PQ-21-son Qaror · 23.01.2025

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-21
  • Qabul qilingan sana:23.01.2025
  • Kuchga kirgan sana:24.01.2025
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 07/25/21/0070

Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari va huquqni muhofaza qiluvchi organlarda harbiy xizmatni (xizmatni) oʻtash bilan bogʻliq munosabatlarni tartibga solish maqsadida:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq harbiy xizmatni (xizmatni) oʻtash bilan bogʻliq cheklovlar oʻrnatishni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.

2. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Maxmudov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi D.B. Kadirov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2025-yil 23-yanvar,

PQ-21-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 23-yanvardagi PQ-21-son qarorigaILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 12-sentabrdagi PQ-2036-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi prokuraturasi organlari va muassasalarida xizmatni oʻtash toʻgʻrisidagi nizomda:

a) 7-band chiqarib tashlansin;

b) 12-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“12. Prokuratura organlari xodimlari quyidagilarga haqli emas:

oʻzaro yaqin qarindoshlikda yoki quda tomondan qarindosh boʻlgan shaxslar bilan (ota-onalar, aka-ukalar, opa-singillar, oʻgʻillar, qizlar, er-xotinlar, shuningdek, er-xotinlarning ota-onalari, aka-ukalari, opa-singillari va farzandlari) prokuratura organlarida birga xizmat qilishga, agar ularning birga xizmat qilishi ulardan birining ikkinchisiga bevosita boʻysunishiga olib kelsa;

ilmiy, ijodiy va pedagogik faoliyatdan tashqari haq toʻlanadigan boshqa faoliyat bilan shugʻullanishga;

tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanishga;

tadbirkorlik faoliyati subyektlarini tashkil etishga, ularning muassisi (ishtirokchisi) boʻlishga, tadbirkorlik faoliyati subyektida tashkiliy-boshqaruv, maʼmuriy-xoʻjalik vazifalarini bajarishga;

oʻz xizmat vakolatlarini jismoniy va yuridik shaxslarning manfaatlarini koʻzlab bajarish yoki bajarmaslik evaziga ulardan biron-bir mukofot, foyda yoki sovgʻalar olishga;

qonunchilikda nazarda tutilmagan imtiyozlardan, preferensiyalar yoki afzalliklardan oʻz xizmat mavqeyi bilan bogʻliq holda foydalanishga;

qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlarda, shu jumladan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda ishtirok etishga;

chet davlat fuqaroligini yoki chet davlatda doimiy yashash huquqini beruvchi hujjatni olish maqsadida murojaat qilishga;

Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida hisobvaraqlar ochishga va ularga ega boʻlishga, koʻchmas mulkka va boshqa mol-mulkka egalik qilishga, bundan chet davlatda taʼlim olish, stajirovka oʻtash va tibbiy xizmatlardan foydalanish maqsadida ochilgan hisobvaraqlar mustasno;

oʻzining vakolatlarini siyosiy partiyalarning, boshqa jamoat birlashmalarining va ular organlarining manfaatlarini koʻzlab amalga oshirishga, xizmat majburiyatlarini amalga oshirish bilan bogʻliq hollar bundan mustasno;

xizmatni oʻtash vaqtida diniy rasm-rusumlar va marosimlarni bajarishga, bundan farzand tugʻilishi, nikoh, toʻy va dafn marosimlari mustasno;

prokuratura organlarining binolarida va hududida diniy rasm-rusumlar va marosimlarni tashkil etishga, diniy mazmundagi materiallar va buyumlarni saqlashga, xizmat majburiyatlarini amalga oshirish bilan bogʻliq hollar bundan mustasno.

Mazkur Nizomda belgilangan cheklovlarga rioya etmaganlik tegishli tartibda xizmat tekshiruvi oʻtkazilishi uchun asos boʻladi”.

v) 79-bandning “e” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“e) prokuratura xodimining mazkur Nizomning 12-bandida belgilangan cheklovlarga rioya etmasligi”.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-noyabrdagi PQ-3413-son qarori bilan tasdiqlangan Ichki ishlar organlarida xizmatni oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi nizom quyidagi mazmundagi 11-1-band bilan toʻldirilsin:

“11-1. Ichki ishlar organlari xizmatiga kirish istagini bildirgan fuqaro Oʻzbekiston Respublikasining “Ichki ishlar organlari toʻgʻrisida”gi Qonunida belgilangan ichki ishlar organlarida xizmatni oʻtash bilan bogʻliq cheklovlar bilan yozma shaklda tanishtiriladi.

