PQ-18-son Qaror · 22.01.2025

“KfW” banki (Germaniya Federativ Respublikasi) ishtirokidagi “Orolboʻyi mintaqasida tibbiy xizmat sifatini oshirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-18
  • Qabul qilingan sana:22.01.2025
  • Kuchga kirgan sana:23.01.2025
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 07/25/18/0062

Sogʻliqni saqlash sohasida Germaniya Federativ Respublikasi Hukumati bilan moliyaviy hamkorlikni yanada kengaytirish, hududiy koʻp tarmoqli tibbiyot markazlarini zamonaviy tibbiy uskunalar bilan jihozlash va ulardan samarali foydalanishni taʼminlash, Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan “KfW” bankining (Germaniya Federativ Respublikasi) mablagʻlarini jalb qilgan holda Orolboʻyi mintaqasi, xususan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi hamda Xorazm viloyatida sogʻliqni saqlash tizimidagi islohotlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida:

1. Quyidagilar:

Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati hamda Germaniya Federativ Respublikasi Hukumati oʻrtasida 2019-yil 21-22-may kunlari ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha oʻtkazilgan hukumatlararo muzokaralar natijalariga koʻra “Orolboʻyi mintaqasida tibbiy xizmat sifatini oshirish” loyihasini (keyingi oʻrinlarda — Loyiha) amalga oshirish uchun qarz va grant ajratish boʻyicha kelishuvga erishilgani;

Oʻzbekiston Respublikasi va “KfW” banki oʻrtasida 2023-yil 19-may kuni Loyihani moliyalashtirish uchun 5,5 yillik imtiyozli davr bilan 12,5 yil muddatga jami 30 million yevro miqdorida qarz bitimi hamda 2 million yevro miqdorida grant bitimi imzolangani maʼlumot uchun qabul qilinsin.

2. Quyidagilar:

“Orolboʻyi mintaqasida tibbiy xizmat sifatini oshirish” loyihasining asosiy texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlari 1-ilovaga muvofiq;

“Orolboʻyi mintaqasida tibbiy xizmat sifatini oshirish” loyihasini amalga oshirish doirasida “KfW” bankining qarzlarini qaytarish, shu jumladan, qoʻshimcha haq va foizlar toʻlashning prognoz jadvali 2-ilovaga muvofiq;

“Orolboʻyi mintaqasida tibbiy xizmat sifatini oshirish” loyihasi doirasida Qoraqalpogʻiston Respublikasi tibbiyot muassasalari uchun xarid qilinadigan tibbiy jihozlar taqsimoti 3-ilovaga muvofiq;

“Orolboʻyi mintaqasida tibbiy xizmat sifatini oshirish” loyihasi doirasida Xorazm viloyati tibbiyot muassasalari uchun xarid qilinadigan tibbiy jihozlar taqsimoti 4-ilovaga muvofiq;

“Orolboʻyi mintaqasida tibbiy xizmat sifatini oshirish” loyihasi doirasida xarid qilinadigan maxsus avtotransport vositalarining hududlar boʻyicha taqsimoti 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

3. Belgilansinki:

Sogʻliqni saqlash vazirligi Loyihani oʻz vaqtida amalga oshirish hamda muvofiqlashtirish, shuningdek, “KfW” bankining qarz va grantlaridan maqsadli va samarali foydalanish boʻyicha masʼul ijro etuvchi organ hisoblanadi;

Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi “Xaridlar markazi” davlat muassasasi Loyihani amalga oshirish doirasida tuzilgan shartnomalar boʻyicha yuk qabul qiluvchi kontragent hisoblanadi;

Loyiha doirasida xarid qilinadigan tibbiy asbob-uskuna, jihoz va vositalar tanlov savdolari eʼlon qilingunga qadar mustaqil ekspertlarni jalb qilgan holda tibbiyot muassasalarini jihozlash meʼyorlari asosida har bir muassasa kesimida tahlil qilinadi.

Bunda tahlillar natijasiga koʻra Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan xarid qilinadigan tibbiy asbob-uskuna, jihoz va vositalarning roʻyxati, miqdori va texnik tavsiflariga oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin;

“KfW” bankining qarz mablagʻlarini qaytarish, shu jumladan, qoʻshimcha haq va foizlar toʻlash, boshqa toʻlovlar bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti mablagʻlari hisobidan qoplanadi.

4. Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi va “KfW” banki oʻrtasida imzolangan qarz va grant bitimlari boʻyicha yuridik xulosa bersin.

5. Sogʻliqni saqlash vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va Xorazm viloyati hokimligi bilan birgalikda Loyiha doirasida:

xarid qilinadigan tovarlar yetkazib berilgunga qadar tibbiy uskunalarni oʻrnatish va montaj qilish uchun tegishli bino va xonalar tayyorlanishini;

manfaatdor vazirlik va idoralarga zarur hisobot va hujjatlar “KfW” bankining talablari hamda Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlariga muvofiq oʻz vaqtida tayyorlanishi va taqdim etilishini;

belgilangan tadbirlarni amalga oshirish uchun zarur sharoitlarning yaratilishini taʼminlasin.

6. Sogʻliqni saqlash vazirligi Loyihani amalga oshirish davrida tovar va uskunalarni sotib olish, belgilangan manzilga yetkazib berish boʻyicha xizmatlarni, shuningdek, Loyihani moliyalashtirish boʻyicha boshqa xarajatlarni amalga oshirish uchun Davlat budjetidan sogʻliqni saqlash sohasiga ajratilgan mablagʻlar doirasida zarur mablagʻlar ajratsin.

7. Tashqi ishlar vazirligi Sogʻliqni saqlash vazirligining viza talabnomalariga binoan Loyihani amalga oshirish doirasida jalb qilinadigan xorijiy mutaxassislar uchun kirish vizalari konsullik yigʻimlari va haqiqiy xarajatlarning oʻrnini qoplash hisobidan yigʻimlar undirilmasdan rasmiylashtirilishini taʼminlasin.

8. Ichki ishlar vazirligi Sogʻliqni saqlash vazirligining talabnomalariga koʻra Loyihani amalga oshirish uchun jalb qilinadigan xorijiy mutaxassislarga koʻp martalik viza rasmiylashtirilishi va uning muddati uzaytirilishini, shuningdek, turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilishi va uning muddati uzaytirilishini taʼminlasin.

(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-iyundagi PF-109-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)

9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 16-iyundagi “Aholiga tez tibbiy yordam koʻrsatish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PQ-283-son qaroriga 6-ilovaga muvofiq oʻzgartirish kiritilsin.

10. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib sogʻliqni saqlash vaziri A.A. Xudayarov belgilansin.

Qaror ijrosini nazorat qilish va ijro uchun masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2025-yil 22-yanvar,

PQ-18-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 22-yanvardagi PQ-18-son qaroriga1-ILOVA

“Orolboʻyi mintaqasida tibbiy xizmat sifatini oshirish” loyihasining

ming yevroT/rAsosiy texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlarJami*Moliyalashtirish manbalari“KfW” banki mablagʻlariBudjet mablagʻlari**qarzgrant1.Loyihaning umumiy qiymati45 194,6630 000,02 000,013 194,662.Kapital qoʻyilmalar summasi, jami:37 809,9830 000,02 000,05 809,98shu jumladan, komponentlar boʻyicha:2.1.1-komponent: Orolboʻyi mintaqasida yurak va qon-tomir kasalliklarini davolash uchun shifoxonalar infratuzilmasini yaxshilash25 205,419 970,05 235,4shu jumladan, taqsimlanmagan mablagʻlar***607,32607,322.2.2-komponent: Orolboʻyi mintaqasidagi birlamchi tibbiyot muassasalarida yurak va qon-tomir kasalliklarini davolash xizmatlari sifatini oshirish7 764,577 190,0574,57shu jumladan, konsalting xizmatlari1 800,01 800,02.3.3-komponent: Hamkorlik tadbirlari:2 0002 000hamkorlik tadbirlarini amalga oshirish boʻyicha konsalting xizmatlari;500,0500,0xalqaro universitetlarda klinik treninglar;400,0400,0yoʻnalish zanjiri treningi;300,0300,0muassasa rahbarlari uchun treninglar;300,0300,0texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha mutaxassislarni tayyorlash treninglari;150,0150,0loyihani amalga oshirish guruhini saqlash xarajatlari350,0350,02.4.Koʻzda tutilmagan xarajatlar2 840,02 840,03.Loyihani amalga oshirish davridagi foiz toʻlovlari3 111,83 111,84.Oʻzbekiston Respublikasining soliq va bojxona imtiyozlari shaklidagi ulushi4 272,884 272,885.Investitsiya davrining davomiyligi36 oy6.Qarzni qaytarish muddati12,5 yilshu jumladan, asosiy qarz uchun imtiyozli davr5,5 yil

