Mamlakatimiz oʻzining boy badiiy merosi bilan jahon sanʼati va madaniyati rivojiga katta hissa qoʻshgan qadimiy sivilizatsiya oʻchogʻi sifatida milliy badiiy anʼanalarning oʻziga xosligini saqlab kelayotgani dunyoning yetakchi sanʼat mutaxassislari tomonidan eʼtirof etilgan.
Bugungi kunda zamonaviy oʻzbek tasviriy sanʼatiga koʻplab yosh isteʼdod egalari kirib kelayotgani, turli yoʻnalishlarda faoliyat koʻrsatayotgan ijodkorlar, xususan, rassom va haykaltaroshlar, xalq ustalari ijodida yangicha mazmun va shakl, jahon sanʼat maydonida munosib oʻrin egallashga intilish tendensiyalari koʻzga tashlanayotganini ijobiy baholash lozim.
Shu bilan birga, taʼkidlash lozimki, hozirgi vaqtda tasviriy va amaliy sanʼat hamda dizayn sohasini rivojlantirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar talab darajasida emasligi, sohaga doir normativ-huquqiy hamda moddiy-texnik bazaning mukammal emasligi, malakali kadrlar yetishmasligi bu boradagi ishlarning samarasiga salbiy taʼsir etmoqda.
Oʻzbek tasviriy va amaliy sanʼati hamda dizayn yoʻnalishlarini yanada rivojlantirish, xalqimizning ushbu nafis sanʼatlarga boʻlgan estetik ehtiyojini qondirish, keng yoʻnalishda faoliyat olib borayotgan mutaxassislarning ijodiy imkoniyatlaridan unumli foydalanish, ularga shart-sharoit yaratish, badiiy salohiyatini oshirish, zamon talablariga mos badiiy taʼlim tizimini keng yoʻlga qoʻyish hamda Oʻzbekiston Badiiy akademiyasining faoliyatini rivojlantirish va takomillashtirish maqsadida:
1. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Badiiy akademiyasining tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi markaziy apparatining boshqaruv xodimlari umumiy cheklangan soni 33 kishidan iborat tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq;
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 21-apreldagi PQ-4688-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2020-y., 07/20/4688/0475-son)
Oʻzbekiston Badiiy akademiyasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻlimi tuzilmasi 3-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi faoliyatini rivojlantirish va yanada takomillashtirish boʻyicha 2017 — 2021-yillarga moʻljallangan chora-tadbirlar dasturi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi Badiiy ijodkorlar uyushmasining tuzilmasi 5-ilovaga muvofiq maʼqullansin.
Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi faoliyatini rivojlantirish va yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar dasturini amalga oshirish boʻyicha Respublika komissiyasi tarkibi 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi raisiga zarur hollarda, markaziy apparat hamda Oʻzbekiston Badiiy akademiyasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻlimi tuzilmasiga xodimlarning cheklangan umumiy soni doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
2. Oʻzbekiston Badiiy akademiyasining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
Oʻzbekiston tasviriy va amaliy sanʼatini yanada rivojlantirish, shaxsiy va ijodiy koʻrgazmalar uchun keng imkoniyatlar yaratib berish hamda ijodkorlarning badiiy salohiyatini oshirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;
jahondagi yetakchi badiiy akademiyalar, ushbu yoʻnalishdagi taʼlim muassasalari, tashkilotlar, atoqli madaniyat va sanʼat arboblari bilan ilgʻor tajribalar almashish maqsadida har tomonlama ijodiy hamkorlik aloqalarini rivojlantirish;
ijodkorlar va isteʼdodli yoshlarni ijtimoiy-iqtisodiy muhofaza qilish hamda Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi tizimidagi tashkilotlarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash;
xalqimizning boy madaniy merosini, tasviriy va amaliy sanʼat hamda dizayn anʼanalarini rivojlantirish maqsadida Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi Badiiy ijodkorlar uyushmasining (keyingi oʻrinlarda — Badiiy ijodkorlar uyushmasi deb yuritiladi) faoliyatini muvofiqlashtirish;