Mazkur cheklovlarga rozi boʻlgan hamda vazirlikning maxsus talablariga javob beradigan nomzodlar ichki ishlar organlari xizmatiga qabul qilinadilar”.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-apreldagi PQ-3665-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlarida xizmatni oʻtash toʻgʻrisidagi nizomda:

a) 10-band quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:

“bojxona organlarida xizmatni oʻtash bilan bogʻliq qonun hujjatlarida belgilangan cheklovlarga rioya etishni rad etgan yoki maxsus talablarga javob bermaydigan fuqarolar”;

b) quyidagi mazmundagi 22-1-band bilan toʻldirilsin:

“22-1. Bojxona organlari xodimlari quyidagilarga haqli emas:

oʻzaro yaqin qarindoshlikda yoki quda tomondan qarindosh boʻlgan shaxslar bilan (ota-onalar, aka-ukalar, opa-singillar, oʻgʻillar, qizlar, er-xotinlar, shuningdek, er-xotinlarning ota-onalari, aka-ukalari, opa-singillari va farzandlari) bojxona organlarida birga xizmat qilishga, agar ularning birga xizmat qilishi ulardan birining ikkinchisiga bevosita boʻysunishiga olib kelsa;

ilmiy, ijodiy va pedagogik faoliyatdan tashqari haq toʻlanadigan boshqa faoliyat bilan shugʻullanishga;

tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanishga;

tadbirkorlik faoliyati subyektlarini tashkil etishga, ularning muassisi (ishtirokchisi) boʻlishga, tadbirkorlik faoliyati subyektida tashkiliy-boshqaruv, maʼmuriy-xoʻjalik vazifalarini bajarishga;

oʻz xizmat vakolatlarini jismoniy va yuridik shaxslarning manfaatlarini koʻzlab bajarish yoki bajarmaslik evaziga ulardan biron-bir mukofot, foyda yoki sovgʻalar olishga;

qonunchilikda nazarda tutilmagan imtiyozlardan, preferensiyalar yoki afzalliklardan oʻz xizmat mavqeyi bilan bogʻliq holda foydalanishga;

qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlarda, shu jumladan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda ishtirok etishga;

chet davlat fuqaroligini yoki chet davlatda doimiy yashash huquqini beruvchi hujjatni olish maqsadida murojaat qilishga;

Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida hisobvaraqlar ochishga va ularga ega boʻlishga, koʻchmas mulkka va boshqa mol-mulkka egalik qilishga, bundan chet davlatda taʼlim olish, stajirovka oʻtash va tibbiy xizmatlardan foydalanish maqsadida ochilgan hisobvaraqlar mustasno;

oʻzining vakolatlarini siyosiy partiyalarning, boshqa jamoat birlashmalarining va ular organlarining manfaatlarini koʻzlab amalga oshirishga, xizmat majburiyatlarini amalga oshirish bilan bogʻliq hollar bundan mustasno;

xizmatni oʻtash vaqtida diniy rasm-rusumlar va marosimlarni bajarishga, bundan farzand tugʻilishi, nikoh, toʻy va dafn marosimlari mustasno;

bojxona organlarining binolarida va hududida diniy rasm-rusumlar va marosimlarni tashkil etishga, diniy mazmundagi materiallar va buyumlarni saqlashga, xizmat majburiyatlarini amalga oshirish bilan bogʻliq hollar bundan mustasno.

Mazkur nizomda belgilangan cheklovlarga rioya etmaganlik tegishli tartibda xizmat tekshiruvi oʻtkazilishi uchun asos boʻladi”.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-sentabrdagi PQ-4447-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:

a) 2-band quyidagi mazmundagi oʻninchi va oʻn birinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:

“maxsus talablar — haqiqiy harbiy xizmatga saralash, tanlash va qabul qilish jarayonida nomzodning fuqaroligi, maʼlumoti, mutaxassisligi, yoshi, boʻyi, vazni, sogʻligʻi, jismoniy va kasbiy tayyorgarligi hamda harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq boshqa shartlar;

harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq boʻlgan cheklovlar — harbiy xizmatchilarning amalga oshirishga haqli boʻlmagan harakatlari”;

oʻninchi — oʻn oltinchi xatboshilar tegishincha oʻn ikkinchi — oʻn sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin;

b) 31-bandda:

quyidagi mazmundagi yettinchi — sakkizinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:

“Kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga kirish istagini bildirgan fuqaro Oʻzbekiston Respublikasining “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida”gi Qonunida va harbiy xizmat shartlarida nazarda tutilgan harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq boʻlgan cheklovlar hamda maxsus talablar bilan yozma shaklda tanishtiriladi.

Mazkur cheklovlar bilan kontrakt tuzishga rozi boʻlgan hamda vazirliklarning maxsus talablariga javob beradigan nomzodlar kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga qabul qilinadilar”;

yettinchi xatboshi toʻqqizinchi xatboshi deb hisoblansin;

v) 39-bandda:

birinchi xatboshidagi “berilishi mumkin” soʻzlari “beriladi” soʻzi bilan almashtirilsin;

quyidagi mazmundagi “k” kichik band bilan toʻldirilsin:

“k) harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq boʻlgan cheklovlarga rioya etishni rad etganda yoki vazirlikning maxsus talablariga javob bermasa”;

g) 44-bandda:

birinchi xatboshidagi “berilishi mumkin” soʻzlari “beriladi” degan soʻz bilan almashtirilsin;

“a” kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“a) nomzodga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan, tergovga qadar tekshiruv oʻtkazilayotgan, dastlabki tergov yoki surishtiruv olib borilayotgan, jinoyat ishi sudda koʻrilayotgan boʻlsa, tergovga qadar tekshiruv yoki jinoyat ishi boʻyicha yakuniy qaror qabul qilingunga qadar”;

“b” kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“b) qoʻllangan jazo turidan, sudlanganlik holati tugatilganidan yoki olib tashlanganidan va oʻziga nisbatan amnistiya akti yoki afv etish qoʻllanganidan qatʼi nazar sodir etgan jinoyati uchun ilgari hukm qilingan boʻlsa”;

“g” kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“g) harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq boʻlgan cheklovlarga rioya etishni rad etganda yoki vazirlikning maxsus talablariga javob bermasa”;

d) 212-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“212. Harbiy xizmatchilar quyidagilarga haqli emas:

harbiy qismning mulki va moliyaviy mablagʻlari, shuningdek, davlatning boshqa mulkini harbiy xizmat majburiyatlarini bajarish bilan bogʻliq boʻlmagan maqsadlarda ishlatish;

harbiy xizmat majburiyatlarini bajarish bilan bogʻliq chiqishlar (ommaviy axborot vositalaridagi chiqishlar bundan mustasno) va nutqlar uchun gonorar olish;

jismoniy va yuridik shaxslar hisobidan xorijiy xizmat safarlariga borish, xalqaro shartnomalarga muvofiq yoki davlat hokimiyati organlarining xorijiy davlatlarning tegishli davlat hokimiyati organlari yoki xalqaro tashkilotlar bilan oʻzaro kelishuvlari asosida amalga oshiriladigan xizmat safarlari bundan mustasno;

oʻzaro yaqin qarindoshlikda yoki quda tomondan qarindosh boʻlgan shaxslar bilan (ota-onalar, aka-ukalar, opa-singillar, oʻgʻillar, qizlar, er-xotinlar, shuningdek, er-xotinlarning ota-onalari, aka-ukalari, opa-singillari va farzandlari) aynan bitta harbiy qismda (aynan bitta boshqaruv organi, harbiy xizmat nazarda tutilgan vazirlik yoki idoraning harbiy tuzilmasi) birga xizmat qilishga, agar ularning birga xizmat qilishi ulardan birining ikkinchisiga bevosita boʻysunishiga olib kelsa;

ilmiy, ijodiy va pedagogik faoliyatdan tashqari haq toʻlanadigan boshqa faoliyat bilan shugʻullanishga;

tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanishga;

tadbirkorlik faoliyati subyektlarini tashkil etishga, ularning muassisi (ishtirokchisi) boʻlishga, tadbirkorlik faoliyati subyektida tashkiliy-boshqaruv, maʼmuriy-xoʻjalik vazifalarini bajarishga;

oʻz xizmat vakolatlarini jismoniy va yuridik shaxslarning manfaatlarini koʻzlab bajarish yoki bajarmaslik evaziga ulardan biron-bir mukofot, foyda yoki sovgʻalar olishga;

qonunchilikda nazarda tutilmagan imtiyozlardan, preferensiyalar yoki afzalliklardan oʻz xizmat mavqeyi bilan bogʻliq holda foydalanishga;

qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlarda, shu jumladan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda ishtirok etishga;

chet davlat fuqaroligini yoki chet davlatda doimiy yashash huquqini beruvchi hujjatni olish maqsadida murojaat qilishga;

Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida hisobvaraqlar ochishga va ularga ega boʻlishga, koʻchmas mulkka va boshqa mol-mulkka egalik qilishga, bundan chet davlatda taʼlim olish, stajirovka oʻtash va tibbiy xizmatlardan foydalanish maqsadida ochilgan hisobvaraqlar mustasno;

oʻzining vakolatlarini siyosiy partiyalarning, boshqa jamoat birlashmalarining va ular organlarining manfaatlarini koʻzlab amalga oshirishga, xizmat majburiyatlarini amalga oshirish bilan bogʻliq hollar bundan mustasno;

xizmatni oʻtash vaqtida diniy rasm-rusumlar va marosimlarni bajarishga, bundan farzand tugʻilishi, nikoh, toʻy va dafn marosimlari mustasno;

harbiy xizmat nazarda tutilgan vazirlik yoki idoraning harbiy qismi, boshqaruv organi, muassasasining binolarida va hududida diniy rasm-rusumlar va marosimlarni tashkil etishga, diniy mazmundagi materiallar va buyumlarni saqlashga, xizmat majburiyatlarini amalga oshirish bilan bogʻliq hollar bundan mustasno;

Internet jahon axborot tarmogʻiga harbiy xizmatga oid maʼlumot va materiallarni, shuningdek, harbiy qism, boshqaruv organi, harbiy xizmat nazarda tutilgan vazirlik yoki idoraning harbiy tuzilmasiga mansubligini oshkor etuvchi axborotni (foto, video, matn va boshqalar) joylashtirishga, matbuot xizmatlari tomonidan chop etilgan materiallar bundan mustasno.

Mazkur nizomda belgilangan cheklovlarga rioya etmaganlik tegishli tartibda xizmat tekshiruvi oʻtkazilishi uchun asos boʻladi”;

e) 291-band quyidagi mazmundagi “m” kichik band bilan toʻldirilsin:

“m) harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq boʻlgan cheklovlarga rioya etmaganda”;

j) Nizomga 1, 2, 3 va 4-ilovalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga1-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida ofitserlar tarkibiga mansub lavozimlarda harbiy xizmatni oʻtash toʻgʻrisidaKONTRAKTSeriya AA №000000 1._____________________________________________________________________________________-fuqaroning (harbiy xizmatchining) harbiy unvoni, familiyasi, ismi, otasining ismi____________________________________________________________________________________________-tugʻilgan kuni, oyi va yili______________________________________________________________________________________ bilan-vazirlikning (idoraning) nomi________________________________________________________________________ komandiri (boshligʻi)-vazirlik (idora) boʻlinmasining nomi_______________________________________________________________________________ vakilligida-vakolatli mansabdor shaxsning harbiy unvoni, familiyasi, ismi, otasining ismi________________________________________________________________________da ixtiyoriy ravishda-vazirlikning (idoraning) nomi___________________________________________________________________________ muddat davomida-kontrakt muddatiharbiy xizmatni oʻtash toʻgʻrisida mazkur kontraktni tuzdilar.2. ____________________________________________________________________________________-harbiy xizmatchining familiyasi, ismi va otasining ismioʻziga quyidagi majburiyatlarni oladi:a) Oʻzbekiston Respublikasining suvereniteti va hududiy yaxlitligini himoya qilish boʻyicha harbiy burchni bajarishga doimo tayyor turish;b) ushbu kontraktda belgilangan muddat davomida kontrakt boʻyicha harbiy xizmatni oʻtash, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari umumharbiy nizomlari, turli sharoitlarda unga boʻysunuvchi boʻlinmalarni boshqarish boʻyicha yoʻriqnoma va koʻrsatmalar talablarini mukammal bilish va soʻzsiz bajarish, komandir va boshliqlarning buyruqlarini oʻz vaqtida va sifatli bajarishni taʼminlash;v) boʻysunuvchilarni kundalik xizmat faoliyatida va jangda mohirona boshqara bilish, qoʻyilgan vazifalarni muvaffaqiyatli bajarish uchun oʻz vaqtida va oqilona qaror qabul qilish, boʻlinma va shaxsiy tarkibni boshqarish va rahbarlik qilishda butun masʼuliyatni chuqur anglash va oʻz zimmasiga olish, boʻysunuvchilarning hayoti va sogʻligʻini saqlash boʻyicha barcha zaruriy choralarni koʻrish;g) boʻlinmalarning yuqori jangovar shayligi va sifatli jangovar tayyorgarligi, yuqori harbiy intizomi, ichki tartibga rioya etishi, shuningdek, qurol-aslaha, harbiy texnika va mulkni saqlash, ularni jangovar qoʻllash uchun doimiy shaylikda tutishni taʼminlash;d) jangovar-xizmat vazifalarini muvaffaqiyatli bajarishda oʻzining professional, liderlik, axloqiy-ishchanlik va tashabbuskorlik sifatlarini qoʻllash;e) oʻz bilimlarini takomillashtirish va kasb mahoratini oshirishga doimo intilish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligi va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarida belgilangan barcha umumiy, lavozimi boʻyicha va maxsus majburiyatlarni vijdonan bajarish;j) qonunchilik hujjatlariga rioya etish, oʻz mansab yoki harbiy xizmat (xizmat) majburiyatlarini begʻaraz, xolisona, vijdonan bajarish hamda korrupsiyaga oid biror-bir huquqbuzarlikni sodir etishdan yoki bunday huquqbuzarliklarni sodir etish uchun shart-sharoitlar yaratadigan boshqa har qanday harakatlardan oʻzini tiyish;z) korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar berish yoki korrupsiyaga qarshi kurashishga boshqacha tarzda koʻmaklashish;i) qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlarda, shu jumladan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda ishtirok etmaslik;k) xizmatni oʻtash vaqtida kun tartibi, xizmat (ish) vaqti reglamentida nazarda tutilmagan boshqa har qanday tadbirlarni oʻtkazmaslik;l) Internet jahon axborot tarmogʻiga harbiy xizmatga oid maʼlumot va materiallarni, shuningdek, harbiy qism, boshqaruv organi, harbiy xizmat nazarda tutilgan vazirlik yoki idoraning harbiy tuzilmasiga mansubligini oshkor etuvchi axborotni (foto, video, matn va boshqalar) joylashtirmaslik, matbuot xizmatlari tomonidan chop etilgan materiallar bundan mustasno;m) giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni isteʼmol qilmaslik;n) oʻziga tegishli boʻlmagan va boshqarish huquqi berilmagan yoki spirtli ichimliklarni isteʼmol qilgan holda avto va mototransport vositalarini boshqarmaslik;o) xizmatni oʻtash vaqtida diniy rasm-rusumlar va marosimlarni bajarmaslik, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan alohida hollar bundan