[Koʻchirma]
“Oʻzbekiston — 2030” strategiyasiga muvofiq 2030-yilgacha nodavlat sektor ulushini 85 foizga yetkazish va davlat ishtirokidagi korxonalarni 6 baravarga qisqartirish boʻyicha vazifalar ijrosini taʼminlash, davlat ishtirokidagi yirik korxonalar va tijorat banklarini transformatsiya qilish, ular tarkibidagi raqobat muhiti shakllangan sohalardagi korxonalar sonini kamaytirish hamda xususiylashtirish jarayonlarini yanada jadallashtirish maqsadida qaror qilaman:
I. Maqsadlar
1. Quyidagilar 2025-yilda xususiylashtirishning asosiy maqsadli koʻrsatkichlari etib belgilansin:
(a) 30 trillion soʻmlik davlat aktivlari va yer uchastkalarini sotish va kamida 10 trillion soʻm tushumni taʼminlash;
(b) davlat va davlat ishtirokidagi korxonalarga tegishli 115 ta jamiyat ustav kapitalidagi ulushlarni, 659 ta koʻchmas mulk obyektini va 6,1 ming gektar yer uchastkalarini savdoga chiqarish;
(v) dastlabki bosqichda kamida 30 ta foydali qazilma kon va uchastkalaridan foydalanish huquqini savdoga chiqarish.
II. Davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini qisqartirish
2. Iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirish va xususiy sektor ulushini oshirish maqsadida 2030-yil 1-yanvarga qadar davlat ishtirokidagi korxonalarni (mudofaa va xavfsizlik bilan bogʻliq korxonalar hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno) tashkil etishga moratoriy joriy qilinsin.
3. Belgilansinki:
(a) respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan koʻchmas mulk sotib olish, davlat funksiyasiga va davlat mulkiga egalik qilish mezonlariga mos boʻlmagan korxonalarni tashkil etish tashabbusi bilan chiqishga yoʻl qoʻyilmaydi;
(b) davlat ishtirokidagi korxonalarda aksiyador (ishtirokchi, muassis) funksiyasini amalga oshiruvchi respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda ushbu korxonalar kuzatuv kengashining davlat ulushi boʻyicha saylangan aʼzolari Farmonning mazkur bandi talablari ijrosini taʼminlashga masʼul va javobgar hisoblanadi.
4. Vazirlar Mahkamasi 2025-yil 1-mayga qadar:
(a) vazirlik va idoralar rahbarlarining xususiylashtirish va davlat-xususiy sheriklik masalalari bilan shaxsan shugʻullanadigan oʻrinbosarlari roʻyxatini tasdiqlasin;
(b) davlat ishtirokidagi yirik korxonalarda transformatsiya boʻyicha oʻrinbosar lavozimini moliya, transformatsiya va xususiylashtirish boʻyicha birinchi oʻrinbosar lavozimiga oʻzgartirish choralarini koʻrsin.
5. Quyidagilar:
(a) Ommaviy savdolarga chiqariladigan aksiya paketlari (ulushlar) roʻyxati 1-ilovaga muvofiq;
(b) Ommaviy savdolarga chiqariladigan davlat va davlat ishtirokidagi korxonalarning koʻchmas mulk obyektlari roʻyxati 2-ilovaga muvofiq;
(v) Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini tashkil etish uchun 2025-yilda ustuvor ravishda mulk huquqi asosida yer uchastkalarini elektron onlayn auksion savdolariga chiqarish rejasi 3-ilovaga muvofiq;
(g) 2025-yilda foydali qazilmalarni qazib olish uchun foydalanish huquqi elektron onlayn auksion savdolariga chiqariladigan asosiy turdagi foydali qazilma kon va uchastkalari roʻyxati 4-ilovaga muvofiq;
(d) Vazirlik va idoralar, davlat ishtirokidagi yirik korxonalarda xususiylashtirish va davlat-xususiy sheriklik masalalariga masʼul oʻrinbosarlarning asosiy vazifalari 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
III. Xususiylashtirish va davlat mulkini ijaraga olishdagi imtiyozlar
6. Belgilab qoʻyilsinki, davlat aktivlarini xususiylashtirishni jadallashtirish maqsadida:
(a) maydoni 10 ming metr kvadratgacha boʻlgan davlat mulki obyektlari Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartib asosida yuqori texnologiyali mahsulot ishlab chiqaradigan tadbirkorlik subyektlariga 5 yil muddatga toʻgʻridan-toʻgʻri tekin foydalanishga beriladi hamda shartnoma shartlari bajarilgan taqdirda ushbu tadbirkorlik subyektlariga baholangan qiymatda toʻgʻridan-toʻgʻri sotiladi;
(b) boshlangʻich narxini bosqichma-bosqich pasaytirish mexanizmi qoʻllangandan keyin ham bir yildan ortiq muddatda sotilmagan va xaridorlar uchun jozibador boʻlmagan koʻchmas mulk obyektlari boshqa yuridik shaxslarning ustav kapitaliga ulush sifatida kiritiladi;
(v) tugatilayotgan “Oʻzpaxtasanoat” AJ va uning tarkibidagi korxonalar aktivlari uch oy davomida sotilmagan taqdirda, ularning boshlangʻich bahosi 50 foizgacha bosqichma-bosqich 10 foizdan pasaytirilgan holda sotib olish toʻlovlarini uch yilgacha boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan savdolarga chiqariladi;
(g) bozorlar va savdo majmualari ustav kapitalida mahalliy davlat hokimiyati organlarining majburiy ishtirok etishi toʻgʻrisidagi talab bekor qilinadi.
7. Belgilansinki, yer uchastkalari sotilishini jadallashtirish maqsadida:
(a) ochiq elektron onlayn auksion savdolari orqali ijara huquqi asosida sotib olingan qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalari, agar ular yer uchastkasi realizatsiya qilinganidan keyin tasdiqlangan bosh reja, aholi punktlari qismlarini batafsil rejalashtirish loyihalari yoki hududlarni kompleks rivojlantirish va rejalashtirish boʻyicha boshqa hujjatlarga (keyingi oʻrinlarda — shaharsozlik hujjatlari) muvofiq boʻlsa va yer ijara shartnomasida boshqa shartlar nazarda tutilmagan boʻlsa, yer uchastkasi uchun toʻlovlar toʻliq toʻlanganidan keyin Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va (yoki) yuridik shaxslari tomonidan xususiylashtirilishiga yoʻl qoʻyiladi;
(b) mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan elektron onlayn auksion savdolariga chiqariladigan yer uchastkalari, ustuvor ravishda, faoliyatini kengaytirish istagida va tayyor loyihasi boʻlgan tadbirkorlik subyektlari taklif bildirgan joylardan tanlanadi;
(v) elektron onlayn auksion savdolarida turgan maydoni kichik boʻlgan yonma-yon turgan yer uchastkalari shaharsozlik normalaridan kelib chiqqan holda birlashtirilib, qoʻshimcha kelishuvlarsiz qayta auksion savdolariga chiqariladi.
8. Belgilab qoʻyilsinki, davlat mulkini ijaraga berish tartibini takomillashtirish maqsadida:
(a) ijara shartnomasi tuzilgan kundan boshlab ijaraga oluvchi tomonidan yillik ijara toʻlovlari bir oy davomida toʻlangan taqdirda, unga yillik ijara summasidan mazkur shartnoma tuzilgan sanadagi Markaziy bankning asosiy stavkasi miqdorida chegirma beriladi, bundan chegirma qoʻllamaslik sharti bilan ijaraga berilgan hamda bir yildan kam muddatga tuzilgan va boshqa imtiyozlar qoʻllangan ijara shartnomalari mustasno;
(b) olti oy davomida elektron onlayn auksion savdolarida ijaraga berilmagan obyektlarning boshlangʻich narxi 50 foiz pasaytirilgan qiymatda belgilanadi. Bunda boshlangʻich narx pasaytirilganda ham ijaraga berilmasa, ushbu auksion unda bir ishtirokchi qatnashgan taqdirda ham, istisno tariqasida, oʻtkazilgan deb hisoblanadi.
9. Tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida davlat aktivlarini xususiylashtirish va davlat mulkini ijaraga berish yoʻnalishlaridagi imtiyoz va qoʻllab-quvvatlash choralari 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
IV. Davlat mulkini boshqarish va sotishning yangi mexanizmlari
10. Belgilansinki:
(a) Toshkent va Nukus shaharlari, viloyatlar, tuman va shahar markazlaridagi davlat tashkilotlari va davlat ishtirokidagi korxonalar maʼmuriy binolarining birinchi qavati boʻshatilib, elektron onlayn auksion orqali tadbirkorlik subyektlariga savdo va servis obyektlarini tashkil etish uchun ijaraga beriladi (bundan toʻliq sotiladigan va alohida ahamiyatga ega maʼmuriy binolar mustasno);
(b) 2025-yil 1-iyuldan boshlab Savdo-sanoat palatasining hududiy boʻlinmalariga “Davlat mulki” axborot tizimi orqali davlat va davlat ishtirokidagi korxonalar koʻchmas mulk obyektlarini sotish uchun toʻgʻridan-toʻgʻri elektron onlayn auksion savdolariga chiqarish boʻyicha ariza berish huquqi beriladi;
(v) Savdo-sanoat palatasining hududiy boʻlinmalari arizasi asosida sotilgan boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk obyektlarini sotishdan tushgan mablagʻlarning boshlangʻich narxidan oshgan qismining 10 foizi Savdo-sanoat palatasiga oʻtkazib beriladi;
(10-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 28-avgustdagi PF-177-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.09.2026-y., 06/26/177/0904-son)
v-1) hokim yordamchilarining onlayn buyurtmanomasiga asosan:
mahalladagi maydoni 5 000 metr kvadratgacha boʻlgan davlat koʻchmas mulk obyektlarini sotishdan tushadigan mablagʻlar, baholash va sotish xarajatlari chegirilgan holda tegishli mahallalarning Mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish jamgʻarmalariga;
mahalladagi maydoni 5 000 metr kvadrat va undan yuqori boʻlgan davlat koʻchmas mulk obyektlarini sotishdan tushgan mablagʻlarning obyekt boshlangʻich narxidan oshgan qismining 10 foizi hokim yordamchilari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga hamda obyekt joylashgan mahallaning Mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish jamgʻarmasiga teng ulushlarda;
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 28-avgustdagi PF-177-sonli Farmoniga asosan “v1” kichik bandi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.09.2026-y., 06/26/177/0904-son)
(g) ommaviy savdolarda ikki oydan ortiq muddatda sotilmagan davlat koʻchmas mulk obyektlarini (Toshkent va Nukus shaharlari, viloyatlar markazlaridagi obyektlar bundan mustasno) sotishni jadallashtirish maqsadida “E-auksion” elektron savdo platformasida akkreditatsiyadan oʻtgan rieltorlik tashkilotlari Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (keyingi oʻrinlarda — Davlat aktivlari agentligi) tomonidan xizmat koʻrsatish shartnomasi asosida jalb etiladi;
(d) davlat ulushlari xususiylashtirishning kamida 2 ta usulidan foydalanganda ham olti oy muddat davomida sotilmagan taqdirda xususiylashtirish sohasidagi vakolatli davlat organining qaroriga koʻra aksiyadorlar (ishtirokchilar) roʻyxatidan chiqish yoki tugatish tashabbusi bilan chiqishga ruxsat etiladi;
(e) davlat mulkini xususiylashtirish dasturi qabul qilingan kundan eʼtiboran xususiylashtiriladigan davlat mulkini boshqa shaxsga oʻtkazish, hisobdan chiqarish, garovga qoʻyish yoki boshqacha tarzda tasarruf etish, ularni xatlash va majburiy realizatsiya qilish taqiqlanadi;
(j) Davlat aktivlari agentligiga davlat aktivlarini sotish boʻyicha oldi-sotdi shartnomalari va davlat koʻchmas mulk obyektlarini ijaraga berish shartnomalari boʻyicha tadbirkorlik subyektlari tan olgan qarzdorliklarni inkasso topshiriqnomalari asosida undirish huquqi beriladi;
(z) tadbirkorlik subyektlarini (jumladan, davlat ishtirokidagi korxonalarni) tugatish toʻgʻrisida roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ xabardor qilingan sanadan boshlab ularning moliya-xoʻjalik faoliyati toʻxtatiladi hamda yer soligʻi, mol-mulk soligʻi, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, shuningdek, barcha turdagi soliqlar va yigʻimlar boʻyicha penyalarni hisoblab yozish, dividendlar hisoblash taqiqlanadi;
(i) xoʻjalik jamiyati yoki nodavlat notijorat tashkilotiga davlat mulki sifatida biriktirilgan respublika mulki boʻlgan koʻchmas mulk obyektlari (qonunchilik hujjatlariga muvofiq xususiylashtirilmaydigan obyektlar bundan mustasno) Davlat aktivlari agentligi qarori asosida davlat tashkilotiga uning yuqori turuvchi organining roziligiga muvofiq operativ boshqaruv huquqi asosida tekin beriladi;
(k) vazirlik va idoralar hamda ularning tizim tashkilotlariga tegishli respublika mulki boʻlgan maʼmuriy binolar (sud, qurolli kuchlar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va ularning tizimidagi tashkilotlar binolari bundan mustasno) Kadastr agentligi bilan birgalikda Davlat aktivlari agentligiga davlat mulki sifatida qayta rasmiylashtiriladi va keyinchalik ular har bir xodim uchun bino maydonlari boʻyicha tasdiqlangan meʼyorlar asosida tekin foydalanish huquqi asosida joylashtiriladi;
(l) respublika budjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining mablagʻlari yoki davlatning boshqa mablagʻlari hisobidan yaratilgan yoki sotib olingan mulklar respublika mulki obyektlari jumlasiga, Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjeti, mahalliy budjet mablagʻlari yoki mahalliy davlat hokimiyati organlarining boshqa mablagʻlari hisobidan yaratilgan yoki sotib olingan mulklar munitsipal mulk obyektlari jumlasiga kiritiladi;
(m) davlat mulki — ham respublika mulki ham munitsipal mulk obyektlarining vujudga kelish manbalari hisobiga yaratilgan taqdirda, mazkur mulkning balansda saqlovchisi mansubligiga koʻra mulkning toifasi aniqlanadi;
(n) xususiylashtirish dasturlariga kiritilgan aktivlar (koʻchmas mulk, ulush, aksiya paketlari) ikki oy muddatda vakolatli davlat organiga topshirilmaganda Davlat aktivlari agentligining buyurtmasi asosida bir tomonlama topshirish-qabul qilish dalolatnomasi (depo topshiriqnoma) asosida Davlat aktivlari agentligiga rasmiylashtiriladi;
(o) 2025-yil 1-oktabrdan boshlab egasiz koʻchmas mulk obyektlarini davlat mulki obyekti sifatida davlat roʻyxatiga olish boʻyicha murojaatlar tegishli sudga Davlat aktivlari agentligi tomonidan kiritiladi.
V. Xususiylashtirish sohasidagi kafolatlar
11. Belgilansinki:
(a) xususiylashtirilgan yer uchastkalari boʻyicha soliq toʻlash tizimi takomillashtiriladi;
(b) davlat mulkini xususiylashtirish jarayonida vujudga kelgan xususiy mulk daxlsizdir;
(v) davlat mulkini xususiylashtirish natijalari qayta koʻrib chiqilmaydi hamda bekor qilinmaydi.