tasviriy va amaliy sanʼat hamda dizayn yoʻnalishidagi ijodkorlarni, milliy oʻzligimizni anglash gʻoyalarini tarannum etuvchi yuksak darajadagi yorqin sanʼat asarlarini yaratishdagi faoliyatini ragʻbatlantirish va bolalar sanʼatini rivojlantirish bilan bogʻliq chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi tizimidagi taʼlim muassasalarining faoliyatida badiiy taʼlim uzviyligi hamda uzluksizligini taʼminlashga erishish maqsadida ixtisoslashtirilgan sanʼat maktab-internatlari va oʻrta maxsus taʼlim muassasalari uchun boshlangʻich badiiy taʼlimni yoʻlga qoʻyish;
Oʻzbekiston madaniyati va sanʼatining taraqqiyoti yoʻlida tasviriy va amaliy sanʼat, dizayn va xalq hunarmandchiligi sohalari boʻyicha yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash maqsadida Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi tizimidagi taʼlim muassasalarining faoliyatini xorijiy tajribalar asosida takomillashtirish;
tasviriy va amaliy sanʼat hamda dizayn yoʻnalishida yetuk mutaxassislarni tayyorlash tizimini takomillashtirish, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi markaziy apparati va uning hududiy boʻlimlari faoliyatini kuchaytirish, bu boradagi vazifalarni amalga oshirishning zamonaviy, taʼsirchan usul va shakllarini tizimli asosda rivojlantirib borish;
Oʻzbekistonda va xorijda keng koʻlamdagi koʻrgazmalar tashkil etish orqali milliy sanʼatimiz yutuqlarini dunyo jamoatchiligiga tanitish, konferensiya, biyennalelar va boshqa anjumanlar oʻtkazish.
3. Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi va Fanlar akademiyasining mamlakatimiz muzeylari fondlarini mustaqillik yillarida yaratilgan yuksak badiiy qiymatga ega boʻlgan tasviriy va amaliy sanʼat asarlari bilan muntazam boyitib borish va asarlar bahosini ularning ijodiy va moddiy qiymatidan kelib chiqqan holda belgilash maqsadida:
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi qoshida Badiiy ekspertlar kengashini tashkil etish;
Oʻzbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligiga mustaqillik yillarida yaratilgan, yuksak badiiy qiymatga ega boʻlgan tasviriy va amaliy sanʼat asarlarini sotib olish uchun har yili Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan 2 milliard soʻm mablagʻ ajratish toʻgʻrisidagi taklif maʼqullansin.
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-apreldagi PQ-232-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2022-y., 07/22/232/0378-son)
4. Belgilab qoʻyilsinki:
Oʻzbekiston Badiiy akademiyasining raisi maqomi, moddiy, maishiy, transport va tibbiy xizmat koʻrsatish shart-sharoitlari boʻyicha — vazirga, uning oʻrinbosari va bosh ilmiy kotib — vazir oʻrinbosarlariga tenglashtiriladi;
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi qoshidagi Badiiy ekspertlar kengashining tarkibi va Nizomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi;
(4-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-oktabrdagi PQ-3325-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Natsionalnaya baza dannix zakonodatelstva, 2017 g.)
mustaqillik yillarida yaratilgan yuksak badiiy qiymatga ega boʻlgan tasviriy va amaliy sanʼat asarlari Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi qoshidagi Badiiy ekspertlar kengashining qaroriga asosan sotib olinadi;
2018-yil 1-yanvardan boshlab Oʻzbekiston Badiiy akademiyasining haqiqiy aʼzolari uchun mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori 1,41 barobarida oylik gonorar toʻlash tizimi joriy qilinadi hamda ushbu gonorarlar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻidan ozod qilinadi;
(4-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-dekabrdagi PF-5894-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-son)
Oʻzbekiston Badiiy akademiyasining haqiqiy aʼzolari Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining haqiqiy aʼzolariga belgilangan imtiyozlardan foydalanadi.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining mablagʻlari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin.