Izohlar:

* Soʻnggi qiymat koʻrsatkichlari tovarlar va xizmatlarni yetkazib berish boʻyicha oʻtkaziladigan tender savdolari natijalariga asosan aniqlanadi.

** Loyihani amalga oshirish doirasida vujudga kelishi mumkin boʻlgan, shu jumladan, soliqlar va boshqa toʻlovlar shaklidagi xarajatlardan tashkil topgan.

*** Sogʻliqni saqlash vazirligiga loyiha doirasida taqsimlanmagan mablagʻlarni ehtiyojdan kelib chiqib, KFW banki bilan kelishilgan holda qayta taqsimlash vakolati beriladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 22-yanvardagi PQ-18-son qaroriga2-ILOVA

“Orolboʻyi mintaqasida tibbiy xizmat sifatini oshirish” loyihasini amalga oshirish doirasida “KfW” bankining qarzlarini qaytarish, shu jumladan, qoʻshimcha haq va foizlar toʻlashning

Qarz summasi—30,0 mln yevroQarz muddati—12,5 yilImtiyozli davr—5,5 yilFoiz stavkasi—6 oylik Euribor+0,57%Majburiyat uchun toʻlov—0,25% (oʻzlashtirilmagan qarz miqdoridan)Boshqaruv uchun toʻlov—1,0% (umumiy qarz miqdoridan)yevroToʻlov davriQarz oʻzlashtirilishiQarz qoldigʻiToʻlov miqdoriJami toʻlanadigan summa**asosiy qarzfoizlar*boshqarish uchun toʻlov**majburiyat komissiyasi**15.06.2025-0,00-0,0300 00037 500337 50015.06.20254 000 0004 000 000---32 50032 50015.12.20255 000 0009 000 000-89 620-26 250115 87015.06.20265 000 00014 000 000-201 645-20 000221 64515.12.20265 000 00019 000 000-313 670-13 750327 42015.06.20275 000 00024 000 000-425 695-7 500433 19515.12.20273 000 00027 000 000-537 720-3 750541 47015.06.20283 000 00030 000 000-604 935--604 93515.12.2028-30 000 000-672 150--672 15015.06.2029-28 000 0002 000 000672 150--2 672 15015.12.2029-26 000 0002 000 000627 340--2 627 34015.06.2030-24 000 0002 000 000582 530--2 582 53015.12.2030-22 000 0002 000 000537 720--2 537 72015.06.2031-20 000 0002 000 000492 910--2 492 91015.12.2031-18 000 0002 000 000448 100--2 448 10015.06.2032-16 000 0002 000 000403 290--2 403 29015.12.2032-14 000 0002 000 000358 480--2 358 48015.06.2033-12 000 0002 000 000313 670--2 313 67015.12.2033-10 000 0002 000 000268 860--2 268 86015.06.2034-8 000 0002 000 000224 050--2 224 05015.12.2034-6 000 0002 000 000179 240--2 179 24015.06.2035-4 000 0002 000 000134 430--2 134 43015.12.2035-2 000 0002 000 00089 620--2 089 62015.06.203602 000 00044 810-2 044 810Jami30 000 0000,030 000 0008 222 635300 000141 25038 663 885

Izohlar:

* Majburiyat uchun toʻlov qarz bitimi imzolangandan soʻng uch oydan keyin hisoblanadi.