12. Davlat mulkini boshqarish sohasida qonun hujjatlarini takomillashtirish va xususiylashtirish jarayonlarini jadallashtirish boʻyicha chora-tadbirlar 7-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
VI. Farmon ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat
13. Belgilansinki, vazirlik va idoralar rahbarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari:
(a) bir oy muddatda mazkur Farmonga muvofiq savdoga chiqarilishi belgilangan aktivlarni Davlat aktivlari agentligiga oʻtkazib berish masalasini oʻzlari aksiyador (ishtirokchi, muassis) boʻlgan davlat ishtirokidagi korxonalarning boshqaruv organlari yigʻilishlarida koʻrib chiqib, oʻtkazib berilishiga;
(b) davlat ishtirokidagi korxonalar bilan birgalikda xususiylashtirilishi belgilangan davlat aktivlarining ular sotilgunga qadar butligini taʼminlash va begonalashtirmaslikka (sotish, sotiladigan ulush miqdorini kamaytirish, garovga qoʻyish, buzish va boshqalar) shaxsan javobgar va masʼul hisoblanadi.
14. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman va shaharlar hokimliklari Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Kadastr agentligi va Davlat aktivlari agentligi bilan birgalikda tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini tashkil etish uchun mazkur Farmonga 3-ilovadagi rejaga muvofiq yer uchastkalarining ustuvor ravishda mulk huquqi asosida elektron onlayn auksion savdolariga 2025-yilda chiqarilishini taʼminlasin. Bunda shaharsozlik hujjatlari ishlab chiqilmagan yer uchastkalarini ijara huquqi asosida savdoga chiqarishni davom ettirsin.
15. Vazirliklar va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari oʻzlari taʼsischi (muassis) boʻlgan:
(a) davlat korxonalari va muassasalarini tugatishda ularning majburiyatlarini tegishliligicha oʻzlarining budjetdan tashqari jamgʻarmalari mablagʻlari va mahalliy budjetning qoʻshimcha manbalari hisobidan qoplanishini;
(b) davlat ishtirokidagi korxonalarda xarajatlar, shu jumladan, ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar tasdiqlangan biznes-reja koʻrsatkichlariga qatʼi rioya qilgan holda amalga oshirilishiga ularning birinchi rahbarlari shaxsan javobgarligi belgilanishini taʼminlasin.
16. Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Davlat aktivlari agentligi:
(a) mazkur Farmonning mazmun-mohiyati, maqsad va vazifalari ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini taʼminlasin;
(b) Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda mazkur Farmon haqida aholi va tadbirkorlarni internet va ijtimoiy tarmoqlar va mobil aloqa operatorlari orqali tezkor ravishda xabardor qilish choralarini koʻrsin.
17. Davlat aktivlari agentligi Adliya vazirligi hamda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga mazkur Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
18. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 8-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
19. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlari 9-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
20. Mazkur Farmonning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul etib Bosh vazir oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov hamda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori A.J. Ortikov belgilansin.
21. Farmon ijrosini har chorakda muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2025-yil 21-aprel,
PF-70-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi PF-70-son Farmoniga1-ILOVA
Ommaviy savdolarga chiqariladigan aksiya paketlari (ulushlar)
Izohlar:
(1) Davlat aksiya paketi baholashdan oʻtkazilmasdan fond birjasi kotirovka narxidan kelib chiqib, savdolarga chiqariladi. Bunda kotirovka narxi mavjud boʻlmagan taqdirda aksiyalar paketi jamiyatning sof aktiviga proporsional qiymatda savdolarga chiqariladi.
(2) Ustav kapitalida davlat ulushi ustun mavqega ega boʻlgan korxonalarga tegishli aksiyalar paketi ularning ustav kapitalidagi davlat ulushini balans qiymatiga kamaytirish hisobiga davlat nomidan aksiyador funksiyasini bajaruvchi davlat organlariga oʻtkaziladi.
(3) Ushbu jamiyatlar ustav kapitalidagi aksiyalar paketlari (ulushlar) yaxlit paket sifatida savdoga chiqariladi.
(4) Korxonalarni xususiylashtirish shartlari Sogʻliqni saqlash vazirligining taklifiga asosan Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan belgilanadi.
(izoh qismining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 28-avgustdagi PF-177-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.09.2026-y., 06/26/177/0904-son)
(5) Korxonaga tegishli yotoqxonalar birinchi navbatda Fanlar akademiyasi taklifi asosida sohada faoliyat koʻrsatgan, shu jumladan nafaqadagi xodimlarga sotiladi, korxona belgilangan tartibda tugatiladi.
(6) Avtomobil yoʻllarini ekspluatatsiya qilish, taʼmirlash, koʻpriklardan va yoʻllardan foydalanish korxonalari Transport vazirligi bilan kelishilgan holda bosqichma-bosqich ommaviy savdolarga chiqariladi. Bunda mazkur korxonalardagi davlat ulushini sotish shartlari va tartibi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan belgilanadi.
(izoh qismining yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 28-avgustdagi PF-177-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.09.2026-y., 06/26/177/0904-son)
(7) Kamida 3 yil davomida amaldagi faoliyat yoʻnalishini saqlab qolish sharti bilan ommaviy savdolarga chiqariladi.
(8) Mazkur korxonalardagi davlat ulushini sotish shartlari va tartibi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan belgilanadi.
(izoh qismining toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 28-avgustdagi PF-177-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.09.2026-y., 06/26/177/0904-son)
(9) Mazkur bozordagi davlat ulushi ishtirokchilar roʻyxati Jizzax viloyati hokimligi tomonidan taqdim etiladigan tanlov asosidagi auksion savdolari orqali sotiladi.
1. Sotilishi belgilangan aksiyalar paketlari (ulushlar) miqdori, korxonaning tashkiliy-huquqiy shakli oʻzgargan taqdirda, aktivlarning sotilishi oʻzgarishlarni inobatga olgan holda amalga oshiriladi.
2. Ushbu ilovada koʻrsatilgan davlat ishtirokidagi korxonalarning ustav kapitalida davlat ulushi ustun mavqega ega boʻlgan xoʻjalik jamiyatlarining ulushlari mavjud boʻlganda, ushbu ulushlar yaxlit paket sifatida savdoga chiqariladi.
3. Xoʻjalik jamiyatlarining unitar korxonalari va boshqa tashkilotlari masʼuliyati cheklangan jamiyat etib oʻzgartirilayotganda ularning mulklari inventarizatsiyadan oʻtkaziladi va jamiyat ustav kapitalining miqdori mulklarini baholashdan oʻtkazmagan holda soliq organlariga taqdim etilgan oxirgi buxgalteriya balansi maʼlumotlariga asosan uning amaldagi ustav kapitali miqdorida belgilanadi.
4. Mazkur ilovada koʻrsatilgan davlat ishtirokidagi korxonalar roʻyxati va ulushlar miqdoriga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bilan kelishgan holda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi buyrugʻi oʻzgartirish kiritiladi yoki ular roʻyxatdan chiqariladi.
(izoh qismining oʻn toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 28-avgustdagi PF-177-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.09.2026-y., 06/26/177/0904-son)
5. Davlat ishtirokidagi korxonalar va tijorat banklari tomonidan aktivlar Davlat aktivlari agentligiga ularning boshqaruv organlari qarori asosida oʻtkaziladi. Bunda aktivlar korxonaning (bankning) ehtimoliy yoʻqotishlarga qarshi yaratilgan zaxiralari hisobidan yoki aktivlarni sotishdan tushgan mablagʻlarni (savdoga chiqarish va sotish bilan bogʻliq xarajatlarni chegirgan holda) toʻlab berish hisobiga beriladi. Agar aktivlarning sotilgan qiymati qoldiq (balans) qiymatdan yuqori boʻlsa, korxonalarga (banklarga) qoldiq (balans) qiymati yoʻnaltiriladi.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-apreldagi PF-73-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.04.2025-y., 06/25/73/0389-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi PF-70-son Farmoniga2-ILOVA
Ommaviy savdolarga chiqariladigan davlat va davlat ishtirokidagi korxonalarning koʻchmas mulk obyektlari
Izohlar:
1. Mazkur roʻyxatga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bilan kelishgan holda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi buyrugʻi bilan oʻzgartirish kiritilishi yoki aktivlar roʻyxatdan chiqarilishi mumkin.
(izoh qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 28-avgustdagi PF-177-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.09.2026-y., 06/26/177/0904-son)
2. Mazkur roʻyxat va kadastr hujjatlarida aktivlarning nomlanishida hamda bino va inshootlar egallagan maydoni koʻrsatkichlarida yoki balansda saqlovchisida tafovut mavjud boʻlgan taqdirda, ushbu aktivlar kadastr hujjatlari asosida sotiladi.
3. Mazkur roʻyxatda koʻrsatilgan aktivlarni savdoga chiqarishda, zarur hollarda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan ularni sotish shartlari ham belgilanishi mumkin.
(izoh qismining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 28-avgustdagi PF-177-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.09.2026-y., 06/26/177/0904-son)
4. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimiga tegishli koʻchmas mulk obyektlari nodavlat taʼlim muassasalarini tashkil etish va faoliyat turini saqlash sharti bilan ommaviy savdolarga chiqariladi.
5. Ijtimoiy soha obyektlarini sotish muddati va shartlari, shu jumladan, faoliyat turini saqlash shartlari Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan belgilanadi.
(izoh qismining oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 28-avgustdagi PF-177-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.09.2026-y., 06/26/177/0904-son)
6. Mazkur roʻyxatdagi kimyoviy dori vositalari saqlangan va oʻta xavfli kasallikka chalingan hayvonlar muolaja qilingan obyektlardan xavfsiz foydalanish shartlari tegishliligi boʻyicha Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi, Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
(1) Obyektni savdoga chiqarish shartlari va auksion tanlov savdolari ishtirokchilarining roʻyxati viloyat hokimligi tomonidan taqdim etiladi.
(2) Obyektlar ustuvor ravishda obyektdan uy-joy sifatida foydalanib kelayotgan fuqarolarga baholangan qiymatda taklif etiladi.
(3) Obyektni sotishdan tushgan mablagʻlar baholash va sotish xarajatlarini chegirgan holda, Yangi Toshkent shahrida Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti kampuslarini qurish uchun balansda saqlovchining asoslangan talabiga koʻra unga maqsadli yoʻnaltiriladi. Bunda balansda saqlovchining soʻroviga asosan obyektlar bosqichma-bosqich ommaviy savdolarga chiqariladi.
(4) Mazkur obyektlar tijorat banklarining kredit taʼminoti boʻyicha garovdan boʻshagandan soʻng savdoga chiqariladi.
(5) Sotib olish toʻlovlarini obyektlarning sotilish qiymatidan qatʼi nazar 18 oy davomida, yaʼni dastlabki 35 foizini bir oy muddatda, qolgan qismini 17 oy muddatda teng ulushlarda boʻlib-boʻlib toʻlash va toʻlov muddati tugagandan hamda xaridor tomonidan toʻlovlar toʻliq toʻlangandan soʻng, ularni balansda saqlovchi tomonidan xaridorga topshirish hamda sotishdan tushgan mablagʻlar hisobidan Urgut tumani “Quyi Kamongaron” MFY hududidagi “Yangi Oʻzbekiston” massivida barpo etiladigan maʼmuriy markaz qurilishini va asbob-uskunalar bilan jihozlashni moliyalashtirish uchun sotish xarajatlari hamda Davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya va xususiylashtirish jamgʻarmasi tasarrufida qoldiriladigan qismi chegirilgan holda buyurtmachining talabnomasiga asosan maxsus hisob raqamiga oʻtkazib beriladi.
(6) Obyektni sotishdan tushgan mablagʻlar baholash va sotish xarajatlarini chegirgan holda balansda saqlovchiga yoʻnaltiriladi.
(7) Obyekt dastlab baholangan qiymatda sotib olish uchun mazkur obyektdan foydalanuvchiga taklif etiladi.
(8) Obyektlarni sotishdan tushgan mablagʻlarning tegishli qismi Mudofaa vazirligining asoslangan hisob-kitoblariga koʻra, Mudofaa vazirligining qurilish-taʼmirlash xarajatlariga maqsadli yoʻnaltiriladi.
(izoh qismining oʻn beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 28-avgustdagi PF-177-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.09.2026-y., 06/26/177/0904-son)
(9) Obyekt Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga oʻtkaziladi va obyektdan tekin foydalanish huquqi asosida foydalanib kelinayotgan “Madad” nodavlat notijorat tashkiloti tomonidan obyektdan foydalanish zarurati boʻlmaganda savdoga chiqariladi.
(10) Obyektlarni sotishdan tushadigan mablagʻlar (baholash va sotish xarajatlari chegirilgan holda) Toshkent viloyati Zangiota tumanida “Tashkent Pharma Park” innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasteri qurilishi ishlarini moliyalashtirish uchun Farmatsevtika tarmogʻini qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamgʻarmasiga maqsadli yoʻnaltiriladi.
(11) Obyektni sotishdan tushgan mablagʻlar baholash va sotish xarajatlarini chegirgan holda Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligining yangi qurilayotgan Geoinnovatsion markaz bino va inshootlarini moliyalashtirishga maqsadli yoʻnaltiriladi.
(12) Obyekt negizida koʻp qavatli xizmat koʻrsatish majmuasi va bir qismida (yertoʻlasida) zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan bombapanoh (“bomboubejishe”) barpo etish sharti bilan sotiladi.
