PQ-4958-son Qaror · 21.01.2021

Xalqaro shartnomani tasdiqlash toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-4958
  • Qabul qilingan sana:21.01.2021
  • Kuchga kirgan sana:22.01.2021
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 07/21/4958/0061

“Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunining 22-moddasiga muvofiq:

1. 2019-yil 28-may kuni Toshkent shahrida imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Germaniya Federativ Respublikasi Hukumati oʻrtasida maxfiy axborotni almashish va oʻzaro muhofaza qilish toʻgʻrisidagi bitim tasdiqlansin.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati yuqorida koʻrsatilgan xalqaro shartnomani amalga oshirish yuzasidan masʼul vakolatli organ etib belgilansin.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Tashki ishlar vazirligi nemis tomoniga mazkur xalqaro shartnoma kuchga kirishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan zarur boʻlgan davlat ichki protseduralari bajarilganligi toʻgʻrisidagi tegishli bildirishnomani yuborsin.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi xamda tegishli vazirliklar va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirgandan keyin uning qoidalari bajarilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni taʼminlasin.

5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Maxmudov va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisi A.A. Azizov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2021-yil 21-yanvar,

PQ-4958-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.