Aviatsiya halokatlari va baxtsiz hodisalarning oldini olish maqsadida havo kemalari parvozining xavfsizligi ustidan nazorat amalga oshiriladi.
Havo kemasidan uchish maqsadlarida foydalanish chogʻida mazkur kemaning, ekipajning, boshqa aviatsiya xodimlarining normal faoliyatini buzgan holda yoki tashqi sharoitlar natijasida roʻy bergan va odamlar halokatiga, havo kemasining jiddiy zarar koʻrishiga, vayron boʻlishiga yoki yoʻqolishiga olib kelgan hodisa aviatsiya halokati deb eʼtirof etiladi.
Hodisa natijasida yuqorida zikr etilgan oqibatlar sodir boʻlmagan-ku, lekin ish oʻngidan kelmay shunday oqibatlar sodir qilinishi mumkin boʻlsa, bunday hodisa baxtsiz hodisa deb eʼtirof etiladi. Havo kemalari parvozining xavfsizligi ustidan nazoratni tashkil qilish va uni amalga oshirish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.