** Toʻlovlar miqdori qarzlarni amalda oʻzlashtirish sanalariga qarab aniqlashtirib boriladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 22-yanvardagi PQ-18-son qaroriga3-ILOVA

“Orolboʻyi mintaqasida tibbiy xizmat sifatini oshirish” loyihasi doirasida Qoraqalpogʻiston Respublikasi tibbiyot muassasalari uchun xarid qilinadigan tibbiy jihozlar

T/rTibbiy jihozlarning nomiKardiologiya markaziKoʻz mikroxirurgiyasi markaziNukus SHTBAmudaryo TTBBeruniy TTBBoʻzatov TTBQonlikoʻl TTBQoraoʻzak TTBKegeyli TTBQoʻngʻirot TTBMoʻynoq TTBNukus TTBTaxiatosh TTBTaxtakoʻpir TTBToʻrtkoʻl TTBXoʻjayli TTBChimboy TTBShumanay TTBEllikqalʼa TTBJami1.Kontrast injektorli kompyuter tomografi1 12.Yurak-qon tomir angiografiyasi1 13.Kompyuter tomograf skaner1 14.Magnit yadro-rezonans tomografi (1,5T)1 15.Portativ ultratovush apparati1 16.Tekis panelli raqamli rentgen tizimi 1 1 27.Video-endoskopiya majmuasi 11111111111111111178.Kardiotaxograf 111 1 11 1 11 1109.Koʻp funksiyali jarrohlik stoli 11 111111 11111 1310.Jarrohlik jamlanmasi 111 11111 1111111411.Narkoz-nafas olish apparati 111 11 11 1111 1112.Neyrojarrohlik jamlanmasi 11111 11 1 11111213.Neonatal doppler 1111111111 1 11111514.Chaqaloqlar kiyimini almashtirish stoli 1111 1111 1111 11315.Elektr jarrohlik koagulyatori 11111 111 1 11 1116.Avtorefraktomer 2 217.Qon bosimini masofadan oʻlchash uskunasi3 318.Vitrektomiya uchun oftalmojarrohlik majmuasi 1 119.Dakriotsistorinostomiya uchun lazerli majmua 1 120.Mikrojarrohlik uskunalari toʻplami 4 421.Optik kogerent tomograf 2 222.Fotokoagulyatsiya uchun oftalmologik diodli lazer 1 123.3 bugʻlatgichli narkoz uskunasi1 124.Universal jarrohlik stoli1 125.Ultrabinafsha havo tozalagich1 126.Jarrohlik amaliyoti bemorlari uchun isitish toʻplami2 227.Yurak va qon-tomir jarrohligi uchun asboblar toʻplami2 228.Intubatsiya va narkoz uskunalari2 229.Mobil tibbiyot soʻrgʻichi (2 litr)1 130.Rh-metr1 131.3 gumbazli jarrohlik chirogʻi1 132.Avtoklav 20 l, ish stoli, mikroprotsessor1 133.Asosiy jarrohlik uchun elektrojarrohlik uskunasi1 134.Laringoskop (makintosh va miller pichoqlari bilan)2 235.Ekstrakorporal membranali oksigenator tizimi1 136.Past oqimli havo/O2 almashtirgich1 137.Qondagi gaz va elektrolitlarni aniqlash analizatori1 138.Torakoskopik jarrohlik videotizimi uchun uskunalar1 139.Koʻp funksiyali IVL uskunasi2 240.Shpritsli nasos2 241.Koagulometr 111 1 11 1 742.Monitor (EKG, VSOK, KPD, gemodinamika)2 243.Avtotransfuziya qurilmasi, qonni qayta ishlash1 144.Transkranial pulsoksimetr2 245.Ikki kamerali tashqi yurak kardiostimulyatorlari1 146.Monitor (bispektral indeksni aniqlash moslamasi)1 147.Monitor (EKG, NIAD, SpO2, temp., NOS)1 148.12 kanalli EKG monitori, teletibbiyot tarmogʻi2 1254 2 33 4 3549.Xolter tizimi6 650.Ambulator arterial qon bosimini nazorat qilish tizimi (SMAD)4 44 4 1651.12 kanalli EKG monitori, tahlil tizimli4 452.Baland oynavand qulflanadigan javon3 353.Infuzion ustun4 454.Shoshilinch yordam uchun nogironlar aravachasi2 255.Fizioterapiya uchun kushetka1 156.Funksional S-tipdagi matrasli toʻshak4 457.Bioqayta aloqa uchun portativ tizimlar 11 1 358.Velosergoergometrli kardiopulmonar diagnostika tizimi2 11 1 559.Statsionar transkranial magnit stimulyatsiya tizimi1 160.Kattalar uchun yotgan holda mashqlar bajarish uskunasi1 161.Nogironlar aravachasi1 162.3 seksiyali elektron kushetka1 163.Mashq matrasi (15x1850x1000 sm)1 164.Shkivlar toʻplami1 165.Ogʻir yuk koʻtarish uskunalari1 166.Tredmil1 111 1 11 1 8JAMI801121181676996181718620966274