(13) Obyekt jamiyatning tegishli boshqaruv organlari qarorlariga asosan “Industrial hudud”ni boshqarish direksiyasi” davlat muassasasiga baholangan qiymatda uch yil muddatga foizsiz boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan keyinchalik koʻp qavatli sanoat obyekti qurish uchun sotiladi. “Industrial hudud”ni boshqarish direksiyasi tomonidan obyekt sotib olinmagan taqdirda, belgilangan tartibda ommaviy savdolarga chiqariladi.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 17-dekabrdagi PF-250-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2025-y., 06/25/250/1197-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi PF-70-son Farmoniga3-ILOVA
Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini tashkil etish uchun 2025-yilda ustuvor ravishda mulk huquqi asosida yer uchastkalarini elektron onlayn auksion savdolariga chiqarish
T/rHududlarJami yer uchastkalari(ga)shundan:I chorakII chorakIII chorakIV chorakRespublika boʻyicha jami:6 100,11 138,91 488,81 836,41 636,0Qoraqalpogʻiston Respublikasi614,363,5165,3203,8181,71.Amudaryo tumani51,31,714,918,316,42.Beruniy tumani28,118,03,03,83,33.Boʻzatov tumani30,11,98,510,49,34.Kegeyli tumani40,60,612,014,813,25.Qonlikoʻl tumani30,33,08,210,19,06.Qoraoʻzak tumani40,71,011,914,713,17.Qoʻngʻirot tumani56,92,116,420,318,18.Moʻynoq tumani40,20,811,814,613,09.Nukus tumani39,30,411,714,412,810.Nukus shahri47,07,311,914,713,111.Taxiatosh tumani33,68,47,69,38,312.Taxtakoʻpir tumani22,71,56,47,87,013.Toʻrtkoʻl tumani37,36,79,211,310,114.Xoʻjayli tumani35,80,710,513,011,615.Chimboy tumani24,70,47,39,08,016.Shumanay tumani25,32,66,88,47,517.Ellikqalʼa tumani30,46,47,28,97,9Andijon viloyati327,732,688,5109,397,31.Andijon tumani26,39,35,16,35,62.Andijon shahri10,50,23,13,83,43.Asaka tumani19,50,15,87,26,44.Baliqchi tumani13,71,13,84,74,15.Buloqboshi tumani37,50,211,213,812,36.Boʻston tumani19,70,85,77,06,27.Jalaquduq tumani19,30,95,56,86,18.Izboskan tumani15,23,13,64,54,09.Qoʻrgʻontepa tumani15,81,34,35,44,810.Marhamat tumani22,50,66,68,17,211.Oltinkoʻl tumani13,510,11,01,31,112.Paxtaobod tumani16,03,03,94,84,313.Ulugʻnor tumani23,70,76,98,57,614.Xonobod shahri30,40,19,111,210,015.Xoʻjaobod tumani28,80,68,510,49,316.Shahrixon tumani15,30,54,45,54,9Buxoro viloyati419,017,4120,4148,6132,61.Buxoro tumani43,11,012,615,613,92.Buxoro shahri10,510,20,10,10,13.Vobkent tumani34,60,610,212,611,24.Gʻijduvon tumani44,70,313,316,414,75.Jondor tumani36,50,210,913,412,06.Kogon tumani43,30,612,815,814,17.Kogon shahri21,31,06,17,56,78.Qorakoʻl tumani27,30,28,110,09,09.Qorovulbozor tumani29,42,18,210,19,010.Olot tumani29,70,38,810,99,711.Peshku tumani32,00,49,511,710,412.Romitan tumani36,70,310,913,512,013.Shofirkon tumani29,90,28,911,09,8Jizzax viloyati363,992,381,5100,689,51.Arnasoy tumani14,73,43,44,23,72.Baxmal tumani38,39,58,610,79,53.Gʻallaorol tumani43,04,011,714,412,94.Doʻstlik tumani17,90,15,46,65,85.Jizzax shahri11,70,63,34,13,76.Zarbdor tumani28,91,58,210,19,17.Zafarobod tumani18,63,24,65,75,18.Zomin tumani50,324,47,89,68,59.Mirzachoʻl tumani17,10,25,16,25,610.Paxtakor tumani16,00,44,75,85,111.Forish tumani26,425,70,20,30,212.Sharof Rashidov tumani49,318,69,211,410,113.Yangiobod tumani31,70,79,311,510,2Qashqadaryo viloyati453,324,8128,7158,5141,31.Gʻuzor tumani28,50,18,510,59,42.Dehqonobod tumani29,32,78,09,88,83.Kasbi tumani24,40,17,39,08,04.Kitob tumani36,10,910,613,011,65.Koson tumani28,52,08,09,88,76.Qamashi tumani46,22,913,016,014,37.Qarshi tumani40,70,212,115,013,48.Qarshi shahri6,86,50,10,10,19.Mirishkor tumani27,80,28,310,29,110.Muborak tumani30,70,49,111,210,011.Nishon tumani23,40,46,98,57,612.Chiroqchi tumani24,20,37,28,87,913.Shahrisabz tumani41,75,011,013,612,114.Shahrisabz shahri8,40,12,53,12,715.Koʻkdala tumani33,22,99,111,210,016.Yakkabogʻ tumani23,40,17,08,77,6Navoiy viloyati485,896,9116,7143,9128,31.Zarafshon shahri10,65,21,62,01,82.Karmana tumani124,441,924,830,527,23.Konimex tumani23,02,16,37,76,94.Qiziltepa tumani143,40,442,952,947,25.Navbahor tumani35,318,05,26,45,76.Navoiy shahri36,82,010,412,911,57.Nurota tumani34,717,75,16,35,68.Tomdi tumani19,15,04,25,24,79.Uchquduq tumani23,00,16,98,57,510.Xatirchi tumani23,64,45,87,16,311.Gʻozgʻon shahri11,90,13,54,43,9Namangan viloyati274,420,676,293,983,71.Kosonsoy tumani18,80,45,56,86,12.Mingbuloq tumani15,50,14,65,75,13.Namangan tumani22,40,26,78,27,34.Namangan shahri29,00,18,710,79,55.Norin tumani12,80,13,84,74,26.Pop tumani45,50,113,616,815,07.Toʻraqoʻrgʻon tumani35,24,09,411,510,38.Uychi tumani20,40,16,17,56,79.Uchqoʻrgʻon tumani19,10,15,77,06,310.Chortoq tumani15,40,14,65,75,011.Chust tumani22,215,22,12,62,312.Yangiqoʻrgʻon tumani18,10,15,46,75,9Samarqand viloyati730,2255,1142,7175,9156,51.Bulungʻur tumani41,66,710,512,911,52.Jomboy tumani28,97,36,58,07,13.Ishtixon tumani30,710,76,07,46,64.Kattaqoʻrgʻon tumani79,10,523,629,125,95.Kattaqoʻrgʻon shahri39,13,810,613,111,66.Qoʻshrabot tumani72,79,319,023,520,97.Narpay tumani29,33,87,79,48,48.Nurobod tumani72,271,50,20,30,29.Oqdaryo tumani40,312,48,410,39,210.Payariq tumani32,718,14,45,44,811.Pastdargʻom tumani58,62,816,720,718,412.Paxtachi tumani65,814,515,419,016,913.Samarqand tumani42,010,49,511,710,414.Samarqand shahri29,529,20,10,10,115.Toyloq tumani23,110,13,94,84,316.Urgut tumani44,644,00,20,20,2Sirdaryo viloyati333,6123,862,977,869,11.Boyovut tumani36,10,110,813,411,82.Guliston tumani37,50,111,213,912,33.Guliston shahri8,90,32,63,22,84.Mirzaobod tumani47,70,114,317,615,75.Oqoltin tumani24,20,47,18,87,96.Sayxunobod tumani22,021,60,10,20,17.Sardoba tumani40,63,011,313,912,48.Sirdaryo tumani37,636,80,20,30,39.Xovos tumani50,945,71,61,91,710.Shirin shahri12,82,83,03,73,311.Yangiyer shahri15,312,90,70,90,8Surxondaryo viloyati480,473,3122,2150,6134,31.Angor tumani19,40,25,87,16,32.Bandixon tumani51,325,97,69,48,43.Boysun tumani32,94,88,410,49,34.Denov tumani23,44,35,77,16,35.Jarqoʻrgʻon tumani33,80,89,912,210,96.Qiziriq tumani41,64,011,313,912,47.Qumqoʻrgʻon tumani37,31,910,613,111,78.Muzrabot tumani21,41,16,17,56,79.Oltinsoy tumani21,02,15,77,06,210.Sariosiyo tumani33,60,110,112,411,011.Termiz tumani77,320,017,221,218,912.Termiz shahri8,50,12,53,12,813.Uzun tumani19,90,65,87,16,414.Sherobod tumani41,70,112,515,413,715.Shoʻrchi tumani17,37,33,03,73,3Toshkent viloyati649,5262,1115,9143,5128,01.Angren shahri29,73,08,09,98,82.Bekobod tumani17,61,94,75,85,23.Bekobod shahri12,80,43,74,64,14.Boʻka tumani24,62,26,78,37,45.Boʻstonliq tumani41,78,69,912,310,96.Zangiota tumani 31,810,46,47,97,17.Qibray tumani36,836,30,10,20,28.Quyi Chirchiq tumani24,52,46,68,27,39.Nurafshon shahri38,537,60,30,30,310.Oqqoʻrgʻon tumani22,31,46,37,76,911.Olmaliq shahri22,214,42,32,92,612.Ohangaron shahri10,50,53,03,73,313.Ohangaron tumani67,666,50,30,40,414.Parkent tumani78,241,511,013,612,115.Piskent tumani65,82,519,023,420,916.Toshkent tumani26,76,36,17,66,717.Oʻrta Chirchiq tumani18,50,95,36,55,818.Chinoz tumani24,24,06,07,56,719.Chirchiq shahri18,015,00,91,11,020.Yuqori Chirchiq tumani17,75,03,84,74,221.Yangiyoʻl tumani12,31,23,34,13,722.Yangiyoʻl shahri7,50,12,22,82,4Fargʻona viloyati425,827,3119,8147,4131,31.Bagʻdod tumani21,00,16,37,76,92.Beshariq tumani28,23,87,39,08,13.Buvayda tumani16,70,15,06,25,44.Dangʻara tumani17,10,55,06,15,55.Yozyovon tumani38,52,810,713,211,86.Quva tumani17,45,53,64,43,97.Quvasoy shahri19,64,24,65,75,18.Qoʻqon shahri5,50,11,72,01,79.Qoʻshtepa tumani17,40,15,26,45,710.Margʻilon shahri19,60,15,97,26,411.Oltiariq tumani23,40,17,08,77,612.Rishton tumani22,91,56,47,97,113.Soʻx tumani15,70,14,75,85,114.Toshloq tumani17,40,15,26,45,715.Oʻzbekiston tumani42,94,211,614,312,816.Uchkoʻprik tumani18,00,15,46,65,917.Fargʻona tumani45,91,013,516,614,818.Fargʻona shahri21,51,56,07,46,619.Furqat tumani17,11,44,75,85,2Xorazm viloyati343,624,295,9118,2105,31.Bogʻot tumani25,44,56,37,76,92.Gurlan tumani26,60,37,99,78,73.Qoʻshkoʻpir tumani26,80,47,99,88,74.Tuproqqalʼa tumani41,91,612,114,913,35.Urganch tumani34,310,67,18,87,86.Urganch shahri7,10,22,12,52,37.Hazorasp tumani31,83,58,510,59,38.Xiva tumani37,51,810,713,211,89.Xiva shahri7,80,22,32,82,510.Xonqa tumani24,30,17,39,07,911.Shovot tumani29,70,68,710,89,612.Yangiariq tumani25,50,17,69,48,413.Yangibozor tumani24,90,37,49,18,1Toshkent shahri198,625,052,164,457,11.Bektemir tumani14,60,34,35,34,72.Mirzo Ulugʻbek tumani34,9*1,09,9*12,811,23.Mirobod tumani8,20,12,53,02,64.Olmazor tumani10,50,13,13,93,45.Sergeli tumani27,60,68,110,08,96.Uchtepa tumani11,00,13,34,13,57.Chilonzor tumani10,71,72,73,33,08.Shayxontohur tumani10,80,83,03,73,39.Yunusobod tumani15,5*0,14,65,75,110.Yakkasaroy tumani10,9*0,15,32,92,611.Yashnobod tumani28,81,58,210,19,012.Yangihayot tumani18,918,60,10,10,1
Izoh: Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi va Kadastr agentligining shaharsozlik hujjatlaridan kelib chiqib tayyorlagan xulosasi mavjud yer uchastkalari mulk huquqi asosida auksion savdolariga chiqariladi.
* Mulk huquqi asosida realizatsiya qilinadigan davlat-xususiy sheriklik loyihalari inobatga olingan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi PF-70-son Farmoniga4-ILOVA
2025-yilda foydali qazilmalarni qazib olish uchun foydalanish huquqi elektron onlayn auksion savdolariga chiqariladigan asosiy turdagi foydali qazilma kon va uchastkalari
T/rObyekt nomiJoylashgan joyiBelgilangan maqsadFoydali qazilma turi1.AkbaQashqadaryo viloyati Kitob tumaniQazib olisholtin2.TerekliToshkent viloyati Ohangaron tumaniGeologik oʻrganisholtin3.TolbuloqToshkent viloyati Piskent tumaniGeologik oʻrganisholtinkumush4.YambisqoqNavoiy viloyati Konimex tumaniGeologik oʻrganisholtin5.BalakarakNavoiy viloyati Konimex tumaniGeologik oʻrganisholtinkumush6.AvliyoJizzax viloyati Gʻallaorol tumaniGeologik oʻrganisholtin7.ChettikBuxoro viloyati Gʻijduvon tumaniGeologik oʻrganisholtinkumush8.TemirchiNavoiy viloyati Navbahor tumaniGeologik oʻrganisholtin9.PiraliNavoiy viloyati Navbahor tumaniGeologik oʻrganisholtin10.Zargar-1Samarqand viloyati Qoʻshrabot tumaniGeologik oʻrganisholtin11.AyaquduqNavoiy viloyati Tomdi tumaniGeologik oʻrganisholtin12.JonkeldiNavoiy viloyati Navbahor tumaniGeologik oʻrganisholtinkumush13.Sharqiy OqbelSamarqand viloyati Qoʻshrabot tumaniGeologik oʻrganisholtin14.YoʻlsoyJizzax viloyati Zomin tumaniGeologik oʻrganisholtin15.LaylakxonaToshkent viloyati Parkent tumaniGeologik oʻrganishtemir16.TemirliToshkent viloyati Parkent tumaniGeologik oʻrganishtemir17.QayroqtoshQoraqalpogʻiston Respublikasi Beruniy tumaniGeologik oʻrganisholtin18.AkkazatNavoiy viloyati Tomdi tumaniGeologik oʻrganisholtin19.KorumdiNavoiy viloyati Navbahor tumaniGeologik oʻrganisholtinkumush20.BeltogʻBuxoro viloyati Peshku tumaniGeologik oʻrganisholtin21.Bayram-1Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumaniGeologik oʻrganisholtinkumush22.YongʻoqliSurxondaryo viloyati Sariosiyo tumaniGeologik oʻrganishqoʻrgʻoshinrux23.QorakonSurxondaryo viloyati Sariosiyo tumaniGeologik oʻrganishqoʻrgʻoshinrux24.QirgʻoqliSurxondaryo viloyati Sariosiyo tumaniGeologik oʻrganishqoʻrgʻoshinrux25.OyraqNavoiy viloyati Tomdi tumaniGeologik oʻrganisholtin26.OydinbuloqNavoiy viloyati Navbahor tumaniGeologik oʻrganisholtinkumush27.ZargarJizzax viloyati Gʻallaorol tumaniGeologik oʻrganisholtin28.DuxonaSurxondaryo viloyati Uzun tumaniGeologik oʻrganishmis29.LapasSamarqand viloyati Paxtachi tumaniGeologik oʻrganishqalay30.ChigʻatoySamarqand viloyati Paxtachi tumaniGeologik oʻrganishtemir
Izoh: mazkur ilovada koʻrsatilgan foydali qazilma kon va uchastkalarni geologik oʻrganish va qazib olish uchun auksionga qoʻyishning boshlangʻich narxi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi PF-70-son Farmoniga5-ILOVA
Vazirlik va idoralar, davlat ishtirokidagi yirik korxonalarda xususiylashtirish va davlat-xususiy sheriklik masalalariga masʼul oʻrinbosarlarning
1. Raqobat rivojlangan va xususiy sektor kirib kelgan sohalardagi davlat mulkini sotish, shu jumladan, aktivlardan davlat-xususiy sherikchilik mexanizmini keng qoʻllash orqali samarali foydalanish yuzasidan takliflar ishlab chiqish.
2. Tizimdagi aktivlardan, xususan, nosohaviy va boʻsh turgan aktivlarni sotishga tayyorlash.
3. Mehnat unumdorligini oshirish va koʻrsatiladigan davlat xizmatlari sifatini oshirish maqsadida sohani raqamlashtirish hamda vazirlik va idora faoliyatiga xususiy sektorni keng jalb etish.
4. Davlat ishtirokidagi korxonalarning aksiyalarini xalqaro va milliy kapital bozorida birlamchi (IPO) va (yoki) ikkilamchi (SPO) ommaviy taklif etishga tayyorlash va jarayonni tashkil etish.
