PF-3625-son Farmon · 18.07.2005

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining baʼzi farmonlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-3625
  • Qabul qilingan sana:18.07.2005
  • Kuchga kirgan sana:18.07.2005
  • Rasmiy nashr:СЗ РУ 28-29

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligini tashkil etish toʻgʻrisida” 2004-yil 27-sentabrdagi PF-3491-sonli Farmoniga muvofiq:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining baʼzi farmonlariga ilovaga muvofiq oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin.

2. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Qosimov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

2005-yil 18-iyul,

PF-3625-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 18-iyuldagi PF-3625-sonli farmoniga ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining baʼzi farmonlariga kiritiladigan oʻzgartish va qoʻshimchalar

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikada musiqiy taʼlimni, madaniyat va sanʼat oʻquv yurtlari faoliyatini yaxshilash toʻgʻrisida” 1996-yil 31-dekabrdagi PF-1692-sonli Farmoni 1-bandining uchinchi xatboshi, 2-bandining birinchi xatboshi va 3-bandining birinchi xatboshidagi “Madaniyat ishlari” degan soʻzlar “Madaniyat va sport ishlari” deb oʻzgartirilsin.

(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 28-martdagi PF-3982-sonli Farmoni bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2008-y., 14-15-son, 95-modda)

3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Muzeylar faoliyatini tubdan yaxshilash va takomillashtirish toʻgʻrisida” 1998-yil 12-yanvardagi PF-1913-sonli Farmoni 5-bandidagi “Madaniyat ishlari” degan soʻzlar “Madaniyat va sport ishlari” deb oʻzgartirilsin.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston teatr sanʼatini rivojlantirish toʻgʻrisida” 1998-yil 26-martdagi PF-1980-sonli Farmoni 6-bandidagi “Madaniyat ishlari” degan soʻzlar “Madaniyat va sport ishlari” deb oʻzgartirilsin.

5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 9-dekabrdagi PF-3358-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan Respublika davlat boshqaruvi organlari roʻyxatida:

a) I boʻlimning 8-bandidagi “Madaniyat ishlari” degan soʻzlar “Madaniyat va sport ishlari” deb oʻzgartirilsin;

b) II boʻlimning 9-bandi chiqarib tashlansin; 10-band 9-band deb hisoblansin.

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.