PF-67-son Farmon · 18.04.2025

Ishlab chiqarish, eksport va tadbirkorlik faoliyatini ragʻbatlantirish, savdo va sanoat siyosati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-67
  • Qabul qilingan sana:18.04.2025
  • Kuchga kirgan sana:18.04.2025
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 06/25/67/0359

Jahon iqtisodiyotidagi keskin oʻzgarishlar, tashqi xatarlar va global raqobat sharoitida milliy ishlab chiqaruvchilar va eksport qiluvchilarni samarali qoʻllab-quvvatlash, ichki bozorda adolatli raqobat muhitini taʼminlash hamda tadbirkorlik faoliyati uchun qulay shart-sharoit yaratish maqsadida qaror qilaman:

I. Asosiy maqsad

1. Belgilansinki, ushbu Farmonni qabul qilishdan asosiy maqsad ishlab chiqarish, milliy mahsulotlar eksporti, yangi ish oʻrinlarini yaratish boʻyicha 2025-yil uchun belgilangan maqsadli koʻrsatkichlarga erishish hisoblanadi.

II. Ichki bozorda raqobat muhitini rivojlantirish

2. Belgilansinki:

(a) olib kirilayotgan tovarlarning bojxona qiymatini aniqlash tartibi Tariflar va savdo boʻyicha bosh bitim (GATT) va mazkur bitimning VII moddasini qoʻllash toʻgʻrisidagi 1994-yildagi bitimda belgilangan umumiy tamoyil va qoidalarga toʻliq muvofiqlashtiriladi;

(b) tovarlarning bojxona qiymatini aniqlashda imtiyozlar yoki maxsus bojxona rasmiylashtiruvi tartiblari, jumladan, muayyan aniqlash usullarini qoʻllashga yoʻl qoʻyilmaydi;

(v) bojsiz olib kirish meʼyorlari va bojxona rasmiylashtiruvi shartlari jahon standartlaridan kelib chiqqan holda belgilanadi.

3. Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda ichki bozorda raqobat muhitini rivojlantirish choralari boʻyicha qaror qabul qilsin.

III. Sertifikatsiya va texnik nazorat sohasidagi islohotlar

4. Belgilansinki:

(a) xavf darajasi yuqori boʻlgan mahsulotlarni majburiy davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi bekor qilinib, ularga muvofiqlik toʻgʻrisidagi deklaratsiya rasmiylashtirish tartibi joriy etiladi;

(b) 2025-yil 1-maydan boshlab muvofiqlik deklaratsiyasini sertifikatlashtirish organlarida roʻyxatdan oʻtkazish tartibi bekor qilinadi hamda ularni shakllantirish va hisobga olish Texnik tartibga solish axborot tizimi orqali amalga oshiriladi.

(i) Vazirlar Mahkamasi 2025-yil 1-avgustga qadar majburiy sertifikatlanadigan tovarlar roʻyxatini tubdan qisqartirish va mahsulotlar muvofiqligini deklaratsiyalash amaliyotini keng qoʻllash choralarini koʻrsin.

5. Muvofiqlikni baholash va nazorat organlari funksiyalari quyidagicha qayta taqsimlansin:

(a) oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi nazorati boʻyicha vakolatli organ vazifalari Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi tomonidan amalga oshiriladi. Bunda:

(i) 2025-yil 1-avgustdan boshlab oziq-ovqat mahsulotlari uchun texnik reglamentlar va standartlar majburiyligi bekor qilinadi;

(ii) Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi 2025-yil 1-avgustga qadar Kodeks Alimentarius standartlari asosida eng ustuvor oziq-ovqat mahsulotlariga tegishli sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlarini tasdiqlasin;

(iii) Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi tomonidan ishlab chiqilgan sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari daxldor vazirlik va idoralar bilan kelishilgandan soʻng toʻgʻridan-toʻgʻri amal qiladi;

(b) ilovaga muvofiq ayrim tovarlar sanitariya-epidemiologiya, davlat veterinariya xizmati, oʻsimliklar karantini, texnik tartibga solish nazoratidagi roʻyxatlardan chiqarib tashlansin.

6. Sanitar, fitosanitar va veterinariya nazorati sohasidagi quyidagi tartib-taomillarga majburiy amal qilish 2025-yil yakunigacha talab qilinmasin:

(a) mahalliy va import oziq-ovqat mahsulotlari uchun sanitariya va epidemiologiya xizmatlarining laboratoriyalari natijalariga asosan sanitariya-epidemiologik xulosa olish orqali sertifikatlash;

