PF-3624-son Farmon · 15.07.2005

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining baʼzi farmonlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-3624
  • Qabul qilingan sana:15.07.2005
  • Kuchga kirgan sana:15.07.2005
  • Rasmiy nashr:СЗ РУ 28-29

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Bank tizimini yanada isloh qilish va erkinlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2005-yil 15-apreldagi PQ-56-sonli qaroriga muvofiq.

1. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining tijorat banklari uchun nizomdagi sarmoyaning eng oz miqdorini oʻzgartirish toʻgʻrisida” 1993-yil 16-fevraldagi PF-563-sonli Farmoni;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xususiy tijorat banklarini tashkil qilishni ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1997-yil 24-apreldagi PF-1749-sonli Farmoni 1-bandining beshinchi xatboshi;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Pul massasi oʻsishini cheklash va moliya intizomiga rioya etish masʼuliyatini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2002-yil 30-martdagi PF-3047-sonli Farmonining 7-bandi.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir oy muddatda vazirliklar va idoralarning normativ hujjatlarini mazkur Farmonga muvofiqlashtirishni taʼminlasin.

3. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining raisi F.M. Mullajonov zimmalariga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

2005-yil 15-iyul,

PF-3624-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.