5. Xususiylashtirish dasturlariga asosan ommaviy savdolarga chiqarilgan davlat aktivlarini salohiyatli investorlarga sotish uchun doimiy ravishda targʻibot ishlarini olib borish.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi PF-70-son Farmoniga6-ILOVA
Tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida davlat aktivlarini xususiylashtirish va davlat mulkini ijaraga berish yoʻnalishlaridagi
I. Davlat aktivlarini xususiylashtirishda:
1. Sotib olish toʻloviga chegirma qoʻllash yoʻnalishida (davlat aktivi xaridorining chegirma berish toʻgʻrisidagi yozma (elektron) arizasiga muvofiq):
a) elektron onlayn auksion, tanlov va birja savdosida sotilgan (muzokaralarga ommaviy ravishda taklif qilish yoʻli bilan sotilgan davlat aktivi bundan mustasno) hamda qiymati bazaviy hisoblash miqdorining yigirma uch ming baravaridan yuqori boʻlgan davlat aktivining oldi-sotdi shartnomasi (birja bitimi) boʻyicha sotib olish toʻlovlari u tuzilgan kundan boshlab 6 oy davomida toʻlangan taqdirda, xaridorga jami summaga nisbatan 25 foiz chegirma qoʻllanadi, bundan chegirma qoʻllamaslik sharti bilan sotilgan, shuningdek, boshlangʻich narxi pasaytirilgan holda sotilgan davlat aktivlari mustasno. Bunda xaridorga sotib olish toʻlovlarini mazkur chegirmani qoʻllagan holda toʻlash imkoni beriladi;
b) 2027-yil 1-yanvarga qadar Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududida joylashgan elektron onlayn auksion savdolarida sotilgan davlat koʻchmas mulk obyektlari boʻyicha tuzilgan oldi-sotdi shartnomalariga muvofiq ularning qiymatidan qatʼi nazar toʻlovlar olti oy ichida toʻliq toʻlanganda shartnoma qiymatining 25 foiziga teng miqdorda chegirmalar beriladi;
v) Xorazm viloyatida joylashgan davlat koʻchmas mulk obyektlarini sotib olgan xaridor oldi-sotdi shartnomasi tuzilgan kundan boshlab ushbu obyekt qiymatidan qatʼi nazar olti oy ichida sotib olish toʻlovlarini toʻliq amalga oshirsa, sotib olish toʻlovlari summasidan 25 foiz miqdorida chegirma beriladi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 28-avgustdagi PF-177-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.09.2026-y., 06/26/177/0904-son)
2. Sotib olish toʻlovlarini boʻlib-boʻlib toʻlash yoʻnalishida:
a) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari yoki Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan boshqacha tartib oʻrnatilmagan boʻlsa, davlat aktivlarini xususiylashtirish boʻyicha oldi-sotdi shartnomasi (birja bitimi) tuzilgan kundan boshlab 15 foiz miqdorida avans toʻlovi 30 kalendar kunda toʻlanadi hamda sotib olish toʻlovlarini savdolar oʻtkazilgan sanadagi belgilangan bazaviy hisoblash miqdori (keyingi oʻrinlarda — BHM) baravari miqdorida hisoblanadigan sotib olish toʻlovlari miqdoridan kelib chiqqan holda, xaridorga 7 yilgacha boʻlgan muddatda foizlarsiz boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati beriladi, jumladan:
BHMning uch ming baravarigacha — oldi-sotdi shartnomasi tuzilgan kundan eʼtiboran uch oydan koʻp boʻlmagan muddatda;
BHMning uch ming baravaridan yuqori, biroq BHMning olti ming baravaridan koʻp boʻlmaganda — oldi-sotdi shartnomasi tuzilgan kundan eʼtiboran olti oydan koʻp boʻlmagan muddatda;
BHMning olti ming baravaridan yuqori, biroq BHMning oʻn ikki ming baravaridan koʻp boʻlmaganda — oldi-sotdi shartnomasi tuzilgan kundan eʼtiboran oʻn ikki oydan koʻp boʻlmagan muddatda;
BHMning oʻn ikki ming baravaridan yuqori, biroq BHMning oʻn besh ming baravaridan koʻp boʻlmaganda — oldi-sotdi shartnomasi tuzilgan kundan eʼtiboran oʻn sakkiz oydan koʻp boʻlmagan muddatda;
BHMning oʻn besh ming baravaridan yuqori, biroq BHMning oʻn sakkiz ming baravaridan koʻp boʻlmaganda — oldi-sotdi shartnomasi tuzilgan kundan eʼtiboran yigirma toʻrt oydan koʻp boʻlmagan muddatda;
BHMning oʻn sakkiz ming baravaridan yuqori, biroq BHMning yigirma ming baravaridan koʻp boʻlmaganda — oldi-sotdi shartnomasi tuzilgan kundan eʼtiboran oʻttiz oydan koʻp boʻlmagan muddatda;
BHMning yigirma ming baravaridan yuqori boʻlgan, biroq BXMning yigirma uch ming baravaridan yuqori boʻlmaganda — oldi-sotdi shartnomasi tuzilgan kundan eʼtiboran oʻttiz olti oydan koʻp boʻlmagan muddatda;
BHMning yigirma uch ming baravaridan yuqori boʻlganda va sotib olish toʻlovining 35 foizini uch oy davomida toʻlaganda — oldi-sotdi shartnomasi tuzilgan kundan eʼtiboran oltmish oydan koʻp boʻlmagan muddatda;
BHMning yigirma uch ming baravaridan yuqori boʻlganda va sotib olish toʻlovining 50 foizini olti oy davomida toʻlaganda — oldi-sotdi shartnomasi tuzilgan kundan eʼtiboran sakson toʻrt oydan koʻp boʻlmagan muddatda;
Bunda mazkur kichik bandda nazarda tutilgan boʻlib-boʻlib toʻlashning amal qilishi muzokaralarga ommaviy ravishda taklif qilish yoʻli bilan sotilgan davlat aktivlariga tatbiq etilmaydi.
(2-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 28-avgustdagi PF-177-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.09.2026-y., 06/26/177/0904-son)
b) 2027-yil 1-yanvarga qadar Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududida joylashgan:
auksion savdolarida sotilgan davlat koʻchmas mulk obyektlarining sotib olish narxidan qatʼi nazar barcha xaridorlarga xarid toʻlovlarini yetti yil muddatda boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati beriladi;
tuman hokimliklari balansidagi boʻsh turgan koʻchmas mulk obyektlarini xususiy maktabgacha taʼlim tashkiloti tashkil etish uchun davlat-xususiy sheriklik asosida tadbirkorlik subyektlariga berilgan, uch yildan soʻng xususiy sherikka davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimni imzolash paytida baholangan qiymatning 50 foizi miqdorida haq toʻlash hisobiga besh yil davomida toʻlash sharti bilan xususiylashtirish imkoni beriladi;
v) Xorazm viloyatida joylashgan xususiylashtirilayotgan davlat mulki boʻyicha toʻlovlarni, ularning miqdoridan qatʼi nazar, besh yil ichida teng ulushlarda boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati beriladi;
g) mehmonxona va turizm xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha davlat mulkini savdoga chiqarishda xarid toʻlovlari miqdoridan qatʼi nazar ularni besh yilgacha boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati beriladi;
d) “20 ming tadbirkor — 500 ming malakali mutaxassis” dasturida ishtirok etayotganligini tasdiqlovchi sertifikatga ega boʻlgan tadbirkorlik subyektlari auksionda davlat koʻchmas mulk obyektlarini sotib olganda tadbirkorlik subyektlari (Dasturga kiritilgan Toshkent shahridan roʻyxatdan oʻtgan tadbirkorlik subyektlari bundan mustasno) tomonidan yaratiladigan yangi ish oʻrinlari soniga qarab uch yildan besh yilgacha toʻlovlarni foizsiz toʻlash imkoniyati beriladi;
(2-bandning “e” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 28-avgustdagi PF-177-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.09.2026-y., 06/26/177/0904-son)
j) elektrotexnika sohasida investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun elektrotexnika sanoati korxonalari tomonidan ommaviy savdolar orqali sotib olinadigan davlat koʻchmas mulk obyektlari boʻyicha toʻlovlarni 10 yilgacha muddatda boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati beriladi;
z) xususiylashtirish dasturiga kirgan avtotransport vositalarini saqlash va texnik xizmat koʻrsatish uchun moʻljallangan davlat mulki obyektlari (avtokorxonalar) oʻz profilini saqlab qolgan holda ommaviy savdolarga chiqariladi (shahar markazida joylashganlari bundan mustasno).
Bunda obyektlarni savdoga chiqarishda xarid toʻlovlarini ularning miqdoridan qatʼi nazar, 5 yilgacha boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati nazarda tutiladi hamda olti oydan ortiq muddatda sotilmasdan turgan obyektlarning boshlangʻich bahosi 30 foizgacha pasaytiriladi;
i) boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan sotilgan davlat aktivlari boʻyicha kamida 35 foiz miqdoridagi dastlabki toʻlovni biryoʻla amalga oshirgan xaridorlarga mazkur davlat aktivlari Davlat aktivlari va qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini kredit taʼminoti sifatida garovga qoʻyish tartibi toʻgʻrisidagi nizom talablariga muvofiq kredit taʼminoti sifatida garovga qoʻyish huquqi beriladi;
k) tibbiyot va taʼlim tashkilotini tashkil etish uchun auksion savdolarida sotilgan davlat koʻchmas mulk obyektlarining sotib olish narxidan qatʼi nazar barcha xaridorlarga xarid toʻlovlarini besh yil muddatda boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati beriladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 28-avgustdagi PF-177-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.09.2026-y., 06/26/177/0904-son)
4. Ixtisoslashuvi hamda kichik biznes uchun mavjud sharoitdan kelib chiqib toifalarga ajratilgan Oʻzbekiston Respublikasining 4- va 5-toifadagi tuman va shaharlari uchun davlat mulki obyektlarini elektron savdolarga chiqarishda lotning zakalat miqdorini amaldagi stavkaga nisbatan 50 foiz qilib belgilash imkoniyati beriladi.
5. Boshlangʻich narxni pasaytirish mexanizmini qoʻllash yoʻnalishida:
a) davlat aktivlari ochiq elektron onlayn auksion va birja savdolarida uch oy davomida sotilmaganda ularning boshlangʻich narxi qoldiq (balans) qiymati yoki sof aktivlari miqdoridan qatʼi nazar 10 foizigacha bosqichma-bosqich 10 foizdan pasaytiriladi;
b) davlat aktivlari uch oy davomida sotilmaganda, ularni ochiq elektron onlayn auksion va tanlov savdolarida gibrid auksion (anglo-golland modeli) asosida realizatsiya qilishga ruxsat beriladi. Bunda takroriy auksion savdolari mol-mulkning boshlangʻich bahosidan boshlanib, savdo jarayonida dastlab narxni bosqichma-bosqich 2 foizdan pasaytirib borish tartibida, keyinchalik mulkni sotib olish taklifi bildirilganda taklif bildirilgan narxdan boshlab oshirib borish tartibida oʻtkaziladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 28-avgustdagi PF-177-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.09.2026-y., 06/26/177/0904-son)
6. Davlat mulkini sotishga ularni qismlarga ajratgan holda va ortiqcha yer uchastkalarini mahalliy davlat hokimiyati organlariga keyinchalik bu yerlarda qonunchilikda nazarda tutilgan maqsadlar uchun topshirish orqali yoʻl qoʻyiladi.
7. Ijarachilarga davlat koʻchmas mulk obyektlarini toʻgʻridan-toʻgʻri sotish yoʻnalishida:
a) tadbirkorlik subyektlari tomonidan “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali ijara shartnomalari boʻyicha ijaraga olinganiga kamida besh yil boʻlgan davlat mulki obyektini kapital taʼmirlash, modernizatsiya qilish, tevarak-atrofini obodonlashtirish hamda bino va inshootlarni turli darajada yaxshilash boʻyicha ishlar amalga oshirilgan va ijara toʻlovlari oʻz vaqtida toʻlab kelingan hamda ushbu obyekt xususiylashtirish dasturiga kiritilgan taqdirda, ularga ushbu davlat mulki obyektining ijaraga olingan qismi baholangan qiymatda toʻgʻridan-toʻgʻri sotib olish huquqi beriladi;
b) maydoni 10 ming metr kvadratgacha boʻlgan davlat mulki obyektlari Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartib asosida sanoatni jadal rivojlantirish boʻyicha loyiha ofislari tavsiyasiga asosan yuqori texnologiyali mahsulot yaratadigan tadbirkorlik subyektlariga 5 yil muddatga toʻgʻridan-toʻgʻri tekin foydalanishga beriladi hamda shartnoma shartlari bajarilgan taqdirda, ushbu tadbirkorlik subyektlariga baholangan qiymatda toʻgʻridan-toʻgʻri sotiladi;
v) 2025-yil 1-martdan boshlab hududi 10 ming metr kvadratdan, baholangan qiymati 5 ming BHMdan oshmagan hamda 6 oy davomida sotilmagan mahalliy davlat hokimiyati organlariga tegishli munitsipal koʻchmas mulk obyektlarini (Toshkent shahri va viloyat markazlari bundan mustasno) ikki yil ichida yangi loyihani ishga tushirish va ish oʻrinlari yaratish sharti bilan tadbirkorlik subyektlariga toʻgʻridan-toʻgʻri 10 yil muddatga ijaraga beriladi hamda davlat mulki uchun 4 yil davomida uzluksiz ijara toʻlovlarini amalga oshirgan va ijara shartnomasi shartlarini bajargan tadbirkorga baholangan qiymatda toʻgʻridan-toʻgʻri sotib olish imkoniyati beriladi.
8. Vazirlar Mahkamasi tomonidan roʻyxati tasdiqlanadigan “ogʻir” mahallalardagi davlat koʻchmas mulk obyektlarini ommaviy savdolarga chiqarishda ularning boshlangʻich narxi baholangan qiymatining 50 foizi miqdorida belgilanadi.
9. Davlat aktivlari uchun toʻlovning kamida 50 foizini toʻlagan xaridorlarga ularni rekonstruksiya qilish (yangidan qurish uchun buzish) va taʼmirlash huquqi beriladi.
