MK · 233-modda

233-modda. Xodimga har yilgi mehnat taʼtilida boʻlgan vaqti uchun oʻrtacha ish haqi toʻlash

Har yilgi mehnat taʼtilida boʻlgan vaqti uchun xodimga ushbu Kodeksning 257-moddasiga muvofiq hisoblab chiqariladigan oʻrtacha ish haqining saqlanishi kafolatlanadi.

Har yilgi mehnat taʼtili vaqti uchun haq toʻlashda yakshanba kuni inobatga olinmaydi.

Har yilgi mehnat taʼtili vaqti uchun haq toʻlash jamoa shartnomasida, ichki hujjatlarda yoxud mehnat shartnomasida belgilangan muddatlarda, biroq taʼtil boshlanguniga qadar oxirgi ish kunidan kechiktirmay amalga oshiriladi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.