahalliy budjet mablagʻlari hamda Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki mablagʻlari Samarqand viloyati hokimligi (E. Turdimov), Qoʻshrabot tumani hokimligi (D. Shakarboyev), Raqamli texnologiyalar vazirligi (R. Karimjonov), “UZINFOCOM” MChJ (E. Gimranov) 31. “IT-shaharcha”ni zarur muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmalari bilan taʼminlash. 1. “IT-shaharcha”ga elektr energiyasi, telekommunikatsiya tarmoqlari va boshqa zarur infratuzilmalar bilan taʼminlash. 2. “IT-shaharcha”da qayta tiklanuvchi energiya manbalarini tashkil etish. 2024-yil noyabr Ijrochilar mablagʻlari “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ (U. Mustafoyev), “Oʻzbektelekom” AK (N. Xasanov), Energetika vazirligi (U. Mamadaminov), Samarqand viloyati hokimligi (E. Turdimov), Qoʻshrabot tumani hokimligi (D. Shakarboyev) Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumanida “IT-shaharcha”ni tashkil etish 32. “IT-shaharcha” bino va inshootlarini barpo etish. 1. “IT-shaharcha”ni tashkil etish uchun zarur yer uchastkalarini hamda bino va inshootlarni ajratish. 2. “IT-shaharcha”ni barpo etish uchun ajratilgan bino va inshootlarni rekonstruksiya qilish uchun loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish. 3. Loyiha-smeta hujjatlariga asosan rekonstruksiya ishlarini amalga oshirish. 4. “IT-shaharcha” qurilishi tugagandan soʻng Raqamli taʼlimni rivojlantirish markaziga operativ boshqaruv huquqi asosida oʻtkazish. 2024-yil avgust 1 mlrd soʻm, mahalliy budjet mablagʻlari (daromad rejasining orttirib bajarilgan qismidan) Sirdaryo viloyati hokimligi (A. Maxmudaliyev), Sirdaryo tumani hokimligi (M. Xatamov), Raqamli texnologiyalar vazirligi (R. Karimjonov), “UZINFOCOM” MChJ (E. Gimranov) 33. “IT-shaharcha”ni mebel, kompyuter texnikasi hamda boshqa vositalar bilan jihozlash. 1. “IT-shaharcha”ning namunaviy dizaynini va jihozlash boʻyicha talablarni ishlab chiqish. 2. “IT-shaharcha”ni jihozlash va zarur texnikalar bilan taʼminlash. 2024-yil avgust 800 mln soʻm, mahalliy budjet mablagʻlari (daromad rejasining orttirib bajarilgan qismidan) Sirdaryo viloyati hokimligi (A. Maxmudaliyev), Sirdaryo tumani hokimligi (M. Xatamov), Raqamli texnologiyalar vazirligi (R. Karimjonov), “UZINFOCOM” MChJ (E. Gimranov) 34. “IT-shaharcha”ni zarur muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmalari bilan taʼminlash. 1. “IT-shaharcha”ga elektr energiyasi, telekommunikatsiya tarmoqlari va boshqa zarur infratuzilmalar bilan taʼminlash. 2. “IT-shaharcha”da qayta tiklanuvchi energiya manbalarini tashkil etish. 2024-yil sentabr Ijrochilar mablagʻlari “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ (U. Mustafoyev), “Oʻzbektelekom” AK (N. Xasanov), Energetika vazirligi (U. Mamadaminov), Sirdaryo viloyati hokimligi (A. Maxmudaliyev), Sirdaryo tumani hokimligi (M. Xatamov) Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida “IT-shaharcha”ni tashkil etish 35. “IT-shaharcha” bino va inshootlarini barpo etish. 1. “IT-shaharcha”ni tashkil etish uchun zarur yer uchastkalarini ajratish. 2. “IT-shaharcha” tashkil etiladigan hududlarning bosh reja sxemalariga zarur oʻzgartirishlar kiritish. 3. “IT-shaharcha”ni barpo etish loyiha hujjatlarini ishlab chiqish hamda qurilishini amalga oshirish. 4. “IT-shaharcha” qurilishi tugagandan soʻng Raqamli taʼlimni rivojlantirish markaziga operativ boshqaruv huquqi asosida oʻtkazish. 