Izoh: Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tibbiyot muassasalarining ehtiyojlari hamda xatlov natijalari asosida tibbiy asbob-uskunalarning roʻyxati, miqdori va texnik tavsiflariga oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 22-yanvardagi PQ-18-son qaroriga4-ILOVA

“Orolboʻyi mintaqasida tibbiy xizmat sifatini oshirish” loyihasi doirasida Xorazm viloyati tibbiyot muassasalari uchun xarid qilinadigan tibbiy jihozlar

T/rTibbiy jihozlar nomiKardiologiya va kardioxirurgiya markaziShovot TTB Urganch SHTBUrganch TTB Bogʻot TTBGurlan TTBXiva SHTB Xiva TTBQoʻshkoʻpir TTBHazorasp TTBXonqa TTbYangiariq TTBYangibozor TTBTuproqqalʼa TTBViloyat bolalar stomatologiya poliklinikasiViloyat qon quyish markaziViloyat mintaqalararo xospis shifoxonasiRespublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi viloyat filialiRespublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va tibbiy radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi viloyat filialiJami1.Oʻquv manekenlari (ultrasonografiya, kardiologiya)112.Oʻquv manekeni (auskultatsiya)113.Yurakning anatomik modeli114.Qon-tomir tizimi modeli115.Yurakni kateterlash simulyatori116.Simulyator, EKMO117.Simulyator, vizual nazoratdagi aralashuvlar118.Simulyator, angiografiya119.Simulyatsiya nazorat tizimi1110.Kontrast injektorli kompyuter tomografi1111.Qoʻrgʻoshinli fartuk toʻplami1112.Kompyuter tomograf skaner, aksial (16 qatlamli)1113.Magnit yadro-rezonans tomografi 1.5T1114.Tekis panelli raqamli rentgen tizimi1115.3 bugʻlatgichli narkoz uskunasi181667568527436916.Jarrohlik amaliyoti bemorlari uchun isitish toʻplami2217.Yurak va qon-tomir jarrohligi uchun asboblar toʻplami2218.Intubatsiya va narkoz uskunalari2219.Universal jarrohlik stoli142452243653314520.Asosiy jarrohlik uchun elektrojarrohlik uskunasi1121.Laringoskop (makintosh va miller pichoqlari bilan)2222.Ekstrakorporal membranali oksigenator tizimi 1123.Past oqimli havo/O2 almashtirgich1124.Qondagi gaz va elektrolitlarni aniqlash analizatori1125.Torakoskopik jarrohlik videotizimi uchun uskunalar1126.Koʻp funksiyali IVL uskunasi1127.Shpritsli nasos2228.Tashqi, mexanik defibrillyator 35531629.Koagulometr 111330.Monitor (EKG, VSOK, KPD, gemodinamika)2231.Avtotransfuziya qurilmasi, qonni qayta ishlash1132.Transkranial pulsoksimetr2233.Ikki kamerali tashqi yurak kardiostimulyatorlari1134.Monitor (bispektral indeksni aniqlash moslamasi)1135.Monitor (EKG, NIAD, SpO2, temp., NOS)1136.12 kanalli EKG monitori, teletibbiyot tarmogʻi27731937.Ambulator arterial bosimi monitori (SMAD)44441638.Bioqayta aloqa uchun portativ tizimlar1139.Velosergoergometrli kardiopulmonar diagnostika tizimi1332940.Statsionar transkranial magnit stimulyatsiya tizimi1141.Kattalar uchun yotgan holda mashqlar bajarish uskunasi1142.Bir silindrli 680 litr uchun aravacha1143.Terapevtik yurish uchun 3 metrli parallel ustunlar 1144.3 seksiyali elektron kushetka1145.Mashq matrasi (15x1850x1000sm)1146.Shkivlar toʻplami1147.Ogʻir yuk koʻtarish uskunalari1148.Yarim yotadigan mashq velosipedi1149.Qoʻl va oyoq uchun mashq mashinasi, portativ1150.Tredmil111351.Avtoklav (35 l model “LX-B 35L”)8256237128684327652.Distilyator1153.Quritish shkafi2254.Qon bosimini masofadan oʻlchash uskunasi4455.Raqamli, koʻp funksiyali ultratovush tekshiruv apparati11256.Gemoglobinometr portativ (koʻchma)2257.Stomatologik uskuna 101058.UVCH apparati2259.LUCH apparati2260.Darsenval apparati2261.Elektrokaogulyatsiya apparati2262.Elektrofarez apparati 2263.Solyuks apparati1164.Odontodiagnostika apparati1165.Magnit apparati1166.Avtoklav (BK-75)1167.Ortopantomografiya apparati 1168.Glasperlinlisterilizator202069.Sunʼiy qon aylanish apparati1170.Abdominal endojarrohlik operatsiyalarni oʻtkazish uchun laparoskopik jamlanma1171.IVL apparati kattalar uchun2272.PET1173.Kislorod stansiyasi1174.Videolaringoskop2275.Bronxoskop1176.Mobil anesteziologik stol202077.Tonometr202078.Biks (9, 12, 18 oʻlchamli)606079.Shtativ505080.Portativ kvars lampa8881.EKG apparat133221182.Mikroskop4483.Setrifuga4484.Moʻrili shkaf2285.Laborator stol va kreslolar toʻplami6686.Dozatorlar toʻplami (5000, 1000, 200, 50)101087.Binokulyar mikroskop1188.Kislorod konsentrator (statsionar)2289.Siydik analizatori1190.Reanimatsiya krovati2291.Defibrillyator 332892.Xolter1332993.Kardiotaxograf73124131868345194.Narkoz nafas olish apparati2232341364523795.Neyrojarrohlik jamlanmasi212122422220JAMI6259115223193426253427302115461281191588

