JPK · 497-16-modda

497-16-modda. Taraflarning apellyatsiya instansiyasi sudi majlisida ishtirok etishi

Apellyatsiya instansiyasi sudi majlisida quyidagilar ishtirok etishi shart:

1) tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyat, Toshkent shahar prokurori, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy prokurori tomonidan vakolat berilgan prokuror;

2) mahkum, oqlangan shaxs yoki oʻziga nisbatan jinoyat ishi tugatilgan shaxs — mazkur shaxs sud majlisida ishtirok etish toʻgʻrisida iltimosnoma bergan yoki sud mazkur shaxsning sud majlisida ishtirok etishini zarur deb topgan hollarda;

3) himoyachi — ushbu Kodeksning 51 va 52-moddalarida koʻrsatilgan hollarda.

Qamoqda yoki uy qamogʻida saqlanayotgan va apellyatsiya shikoyatini (protestini) koʻrib chiqishda hozir boʻlish istagini bildirgan mahkumga sud majlisida bevosita yoki videokonferensaloqa tizimidan foydalanish orqali ishtirok etish huquqi taʼminlanadi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.