(b) barcha turdagi oziq-ovqat mahsulotlari, shu jumladan, bolalar ovqatlari, terapevtik va profilaktik ovqatlanish uchun parhez oziq-ovqat mahsulotlari, oziq-ovqat qoʻshimchalari, biologik faol oziq-ovqat qoʻshimchalari va yangi retseptlar yoki yangi texnologiya asosida yaratilgan oziq-ovqat mahsulotlari uchun barcha texnik hujjatlarni (oziq-ovqat mahsulotlari boʻyicha barcha yangi oʻzgarishlarni, shu jumladan, retseptlar, texnologik koʻrsatmalar (normalar), qoplama hajmi, texnik shartlar, ishlab chiqarish, qadoqlash, markirovkalash, saqlash, tashish va realizatsiya qilish jarayonlariga oid) Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan kelishish va tasdiqlash;

(v) alkogolsiz ichimliklar uchun qoʻshimchalar, xom ashyo, xususan, ichimliklar ishlab chiqarish uchun butlovchi qismlarni ishlab chiqarish va mamlakatga olib kirish uchun har bir partiyani sertifikatlash;

(g) oziq-ovqat mahsulotlari uchun fitosanitariya sertifikatini olish, agar ularga nisbatan sanitariya-epidemiologiya xizmati tomonidan gigiyenik xulosa va (yoki) davlat veterinariya xizmati tomonidan veterinariya xulosasi (sertifikati) taqdim etilgan boʻlsa;

(d) oʻsimlik mahsulotlari, mato, ipak, charm, oʻyinchoqlar, sport inventari va boshqalar uchun veterinariya sertifikatini olish.

7. Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda sanitariya-epidemiologiya, veterinariya, oʻsimliklar karantini, ekologiya, texnik tartibga solish va texnik nazoratning boshqa yoʻnalishlarida tovarlar roʻyxatlarini “gilotina” uslubida qisqartirish boʻyicha qaror qabul qilsin, shuningdek, tartib-taomillarni xalqaro amaliyotga muvofiqlashtirish, davlat laboratoriyalarini sotish boʻyicha “yoʻl xaritasi”ni tasdiqlasin.

8. Jahon savdo tashkiloti bilan ishlash boʻyicha idoralararo komissiya (J. Xodjayev) bir oy muddatda sertifikatlangan va deklaratsiyalangan asbob-uskuna, butlovchi qismlar, xom ashyolar, oʻlchov vositalari, kimyoviy reagentlar va koʻtarish moslamalari importida milliy sertifikat olish talab qilinmaydigan xorijiy yuqori sifat va nazorat tizimlarining mezonlarini tasdiqlasin.

9. Adliya vazirligi Texnik jihatdan tartibga solish agentligi bilan birgalikda uch oy muddatda “Mahsulotlarning umumiy xavfsizligi toʻgʻrisida”gi va 2025-yil 1-sentabrga qadar “Bozor nazorati toʻgʻrisida”gi qonunlar loyihalarini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

IV. Bojxona toʻlovlari va soliq maʼmuriyatchiligi

10. 2025-yil 1-oktabrdan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan xushboʻylashtiruvchi yoki rang beruvchi qoʻshimchalarsiz oq shakarga nisbatan aksiz soligʻi bekor qilinsin.

11. Investitsiyalarni jalb qilish, sanoatni rivojlantirish va savdoni tartibga solish masalalari boʻyicha hukumat komissiyasi (J. Xodjayev) shakar ishlab chiqaruvchi korxonalarni texnologik modernizatsiya qilish orqali ularning barqaror faoliyat yuritishi choralarini koʻrsin.

12. Jahon savdo tashkiloti bilan ishlash boʻyicha idoralararo komissiya (J. Xodjayev) bir oy muddatda ishlab chiqarish uchun muhim xom ashyo va uskunalar (sut va beton tashuvchi transport vositalari hamda statsionar kuzatuv postlari) importida vaqtinchalik bojxona bojlarini kamaytirish boʻyicha qaror qabul qilsin.

13. 20 va undan ortiq ishchisi mavjud boʻlgan yuridik shaxslar tomonidan mol-mulk va yer soliqlari hamda ijara toʻlovlari boʻyicha hisoblangan soliq summalari 2025-yil 15-iyulda va 1-dekabrda boʻlib-boʻlib toʻlanilishiga ruxsat berilsin.

14. Belgilansinki:

(a) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-dekabrdagi “Tadbirkorlar uchun teng sharoitlar va adolatli raqobat muhitini taʼminlash boʻyicha navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-229-son Farmoni 2-bandida nazarda tutilgan soliq imtiyozlarini qoʻllash uchun hisobot davridagi toʻquv (trikotaj mato, ip-gazlama va paypoq mahsulotlari), tikuv-trikotaj, poyabzal yoki charm-attorlik mahsulotlarini realizatsiya qilishdan tushgan umumiy tushum hajmini aniqlashda shartnomaga muvofiq daval xom ashyosini qayta ishlash yuzasidan koʻrsatilgan xizmatlar boʻyicha olingan daromad ham inobatga olinadi;

(b) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-avgustdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan toʻrtinchi ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-132-son Farmoni 8-bandiga muvofiq umumiy ovqatlanish xizmatlarini koʻrsatuvchi tadbirkorlik subyektlariga toʻlangan qoʻshilgan qiymat soligʻining bir qismini qaytarishda ushbu faoliyatdan olingan daromad tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan jami daromadning kamida 80 foizini tashkil etishi zarur.

15. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi Bojxona qoʻmitasi bilan birgalikda Jahon savdo tashkiloti qoidalari asosida elektrotexnika sanoati mahsulotlariga import kvotalarini belgilash, ochiq va shaffof elektron onlayn-auksion tizimi orqali taqsimlash tartibini joriy etish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.

V. Ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish

16. Vazirlar Mahkamasi sanoat korxonalarining avtomatik monitoring stansiyasi, chang-gaz tozalash uskunasi, lokal suv tozalash inshooti va statsionar kuzatuv posti bilan jihozlash majburiyati muddatini I toifadagi korxonalar uchun — 2026-yil 1-yanvarga qadar, II toifadagi korxonalar uchun — 2026-yil 1-iyulga qadar uzaytirsin.

(i) Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda 2025-yil 1-sentabrga qadar mazkur jihozlash qurilmalarini moliyalashtirish uchun xalqaro moliya institutlarining 100 mln AQSH dollari miqdoridagi mablagʻlarini tijorat banklariga jalb etish choralarini koʻrsin.

17. Oltingugurtga (TIF TN kodi 2503) nisbatan eksport boji 2025-yil 20-apreldan boshlab amal qilsin.

18. “Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJ va “Toshkent tovar xomashyo birjasi” AJ, “Oʻzkimyosanoat” AJ bilan birgalikda 2027-yil 1-yanvarga qadar birja savdolari orqali alohida forvard bitimlar tuzgan holda PVX mahsulotini 25 foizli boʻnak toʻlov asosida ortib berish va qolgan 75 foizini ikki oy muddatda boʻlib toʻlash sharti asosida sotish tartibini yoʻlga qoʻysin.

(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-iyundagi PF-108-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 06/26/108/0579-son)

19. Ustav kapitalining 50 foizi va undan ortiq miqdorda davlat ulushiga ega korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan texnik gaz, kislorod va yangi turdagi kam tonnajli kimyo mahsulotlarini 2026-yil 1-yanvarga qadar faqat birja savdolari orqali sotish talabi tatbiq etilmasin.

20. Investitsiyalarni jalb qilish, sanoatni rivojlantirish va savdoni tartibga solish masalalari boʻyicha hukumat komissiyasi (J. Xodjayev) “Savdoni rivojlantirish kompaniyasi” AJ va “Oʻzsanoatqurilish-materiallari” uyushmasi bilan birgalikda bir oy muddatda qurilish materiallarini eksport qilishda korxonalar reytingidan va talab etiladigan xarajatlar summasidan qatʼi nazar xorijiy sertifikatlarni rasmiylashtirish xarajatlarini toʻliq qoplab berishni yoʻlga qoʻysin.

21. Qishloq xoʻjaligi vazirligi uch oy muddatda xususiy urugʻchilik korxonalarini rivojlantirish, Davlat budjeti va grantlar hisobidan qishloq xoʻjaligida ilm va innovatsiyalarni keng joriy qilishda xususiy sektor ishtirokini kengaytirishga oid dasturni tasdiqlasin.

VI. Eksportni kengaytirish

22. Jahon savdo tashkiloti bilan ishlash boʻyicha idoralararo komissiyaga (J. Xodjayev) eksport bojxona bojlari stavkalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish vakolati berilsin.

23. Jahon savdo tashkiloti bilan ishlash boʻyicha idoralararo komissiya (J. Xodjayev) ichki va tashqi bozordagi konyunkturadan kelib chiqib, har oyda eksport bojxona boji stavkalarining pasaytirilgan stavkalarini tasdiqlab borsin (goʻsht, guruch, ip-kalava, teri xom ashyosi va tayyor mahsuloti, mineral oʻgʻitlar va kam tonnajli kimyo mahsulotlari).

24. Tashqi ishlar vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi hamda Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi tadbirkorlik subyektlariga xorijiy bozorlarga chiqish uchun zarur ruxsatnomalarni rasmiylashtirish, tegishli reyestrlarga kirishni taʼminlash boʻyicha davlat amaliy yordamini koʻrsatib borsin.

25. Belgilansinki, mazkur Farmonda nazarda tutilgan masalalar yuzasidan hamda tashqi bozorlardagi oʻzgarishlarga tezkor moslashish maqsadida qabul qilinadigan Vazirlar Mahkamasining, Jahon savdo tashkiloti bilan ishlash boʻyicha idoralararo komissiyaning, Investitsiyalarni jalb qilish, sanoatni rivojlantirish va savdoni tartibga solish masalalari boʻyicha hukumat komissiyasining qarorlari, agar ularning oʻzida kechroq muddat koʻrsatilmagan boʻlsa, darhol kuchga kiradi. Bunda budjet va boshqa sohalardagi qonunchilikda belgilangan huquqiy hujjatlarning amal qilish muddatlariga oid talablar tatbiq etilmaydi.

