Havo kemasi, uning tarkibiy qismlari, kema ichidagi va yerdagi obyektiv nazorat vositalari, havo kemasidagi hamda yerdagi aviatsiya halokatiga yoki baxtsiz hodisaga aloqador barcha predmetlar, havo kemasini ishlab chiqarish, taʼmirlash, undan foydalanish va uning parvozini taʼminlash bilan bogʻliq barcha hujjatlar mazkur halokatni (baxtsiz hodisani) tekshiruvchi komissiya aʼzolari yetib kelgunga qadar tashkilotlar va fuqarolar tomonidan daxlsizlikda saqlanmogʻi lozim, ushbu Kodeksning 82-moddasi ikkinchi qismida koʻzda tutilgan hollar bundan mustasno.
Tekshirish komissiyasi raisining talabiga binoan zarur ashyoviy dalillar hech bir toʻsiqsiz ushbu komissiya ixtiyoriga toʻlaligicha berilishi lozim.