PF-3626-son Farmon · 19.07.2005

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining baʼzi farmonlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-3626
  • Qabul qilingan sana:19.07.2005
  • Kuchga kirgan sana:19.07.2005
  • Rasmiy nashr:СЗ РУ 28-29

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 2-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PF-3602-sonli hamda 2005-yil 4-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasining nomini oʻzgartirish toʻgʻrisida”gi PF-3603-sonli farmonlariga muvofiq:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining baʼzi farmonlariga ilovaga muvofiq oʻzgartishlar kiritilsin.

2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

2005-yil 19-iyul,

PF-3626-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 19-iyuldagi PF-3626-sonli Farmoniga ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining baʼzi farmonlariga kiritiladigan oʻzgartishlar

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1994-yil 7-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasining Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasini tashkil qilish toʻgʻrisida”gi PF-758-sonli Farmonida:

2-bandda:

birinchi, ikkinchi va uchinchi xatboshidagi “va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;

ikkinchi xatboshidagi “va respublikada xususiy biznesni rivojlantirishga koʻmaklashish” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;

3-banddagi “va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.

(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)

(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 6-iyundagi PF–3760-sonli Farmoni bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2006-y., 23-son, 201-modda)

4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1999-yil 23-iyuldagi “Korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi mexanizmini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PF-2342-sonli Farmonining 2-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.

(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 28-iyundagi PF-5098-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 27-son, 605-modda)

6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 26-fevraldagi PF-3214-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan Respublika ixtisoslashtirilgan tibbiy markazini barpo etish va uning faoliyatini tashkil qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 8-bandidagi “Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi” degan soʻzlar “Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash” deb oʻzgartirilsin.

7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 30-avgustdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi PF-3306-sonli Farmonining 3-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.

8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 9-dekabrdagi “Respublika davlat boshqaruvi organlari tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PF-3358-sonli Farmoni ilovasida:

a) II boʻlimda:

1-banddagi “va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;

3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“3. Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi”

6) IV boʻlimda:

1-band chiqarib tashlansin;

2-3-bandlar tegishli ravishda 1-2-bandlar deb hisoblansin.

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.