(8 va 9-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 27-avgustdagi PF-174-sonli Farmoniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.09.2026-y., 06/26/174/0881-son)
II. Yer uchastkalarini realizatsiya qilishda:
1. Barcha turdagi yer uchastkalarining (qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalari va boshlangʻich narxi 50 foizdan ortiqqa pasaytirilgan holda realizatsiya qilingan yer uchastkalari bundan mustasno):
qiymati bazaviy hisoblash miqdorining sakkiz ming baravarigacha boʻlganda va oʻn besh ish kunida toʻliq toʻlangan taqdirda, jami summaga nisbatan 20 foiz chegirma beriladi;
qiymati bazaviy hisoblash miqdorining sakkiz ming baravari va undan yuqori boʻlganda hamda olti oy davomida toʻliq toʻlangan taqdirda, jami summaga nisbatan 25 foiz chegirma beriladi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 28-avgustdagi PF-177-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.09.2026-y., 06/26/177/0904-son)
2. Sotib olish toʻlovlarini boʻlib-boʻlib toʻlash yoʻnalishida:
a) Savdo-sanoat palatasi tomonidan berilgan “20 ming tadbirkor — 500 ming malakali mutaxassis” dasturida ishtirok etayotganligini tasdiqlovchi sertifikatga ega tadbirkorlik subyektlari (Dasturga kiritilgan Toshkent shahridan roʻyxatdan oʻtgan tadbirkorlik subyektlari bundan mustasno) auksionda davlat mulkidagi yerga boʻlgan huquqlarni sotib olganda tadbirkorlik subyektlari tomonidan yaratiladigan yangi ish oʻrinlari soniga qarab 3 yildan 5 yilgacha toʻlovlarni foizsiz toʻlash imkoniyati beriladi.
b) qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini mulk huquqi yoki ijara huquqi asosida sotib olishda 15 foiz miqdorida avans toʻlovi oldi-sotdi (yer ijara) shartnomasi tuzilgan kundan boshlab 30 kalendar kunda toʻlanadi hamda xaridorlarga sotib olish qiymatini quyidagi muddatlarda har oyda teng ulushlarda foizsiz boʻlib-boʻlib toʻlashga ruxsat beriladi:
Toshkent shahrida — 1 yil davomida hamda Nukus shahri va viloyatlar markazlarida — 3 yil davomida;
boshqa aholi punktlarida — 5 yil davomida, ixtisoslashuvi hamda kichik biznes uchun mavjud sharoitdan kelib chiqib toifalarga ajratilgan Oʻzbekiston Respublikasining 4- va 5-toifalardagi tumanlarida esa 10 yil davomida;
(2-bandning “b” kichik band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 28-avgustdagi PF-177-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.09.2026-y., 06/26/177/0904-son)
v) erkin iqtisodiy, kichik va yoshlar sanoat zonalarida investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun auksion orqali yer ijaraga olinganda ijara toʻlovlari loyiha ishga tushgunga qadar, biroq 2 yildan koʻp boʻlmagan muddatga toʻlash kechiktirilishi mumkin;
g) sotib olish toʻlovlari bazaviy hisoblash miqdorining sakkiz ming baravaridan yuqori boʻlgan elektron onlayn auksion savdolarida sotilgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalari boʻyicha quyidagi tartibda:
50 foiz toʻlovni olti oy davomida toʻlagan xaridorga qolgan summani 7 yil davomida;
35 foiz toʻlovni uch oy davomida toʻlagan xaridorga qolgan summani 5 yil davomida foizsiz boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati beriladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 28-avgustdagi PF-177-sonli Farmoniga asosan “g” kichik band bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.09.2026-y., 06/26/177/0904-son)
3. Ixtisoslashuvi hamda kichik biznes uchun mavjud sharoitdan kelib chiqib toifalarga ajratilgan Oʻzbekiston Respublikasining 4- va 5-toifadagi tuman va shaharlarida davlat mulki hisoblangan yer uchastkalarini elektron savdolarga chiqarishda preferensiyalar berish maqsadida lotning boshlangʻich zakalat miqdori (amaldagi stavkaga nisbatan) 50 foiz miqdorida belgilanadi.
4. Boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan sotilgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalari boʻyicha kamida 35 foiz miqdoridagi dastlabki toʻlovni biryoʻla amalga oshirgan xaridorlarga mazkur yer uchastkalarini Davlat aktivlari va qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini kredit taʼminoti sifatida garovga qoʻyish tartibi toʻgʻrisidagi nizom talablariga muvofiq kredit taʼminoti sifatida garovga qoʻyish huquqi beriladi.
Bunda 4 va 5-toifalarga kiritilgan tumanlarda joylashgan mulk huquqi asosida sotib olingan qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini kredit taʼminoti sifatida garovga qoʻyish dastlabki toʻlov miqdori 15 foiz miqdorida boʻlganda amalga oshiriladi.
5. Ochiq auksion savdolariga chiqarilgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalari uch oy davomida sotilmaganda, ularning boshlangʻich narxi 30 foizigacha, olti oy davomida sotilmaganda 10 foizigacha bosqichma-bosqich 10 foizdan pasaytiriladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 28-avgustdagi PF-177-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.09.2026-y., 06/26/177/0904-son)
6. Vazirlar Mahkamasi tomonidan roʻyxati tasdiqlanadigan “ogʻir” mahallalardagi qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalari elektron onlayn auksion savdolariga boshlangʻich qiymati 50 foizga kamaytirilgan holda (savdoga chiqarish va sotish xarajatlari miqdoridan kam boʻlmagan miqdorda) chiqariladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 28-avgustdagi PF-177-sonli Farmoniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.09.2026-y., 06/26/177/0904-son)
III. Davlat mulki obyektlarini ijaraga berishda:
1. Ijara toʻlovlariga chegirma qoʻllash yoʻnalishida:
a) uch oydan ortiq muddatga oʻttiz nafardan ziyod kasanachilarni belgilangan tartibda jalb qilgan va kasanachilik asosida ishlab chiqarilgan mahsulotlarni (koʻrsatilgan xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olgan daromadlari jami daromadining 60 foizidan koʻprogʻini tashkil etgan tadbirkorlik subyektlariga hududlar kesimida belgilangan shartlar asosida 2026-yil 1-yanvarga qadar davlat mulki obyektlaridan foydalanganlik uchun ijara toʻlovlari 50 foiz miqdorida belgilanadi;
b) nodavlat sport-taʼlim muassasasi tomonidan jismoniy tarbiya va sport xizmatlarini koʻrsatish uchun foydalaniladigan bino va inshootlar ijara toʻlovi xarajatlari 2026-yil 1-yanvarga qadar 50 foizga kamaytiriladi;
v) sport toʻgaraklarini tashkil etish uchun mahallada boʻsh turgan davlat mulki hisoblangan bino va inshootlar elektron savdolar oʻtkazmagan holda ushbu obyektga nisbatan belgilangan eng kam ijara toʻlovi stavkasining 50 foizi miqdorida ijaraga beriladi;
g) moddiy madaniy meros obyektlarini investitsiya kiritish sharti bilan ijaraga olgan tadbirkorlik subyektlari ular bilan shartnoma tuzilgan kundan boshlab besh yil muddatga ijara toʻlovining hisoblab chiqilgan qiymatining 80 foizi miqdorida ijara toʻlovini toʻlashdan ozod etiladi;
d) hududlarda boʻsh turgan va bir yildan buyon auksion savdolarida sotilmasdan turgan davlat mulki boʻlgan bino va inshootlar, shuningdek, kasb-hunar kollejlarining foydalanilmasdan boʻsh turgan binolari “20 ming tadbirkor — 500 ming malakali mutaxassis” dasturi ishtirokchilariga (Dasturga kiritilgan Toshkent shahridan roʻyxatdan oʻtgan tadbirkorlik subyektlari bundan mustasno) oʻz xodimlarini oʻqitish va malakasini oshirish hamda amaliy monomarkaz tashkil qilish uchun foydalanishga tanlov (talabgor yagona boʻlganda — toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma) asosida ijara stavkasining minimal miqdori boʻyicha ijaraga beriladi;
e) Olimpiya va Paralimpiya hamda Osiyo va Paraosiyo oʻyinlari, jahon, Osiyo va respublika chempionatlarida oxirgi 5 yilda gʻolib va sovrindor (1 — 3 oʻrin) boʻlgan sportchi-trenerlarga, shuningdek, olis va chekka hududlarda faoliyat yurituvchi sportchi-trenerlarga sport toʻgaraklarini tashkil etish uchun tuman va shaharlarda boʻsh turgan davlat mulki hisoblangan bino va inshootlar elektron savdolar oʻtkazmagan holda ushbu obyektga nisbatan belgilangan eng kam ijara toʻlovi stavkasining 50 foizi miqdorida ijaraga beriladi;
j) mahalliy ijro hokimiyati organlari tomonidan davlatning koʻchmas mulkidan foydalanganlik uchun ijara haqining minimal stavkasini har yili belgilash chogʻida sogʻliqni saqlash tashkilotlari tomonidan davlat mulki uchun ijara haqining minimal stavkasi 20 foizga kamaytiriladi;
z) “Ayollar daftari”ga kiritilgan kamida 5 nafar ishsiz xotin-qizlarni kasanachilik asosida ishga qabul qilgan tadbirkorlik subyektlari tomonidan davlat mulkidagi bino va inshootlarni ijaraga olishda imtiyoz berish shartlariga mos boʻlganda ijara haqi 50 foiz miqdorda undiriladi;
i) “Yoshlar daftari”ga kiritilgan ishsiz yoshlarni ishga qabul qilgan tadbirkorlik subyektlariga davlat mulkini ijaraga olishda ijara toʻlovlaridan taqdim etiladigan imtiyozlar roʻyxatida belgilangan mezonlarga muvofiq “Yoshlar daftari”ga kiritilgan ishsiz yoshlarni ishga qabul qilganda umumiy ijara maydoniga nisbatan ijara toʻlovlaridan 50 foiz miqdorda imtiyoz beriladi;
k) davlat mulkini ijaraga olgan alohida toifadagi (2018-yil 1-avgustdan boshlab imtiyozlar va preferensiyalar beriladigan alohida toifadagi tadbirkorlik subyektlari roʻyxatidagi) tadbirkorlik subyektlariga ijara toʻlovi ushbu obyektga nisbatan auksion savdolari natijalari boʻyicha shakllangan ijara toʻlovining 50 foizi miqdorida belgilanadi;
l) ijara shartnomasi tuzilgan kundan boshlab ijaraga oluvchi tomonidan yillik ijara toʻlovlari bir oy davomida toʻlangan taqdirda, unga yillik ijara summasidan mazkur shartnoma tuzilgan sanadagi Markaziy bankning asosiy stavkasi miqdorida chegirma beriladi, bundan chegirma qoʻllamaslik sharti bilan ijaraga berilgan hamda bir yildan kam muddatga tuzilgan va boshqa imtiyozlar qoʻllangan ijara shartnomalari mustasno.
2. Auksionga chiqariladigan obyektlarning boshlangʻich narxini belgilash yoʻnalishida:
a) madaniy meros obyektlarini, shuningdek, mehmonxonalar, bozorlar, mahalla guzarlari va shu kabi aholi gavjum boʻladigan boshqa joylarda davlat koʻchmas mulk obyektlaridan joylarni hunarmandlarga ijaraga berishda auksionga chiqariladigan boshlangʻich narx amaldagi stavkaga nisbatan 50 foiz miqdorida belgilanadi.
(2-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 28-avgustdagi PF-177-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.09.2026-y., 06/26/177/0904-son)
b) ixtisoslashuvi hamda kichik biznes uchun mavjud sharoitdan kelib chiqib toifalarga ajratilgan Oʻzbekiston Respublikasining 4- va 5-toifadagi shahar va tumanlaridagi tadbirkorlik subyektlariga davlat mulki obyektlarini ijaraga berishda auksionga chiqariladigan boshlangʻich narx (amaldagi stavkaga nisbatan) 50 foiz stavkada belgilanadi;
v) olti oy davomida elektron onlayn auksion savdolarida ijaraga berilmagan obyektlarning boshlangʻich narxi 50 foiz pasaytirilgan qiymatda belgilanadi. Bunda boshlangʻich narx pasaytirilganda ham ijaraga berilmasa, ushbu auksion unda bir ishtirokchi qatnashgan taqdirda ham, istisno tariqasida, oʻtkazilgan deb hisoblanadi.
3. Sanoat zonalarida bino va inshootlarni elektron onlayn auksion orqali ijaraga berishda toʻlovlarni yigirma toʻrt oy muddatda boʻlib-boʻlib toʻlashga ruxsat beriladi.
4. Tekin foydalanishga berish yoʻnalishida:
a) Kasbiy koʻnikmalar markazlari hamda vazirlik tasarrufidagi boshqa binolar (inshootlar) yoki ularning bir qismi jihozlari bilan birga ularda kasb-hunar va xorijiy tillarga oʻqitish kurslarini hamda dual taʼlim tashkil qilish sharti bilan ish beruvchilarga va taʼlim tashkilotlariga toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar asosida tekin foydalanishga yoki uzoq muddatli ijaraga beriladi;
(4-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 28-avgustdagi PF-177-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.09.2026-y., 06/26/177/0904-son)
b) IT parkning tavsiyanomasiga asosan boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk obyektlari, Raqamli texnologiyalar vazirligi tizimidagi tashkilotlari hamda IT park filiallarining davlat mulki boʻlgan boʻsh binolari va maydonlari (xonalari) bir yilgacha muddatga tekin foydalanish huquqi asosida beriladi.
Bunda, bir yil muddat tugagandan soʻng IT-xizmatlar eksport qiluvchi korxonalarni keng jalb qilishga qaratilgan dasturda ishtirok etuvchi korxonalar bilan ularga tekin foydalanish huquqi asosida berilgan bino va maydonlar (xonalar) yuzasidan “E-auksion” elektron savdo platformasida bir metr kvadrat maydon uchun tegishli hudud boʻyicha oxirgi hisobot davrida shakllangan oʻrtacha ijara haqi miqdorida toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma tuziladi;
v) davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida ovqatlantirish autsorsing usulida tashkil etilganda ijara shartnomasi doirasida autsorserga vaqtincha foydalanishga beriladigan oshxonaning ishlab chiqarish xonalari, asbob-uskunalari, idish-tovoqlari va mebeli tekin foydalanish huquqi bilan beriladi;
g) Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi aʼzosi boʻlgan yosh tadbirkorlarga Yoshlar tadbirkorlik klasterlari hududida joylashgan ishlab chiqarish maydonlari korxona tashkil topguniga qadar, ammo 5 yildan koʻp boʻlmagan muddatga tekin foydalanish huquqi bilan beriladi;
d) Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi aʼzosi boʻlgan yosh tadbirkorlarga erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari hududida joylashgan davlat mulki Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining shahar hamda tuman kengashlarining iltimosiga koʻra 5 yildan koʻp boʻlmagan muddatga tekin foydalanish huquqi bilan beriladi;
e) Navoiy viloyatining Tomdi, Uchquduq, Konimex, Nurota tumanlari va Zarafshon shahrida joylashgan foydalanilmay boʻsh yotgan davlat obyektlari ular negizida tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyish istagini bildirgan tadbirkorlik subyektlariga yangi ish oʻrinlari yaratish sharti bilan tekin foydalanish huquqi bilan oʻn yil muddatgacha beriladi;
j) “Yashil energiya” kompaniyasi oʻz hisobidan davlat organlari va tashkilotlari bino va inshootlarida qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini oʻrnatganda ushbu bino va inshootlarning tegishli qismlaridan ijara huquqi asosida bepul foydalanadi. Bunda ijara shartnomalari belgilangan tartibda soliq organlarida roʻyxatdan oʻtkaziladi;
z) xususiy shaxmat klublariga ular tomonidan shaxmat toʻgaraklarini tashkil etish va aholiga xizmat koʻrsatish uchun davlat mulki obyektlari va hududlardagi Yoshlar markazlaridan ijara toʻlovlarisiz (kommunal toʻlovlar bundan mustasno) joy ajratiladi;
i) ishlab chiqarish sohasida faoliyat yuritayotgan va xodimlar umumiy sonining kamida 70 foizi “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar boʻlgan va davlat mulkini ijaraga olgan tadbirkorlik subyektlari imtiyoz berish shartlariga mos boʻlganda ijara haqi toʻlovidan 5 yil muddatga ozod etiladi;
k) ishlab chiqarish sohasida faoliyat yuritayotgan va xodimlar umumiy sonining kamida 70 foizi “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar boʻlgan kasanachilikni tashkil etgan va imtiyoz berilgan davrda ularning bandligini saqlab qolgan tadbirkorlik subyektlari davlat mulkidagi bino va inshootlar uchun ijara haqi toʻlovidan 2027-yil 1-oktabrga qadar ozod etiladi.