Izoh: Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tibbiyot muassasalarining ehtiyojlari hamda xatlov natijalari asosida tibbiy asbob-uskunalarning roʻyxati, miqdori va texnik tavsiflariga oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 22-yanvardagi PQ-18-son qaroriga5-ILOVA

“Orolboʻyi mintaqasida tibbiy xizmat sifatini oshirish” loyihasi doirasida xarid qilinadigan maxsus avtotransport vositalarining hududlar boʻyicha

T/rHududlarAvtotransport vositasi turiSoni1.Qoraqalpogʻiston RespublikasiYoʻltanlamas avtotransport vositasi92.Andijon viloyati33.Buxoro viloyati44.Jizzax viloyati45.Qashqadaryo viloyati96.Navoiy viloyati47.Namangan viloyati78.Samarqand viloyati79.Sirdaryo viloyati110.Surxondaryo viloyati811.Toshkent viloyati712.Fargʻona viloyati613.Xorazm viloyati1Jami70

Izoh. Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan yoʻltanlamas avtotransport vositasiga boʻlgan ehtiyoj asosida mazkur roʻyxatga oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 22-yanvardagi PQ-18-son qaroriga6-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 16-iyundagi “Aholiga tez tibbiy yordam koʻrsatish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PQ-283-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirish

3-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Tez tibbiy yordam tizimida mavjud avtotransport vositalari parkini bosqichma-bosqich yangilash

T/rHududlarJami2022-yilda2023-yilda2024-yilda2025-yildaMaxsus avtotransport vositasiMaxsus avtotransport vositasiMaxsus avtotransport vositasiYoʻltanlamas avtotransport vositasi1.Qoraqalpogʻiston Respublikasi1457321212192.Andijon viloyati1776337373733.Buxoro viloyati1297118181844.Jizzax viloyati1035116161645.Qashqadaryo viloyati2287847474796.Navoiy viloyati593188847.Namangan viloyati2326952525278.Samarqand viloyati2619852525279.Sirdaryo viloyati8958101010110.Surxondaryo viloyati17167323232811.Toshkent viloyati22259525252712.Fargʻona viloyati270108525252613.Xorazm viloyati12659222222114.Toshkent shahri55----Jami221789041941941970

Izoh: Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan yoʻltanlamas avtotransport vositasiga boʻlgan ehtiyoj asosida mazkur roʻyxatga oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin”.

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.