VII. Investitsiyalarni ragʻbatlantirish

26. Belgilansinki, 2025-yil 1-iyundan boshlab xorijiy davlatlar fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga 250 ming AQSH dollari hamda ularning har bir oila aʼzosiga (turmush oʻrtogʻi, farzandi va ota-onasi) 150 ming AQSH dollari miqdoridagi toʻlovlar evaziga Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi 5 yil muddatga soddalashtirilgan tartibda beriladi.

27. Soliq va muddati oʻtgan debitor qarzdorligi mavjud boʻlmagan eksport qiluvchi korxonalar tomonidan xorijda savdo uyini tashkil etish uchun alohida qarorlarsiz yiliga 50 ming AQSH dollarigacha mablagʻni chet elga oʻtkazishga ruxsat berilsin, bundan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari hamda Hukumat qarorlari asosida alohida belgilangan tartiblar mustasno.

VIII. Nazorat va ijro

28. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi va Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Bojxona qoʻmitasi va Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda ommaviy axborot vositalarida ushbu Farmonning mazmun-mohiyatini ochib berish uchun nashrlar, eshittirishlar va tematik teledasturlar tashkil qilsin.

29. Mazkur Farmon norma va qoidalari, agar ularning oʻzida kechroq muddat koʻrsatilmagan boʻlsa, darhol kuchga kirsin.

30. Mazkur Farmon ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2025-yil 18-aprel,

PF-67-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-apreldagi PF-67-son FarmonigaILOVA

Sanitariya-epidemiologiya, davlat veterinariya xizmati, oʻsimliklar karantini, texnik tartibga solish nazoratidagi roʻyxatlardan chiqarib tashlanayotgan ayrim tovarlar

T/rNomiTIF TN kodiI. Majburiy sanitariya-epidemiologik xulosa beriladigan mahsulotlar roʻyxatidan chiqariladigan ayrim tovarlar1.Mayda Avstraliya qisqichbaqasi0306 39 100 02.Moltoza monogidrat — kimyoviy reaktiv1702 90 100 03.“Dengiz yulduzi” suv assortimentidagi manzarali baliqlar0308 90 200 04.Sabzavot va ayrim ozuqabop ildizmevali va tugunak mevali oʻsimliklar0701 — 0714(0701 10 000 0,0709 60 910 0,0709 60 950 0,0713 10 100 0,0713 33 100 0 istisno)5.Saccharose Pharmur1701 99 900 96.Nelix Aspersa Muller (chigʻanoqlar)0307 60 900 07.Setogum G-12 (oziq-ovqat boʻlmagan) yordamchi toʻqimachilik mahsuloti1302 39 000 08.Veast Call Wall hayvonlar ozuqa qoʻshimchalari2106 90 980 89.Spirtli ichimliklar2203-220810.Tamaki va sanoat usulida tayyorlangan tamakining oʻrnini bosuvchi mahsulotlar2401 — 2403II. Majburiy davlat veterinariya xizmati nazoratidagi mahsulotlar roʻyxatidan chiqariladigan ayrim tovarlar*11.- - butan, butelin va ularning izomerlari2901 23 000 012.- - - buta-1,3-diyen2901 24 000 113.- - - izopren2901 24 000 214.- - xlordiftormetanlar2903 71 000 015.- - dixlortriftoretanlar2903 72 000 016.- - dixlorftoretanlar2903 73 000 017.- - xlordiftoretanlar2903 74 000 018.- - dixlorpentaftorpropanlar2903 75 000 019.- - - bromxlordiftormetan2903 76 100 020.- - - bromtriftormetan2903 76 200 021.- - - dibromtetraftoretanlar2903 76 900 022.- - - trixlorftormetan, dixlordiftormetan, trixlortriftoretanlar, dixlortetraftoretanlar va xlorpentaftoretan2903 77 600 023.- - - galogenlangan, tarkibi faqat bromli va xlorli yoki ftor va xlorli yoki faqat ftor va bromli2903 79 300 024.- - 1, 2, 3, 4, 5, 6-geksaxlorsiklogeksan (GXG (ISO) va lindan (ISO, I№№)2903 81 000 025.- - aldrin (ISO), xlordan (ISO) va geptaxlor (ISO)2903 82 000 026.- - - 1, 2-dibrom-4-(1, 2-dibrometil) siklogeksan; tetrabromsiklooktanlar2903 89 100 027.- - - boshqalar2903 89 800 028.- - xlorbenzol, o-dixlorbenzol va n-dixlorbenzol2903 91 000 029.- - geksaxlorbenzol (ISO) va DDT (ISO) (klofenotan (I№№), 1, 1, 1-trixlor-2, 2-bis (n-xlorfenil) etan)2903 92 000 030.- - - 2, 3, 4, 5, 6-pentabrometilbenzol2903 99 100 031.- - - oktan-2-ol2905 16 200 032.- - atsiklik spirt terpenli2905 22 000 033.- - 4, 6-dinitro-o-krezol (DNOK (ISO) va uning tuzlari2908 92 000 034.- - - tret-butiletil (etil-tret-butil efir, ETBE) oddiy efiri2909 19 100 035.- - - 2- (2-xloretoksi) etanol2909 49 110 036.- efirfenollar, efirspirtfenollar va ularning galogenlanganligi, sulfirlangan, nitratlangan yoki nitrozlangan xossalari2909 50 000 037.- - akril kislotaning murakkab efirlari2916 12 000 038.- - metakril kislotaning murakkab efirlari2916 14 000 039.- - binapakril (ISO)2916 16 000 040.- - adipin kislotasi, uning tuzlari va murakkab efirlari2917 12 000 041.- - ortoftal kislotalari va boshqa murakkab efirlari2917 34 000 042.- - - tetrabromftal kislotalarning murakkab efiri yoki angidridi; benzol- 1, 2, 4-trikarbon kislotasi; izoftaloildixlorid, tarkibida 0,8 % yoki kam boʻlgan tereftaloildixlorid; naftalin-1, 4, 5, 8- tetrakarbonli kislota; tetraxlorftalli angidrid; 3, 5-bis (metoksikarbonil) benzolsulfonat natriy2917 39 200 043.- - 2, 2-difenil-2-gidroksiuksus (sirka) kislotasi (benzil kislota)2918 17 000 044.- - murakkab efirlar boshqa salitsil kislota va ularning tuzlari2918 23 000 045.- - - 2,6-dimetoksibenzoyya kislota; dikamba (ISO); fenoksiatsetat natriy2918 99 400 046.- - metilamin, di- yoki trimetilamin va ularning tuzlari2921 11 000 047.- - 2-(№, №-dimetilamin) etilxlorid gidroxlorid2921 12 000 048.- - 2-(№, №-dietilamin) etilxlorid gidroxlorid2921 13 000 049.- - 2-(№, №-diizopropilamin) etilxlorid gidroxlorid2921 14 000 050.- - 2-(N, N-diizopropilamin) etanol2922 18 000 051.- - - 3, 3′, 4, 4′, 5, 5′, 6, 6′-oktabrom-№, №′-etilendiftalimid; №, №′-etilenbis (4, 5-dibromgeksagidro-3, 6-metanftalimid)2925 19 200 052.- tetrametil qoʻrgʻoshin va tetraetil qoʻrgʻoshin2931 10 000 053.- tributil birikmasi2931 20 000 054.- - dimetilmetilfosfonat2931 41 000 055.- - dimetilpropilfosfonat2931 42 000 056.- - dietiletilfosfonat2931 43 000 057.- - metilfosfon kislota2931 44 000 058.- - metilfosfon kislota va (aminoiminometil) mochevina tuzi (1: 1)2931 45 000 059.- - 2,4,6-tripropil-1, 3, 5, 2, 4, 6-trioksatrifosfinan 2, 4, 6-trioksid2931 46 000 060.- - (5-etil-2-metil-2-oksid-1, 3, 2-dioksafosfinan-5-il) metil metil metilfosfonat2931 47 000 061.- - 3,9-dimetil-2,4,8,10-tetraoksa-3,9-difosfaspiro[5.5]undekan 3,9-dioksid2931 48 000 062.- - - N-fosfonometilglitsin, uning kaliy va izopropilamin tuzlari2931 49 000 163.- - metilfosfon dixlorid2931 51 000 064.- - propilfosfon dixlorid2931 52 000 065.- - O-(3-xlorpropil) O-[4-nitro-3-(triftormetil)fenil] metilfosfonotionat2931 53 000 066.- - trixlorfon (ISO)2931 54 000 067.- - - metilfosfon diftorid2931 59 000 168.- - - 2-xloretilfosfon kislota2931 59 000 269.- - fenolftalein; 1-gidroksi-4-[1-(4-gidroksi-3-metoksikarbonil-1-naftil) -3-okso-1N,3N-benzo [de] izoxromen-1-il]-6-oktadetsiloksi-2-naftoy kislotasi; 3′(-xlor-6′-siklogeksilaminospiro [izobenzo- furan-1(3N), 9′(-ksanten]-3-on; 6′-(№-etil-n-toluidino)-2′-metilspiro [izobenzofuran-1(3N), 9′(- ksanten]-3-on; metil-6-dokosiloksi-1-gidroksi-4-[1-(4-gidroksi-3- metil-1-fenantril)-3-okso-1N, 3N-nafto [1, 8-cd]piran-1- il] naftalin-2-karboksilat2932 20 100 070.- - gamma-butirolakton2932 20 200 071.- - karbofuran (ISO)2932 96 000 072.Sut mahsulotlari (istisno: xom ashyo tariqasidagi sut); parranda tuxumi (istisno: inkubatsiyalanadigan tuxum); tabiiy asal; kelib chiqishi hayvonot dunyosiga tegishli boʻlgan oziq-ovqat mahsulotlari (faqat oziq-ovqat holida isteʼmol qilinadigan)0401 — 0406, 040873.Kelib chiqishi hayvonot dunyosiga yoki oʻsimlik dunyosiga tegishli boʻlgan moy va yogʻlar hamda ularning parchalanishi natijasida kelib chiqqan mahsulotlar; tayyorlangan oziq-ovqat moylari; hayvonot yoki oʻsimlik dunyosiga tegishli boʻlgan mumlar1501 — 1516; 1518 00;1518 91 00, 0521 9074.Goʻsht, baliq yoki qisqichbaqasimonlar, mollyuskalar yoki boshqa suvda yashovchi umurtqasizlardan tayyorlangan tayyor oziq-ovqat holida isteʼmol qilinadigan mahsulotlar1601 00-160575.Boshoqli donlar, kraxmal yoki sut unidan tayyorlangan tayyor mahsulotlar; undan qandolat mahsulotlari1902: 1902 11 000 0(tarkibi tuxumli),1902 20(issiq ishlov berilgan yoki berilmagan, goʻshtligi yoki boshqa usul bilan tayyorlangan makaronli mahsulotlar),1902 20 10 0 0(tarkibida 20 % dan yuqori boʻlgan baliq, qisqichbaqasimonlar, mollyuska va suvda yashovchi boshqa umurtqasizlar),1902 20 300 0(tarkibida 20 % dan yuqori boʻlgan kolbasa yoki unga oʻxshash goʻsht va goʻsht submahsulotlari hamda har xil yogʻlar)76.Har xil oziq-ovqat mahsulotlari:tayyor shoʻrvalar va ularni ishlab chiqarish uchun yarim tayyor mahsulotlar, tarkibi gomogenlashtirilgan tayyor ozuqa mahsulotlari, sabzavotlilardan tashqari2104(2104 10 000 0, 2104 20 00, 2104 20 001 0, 2104 20 009 0)77.Oʻsimlik dunyosiga tegishli boʻlgan mahsulotlardan olingan sulfonamidlar, provitaminlar, vitaminlar, gormonlar, glikozidlar va alkaloidlar2935 — 2937, 294178.Oʻyinchoqlar, bolalar oʻyinlari.950879.31-guruh: oʻgʻitlar3101 00000080.35-guruh: oqsil moddalari modifikatsiyalangan kraxmallar; yelimlar; fermentlar350181.Sanʼat asarlari, antikvariat va kolleksiya buyumlari:97-guruhIII. Majburiy tartibda muvofiqligi baholanishi lozim boʻlgan mahsulotlar roʻyxatidan chiqariladigan ayrim tovarlar82.Koʻchatlar (uzumning ekish materiallari, nihollar, urugʻli va danakli mevali ekinlar, navdor atirgul va siren, efir-moyli atirgul, efir-moyli geran)0601-060283.Faqat ekish uchun moʻljallangan sabzavot va ayrim yeyiladigan ildizmeva, tubmevali va tuganak mevali oʻsimliklar0701,0703, 0712 90 110 0,071384.Ziravorlar (urugʻlik maqsadida)0909-091085.Donlar (barcha turlari, urugʻlik