HK · 82-modda

82-modda. Qutqaruv ishlari

Falokatga uchragan havo kemasining yoʻlovchilari va ekipajiga yordam koʻrsatish boʻyicha qutqaruv ishlari Yagona aviatsiya qidiruv-qutqaruv xizmatining kuchlari va vositalari bilan, shuningdek mazkur kodeksning 80-moddasiga asosan shu xizmat tomonidan bu ishga safarbar qilinadigan vazirliklar, idoralar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va fuqarolarning kuchlari hamda vositalari bilan amalga oshiriladi.

Agar falokatga uchragan havo kemasi yoki uning qismlari temir yoʻl, avtomobil, suv transporti harakatiga yoki havo kemalarining parvoziga xalaqit beradigan boʻlsa, qutqaruv ishlari rahbari transport harakatini yoki kemalar parvozini taʼminlash uchun havo kemasini (uning qismini) — uning (ularning) umumiy holati va joylashuvini qayd qilib olgach — chetga olib qoʻyish uchun choralar koʻrishi shart.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.