Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 98-moddasi 2-qismiga muvofiq:
1. Vazirlar Mahkamasining tuzilmasida:
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari —iqtisodiyot vaziri, iqtisodiyot kompleksi hamda isteʼmol tovarlari va savdo kompleksi rahbari lavozimi;
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — tashqi ishlar vaziri, tashqi aloqalar masalalari kompleksi rahbari lavozimi tugatilsin.
2. Vazirlar Mahkamasi tuzilmasiga Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot vaziri, iqtisodiyot va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari kompleksi rahbari lavozimi kiritilsin.
3. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2005-yil 25-iyul,
PF–3636-son