Izoh:
1. Imtiyoz va qoʻllab-quvvatlash choralaridan bir vaqtning oʻzida bir yoki bir nechtasi qoʻllanadi.
2. Imtiyoz va qoʻllab-quvvatlash choralari bir-biriga zid kelgan taqdirda, davlat aktivlari va yer uchastkalarini realizatsiya qilish jarayonida ishtirok etuvchi shaxslar uchun eng manfaatlisi qoʻllanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi PF-70-son Farmoniga7-ILOVA
Davlat mulkini boshqarish sohasida qonun hujjatlarini takomillashtirish va xususiylashtirish jarayonlarini jadallashtirish boʻyicha
T/rChora-tadbirlar nomiAmalga oshirish mexanizmiIjro muddatiMasʼul ijrochilar1.Vazirlik va idoralarda xususiylashtirish va davlat-xususiy sheriklik masalalari bilan shugʻullanadigan rahbar oʻrinbosarlari hamda davlat ishtirokidagi yirik korxonalardagi moliya, transformatsiya va xususiylashtirish boʻyicha birinchi oʻrinbosarlar faoliyatini tashkil etish va quyidagilarni ularning vazifalari etib belgilash:raqobat rivojlangan va xususiy sektor kirib kelgan sohalardagi davlat mulkini sotish, shu jumladan, aktivlardan davlat-xususiy sheriklik mexanizmini keng qoʻllash orqali samarali foydalanish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;tizimdagi aktivlarni, xususan, nosohaviy va boʻsh turgan aktivlarni sotishga tayyorlash;mehnat unumdorligini oshirish va koʻrsatiladigan davlat xizmatlari sifatini yaxshilash maqsadida sohani raqamlashtirish va faoliyatga xususiy sektorni keng jalb etish;davlat ishtirokidagi korxonalarning aksiyalarini xalqaro va milliy kapital bozorida birlamchi (IPO) va (yoki) ikkilamchi (SPO) ommaviy taklif etishga tayyorlash va jarayonni tashkil etish;xususiylashtirish dasturlariga asosan ommaviy savdolarga chiqarilgan davlat aktivlarini salohiyatli investorlarga sotish uchun doimiy ravishda targʻibot ishlarini olib borish.1. Xususiylashtirish va davlat-xususiy sheriklik masalalari bilan shaxsan shugʻullanish rahbar oʻrinbosarlaridan biriga yuklatiladigan vazirlik va idoralarning roʻyxatini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish.Bir oy muddatdaIqtisodiyot va moliya vazirligi(I. Norqulov),Davlat aktivlari agentligi(A. Ortikov)2. Davlat ishtirokidagi yirik korxonalarning tashkiliy tuzilmasini transformatsiya qilish boʻyicha masʼul oʻrinbosar lavozimini moliya, transformatsiya va xususiylashtirish boʻyicha birinchi oʻrinbosar lavozimiga oʻzgartirish orqali qayta koʻrib chiqish va tasdiqlash.Bir oy muddatda3. Vazirlik va idoralar hamda davlat ishtirokidagi yirik korxonalarda rahbar oʻrinbosarlariga xususiylashtirish va davlat-xususiy sheriklik masalalari boʻyicha yuklatilgan vazifalar bajarilishi koʻrsatkichlarini ular faoliyatining eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlarida (KPI) inobatga olgan holda baholab borish.Yil yakunlari boʻyichaIqtisodiyot va moliya vazirligi(I. Norqulov),Davlat aktivlari agentligi(A. Ortikov),vazirlik va idoralar4. Vazirlik va idoralar hamda davlat ishtirokidagi yirik korxonalarda joriy etilgan xususiylashtirish masalalariga masʼul rahbar oʻrinbosarlari tomonidan tizimdagi korxonalar va koʻchmas mulk obyektlaridan samarali foydalanish ahvoli yuzasidan Davlat aktivlari agentligiga axborot kiritib borish.Har yili 1-avgustga qadarVazirlik va idoralar, davlat ishtirokidagi yirik korxonalar2.Xususiylashtirish dasturlariga kiritilgan aktivlarga boʻlgan huquqlarni qayta rasmiylashtirish tizimini takomillashtirish.Xususiylashtirish dasturlariga kiritilgan davlat aktivlarini (koʻchmas mulk, ulush, aksiyalar paketlari) Davlat aktivlari agentligi buyurtmasi asosida unga bir tomonlama topshirish-qabul qilish dalolatnomasi (Depo topshiriqnomasi) asosida Davlat aktivlari agentligiga soʻzsiz qayta rasmiylashtirish.Buyurtma berilgandan soʻng bir hafta muddatdaKadastr agentligi(F. Pulatov),Adliya vazirligi(A. Tashkulov),Majburiy ijro byurosi(M. Egamberdiyev),Soliq qoʻmitasi(Sh. Kudbiyev)3.Xususiylashtirilgan yer uchastkalari boʻyicha soliqqa tortish tizimini takomillashtirish.Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va yuridik shaxslari tomonidan ularga doimiy foydalanish (egalik qilish), ijara yoxud meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asosida tegishli boʻlgan yer uchastkalari xususiylashtirilganda hamda yer uchastkalari mulk huquqi asosida sotilganda ular boʻyicha soliq hisoblash tizimini takomillashtirish yuzasidan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish.Uch oy muddatdaIqtisodiyot va moliya vazirligi(A. Xaydarov),Soliq qoʻmitasi(Sh. Kudbiyev)4.Egasiz koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni rasmiylashtirish tartibini takomillashtirish.Egasiz koʻchmas mol-mulklarni (uy-joy fondidan tashqari) aniqlash, ularni hisobga olish va davlat mulkiga oʻtkazish tartibini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.Bunda egasiz koʻchmas mol-mulklar sud qarori asosida davlat mulkiga oʻtkazilishini inobatga olib, tegishli sudga daʼvo arizalarini Davlat aktivlari agentligi tomonidan kiritilishini nazarda tutish.Uch oy muddatdaKadastr agentligi(F. Pulatov),Adliya vazirligi(A. Tashkulov),Davlat aktivlari agentligi(A. Ortikov)5.Respublika va munitsipal mulk obyektlarini belgilash mezonlaridan kelib chiqib mulklarni toifalarga ajratish.Davlat mulkiga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi vakolatli davlat organlari tomonidan respublika va munitsipal mulk obyektlarini belgilash mezonlaridan kelib chiqqan holda mazkur mulklarning toifasi toʻgʻrisidagi tegishli maʼlumotlarni oʻzlarining axborot tizimlariga kiritish.Ikki oy muddatdaAdliya vazirligi(A. Tashkulov),Ichki ishlar vazirligi(B. Abdullayev),Kadastr agentligi(F. Pulatov),“Qimmatli qogʻozlarning markaziy depozitariysi” AJ(Sh. Abdujabbarov)6.Xususiylashtirish sohasidagi qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish.Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat mulkini xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi Qonuniga quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishga oid qonun loyihasini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish:qonunchilik hujjatlari bilan xususiylashtirish sohasida taqdim etilgan imtiyoz va qoʻllab-quvvatlash choralarini tizimlashtirilgan holda qonunda nazarda tutish hamda xususiylashtirishdagi imtiyoz va qoʻllab-quvvatlash choralarini faqat qonun bilan taqdim etish;xususiylashtirish natijalari qayta koʻrib chiqilmasligi va bekor qilinmasligi;xususiylashtirish sohasidagi vakolatli davlat organi xodimlarining kasbiy faoliyati bilan bogʻliq javobgarlik va xatarlarni sugʻurtalash;xususiylashtirish dasturlariga kiritilgan davlat aktivlarini (koʻchmas mulk, ulush, aksiya paketlari) xususiylashtirish sohasidagi vakolatli davlat organi buyurtmasi asosida unga bir tomonlama topshirish-qabul qilish dalolatnomasi (Depo topshiriqnomasi) asosida rasmiylashtirish.Ikki oy muddatdaDavlat aktivlari agentligi(A. Ortikov),manfaatdor vazirlik va idoralar7.Qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish jarayonlarini jadallashtirish.Oʻzbekiston Respublikasining “Qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi Qonuniga elektron onlayn auksion savdolari orqali ijara huquqi asosida sotib olingan qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalari Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va (yoki) yuridik shaxslari tomonidan xususiylashtirilishi mumkinligini nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishga oid qonun loyihasini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish.Ikki oy muddatdaQurilish va kommunal xoʻjaligi vazirligi (Sh. Xidoyatov),Kadastr agentligi(F. Pulatov),Davlat aktivlari agentligi(A. Ortikov), manfaatdor vazirlik va idoralar8.Maydoni 10 ming metr kvadratgacha boʻlgan davlat mulki obyektlarini Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartib asosida yuqori texnologiyali mahsulot yaratadigan tadbirkorlik subyektlariga 5 yil muddatga toʻgʻridan-toʻgʻri tekin foydalanishga berish hamda shartnoma shartlari bajarilgan taqdirda ushbu tadbirkorlik subyektlariga baholangan qiymatda toʻgʻridan-toʻgʻri sotish.1. Maydoni 10 ming metr kvadratgacha boʻlgan davlat mulki obyektlarini Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartib asosida sanoatni jadal rivojlantirish boʻyicha loyiha ofislari tavsiyasiga asosan yuqori texnologiyali mahsulot yaratadigan tadbirkorlik subyektlariga 5 yil muddatga tekin foydalanish huquqi asosida berish tartibini takomillashtirish yuzasidan Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish.Bunda davlat mulki ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarining yuqori intensivligini talab qiladigan texnologik mahsulotlar, shu jumladan, elektronika va aloqa uskunalari, shuningdek, baʼzi farmatsevtika preparatlari, kimyoviy mahsulotlar va mashinalarni ishlab chiqarish bilan shugʻullanadigan tadbirkorlik subyektlariga berilishini nazarda tutish.2. Hukumat qarori loyihasini tegishli vazirlik va idoralar bilan belgilangan tartibda kelishgan holda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.Ikki oy muddatdaDavlat aktivlari agentligi(A. Ortikov),Iqtisodiyot va moliya vazirligi(I. Norqulov),Innovatsion rivojlanish agentligi(Sh. Rajabbayev),Fanlar akademiyasi(Sh. Ayupov),Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi(A. Jumanazarov),manfaatdor vazirlik va idoralar9.Boshlangʻich narxini bosqichma-bosqich pasaytirish mexanizmi qoʻllangandan keyin ham bir yildan ortiq muddatda sotilmagan hamda xaridorlar uchun jozibadorligi boʻlmagan koʻchmas mulk obyektlaridan samarali foydalanish.Boshlangʻich narxi bosqichma-bosqich pasaytirilgandan keyin ham sotilmagan koʻchmas mulk obyektlarini yuridik shaxslar ustav kapitaliga ulush sifatida kiritish tartibini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish.Ikki oy muddatdaDavlat aktivlari agentligi(A. Ortikov),manfaatdor vazirlik va idoralar10.Hududlarda davlat tashkilotlari, davlat ishtirokidagi korxonalarning maʼmuriy binolaridan samarali foydalanishni tashkil etish orqali savdo va servis sohasini rivojlantirish uchun zarur maydonlarni ajratish.1. Toshkent va Nukus shaharlari, viloyatlar, tuman va shahar markazlaridagi davlat tashkilotlari, davlat ishtirokidagi korxonalarning maʼmuriy binolarini xatlovdan oʻtkazish.Bir oy muddatdaDavlat aktivlari agentligi(A. Ortikov),Kadastr agentligi(F. Pulatov), manfaatdor vazirlik va idoralar,mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari2. Xatlov natijasida aniqlangan binolarning birinchi qavatidagi samarasiz foydalanayotgan maydonlarni maqbullashtirish hisobiga boʻshatish (bundan toʻliq sotiladigan va alohida ahamiyatga ega maʼmuriy binolar mustasno).Ikki oy muddatda3. Maʼmuriy binolarning boʻshatilgan maydonlarini ijaraga berish uchun elektron onlayn auksion savdolariga chiqarish.Uch oy muddatda11.“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJni transformatsiya qilish doirasida uning moliyaviy barqarorligini taʼminlash.1. Hududlarda joylashgan “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJga qarashli har bir aktivlarning samaradorligini, soha faoliyatiga bogʻliqligini Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birga qayta oʻrganib chiqish. Bunda nosohaviy boʻlgan obyektlar, shu jumladan, ijtimoiy soha obyektlarini sotishga qaratilgan alohida dastur loyihasini ishlab chiqib, tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish.Bir oy muddatda“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ(Z. Narzullayev),Iqtisodiyot va moliya vazirligi(X. Mustafayev),Davlat aktivlari agentligi(A. Ortikov),Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari2. Professional konsultantlarni jalb qilgan holda “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ tizimidagi sanoat korxonalarining operatsion samaradorligini oshirish hamda ularni sotishga tayyorlash choralarini koʻrish.Uch oy muddatda12.Hududlarda davlat koʻchmas mulk obyektlarini xususiylashtirish jarayonlarini jadallashtirish tizimini takomillashtirish.1. Savdo-sanoat palatasining hududiy boʻlinmalariga “Davlat mulki” axborot tizimi orqali davlat koʻchmas mulk obyektlarini xususiylashtirish uchun toʻgʻridan-toʻgʻri onlayn auksion savdolariga chiqarish boʻyicha ariza berish huquqini taqdim etishni nazarda tutuvchi idoraviy normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqib, tasdiqlash.2. Qonunchilik hujjatlariga Savdo-sanoat palatasining hududiy boʻlinmalari hamda mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha tuman (shahar) hokimlarining yordamchilari arizasi asosida sotilgan boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk obyektlarini sotishdan tushgan mablagʻlarning boshlangʻich narxidan oshgan qismining 10 foizini tegishlicha Savdo-sanoat palatasiga hamda hokim yordamchilarini ragʻbatlantirish uchun Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining Hokim yordamchilari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi va obyekt joylashgan mahalla fuqarolar yigʻiniga teng ulushlarda oʻtkazib berishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish.Ikki oy muddatdaDavlat aktivlari agentligi(A. Ortikov),Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi(B. Zaxidov),Savdo-sanoat palatasi(D. Vaxabov),manfaatdor vazirlik va idoralar13.Davlat aktivlari agentligi tomonidan davlat aktivlarini sotish boʻyicha oldi-sotdi shartnomalari va davlat koʻchmas mulk obyektlarini ijaraga berish shartnomalari boʻyicha tadbirkorlik subyektlari tan olgan qarzdorliklarni inkasso topshiriqnomalari asosida undirish tartibini joriy etish.Qonunchilik hujjatlariga davlat aktivlari agentligi tomonidan davlat aktivlarini sotish boʻyicha oldi-sotdi shartnomalari va davlat koʻchmas mulk obyektlarini ijaraga berish shartnomalari boʻyicha tadbirkorlik subyektlari tan olgan qarzdorliklarni inkasso topshiriqnomalari asosida undirish tartibini joriy etishni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish.Ikki oy muddatdaDavlat aktivlari agentligi(A. Ortikov),Markaziy bank(T. Ishmetov),manfaatdor vazirlik va idoralar14.Ommaviy savdolarga chiqarilgan davlat koʻchmas mulk obyektlarini sotish jarayonlarini jadallashtirish.Ommaviy savdolarga chiqarilgan davlat koʻchmas mulk obyektlarini (Toshkent va Nukus shaharlari, viloyatlar markazlaridagi obyektlar bundan mustasno) sotish uchun “E-auksion” elektron savdo platformasida akkreditatsiyadan oʻtgan rieltorlik tashkilotlarini Davlat aktivlari agentligi tomonidan xizmat koʻrsatish shartnomasi asosida jalb etishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish.Bunda rieltorlik tashkilotlari tomonidan koʻrsatilgan xizmatlar haqi Davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya va xususiylashtirish jamgʻarmasidan toʻlanishini nazarda tutish.Ikki oy muddatdaDavlat aktivlari agentligi(A. Ortikov),manfaatdor vazirlik va idoralar15.Davlat mulkini xususiylashtirish jarayonlarini yanada jadallashtirish hamda elektron onlayn-auksion savdolari ishtirokchilari uchun teng sharoitlar yaratish tizimini takomillashtirish.Davlat aktivlari agentligiga yuklatilgan vazifalardan kelib chiqib, u tomonidan bir vaqtning oʻzida ham buyurtmachi hamda davlat ishtirokidagi korxonalarda aksiyador (ishtirokchi) funksiyasini bajarishini inobatga olib, Oʻzbekiston Respublikasining “Raqobat toʻgʻrisida”gi Qonuniga davlat va davlat ishtirokidagi korxonalarning mol-mulklari, ijro hujjatlari boʻyicha mol-mulklar (mulkiy huquqlar), yer uchastkalari hamda boshqa mol-mulklarni sotib olish va ijaraga olish boʻyicha oʻtkaziladigan onlayn-auksion savdolarida ayni bir lotda faqat affillangan shaxslarning yoki oʻzaro manfaatdor shaxslarning ishtirok etishiga, shu jumladan, operator va (yoki) buyurtmachi bilan oʻzaro manfaatdor boʻlgan yoxud ular bilan affillangan shaxslarning ishtirok etishiga imkoniyat yaratishni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishga oid qonun loyihasini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish.Ikki oy muddatdaDavlat aktivlari agentligi(A. Ortikov),Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi(H. Turaxujayev),manfaatdor vazirlik va idoralar16.Tadbirkorlik subyektlariga “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali ijara shartnomalari boʻyicha ijaraga olinganiga kamida besh yil boʻlgan davlat mulki obyektini baholangan qiymatda toʻgʻridan-toʻgʻri sotib olish huquqini berish.1. Tadbirkorlik subyektlari tomonidan “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali ijara shartnomalari boʻyicha ijaraga olinganiga kamida besh yil boʻlgan davlat mulki obyektlarini xatlovdan oʻtkazish.Uch oy muddatdaDavlat aktivlari agentligi(A. Ortikov),manfaatdor vazirlik va idoralar2. Kapital taʼmirlash, modernizatsiya qilish, tevarak-atrofini obodonlashtirish hamda bino va inshootlarni turli darajada yaxshilash boʻyicha ishlar amalga oshirilgan va ijara toʻlovlari oʻz vaqtida toʻlab kelingan davlat mulki obyektlari roʻyxatini tasdiqlash boʻyicha Davlat aktivlari agentligining tegishli buyrugʻini qabul qilish.Bir oy muddatda3. Davlat aktivlari agentligining tegishli buyrugʻi bilan roʻyxati tasdiqlangan davlat mulki obyektlari ijarachilariga ushbu davlat mulki obyektining ijaraga olingan qismini baholangan qiymatda toʻgʻridan-toʻgʻri sotib olish taklifini yuborish.Ikki oy muddatda4. Ijarachilar tomonidan ushbu davlat mulki obyektlari toʻgʻridan-toʻgʻri sotib olinmagan taqdirda, ularni ommaviy savdolarga chiqarish.Uch oy muddatda
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi PF-70-son Farmoniga8-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyundagi “Obod mahalla” dasturi toʻgʻrisida”gi PF-5467-son Farmonining 2-bandi toʻrtinchi xatboshisidagi “nol” qiymatda berish” soʻzlari “belgilangan tartibda realizatsiya qilish” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 14-yanvardagi “Davlat aktivlarini boshqarish, monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish tizimini va kapital bozorini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5630-son Farmonining 5-bandi yettinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“davlat aktivlarini sotish boʻyicha oldi-sotdi shartnomalarini (birja bitimlarini) imzolashdan bosh tortgan yoki uni rad etgan savdo gʻoliblaridan ushlab qolingan zakalat summalari”.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-fevraldagi “Alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish va ularning aylanmasini davlat tomonidan tartibga solishni takomillashtirish hamda uzumchilik va vinochilikni rivojlantirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-5656-son Farmoniga 1-ilovada:
ilova matnida “*” belgisi chiqarib tashlansin;
izoh qismining birinchi xatboshisi chiqarib tashlansin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 19-fevraldagi “Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-5666-son Farmonining 9-bandida:
ikkinchi xatboshidagi “1 soʻmga teng qiymatdagi boshlangʻich narx boʻyicha” soʻzlari chiqarib tashlansin;
uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
toʻrtinchi xatboshi uchinchi xatboshi deb hisoblansin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-avgustdagi “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlarini kuchaytirish, tadbirkorlik tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash borasidagi ishlarni tashkil qilish tizimini tubdan takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar, shuningdek, tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy resurslar va ishlab chiqarish infratuzilmasidan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish toʻgʻrisida”gi PF-5780-son Farmonining 9-bandibeshinchi xatboshisidagi “, ijtimoiy obyektlar bundan mustasno,” soʻzlari chiqarib tashlansin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-maydagi “2020 — 2025-yillarga moʻljallangan Oʻzbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi toʻgʻrisida”gi PF-5992-son Farmoniga 2-ilovaning 14-pozitsiyasi chiqarib tashlansin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-oktabrdagi “Davlat ishtirokidagi korxonalarni isloh qilishni jadallashtirish hamda davlat aktivlarini xususiylashtirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-6096-son Farmonida:
a) 11-bandning uchinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
b) 12-bandda:
oltinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“davlat ulushlarini boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan oldi-sotdi shartnomalari doirasida belgilangan grafikka asosan qisman toʻlovni amalga oshirgan xaridorlarga toʻliq toʻlovlar amalga oshirilgunga qadar ulush qiymatining toʻlangan qismiga mutanosib ravishda jamiyat boshqaruvida ishtirok etish va dividendlar olish huquqini tasdiqlovchi “tasarruf etish huquqisiz” mulk huquqini tasdiqlovchi davlat orderi beriladi, bundan davlat ulushi jamiyatning oʻziga sotilgan holatlar mustasno”;
yettinchi xatboshidagi “tasarruf etish huquqisiz” soʻzlaridan keyin “mulk huquqini tasdiqlovchi” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
v) 13-bandda:
uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
toʻrtinchi va beshinchi xatboshilar tegishincha uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar deb hisoblansin;
g) 17-bandning birinchi xatboshisidagi “E-ijro auksion” yagona elektron savdo maydonchasida” soʻzlari “E-auksion” elektron savdo platformasida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
d) 5-ilovaning 11-pozitsiyasi chiqarib tashlansin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-yanvardagi “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-14-son Farmoniga 2a-ilovaning 24-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“24.Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligiDavlat aktivlari agentligiAgentstvo gosudarstvennix aktivov”.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-iyuldagi “Toshkent shahrini 2030-yilga qadar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-112-son Farmoniga 4-ilovaning I boʻlimi 3-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3. Toshkent shahridagi yer uchastkalarini ijaraga olish va mulk huquqini elektron onlayn auksion orqali sotishdan tushadigan mablagʻlar (savdoga chiqarish va sotish bilan bogʻliq xarajatlar chegirib qolinganidan soʻng toʻliq miqdorda). Bunda:
Toshkent shahrida joylashgan davlat aktivlari va qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini sotishdan tushgan tushumlarning qonunchilikka muvofiq Jamgʻarmaga yoʻnaltirilishi belgilangan qismi Toshkent shahrining shahar budjetida ochilgan alohida daromad hisobvaraqlariga oʻtkazilgandan soʻng, kun yakuni bilan toʻliqligicha Jamgʻarmaga yoʻnaltiriladi;
ushbu manbalar hisobidan mahalliy budjetga tushgan mablagʻlar daromadlarning orttirib bajarilgan qismini hisoblashda chegiriladi”.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 12-yanvardagi “Respublikaga xorijiy turistlar oqimini keskin oshirish hamda ichki turizmni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-9-son Farmonining 15-bandidan “hamda uch oydan ortiq muddat sotilmasdan turgan aktivlarning boshlangʻich bahosini 30 foizgacha pasaytirish, zarur hollarda, balans (qoldiq) qiymatida sotish choralarini koʻrib borsin” soʻzlari chiqarib tashlansin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 6-sentabrdagi “Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirishda yer resurslarining investitsiyaviy imkoniyatlaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-135-son Farmonining 1-bandi “a” kichik bandida:
birinchi xatboshidan “, qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarini ijara huquqi asosida” soʻzlari chiqarib tashlansin;
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Toshkent shahrida — 1 yil davomida hamda Nukus shahri va viloyatlar markazlarida — 3 yil davomida kamida 35 foiz miqdorida dastlabki toʻlovni oʻn besh ish kunida amalga oshirish sharti bilan”.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 24-iyuldagi “Xorijiy investitsiyalar va kreditlarni jalb etish hamda oʻzlashtirish jarayonini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-927-son qarorida:
a) 1-ilovada:
4-bandning “e” kichik bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
34-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
b) 2-ilovada “Davlat raqobat qoʻmitasi” bloki chiqarib tashlansin.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-martdagi “Moliya organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2847-son qaroriga 7-ilovaning 9-bandi 7-kichik bandining toʻrtinchi xatboshisidagi “boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshirishda” soʻzlari “ishlarida” soʻzi bilan almashtirilsin.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-iyuldagi PQ-3149-son qarori bilan tasdiqlangan Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda mol-mulkni realizatsiya qilish boʻyicha elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish va oʻtkazish uchun materiallarni tayyorlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 58-bandi birinchi xatboshisidagi “oʻtkazish boshlangunga qadar” soʻzlari “oʻtkaziladigan kun soat 09:50 gacha (GMT+5)” soʻzlari bilan almashtirilsin.
15. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-dekabrdagi “Xususiy tibbiyot tashkilotlarini rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha shart-sharoitlarni yaratish toʻgʻrisida”gi PQ-3450-son qarorining 3-bandi toʻrtinchi xatboshisi chiqarib tashlansin.
16. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-maydagi “Nizolarning oldini olishga qaratilgan institut sifatida notariat tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3741-son qarorida:
a) 8-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi 2019-yil 1-yanvardan boshlab” soʻzlari “Tuman (shahar) hokimliklari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 1-ilovaning 4-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“4.Uyni xususiylashtirishga rozilik bergan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni olish.Xususiylashtirilgan uy-joyni begonalashtirish shartnomasiTuman (shahar) hokimliklari1 soat mobaynidaReal vaqt rejimidabepul”.
17. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-avgustdagi “Madaniyat va sanʼat sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3892-son qarorida:
a) 1-bandda:
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Kinematografiya agentligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklarining madaniyat va sanʼat sohasida davlat-xususiy sheriklikning quyidagi shakllarini joriy etish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin:”;
beshinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
oltinchi — toʻqqizinchi xatboshilar tegishincha beshinchi — sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
beshinchi xatboshidagi “ijara haqining “nol” stavkasida” soʻzlari “tekin foydalanish huquqi asosida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 7-bandda:
toʻrtinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
beshinchi — toʻqqizinchi xatboshilar tegishincha toʻrtinchi — sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
toʻrtinchi xatboshidagi “ijara haqining “nol” stavkasida” soʻzlari “tekin foydalanish huquqi asosida” soʻzlari bilan almashtirilsin.
18. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-avgustdagi “Respublika hududlarida “Business city” zamonaviy ishbilarmonlik markazlarini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3895-son qarorining 2-bandi oʻninchi xatboshisidagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi” soʻzlaridan oldin “Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjetida, viloyatlarning viloyat budjetlarida va Toshkent shahrining shahar budjetida ochilgan alohida daromad hisobvaraqlariga oʻtkazilgandan soʻng, tegishincha” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
19. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-sentabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3953-son qaroriga ilovaning 31-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
20. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi “Respublika iqtisodiyotiga toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish mexanizmlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4300-son qarorining 16-bandida:
birinchi xatboshidagi “31 va 32-bandlar” soʻzlari “32-band” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
uchinchi xatboshi ikkinchi xatboshi deb hisoblansin.
21. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-maydagi “Respublika hududlarida tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4341-son qarorining 15-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“15. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari “Oʻzpaxtasanoat” AJ tomonidan tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalarini tashkil etish uchun, foydalanilmayotgan va boʻsh turgan davlat mulki obyektlari belgilangan tartibda realizatsiya qilinishini taʼminlasin”.
22. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-iyuldagi “Aholi va iqtisodiyotni energiya resurslari bilan barqaror taʼminlash, neft-gaz tarmogʻini moliyaviy sogʻlomlashtirish va uning boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4388-son qarorining 14-bandidan “, bunda ular ommaviy sotuvga chiqarilgan kundan boshlab uch oy ichida sotilmagan taqdirda, ayrim hollarda kuzatuv kengashining qaroriga koʻra toʻlovlarni uch yildan besh yilgacha muddatda boʻlib toʻlash imkoniyati nazarda tutilsin” soʻzlari chiqarib tashlansin.
23. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 20-noyabrdagi “Mamlakatda biznes muhitini yanada yaxshilash va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4525-son qarorining 1-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Barcha darajadagi davlat hokimiyati va boshqaruv organlari rahbarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman va shahar hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 65-moddasi hamda “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonun talablariga soʻzsiz rioya qilishlari shartligi haqida qatʼiy ogohlantirilsin.
Belgilansinki, xususiylashtirish natijalarini, shu jumladan obyektlarning qiymatini baholash hamda baholash hisobotining ishonchliligini ekspertizadan oʻtkazish natijalarini qayta koʻrib chiqish va bekor qilish masalalari yuzasidan davlat organlari, shu jumladan nazorat, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va sudlar tomonidan tashabbus bilan chiqish xususiy mulkning daxlsizligini buzish sifatida baholanadi hamda bunday ishlar koʻrib chiqish uchun qabul qilinmaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisidagi qonunchilikka qatʼiy rioya etilishi ustidan nazoratni kuchaytirsin, xususiylashtirish natijalarini, shu jumladan obyektlarning qiymatini baholash hamda baholash hisobotining ishonchliligini ekspertizadan oʻtkazish natijalarini qayta koʻrib chiqish va bekor qilish tashabbusi bilan chiqqanlik uchun vakolatli davlat organlari mansabdor shaxslarining muqarrar javobgarligini jinoiy javobgarlikka tortishga qadar oshirishni taʼminlasin”.
24. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-apreldagi “Turizm va sport vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-5054-son qarorining 7-bandida:
uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
toʻrtinchi — oʻn toʻrtinchi xatboshilar tegishincha uchinchi — oʻn uchinchi xatboshilar deb hisoblansin.
25. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-iyuldagi “Elektron onlayn-auksionni oʻtkazish tartibini soddalashtirish, uning shaffofligini oshirish hamda ishtirokchilar huquqlarining ishonchli himoyasini kafolatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5197-son qarori 2-bandining uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“ijro hujjatlari boʻyicha mol-mulkni realizatsiya qilish uchun oʻtkazilgan elektron onlayn-auksion natijalari haqidagi bayonnoma uni taqiqdan yechish, shuningdek, auksion gʻolibi nomiga mulkni, mulk huquqini va boshqa mulkiy huquqlarni roʻyxatdan oʻtkazish (hisobga qoʻyish) uchun asos hisoblanadi. Bunda majburiy tartibda undirish uchun yuborilmagan maʼmuriy jarimalarni toʻlash majburiyati mol-mulkning sobiq egasi zimmasida qoladi”.
26. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-fevraldagi “Turizm va madaniy meros vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-135-son qarorining 5-bandida:
uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
toʻrtinchi — oʻn uchinchi xatboshilar tegishincha uchinchi — oʻn ikkinchi xatboshilar deb hisoblansin.
27. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-iyundagi “Yangi Oʻzbekiston koʻchasi yoʻl boʻyi infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-301-son qarori 3-bandining uchinchi xatboshisidagi “qolingan holda)” soʻzlaridan keyin “Toshkent shahrining shahar budjetida ochilgan alohida daromad hisobvaragʻiga oʻtkazilgandan soʻng, toʻliqligicha” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
28. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-maydagi “Raqamli xizmatlar qamrovi va sifatini oshirish hamda soha, tarmoq va hududlarni raqamli transformatsiya qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-162-son qarorida:
a) 4-ilovaning 92-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“92.Davlat mulki (koʻchmas mulk obyekti, korxona, muassasa va yuridik shaxsning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) davlat ulushi) xususiylashtirilganligi toʻgʻrisidagi mulk huquqini tasdiqlovchi davlat orderini taqdim etishmy.gov.uzRaqamli shakldaDavlat aktivlari agentligi”;
v) 4a-ilovaning 92-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“92.Davlat mulki (koʻchmas mulk obyekti, korxona, muassasa va yuridik shaxsning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) davlat ulushi) xususiylashtirilganligi toʻgʻrisidagi mulk huquqini tasdiqlovchi davlat orderini taqdim etishMasʼul idora axborot tizimi---2023-yil iyun-2023-yil iyul2023-yil iyul-2023-yil avgust,my.gov.uzDavlat aktivlari agentligi”.
29. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-oktabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi temir yoʻl transporti sohasini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-329-son qarorida:
a) 6-ilovadan 14 va 15-pozitsiyalar chiqarib tashlansin;
b) 7-ilova quyidagi mazmundagi 21 — 59-pozitsiyalar bilan toʻldirilsin:
“21.Sport majmuasiQashqadaryo viloyati Qarshi shahri Islom Karimov koʻchasi 20-uy“Temiryoʻlinfratuzilma” AJ “Qarshi MTU” filialiQarshi shahri hokimligi22.Dehqonobod sport majmuasiQashqadaryo viloyati Dehqonobod tumani “Beshbuloq” MFY Beshbuloq qishlogʻi“Temiryoʻlinfratuzilma” AJ “Qarshi MTU” filialiDehqonobod tumani hokimligi23.Qorovulbozor temir yoʻl bekatidagi 2 xonali 5 dona kottej binosiKorovulbozor tumani “Boʻzachi” MFY Sardoba qishlogʻi “Temiryoʻlinfratuzilma” AJ “Buxoro MTU” filialiQorovulbozor tumani hokimligi24.Dehqonobod stansiyasidagi boʻsh turgan yer maydoniDehqonobod tumani “Beshbuloq” MFY Abu-Rayxon Beruniy koʻchasi 193-uy“Temiryoʻlinfratuzilma” AJ “Qarshi MTU” filialiDehqonobod tumani hokimligi25.Yuk tashish va boshqa transport ekspeditsiya xizmatlari uchun boʻsh yer maydoniShumanay tumani “Qarabayli” MFY “Temiryoʻlinfratuzilma” AJ “Qoʻngʻirot MTU” filialiShumanay tumani hokimligi26.Yuk tashish va boshqa transport ekspeditsiya xizmatlari uchun boʻsh yer maydoniQoʻngʻirot tumani Qirqqiz stansiyasi“Temiryoʻlinfratuzilma” AJ “Qoʻngʻirot MTU” filialiQoʻngʻirot tumani hokimligi27.Yuk tashish va boshqa transport ekspeditsiya xizmatlari uchun boʻsh yer maydoniQoʻngʻirot tumani “Oqqamish” MFY Qorabuloq koʻchasi 23-uy“Temiryoʻlinfratuzilma” AJ “Qoʻngʻirot MTU” filialiQoʻngʻirot tumani hokimligi28.Vertolyot qoʻnish maydoniQoraoʻzak tumani“Temiryoʻlinfratuzilma” AJ “Qoʻngʻirot MTU” filialiQoraoʻzak tumani hokimligi29.“Bekobod” stansiyasidagi bojxona binosi va 0,02 ga yer maydoniBekobod tumani Istiqlol koʻchasi“Temiryoʻlinfratuzilma” AJ “Toshkent MTU” filialiBojxona qoʻmitasi30.“Bekobod” stansiyasidagi ichki ishlar boʻlimi binosiBekobod tumani Istiqlol koʻchasi“Temiryoʻlinfratuzilma” AJ “Toshkent MTU” filialiIchki ishlar vazirligi31.“Bekobod” stansiyasidagi chegarachilar binosi va 0,01 ga yer maydoniBekobod tumani Istiqlol koʻchasi“Temiryoʻlinfratuzilma” AJ “Toshkent MTU” filialiDavlat xavfsizlik xizmati32.Bojxona binosi va 0,02 ga yer maydoni (“Oqkoʻprik” stansiyasi)Toshkent tumani “Zax ariq” MFY“Temiryoʻlinfratuzilma” AJ “Toshkent MTU” filialiBojxona qoʻmitasi33.“Oqkoʻprik” stansiyasidagi chegarachilar binosi va 0,08 ga yer maydoniToshkent tumani “Zax ariq” MFY“Temiryoʻlinfratuzilma” AJ “Toshkent MTU” filialiDavlat xavfsizlik xizmati34.Bojxona binosi (“Chuqursoy” stansiyasi)Olmazor tumani “Ibrohim ota” MFY, Chuqursoy koʻchasi“Temiryoʻlinfratuzilma” AJ “Toshkent MTU” filialiBojxona qoʻmitasi35.Bojxona binosi va 0,04 ga yer maydoni (“Oʻzbekiston” stansiyasi)Yangiyoʻl tumani “Oʻzbekiston” bekati” MFY Oʻzbekiston koʻchasi“Temiryoʻlinfratuzilma” AJ “Toshkent MTU” filialiBojxona qoʻmitasi36.Transportda jamoat xavfsizligini taʼminlash boʻlimi bino va inshootlariAndijon shahri “Oʻzbegim” MFY A.Temur shoh koʻchasi 11-uy“Temiryoʻlinfratuzilma” AJ “Qoʻqon MTU” filialiIchki ishlar vazirligi37.Bojxona binosiAndijon shahri “Oʻzbegim” MFY A.Temur shoh koʻchasi 10-uy“Temiryoʻlinfratuzilma” AJ “Qoʻqon MTU” filialiBojxona qoʻmitasi38.Tarmoq ichki ishlar boʻlimi binosi (“Urganch” bekati)Urganch shahri “Temiryoʻl” MFY“Temiryoʻlinfratuzilma” AJ “Qoʻngʻirot MTU” filialiIchki ishlar vazirligi39.Tarmoq ichki ishlar boʻlimi binosi (“Surxonobod” stansiyasi)Muzrabot tumani “Chegarachi” MFY, “Temir yoʻlchilar” koʻchasi 31-uy“Temiryoʻlinfratuzilma” AJ “Termiz MTU” filialiIchki ishlar vazirligi40.Chegara xodimlari binolari (“Surxonobod” stansiyasi)Muzrabot tumani “Chegarachi” MFY Temir yoʻlchilar koʻchasi 31-uy“Temiryoʻlinfratuzilma” AJ “Termiz MTU” filialiDavlat xavfsizlik xizmati 41.Bojxona xodimlari binolari (“Surxonobod” stansiyasi)Muzrabot tumani “Chegarachi” MFY Temir yoʻlchilar koʻchasi 31-uy“Temiryoʻlinfratuzilma” AJ “Termiz MTU” filialiBojxona qoʻmitasi42.Pavilyon binosi (“Gʻalaba” bojxona koʻrigidan oʻtkazish punkti)Termiz tumani “Gulbahor” MFY Kunchiqar koʻchasi“Temiryoʻlinfratuzilma” AJ “Termiz MTU” filialiDavlat xavfsizlik xizmati43.Chegara posti binosi (“Gʻalaba bojxona koʻrigidan oʻtkazish punkti)Termiz tumani “Gulbahor” MFY Kunchiqar koʻchasi“Temiryoʻlinfratuzilma” AJ “Termiz MTU” filialiDavlat xavfsizlik xizmati44.Bojxona xodimlari binosi (“Gʻalaba” bojxona koʻrigidan oʻtkazish punkti)Termiz tumani “Gulbahor” MFY Kunchiqar koʻchasi“Temiryoʻlinfratuzilma” AJ “Termiz MTU” filialiBojxona qoʻmitasi45.Bostirma chegara posti (“Gʻalaba” bojxona koʻrigidan oʻtkazish punkti)Termiz tumani “Gulbahor” MFY Kunchiqar koʻchasi“Temiryoʻlinfratuzilma” AJ “Termiz MTU” filialiDavlat xavfsizlik xizmati46.Bojxonachilar xoʻjalik binosi (“Gʻalaba” bojxona koʻrigidan oʻtkazish punkti)Termiz tumani “Gulbahor” MFY Kunchiqar koʻchasi“Temiryoʻlinfratuzilma” AJ “Termiz MTU” filialiBojxona qoʻmitasi47.Chegara punkti binosi (“Amuzang” stansiyasi)Termiz tumani “Gulbahor” MFY Kunchiqar koʻchasi 3a-yer uchastkasi“Temiryoʻlinfratuzilma” AJ “Termiz MTU” filialiDavlat xavfsizlik xizmati 48.Bojxona punkti binosi (“Amuzang” stansiyasi)Termiz tumani “Gulbahor” MFY Kunchiqar koʻchasi 3a-yer uchastkasi“Temiryoʻlinfratuzilma” AJ “Termiz MTU” filialiBojxona qoʻmitasi49.Tarmoq ichki ishlar boʻlimi binosi (“Quduqli” stansiyasi)Termiz tumani “Gulbahor” MFY Kunchiqar koʻchasi 3a-yer uchastkasi“Temiryoʻlinfratuzilma” AJ “Termiz MTU” filialiIchki ishlar vazirligi50.Chegara xodimlari binosi (“Quduqli” stansiyasi)Uzun tumani “Xatib Qahramon” MFY, Navroʻz koʻchasi 75-uy“Temiryoʻlinfratuzilma” AJ “Termiz MTU” filialiDavlat xavfsizlik xizmati 51.Bojxona xodimlari binosi (“Quduqli” stansiyasi)Uzun tumani “Xatib Qahramon” MFY Navroʻz koʻchasi 75-uy“Temiryoʻlinfratuzilma” AJ “Termiz MTU” filialiBojxona qoʻmitasi52.Avtogaraj (“Quduqli” stansiyasi)Uzun tumani “Xatib Qahramon” MFY Navroʻz koʻchasi 75-uy“Temiryoʻlinfratuzilma” AJ “Termiz MTU” filialiDavlat xavfsizlik xizmati53.Nazorat oʻtish joyi (“Quduqli” stansiyasi)Uzun tumani “Xatib Qahramon” MFY Navroʻz koʻchasi 75-uy“Temiryoʻlinfratuzilma” AJ “Termiz MTU” filialiDavlat xavfsizlik xizmati54.Valer-1 (“Quduqli” stansiyasi)Uzun tumani “Xatib Qahramon” MFY Navroʻz koʻchasi 75-uy“Temiryoʻlinfratuzilma” AJ “Termiz MTU” filialiDavlat xavfsizlik xizmati55.Valer-2 (“Quduqli” stansiyasi)Uzun tumani “Xatib Qahramon” MFY Navroʻz koʻchasi 75-uy“Temiryoʻlinfratuzilma” AJ “Termiz MTU” filialiDavlat xavfsizlik xizmati56.Foydalanilmayotgan boʻsh yer maydonKoʻkdala tumani, “Eski anhor” MFY“Temiryoʻlinfratuzilma” AJ “Qarshi MTU” filialiKoʻkdala tumani hokimligi57.“UzXSMG” MCHJ QK “Butlovchi qismlarni ishlab chiqaruvchi tayyorlov uchastkasi qurilishi”Urganch shahri“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ Kapital qurilish direksiyasiDavlat aktivlari agentligi 58.“Lokomotiv istirohat bogʻi” MCHJning 24,2 foiz ulushiMirzo Ulugʻbek tumani Temur Malik koʻchasi “Toshkent mexanika zavodi” AJ Davlat aktivlari agentligi59.“Lokomotiv istirohat bogʻi” MCHJning 76,8 foiz ulushiMirzo Ulugʻbek tumani Temur Malik koʻchasi“Temiryoʻlinfratuzilma” AJDavlat aktivlari agentligi”;
v) 10-ilovaning 3-bandi ikkinchi xatboshisidagi “Xolding va respublika budjetiga teng ulushlarda yoʻnaltiriladi” soʻzlari “Xoldingga toʻliq yoʻnaltiriladi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
30. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-apreldagi “Iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-162-son qarorida:
a) 4-bandda:
uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
toʻrtinchi va beshinchi xatboshilar tegishlicha uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar deb hisoblansin;
b) 1-ilovaning izoh qismi oltinchi xatboshisi quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:
32. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi “Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-187-son qarorida:
5-bandning ikkinchi xatboshisi “operativ boshqaruv huquqi” soʻzlaridan keyin “bilan Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
7-banddagi “Yashnobod tumani, Muxtor Ashrafiy koʻchasi, 70-uy manzilida joylashgan binoga” soʻzlari “Olimlar koʻchasi, 49-uy manzilidagi binoga operativ boshqaruv huquqi asosida” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi PF-70-son Farmoniga9-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan ayrim hujjatlari
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2000-yil 23-iyundagi “Oʻzbekiston suv xoʻjaligi qurilishi davlat konserni (“Oʻzsuvqurilish”)ni tugatish toʻgʻrisida”gi PF-2645-son Farmonining 2-bandi.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 28-avgustdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritish, shuningdek ayrimlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi PF-4561-son Farmoniga 2-ilovaning 5-bandi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 11-oktabrdagi “Davlat mulki obyektlarini va yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni tadbirkorlik subyektlariga sotish tartibini soddalashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-5552-son Farmoni.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-martdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi PF-5968-son Farmoniga 2-ilovaning 11-bandi.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 14-martdagi “2005-2006-yillarda korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish dasturi toʻgʻrisida”gi PQ-29-son qarorining 3, 4, 5 va 7-bandlari.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 27-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi PQ-244-son qarorining 12-bandi va 31-ilovaning 2-bandi.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 26-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi faoliyatini takomillashtirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-335-son qarori.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 4-iyundagi “Davlat mulkini xorijiy investorlarga sotishda tender savdolarini oʻtkazish boʻyicha davlat komissiyasi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi PQ-1768-son qarori.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 3-iyuldagi “Davlat mulki obyektlarini kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga sotish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-2200-son qarorining 9-bandi va 6-ilovasi.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-apreldagi “Sogʻliqni saqlash sohasida xususiy sektorni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2863-son qarorining 6-bandi.