2024-yil sentabr 1 mlrd soʻm, “Davlat axborot tizimlarini yaratish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yagona integrator — “UZINFOCOM” masʼuliyati cheklangan jamiyati mablagʻlari Surxondaryo viloyati hokimligi (U. Qosimov), Sariosiyo tumani hokimligi (A. Donayev), Raqamli texnologiyalar vazirligi (R. Karimjonov), “UZINFOCOM” MChJ (E. Gimranov) 36. “IT-shaharcha”ni mebel, kompyuter texnikasi hamda boshqa vositalar bilan jihozlash. 1. “IT-shaharcha”ning namunaviy dizaynini va jihozlash boʻyicha talablarni ishlab chiqish. 2. “IT-shaharcha”ni jihozlash va zarur texnikalar bilan taʼminlash. 2024-yil sentabr 800 mln soʻm, “Davlat axborot tizimlarini yaratish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yagona integrator — “UZINFOCOM” masʼuliyati cheklangan jamiyati mablagʻlari Surxondaryo viloyati hokimligi (U. Qosimov), Sariosiyo tumani hokimligi (A. Donayev), Raqamli texnologiyalar vazirligi (R. Karimjonov), “UZINFOCOM” MChJ (E. Gimranov) 37. “IT-shaharcha”ni zarur muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmalari bilan taʼminlash. 1. “IT-shaharcha”ga elektr energiyasi, telekommunikatsiya tarmoqlari va boshqa zarur infratuzilmalar bilan taʼminlash. 2. “IT-shaharcha”da qayta tiklanuvchi energiya manbalarini tashkil etish. 2024-yil sentabr Ijrochilar mablagʻlari “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ (U. Mustafoyev), “Oʻzbektelekom” AK (N. Xasanov), Energetika vazirligi (U. Mamadaminov), Surxondaryo viloyati hokimligi (U. Qosimov), Sariosiyo tumani hokimligi (A. Donayev) Toshkent viloyati Parkent tumanida “IT-shaharcha”ni tashkil etish 38. “IT-shaharcha” bino va inshootlarini qurish. 1. “IT-shaharcha”ni tashkil etish uchun zarur yer uchastkalarini ajratish. 2. “IT-shaharcha” tashkil etiladigan hududlarning bosh reja sxemalariga zarur oʻzgartirishlar kiritish. 3. “IT-shaharcha”ni barpo etish boʻyicha loyiha hujjatlarini ishlab chiqish hamda qurilishini amalga oshirish. 4. “IT-shaharcha” qurilishi tugagandan soʻng belgilangan tartibda operativ boshqaruv huquqi asosida oʻtkazish masalasini koʻrib chiqish. 2024-yil sentabr 1 mlrd soʻm, homiylik xayriyalari (shu jumladan, davlat xususiy sheriklik shartlari asosida) Toshkent viloyati hokimligi (Z. Mirzayev), Parkent tumani hokimligi (S. Isoqulov), Raqamli texnologiyalar vazirligi (R. Karimjonov), “UZINFOCOM” MChJ (E. Gimranov) 39. “IT-shaharcha”ni mebel, kompyuter texnikasi hamda boshqa vositalar bilan jihozlash. 1. “IT-shaharcha”ning namunaviy dizaynini va jihozlash boʻyicha talablarni ishlab chiqish. 2. “IT-shaharcha”ni jihozlash va zarur texnikalar bilan taʼminlash. 2024-yil sentabr 800 mln soʻm, mahalliy budjet mablagʻlari Toshkent viloyati hokimligi (Z. Mirzayev), Parkent tumani hokimligi (S. Isoqulov), Raqamli texnologiyalar vazirligi (R. Karimjonov), “UZINFOCOM” MChJ (E. Gimranov) 40. “IT-shaharcha”ni zarur muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmalari bilan taʼminlash. 1. “IT-shaharcha”ga elektr energiyasi, telekommunikatsiya tarmoqlari va boshqa zarur infratuzilmalar bilan taʼminlash. 2. “IT-shaharcha”da qayta tiklanuvchi energiya manbalarini tashkil etish. 2024-yil noyabr Ijrochilar mablagʻlari “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ (U. Mustafoyev), “Oʻzbektelekom” AK (N. Xasanov), Energetika vazirligi (U. Mamadaminov), Toshkent viloyati hokimligi (Z. Mirzayev), Parkent tumani hokimligi (S. Isoqulov) Fargʻona viloyati Toshloq tumanida “IT-shaharcha”ni tashkil etish 41. “IT-shaharcha” bino va inshootlarini qurish. 1. “IT-shaharcha”ni tashkil etish uchun zarur yer uchastkalarini ajratish. 2. “IT-shaharcha” tashkil etiladigan hududlarning bosh reja sxemalariga zarur oʻzgartirishlar kiritish. 3. “IT-shaharcha”ni barpo etish boʻyicha loyiha hujjatlarini ishlab chiqish va qurilishini amalga oshirish. 4. “IT-shaharcha” qurilishi tugagandan soʻng Raqamli taʼlimni rivojlantirish markaziga operativ boshqaruv huquqi asosida oʻtkazish. 2024-yil sentabr 1 mlrd soʻm, mahalliy budjet mablagʻlari Fargʻona viloyati hokimligi (X. Bozarov), Toshloq tumani hokimligi (A. Joʻraboyev), Raqamli texnologiyalar vazirligi (R. Karimjonov), “UZINFOCOM” MChJ (E. Gimranov) 42. “IT-shaharcha”ni mebel, kompyuter texnikasi hamda boshqa vositalar bilan jihozlash. 1. “IT-shaharcha”ning namunaviy dizaynini va jihozlash boʻyicha talablarni ishlab chiqish. 2. “IT-shaharcha”ni jihozlash va zarur texnikalar bilan taʼminlash. 2024-yil sentabr 800 mln soʻm, mahalliy budjet mablagʻlari Fargʻona viloyati hokimligi (X. Bozarov), Toshloq tumani hokimligi (A. Joʻraboyev), Raqamli texnologiyalar vazirligi (R. Karimjonov), “UZINFOCOM” MChJ (E. Gimranov) 43. “IT-shaharcha”ni zarur muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmalari bilan taʼminlash. 1. “IT-shaharcha”ga elektr energiyasi, telekommunikatsiya tarmoqlari va boshqa zarur infratuzilmalar bilan taʼminlash. 2. “IT-shaharcha”da qayta tiklanuvchi energiya manbalarini tashkil etish. 2024-yil sentabr Ijrochilar mablagʻlari “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ (U. Mustafoyev), “Oʻzbektelekom” AK (N. Xasanov), Energetika vazirligi (U. Mamadaminov), Fargʻona viloyati hokimligi (X. Bozarov), Toshloq tumani hokimligi (A. Joʻraboyev) Xorazm viloyati Tuproqqalʼa tumanida “IT-shaharcha”ni tashkil etish 44. “IT-shaharcha” bino va inshootlarini qurish. 1. “IT-shaharcha”ni tashkil etish uchun zarur yer uchastkalarini ajratish. 2. “IT-shaharcha” tashkil etiladigan hududlarning bosh reja sxemalariga zarur oʻzgartirishlar kiritish. 3. “IT-shaharcha”ni barpo etish loyiha hujjatlarini ishlab chiqish hamda qurilishini amalga oshirish. 4. “IT-shaharcha” qurilishi tugagandan soʻng Raqamli taʼlimni rivojlantirish markaziga operativ boshqaruv huquqi asosida oʻtkazish. 2024-yil sentabr 1 mlrd soʻm, mahalliy budjet mablagʻlari Xorazm viloyati hokimligi (J. Raximov), Tuproqqalʼa tumani hokimligi (A. Jimalyazov), Raqamli texnologiyalar vazirligi (R. Karimjonov), “UZINFOCOM” MChJ (E. Gimranov) 45. “IT-shaharcha”ni mebel, kompyuter texnikasi hamda boshqa vositalar bilan jihozlash. 1. “IT-shaharcha”ning namunaviy dizaynini va jihozlash boʻyicha talablarni ishlab chiqish. 2. “IT-shaharcha”ni jihozlash va zarur texnikalar bilan taʼminlash. 2024-yil sentabr 800 mln soʻm, homiylik xayriyalari (shu jumladan, davlat xususiy sheriklik shartlari asosida) Xorazm viloyati hokimligi (J. Raximov), Tuproqqalʼa tumani hokimligi (A. Jimalyazov), Raqamli texnologiyalar vazirligi (R. Karimjonov), “UZINFOCOM” MChJ (E. Gimranov) 46. “IT-shaharcha”ni zarur muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmalari bilan taʼminlash. 1. “IT-shaharcha”ga elektr energiyasi, telekommunikatsiya tarmoqlari va boshqa zarur infratuzilmalar bilan taʼminlash. 2. “IT-shaharcha”da qayta tiklanuvchi energiya manbalarini tashkil etish. 