mustasno;p) harbiy xizmat nazarda tutilgan vazirlik yoki idoraning harbiy qismi, boshqaruv organi, muassasasining binolarida va hududida diniy rasm-rusumlar va marosimlarni tashkil etmaslik, diniy mazmundagi materiallar va buyumlarni saqlamaslik, xizmat majburiyatlarini amalga oshirish bilan bogʻliq hollar bundan mustasno;quyidagi huquqlarga ega:a) harbiy xizmat shartlarida belgilangan cheklovlarni hisobga olgan holda Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida koʻrsatilgan huquq va erkinliklardan foydalanish;b) shaxsiyatiga nisbatan hurmat, komandirlar (boshliqlar) va boshqa mansabdor shaxslar tomonidan unga nisbatan haqqoniy munosabatda boʻlish;v) qonunchilikda belgilangan tartibda, davlat hisobidan oʻrnatilgan meʼyorlarga koʻra moliyaviy va moddiy tomondan taʼminlanish;g) qonunchilikka muvofiq nafaqa bilan taʼminlanish, ijtimoiy va huquqiy himoyalanish;d) malakasi, qobiliyati va xizmat majburiyatlarini vijdonan bajarishini hisobga olgan holda oʻz kasbiy malakasini oshirish va xizmat pogʻonasi boʻyicha yuqori lavozimga koʻtarilish;e) sogʻligʻini saqlash;j) Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan tartib va shartlarga muvofiq kontrakt tuzish va uni bekor qilish;z) harbiy xizmat majburiyatlarini bajarish bilan bogʻliq holda kelib chiqqan nizolarni tomonlarning kelishuvi yoki sud orqali hal qilish;i) qonunchilikda belgilangan boshqa kafolat va kompensatsiya toʻlovlarini olish.3. ____________________________________________________________________________________-vazirlikning (idoraning) nomiqonunchilikka muvofiq holda oʻziga quyidagi majburiyatlarni oladi:a) ushbu kontraktni tuzgan harbiy xizmatchi va uning oila aʼzolarining konstitutsiyaviy huquqlariga rioya etilishini taʼminlash;b) harbiy xizmatchiga harbiy xizmatni oʻtash, professional jihatdan shakllanish va xizmat pogʻonasi boʻyicha koʻtarilishida zarur sharoitlar yaratish;v) harbiy xizmatchining sugʻurtalanishini taʼminlash;g) harbiy xizmatchini belgilangan pul va moddiy taʼminot bilan taʼminlash;d) harbiy xizmatchining harbiy xizmat majburiyatlarini bajarish vaqtida sogʻligʻiga yetkazilgan zararni qoplab berishni taʼminlash;quyidagi huquqlarga ega:a) xizmatni oʻtash sharoitlaridan kelib chiqqan holda harbiy xizmatchini qonunchilikda belgilangan alohida huquq va erkinliklardan cheklash;b) Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan tartib va shartlarga muvofiq kontrakt tuzish va uni bekor qilish;v) harbiy xizmatchi bilan kelib chiqqan nizolarni tomonlarning kelishuvi yoki sud orqali hal qilish;g) harbiy xizmatchini Oʻzbekiston Respublikasining mustaqilligi va hududiy yaxlitligini himoya qilish boʻyicha jangovar-xizmat vazifalarini bajarishga yuborish;d) davlat manfaatlaridan kelib chiqqan holda harbiy xizmatchini Oʻzbekiston Respublikasining istalgan hududiga harbiy xizmatni oʻtash uchun yuborish.4. Vazirlik, qoʻmita, idoraning manfaatlarini himoya qiluvchi mansabdor shaxs majburiyatlari:a) harbiy xizmatni oʻtashga kelgan nomzodni harbiy xizmatni oʻtash shartlari bilan tanishtirish;b) nomzodni harbiy xizmatning zararli va xavfli sharoitlari, kasbiy kasallikka chalinishi mumkinligi hamda harbiy xizmatni bajarish bilan bogʻliq huquqiy cheklovlar haqida ogohlantirish.5. Kontrakt shartlarini bajarmagan taqdirda tomonlar Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda javobgarlikni oʻz zimmasiga oladi.6. Mazkur kontrakt tomonlar imzolagan kundan boshlab kuchga kiradi.7. Kontrakt Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda bekor qilinishi mumkin.8. Kontrakt ikki nusxada tuzildi va qayd etildi: 1-nusxa harbiy xizmatchining shaxsiy hujjatlari yigʻmajildida saqlanadi, 2-nusxa harbiy xizmatchiga topshirildi. 9. Tomonlar______________________________________ ______________________________________-harbiy xizmatchining harbiy unvoni, imzosi,- -familiyasi, ismi, otasining ismi -vakolatli mansabdor shaxsning -lavozimi, imzosi,______________________________________(M.Oʻ.)______________________________________-sana -harbiy unvoni, familiyasi, ismi, otasining ismi ______________________________________ -sanaMazkur kontraktning kuchga kirganligi toʻgʻrisidagi buyruq _________________________________________________________________________________________________________________________-tegishli mansabdor shaxsning buyrugʻi sanasi va raqamiMazkur kontrakt ________________________________________________________-sababli-kontraktni amalda bekor qilish uchun asos_______________________________________________________________________________-bekor qilindi.- kontraktni bekor qilish sanasi

Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga2-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga3-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga4-ILOVA

5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 22-apreldagi PQ-5089-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi xodimlarining xizmatni oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:

a) quyidagi mazmundagi 9 va 9-1-bandlari bilan toʻldirilsin:

“9. Quyidagi fuqarolar Milliy gvardiya xodimi lavozimiga qabul qilinishi mumkin emas:

a) belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan;

b) xizmatni oʻtashga toʻsqinlik qiladigan kasalligi yoki jismoniy nuqsonlari boʻlgan;

v) boshqa davlat organlaridan salbiy sabablarga koʻra boʻshatilgan fuqarolar;

g) sodir etgan jinoyati uchun qoʻllangan jazo turidan, sudlanganlik holati tugallanganidan yoki olib tashlanganidan yoxud amnistiya akti yoki afv etish qoʻllanganidan qatʼi nazar muqaddam sudlangan;

d) xizmatni oʻtash bilan bogʻliq boʻlgan cheklovlarga rioya etishni rad qilgan yoki Milliy gvardiyaning maxsus talablariga javob bermagan.

Milliy gvardiya boʻlinmalariga maxsus unvonli lavozimlarga xizmatga kirish istagini bildirgan fuqaro Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi toʻgʻrisida”gi Qonunida belgilangan Milliy gvardiya organlarida xizmatni oʻtash bilan bogʻliq boʻlgan cheklovlar hamda Milliy gvardiyaning maxsus talablari bilan yozma shaklda tanishtiriladi, bunda nomzod cheklovlarga rioya etishni rad etganda yoki maxsus talablarga javob bermaganda, uni xizmatga qabul qilish rad etiladi.

9-1. Milliy gvardiya xodimlari quyidagilarga haqli emas:

oʻzaro yaqin qarindoshlikda yoki quda tomondan qarindosh boʻlgan shaxslar bilan (ota-onalar, aka-ukalar, opa-singillar, oʻgʻillar, qizlar, er-xotinlar, shuningdek, er-xotinlarning ota-onalari, aka-ukalari, opa-singillari va farzandlari) Milliy gvardiya organlarida birga xizmat qilishi, agar ularning birga xizmat qilishi ulardan birining ikkinchisiga bevosita boʻysunishiga olib kelsa;

ilmiy, ijodiy va pedagogik faoliyatdan tashqari haq toʻlanadigan boshqa faoliyat bilan shugʻullanishga;

tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanishga;

tadbirkorlik faoliyati subyektlarini tashkil etishga, ularning muassisi (ishtirokchisi) boʻlishga, tadbirkorlik faoliyati subyektida tashkiliy-boshqaruv, maʼmuriy-xoʻjalik vazifalarini bajarishga;

oʻz xizmat vakolatlarini jismoniy va yuridik shaxslarning manfaatlarini koʻzlab bajarish yoki bajarmaslik evaziga ulardan biron-bir mukofot, foyda yoki sovgʻalar olishga;

qonunchilikda nazarda tutilmagan imtiyozlardan, preferensiyalar yoki afzalliklardan oʻz xizmat mavqeyi bilan bogʻliq holda foydalanishga;

qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlarda, shu jumladan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda ishtirok etishga;

chet davlat fuqaroligini yoki chet davlatda doimiy yashash huquqini beruvchi hujjatni olish maqsadida murojaat qilishga;

Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida hisobvaraqlar ochishga va ularga ega boʻlishga, koʻchmas mulkka va boshqa mol-mulkka egalik qilishga, bundan chet davlatda taʼlim olish, stajirovka oʻtash va tibbiy xizmatlardan foydalanish maqsadida ochilgan hisobvaraqlar mustasno;

oʻzining vakolatlarini siyosiy partiyalarning, boshqa jamoat birlashmalarining va ular organlarining manfaatlarini koʻzlab amalga oshirishga, xizmat majburiyatlarini amalga oshirish bilan bogʻliq hollar bundan mustasno;

xizmatni oʻtash vaqtida diniy rasm-rusumlar va marosimlarni bajarishga, bundan farzand tugʻilishi, nikoh, toʻy va dafn marosimlari mustasno;

Milliy gvardiya organlarining binolarida va hududida diniy rasm-rusumlar va marosimlarni tashkil etishga, diniy mazmundagi materiallar va buyumlarni saqlashga, xizmat majburiyatlarini amalga oshirish bilan bogʻliq hollar bundan mustasno”;

b) 135-bandning “p” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“p) xodimlar uchun qonun hujjatlarida belgilangan cheklovlar va Milliy gvardiyaning maxsus talablariga rioya etmaganligi”.

6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-yanvardagi PQ-10-son qarori bilan tasdiqlangan Ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy madaniyat va xizmat intizomi kodeksida:

a) 12-band chiqarib tashlansin;

b) quyidagi mazmundagi 19-1-band bilan toʻldirilsin:

“19-1. Ichki ishlar organlari xodimlari quyidagilarga haqli emas:

oʻzaro yaqin qarindoshlikda yoki quda tomondan qarindosh boʻlgan shaxslar bilan (ota-onalar, aka-ukalar, opa-singillar, oʻgʻillar, qizlar, er-xotinlar, shuningdek, er-xotinlarning ota-onalari, aka-ukalari, opa-singillari va farzandlari) ichki ishlar organlarida birga xizmat qilishi, agar ularning birga xizmat qilishi ulardan birining ikkinchisiga bevosita boʻysunishiga olib kelsa;

ilmiy, ijodiy va pedagogik faoliyatdan tashqari haq toʻlanadigan boshqa faoliyat bilan shugʻullanishga;

tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanishga;

tadbirkorlik faoliyati subyektlarini tashkil etishga, ularning muassisi (ishtirokchisi) boʻlishga, tadbirkorlik faoliyati subyektida tashkiliy-boshqaruv, maʼmuriy-xoʻjalik vazifalarini bajarishga;

qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlarda, shu jumladan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda ishtirok etishga;

chet davlat fuqaroligini yoki chet davlatda doimiy yashash huquqini beruvchi hujjatni olish maqsadida murojaat qilishga;

Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida hisobvaraqlar ochishga va ularga ega boʻlishga, koʻchmas mulkka va boshqa mol-mulkka egalik qilishga, bundan chet davlatda taʼlim olish, stajirovka oʻtash va tibbiy xizmatlardan foydalanish maqsadida ochilgan hisobvaraqlar mustasno;

oʻzining vakolatlarini siyosiy partiyalarning, boshqa jamoat birlashmalarining va ular organlarining manfaatlarini koʻzlab amalga oshirishga, xizmat majburiyatlarini amalga oshirish bilan bogʻliq hollar bundan mustasno;

xizmatni oʻtash vaqtida diniy rasm-rusumlar va marosimlarni bajarishga, bundan farzand tugʻilishi, nikoh, toʻy va dafn marosimlari mustasno;

ichki ishlar organlarining binolarida va hududida diniy rasm-rusumlar va marosimlarni tashkil etishga, diniy mazmundagi materiallar va buyumlarni saqlashga, xizmat majburiyatlarini amalga oshirish bilan bogʻliq hollar bundan mustasno.

Mazkur kodeksda belgilangan cheklovlarga rioya etmaganlik tegishli tartibda xizmat tekshiruvi oʻtkazilishi uchun asos boʻladi”.

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.