HK · 89-modda

89-modda. Aviatsiya halokati roʻy bergan joydagi ishlar

Aviatsiya halokati roʻy bergan joyda amalga oshiriladigan tekshirish tabiiy ofatlar oqibatlarini tugatish ishlariga tenglashtirilgan alohida sharoitlarda bajariladigan ishlar qatoriga kiradi.

Mahalliy davlat hokimiyati organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va fuqarolar aviatsiya halokatini tekshiruvchi komissiyaga har tomonlama koʻmaklashishlari shart.

Komissiya ishini aviatsiya halokati roʻy bergan joyda taʼminlash tartibi ushbu Kodeksning 86-moddasida koʻrsatilgan aviatsiya halokatlari va baxtsiz hodisalarni tekshirish qoidalari bilan belgilanadi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.