2024-yil sentabr Ijrochilar mablagʻlari “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ (U. Mustafoyev), “Oʻzbektelekom” AK (N. Xasanov), Energetika vazirligi (U. Mamadaminov), Xorazm viloyati hokimligi (J. Raximov), Tuproqqalʼa tumani hokimligi (A. Jimalyazov) II. Taʼlim jarayonlarini tashkil etish 47. “IT-shaharcha”larda amalga oshiriladigan taʼlim jarayoni boʻyicha oʻquv reja va dasturlarini ishlab chiqish. Yoshlarni raqamli texnologiyalar, xorijiy tillar va zamonaviy kasblarga oʻqitish boʻyicha dasturlar, metodik va boshqa qoʻllanmalarni ishlab chiqish. 2024-yil avgust - Raqamli texnologiyalar vazirligi (R. Karimjonov), Raqamli taʼlimni rivojlantirish markazi (Sh. Sattorov) 48. “IT-shaharcha”larda tashkil etiladigan oʻquv jarayonlariga myentorlarni jalb qilish. 1. Dars soatlaridan kelib chiqqan holda, mentorlarning xizmatiga haq toʻlash boʻyicha nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash. 2024-yil avgust Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish jamgʻarmasi va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar Raqamli texnologiyalar vazirligi (R. Karimjonov), Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (F. Boqiyev), Raqamli taʼlimni rivojlantirish markazi (Sh. Sattorov) 2. “IT-shaharcha”lardagi oʻqitish jarayonlariga mutaxassisligidan qatʼi nazar raqamli texnologiyalar, xorijiy tillar va zamonaviy kasblar boʻyicha yuqori bilim va koʻnikmalarga hamda tegishli oʻquv dasturlari boʻyicha taʼlim berish malakasiga ega boʻlgan mutaxassislar (mentorlar)ni jalb qilish hamda ular bilan tegishli shartnomalar rasmiylashtirish. Loyihani amalga oshirish davomida 49. “IT-shaharcha”larni zamonaviy oʻquv adabiyotlari, materiallar va boshqa zarur resurslar bilan taʼminlash. 1. “IT-shaharcha”larni zamonaviy oʻquv adabiyotlari, qoʻllanmalar bilan taʼminlash hamda raqamli kontent roʻyxatini shakllantirish. 2. Xarajatlar smetasiga asosiga xarid jarayonlarini amalga oshirish. 3. “IT-shaharcha”larni zarur kontentlar bilan taʼminlash. 2024-yil sentabr Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish jamgʻarmasi va ijrochilar mablagʻlari Raqamli texnologiyalar vazirligi (R. Karimjonov), Raqamli taʼlimni rivojlantirish markazi (Sh. Sattorov), “UZINFOCOM” MChJ (E. Gimranov) 50. “IT-shaharcha”larda yoshlarning vaqtlarini mazmunli tashkil etish. Yoshlar ishlari agentligi tomonidan kutubxona va shaxmat toʻgaraklarini tashkil qilish. Doimiy ravishda Ijrochilar mablagʻlari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar Yoshlar ishlari agentligi (F. Ablayarov) 51. “IT-shaharcha”larda yoshlar va mentorlar uchun masofaviy xalqaro taʼlim platformalarida bepul oʻqish imkoniyatini yaratish. Yoshlar va mentorlar uchun masofaviy xalqaro taʼlim platformalarida dasturlash, grafik-dizayn va shaxsiy rivojlanish kurslari boʻyicha oʻqish imkoniyatini yaratish. 2024 — 2026-yillar Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish jamgʻarmasi va ijrochi mablagʻlari Raqamli texnologiyalar vazirligi (R. Karimjonov), Raqamli taʼlimni rivojlantirish markazi (Sh. Sattorov) 52. “IT-shaharcha”lar haqida keng jamoatchilik oʻrtasida targʻibot ishlarini tashkil etish va ularga yoshlarni jalb etish. 1. “IT-shaharcha”larda raqamli texnologiyalar, xorijiy tillar va zamonaviy kasblarni oʻrganish, boʻsh vaqtni mazmunli oʻtkazishga jalb qilishni targʻib qiluvchi materiallarni ishlab chiqish. 