6. Badiiy ijodkorlar uyushmasi va uning hududiy boʻlimlari galereyalarini saqlash xarajatlari, shuningdek, ularning moddiy-texnik bazasini rivojlantirish xarajatlarini moliyalashtirish manbasi etib Oʻzbekiston ijodkorlarini qoʻllab-quvvatlash “Ilhom” jamoat fondi (keyingi oʻrinlarda — Fond deb yuritiladi) mablagʻlari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar belgilansin.
Bunda Badiiy ijodkorlar uyushmasi hamda uning hududiy boʻlimlari xodimlari mehnatiga haq toʻlash xarajatlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan Fondga ajratiladigan budjet mablagʻlari (subsidiya) hisobidan qoplanishi nazarda tutilsin.
(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 21-apreldagi PQ-4688-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2020-y., 07/20/4688/0475-son)
7. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari Badiiy ijodkorlar uyushmasi hududiy boʻlimlarining hududiy galereyalarda joylashtirilishini hamda ularning moddiy-texnik bazasi mustahkamlanishini taʼminlasin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi markaziy apparatiga 2 ta shaxsan biriktirilgan va 1 ta navbatchi xizmat avtotransporti saqlash uchun limit ajratsin.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4-apreldagi PF-5398-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2018-y., 06/18/5398/1004-son)
9. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 1 oy muddatda:
Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisidagi Hukumat qarorini qabul qilsin;
Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti hududida Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi binosini qurish ishlarini tashkillashtirsin va ushbu binoda rassomlar uchun tajriba ustaxonasini tashkil etish koʻzda tutilsin.
10. Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
11. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi X. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 16-avgust,
PQ-3219-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-avgustdagi PQ-3219-son qaroriga1-ILOVA
Oʻzbekiston Badiiy akademiyasining
(1-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 21-apreldagi PQ-4688-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2020-y., 07/20/4688/0475-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-avgustdagi PQ-3219-son qaroriga2-ILOVA
Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi markaziy apparatining
Xodimlarning umumiy cheklangan soni (texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar bundan mustasno) 33 kishi.
Texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar soni qonunchilikda belgilangan meʼyorlar asosida aniqlanadi
(2-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 21-apreldagi PQ-4688-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2020-y., 07/20/4688/0475-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-avgustdagi PQ-3219-son qaroriga3-ILOVA
Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi Qoraqalpogʻiston boʻlimining
Xodimlarning umumiy cheklangan soni (texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar bundan mustasno) — 8 ta.
Texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar soni qonunchilikda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari uchun belgilangan meʼyorlar asosida aniqlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-avgustdagi PQ-3219-son qaroriga4-ILOVA
Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi faoliyatini rivojlantirish va yanada takomillashtirish boʻyicha 2017 — 2021-yillarga moʻljallangan chora-tadbirlar
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-avgustdagi PQ-3219-son qaroriga5-ILOVA
Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi Badiiy ijodkorlar uyushmasining
Xodimlarning umumiy cheklangan soni (texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar bundan mustasno) — 26,5 ta.
Texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar soni qonun hujjatlarida belgilangan meʼyorlar asosida aniqlanadi.
Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi Oʻzbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlardagi hududiy boʻlimlari xodimlariga bir paytning oʻzida jamoatchilik asosida Badiiy Ijodkorlar uyushmasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlardagi galereyalari xodimlari hisoblanadi va mazkur galereyalar faoliyatini belgilangan tartibda samarali tashkil etilishida javobgardir.
(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 21-apreldagi PQ-4688-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2020-y., 07/20/4688/0475-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-avgustdagi PQ-3219-son qaroriga6-ILOVA
Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi faoliyatini rivojlantirish va yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar dasturini amalga oshirish boʻyicha Respublika komissiyasi
Izoh:
Komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda uning tarkibiga koʻrsatilgan lavozimlarga yangidan tayinlangan shaxslar yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.
(6-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-fevraldagi PF-5650-sonli Farmoni tahririda)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi faoliyatini rivojlantirish va yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga