Havo kemalari, yoʻlovchilar, yuk va pochta qabul qilish, joʻnatish yoki ularga xizmat koʻrsatishni amalga oshirayotgan havo kemalarining ekspluatantlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va fuqarolar aviatsiyani gʻayriqonuniy aralashuvidan himoya qilish chora-tadbirlarini koʻrishlari kerak.
Bunday chora-tadbirlar:
a) begona shaxslar va transportning aerodromlarning nazorat ostidagi tegrasiga nazoratsiz kirishlarining oldini olish;
b) yoʻlovchilar tomonidan qurollar, oʻq-dorilar, portlovchi, zaharli, tez alangalanuvchi moddalar va havo transportida olib yurish taqiqlangan boshqa predmetlarning yashirincha havo kemasiga olib kirilishiga yoʻl qoʻymaslik;
v) qurol va oʻq-dorilarni olib uchishda ularni havo kemalarining yoʻlovchilardan ajratilgan boʻlmalarida, yuk orasida oʻqsiz holda joylashtirishni taʼminlaydigan alohida choralar koʻrish;
g) havo kemalari turgan joylarda ularga xizmat koʻrsatishga aloqasi yoʻq shaxslarning kirib olishiga yoʻl qoʻymay qoʻriqlash;
d) havo kemalarini maxsus tekshiruvdan oʻtkazish;
e) havo kemalarini parvoz davomida ekipajning xavfsiz faoliyatini taʼminlaydigan, shuningdek samoviy hududidan beruxsat foydalanishning oldini oladigan texnikaviy vositalar bilan taʼminlash;
j) havo kemalari va obyektlariga nisbatan gʻayriqonuniy aralashuvning oldini olish uchun maxsus ishlab chiqilgan tadbirlarni (usullarni) qoʻllashdan iboratdir.
Bunday chora-tadbirlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan qoidalarga muvofiq qoʻllaniladi.