va tovar donlar)1001 — 100886.Tegirmonchilik-yorma sanoati mahsulotlari: solod, kraxmal, inulin, bugʻdoy kleykovinasi1101 00 — 1109 00 000 087.Faqat ekish uchun moʻljallangan meva urugʻlari va boshqa urugʻlar1201, 1202,1204 — 1207, 120988.Hayvonlar uchun ozuqa sifatida foydalaniladigan mahsulotlar230989.Alkogolsiz ichimliklar uchun aromatizator330210400090.Alkogolsiz ichimliklar uchun kalsiy xloridi282720000091.Goʻsht va oziq-ovqat holida isteʼmol qilinadigan goʻsht mahsulotlari (hayvonot dunyosiga tegishli boʻlgan kalla-pocha, ichak-chovoq va ichki aʼzolari), shu jumladan, qadoqlangan (farmatsevtika sohasida foydalaniladigan hayvonot dunyosiga tegishli boʻlgan ichak va ichki aʼzo mahsulotlari bundan istisno)0201 — 0210(Goʻsht va goʻsht mahsulotlar boʻyicha tex.reglament)92.Sharbatlar va oʻsimlik dunyosiga tegishli boʻlgan ekstraktlar; pektin moddalar, pektinat va pektatlar; agar-agar va oʻsimlik dunyosiga tegishli boʻlgan quyuqlashtirgichlar, koʻrinishi oʻzgartirilgan yoki oʻzgartirilmagan130293.Kelib chiqishi hayvonot dunyosiga yoki oʻsimlik dunyosiga tegishli boʻlgan moy va yogʻlar hamda ularning parchalanishi natijasida kelib chiqqan mahsulotlar; tayyorlangan oziq-ovqat moylari; hayvonot yoki oʻsimlik dunyosiga tegishli boʻlgan mumlar1501 — 1517,1518 00 910 0,1521 90 910 0,1521 90 990 0 94.Shakar va shakar asosida tayyorlangan qandolat mahsulotlari1701 — 170495.Shakar va shakar asosida tayyorlangan qandolat mahsulotlari 1801 00 000 0 — 180696.Boshoqli donlar, kraxmal yoki sut unidan tayyorlangan tayyor mahsulotlar; undan qandolat mahsulotlari1901 — 190597.Tuz2501 00 100 0,2501 00 911 0,2501 00 919 098.Oʻsimlik dunyosiga tegishli boʻlgan mahsulotlardan olingan sulfonamidlar, provitaminlar, vitaminlar, gormonlar, glikozidlar va alkaloidlar, antibiotiklar2935 — 2939, 294199.**Efir moylari va rezinoidlar; parfyumeriya, kosmetika yoki pardoz-andoz vositalari3301 — 3307100.Mineral oʻgʻitlar3102 — 3105101.Kazeinlar, kazeinatlar va boshqa kazein hosilalari; albuminlar, albuminatlar va boshqa albumin hosilalari; yelimshak (jelatin) va yelimshak (jelatin) hosilalari; peptonlar va ularning hosilalari; boshqa oqsil moddalar va ularning hosilalari; dekstrinlar va boshqa modifikatsiyalangan kraxmallar; fermentlar; ferment preparatlari3501 10 900 0;3502 11 900 0;3502 19 900 0;3503 00 100;3504 00;3505 10 900 0;3507102.**Trubalar, shlanglar (oziq-ovqat suyuqlik mahsulotlari uchun foydalanadiganlari), gigiyena buyumlari, jarrohlik qoʻlqoplari Bolalar uchun soʻrgʻichlar 3 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun moʻljallangan bosh kiyimlar4009, 4011, 4013, 4014,4014 90 000 0,4015 11 000 0,4016 91 000 0,4016 93 000 5103.Ishlov berilmagan teri, tabiiy moʻynadan tashqari oshlangan teri:4104 11 100 0 — 4114 20 000 0104.Ipak5007105.Qoʻshqatlamli mahsulotlarni oʻz ichiga olgan va namlikni yutuvchi materiallar (tagliklar), shuningdek, gigiyenik paxta tayoqchalar (burun va quloqni tozalashga) va bolalar uchun moʻljallangan shunga oʻxshash boshqa mahsulotlar5601 21-5601 22,5601 21 900 0106.Qadoqlash uchun qoplar va xaltalar (faqat oziq-ovqat mahsulotlari uchun) (ilgari foydalanishda boʻlganlaridan tashqari)6305107.Poyabzal va shunga oʻxshash buyumlar (bolalar assortimenti va bokschilar poyabzali) (faqat tayyor poyabzal)6401 — 6405108.**Misdan tayyorlangan buyumlar (oziq-ovqat tayyorlash uchun maishiy asboblar, oziq-ovqat tayyorlash va isteʼmol qilish uchun yemakxona va oshxona buyumlari), sanitariya-texnik uskunalar7418109.**Aluminiydan tayyorlangan oziq-ovqat tayyorlash va isteʼmol qilish uchun yemakxona va oshxona buyumlari, sanitariya-texnik uskunalar7615-7615 20 000 0110.