2024-yil sentabr Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish jamgʻarmasi va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar Raqamli texnologiyalar vazirligi (R. Karimjonov), Yoshlar ishlari agentligi (F. Ablayarov), Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (F. Boqiyev), Raqamli taʼlimni rivojlantirish markazi (Sh. Sattorov) 2. Aholi va yoshlarning “IT-shaharcha”lar faoliyati boʻyicha xabardorligini oshirish. Doimiy ravishda 3. “IT-shaharcha”larga qiziqishi yuqori boʻlgan biroq, uzoq manzilda istiqomat qiluvchi yoshlarni jalb qilish uchun zaruratga koʻra autsorsing asosida tashish (transport) xizmatlarini yoʻlga qoʻyish. 4. Yoshlarni “IT-shaharcha”larga keng jalb qilib borish. 53. “IT-shaharcha”larda oʻquv jarayonlarini monitoring qilish, barcha tahsil olgan yoshlar maʼlumotlarini shakllantirish va soha boʻyicha yoʻnaltirib borish. 1. Mavjud maxsus axborot tizimini takomillashtirish boʻyicha texnik talab va topshiriqlarni ishlab chiqish. 2024-yil avgust Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish jamgʻarmasi va ijrochi mablagʻlari Raqamli texnologiyalar vazirligi (R. Karimjonov), Raqamli taʼlimni rivojlantirish markazi (Sh. Sattorov), “UZINFOCOM” MChJ (E. Gimranov) 2. Maxsus axborot tizimini takomillashtirish choralarini koʻrish. 2025-yil yanvar 3. Maxsus tizimda “IT-shaharcha”lar bitiruvchilari maʼlumotlari (“portfolio”sini) shakllantirish hamda yiliga kamida 1 ming nafar eng iqtidorli yoshlar bilan manzilli ishlash. 2025-yil martdan boshlab doimiy 54. “IT-shaharcha”larda tashkil etiladigan oʻquv jarayoni sifatini taʼminlash hamda myentorlar malakasini oshirib borish. 1. “IT-shaharcha”larda yoshlarga oʻquv reja va dasturlari asosida sifatli taʼlim berilishi hamda oʻquvchi yoshlarning oʻzlashtirish darajalarini monitoring qilib borish. 2. Kalendar reja asosida mentorlar malakasini oshirib borish. Loyihani amalga oshirish davomida Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish jamgʻarmasi va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar Raqamli texnologiyalar vazirligi (R. Karimjonov), Raqamli taʼlimni rivojlantirish markazi (Sh. Sattorov)

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 15-maydagi PQ-178-son qaroriga 3-ILOVA

Hududlarda “IT-shaharcha”lar faoliyatini samarali tashkil etish boʻyicha ishchi guruh

1. R.O. Karimjonov — raqamli texnologiyalar vazirining oʻrinbosari, Ishchi guruh rahbari 2. Sh.A. Karimov — Vazirlar Mahkamasi boʻlim boshligʻi, Ishchi guruh rahbari oʻrinbosari 3. S.B. Radjabov — maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri oʻrinbosari 4. D.K. Adilov — qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining oʻrinbosari 5. U.M. Mamadaminov — energetika vazirining oʻrinbosari 6. F.K. Ablayarov — Yoshlar ishlari agentligi direktorining oʻrinbosari 7. Lavozimi boʻyicha — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining hamda viloyatlar hokimlarining birinchi oʻrinbosarlari 8. Lavozimi boʻyicha — “IT-shaharcha”lar tashkil etilishi belgilangan tuman (shahar) hokimlari 9. E.I. Gimranov — “Davlat axborot tizimlarini yaratish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yagona integrator — “UZINFOCOM” masʼuliyati cheklangan jamiyati bosh direktori 10. Sh.Sh. Sattorov — Raqamli taʼlimni rivojlantirish markazi direktori, Ishchi guruh kotibi

Izoh: Ishchi guruh aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibga mazkur lavozimlarga yangi tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklatilgan shaxslar kiritiladi.

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.