**Pichoq buyumlari, qoshiqlar va sanchqilar, oshxona toʻplamlari va oshxona hamda yemakxona boshqa anjomlari8215111.Ayollar gigiyenik prokladkalari va tamponlar, bolalar va kattalar yoʻrgaklari, tagliklari va har qanday materiallardan shunga oʻxshash buyumlar9619 00112.Boshqa kimyoviy mahsulotlarInsektitsidlar, rodentitsidlar, fungitsidlar, gerbitsidlar, chiqindilarga qarshi vositalar va oʻsimlikni oʻstiruvchi regulatorlar, dezinfeksiyalovchi vositalar va ularning muqobili, chakana savdo uchun qadoqlangan shaklda yoki oʻramda yoki tayyor tur koʻrinishdagi preparatlar yoki buyumlar (misol uchun, lentlar, oltingugurt bilan ishlov berilgan fitil (pilik) va shamlar, va chivinlardan yopishqoq qogʻozlar)3808113.**Xolodilniklar uchun muzlatuvchi (kuler)8418501900114.**Trikotaj kiyimlar, mashinada yoki qoʻlda toʻqilgan (bolalar assortimenti)Erkaklar yoki oʻgʻil bolalar uchun koʻylaklar mashina yoki qoʻlda toʻqilgan trikotaj mahsulotlardan; erkaklar yoki oʻgʻil bolalar uchun kalsonlar, trusiklar, tungi koʻylak, pijamalar, choʻmilishdan keyin kiyiladigan xalatlar, uyda kiyiladigan xalatlar va oʻxshash mahsulotlar, mashina yoki qoʻlda toʻqilgan trikotaj mahsulotlar; ayollar yoki qiz bolalar uchun kombinatsiyalar, pastki yubkalar, trusiklar, pantalonlar, tungi koʻylaklar, pijamalar, penyuarlar, choʻmilishdan keyin kiyiladigan xalatlar, uyda kiyiladigan xalatlar va oʻxshash mahsulotlar, mashina yoki qoʻlda toʻqilgan trikotaj mahsulotlardan; maykalar, yengli fufaykalar va boshqa ichki fufaykalar mashina yoki qoʻlda toʻqilgan trikotaj mahsulotlardan; bolalar kiyimlari va bolalar kiyimlariga kerakli narsalar, mashina yoki qoʻlda toʻqilgan trikotaj mahsulotlar; kolotkalar, chulkilar, golfilar va podsledniklar va boshqalar, paypoq mahsulotlari, taqsimlangan bosim bilan kompressiyali paypoq mahsulotlari (masalan, venalarning varikoz kengayishidan qiynalayotganlar uchun) va tagliksiz oyoq-kiyim, mashina yoki qoʻlda toʻqilgan trikotajdan6105 — 6109,6111, 6115IV. Majburiy tartibda fitosanitariya sertifikatlanishi lozim boʻlgan mahsulotlar roʻyxatidan chiqariladigan ayrim tovarlar*115.Tirik hayvonlar0106116.Asalarilar0106 41 000 8117.Qahva, qovurilgan yoki qovurilmagan, kofeinli yoki kofeinsiz qahva0901, 0901 11 000,0901 12 000118.Kakao va kakao asosida tayyorlangan qandolat mahsulotlari yoki qovurilgan; Qobigʻi, yupqa terisi va kakaoning boshqa qoldiqlari1801 00 000 0,1802 00 000 0119.Choy, xushboʻy qoʻshimchalar bilan yoki qoʻshimchalarsiz0902 (choy)120.Tegirmonchilik-yorma sanoati mahsulotlari: solod, kraxmal, inulin, bugʻdoy kleykovinasi1101 00-1109 00 000 0121.Tamaki va sanoat tamakining oʻrnini bosuvchi mahsulotlar; tamaki chiqindisi2401122.Soch boʻyoqlari, ozuqa boʻyoqlari3002909000, 3203001000123.21-guruh: har xil oziq-ovqat mahsulotlari:tayyor shoʻrvalar va ularni ishlab chiqarish uchun yarim tayyor mahsulotlar, tarkibi gomogenlashtirilgan tayyor ozuqa mahsulotlari, sabzavotlilardan tashqari2103124.41-guruh: ishlov berilmagan teri, tabiiy moʻynadan tashqari oshlangan teri4101-4102, 4103125.Yogʻochdan toʻqilgan dekor buyumlar4408 39 300 2,4408 39 950 9,4408 90 150 9,4408 90 850 2,4408 90 850 9,4408 90 950 1,4408 90 950 9 126.Toʻqish uchun materiallardan yoki Oʻzbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyatining tovar nomenklaturasining (2022-yil tahriri) 4601-tovar pozitsiyasi tovarlaridan toʻgʻridan-toʻgʻri shakl boʻyicha tayyorlangan savatsimon, toʻqilgan va boshqa buyumlarRotang palmasidan buyumlari4602, 4602 11 000 0,4602 12 000 0,4602 90 000 0,9705 00 000 0

Izoh:

Mazkur roʻyxatda nazarda tutilgan tovarlarni eksport qilishda zarur boʻlishi mumkin boʻlgan ruxsatnoma va sertifikatlar, eksport qiluvchining ixtiyoriy murojaatiga koʻra, rasmiylashtirib beriladi.

* Mazkur yoʻnalishlarda nazorat va ruxsat etish tartib-taomillarini xalqaro amaliyotga moslashtirish chora-tadbirlari doirasida nazorat ostidagi tovarlar roʻyxatlari yangilanadi.

** Ushbu mahsulotlarning muvofiqligini baholash muvofiqlikni deklaratsiyalash yoʻli bilan amalga oshiriladi.

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.