Oʻzbekiston Respublikasida oʻrmon xoʻjaligi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish, oʻrmon xoʻjaligida ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini taʼminlash, ilmiy-tadqiqot ishlarini ragʻbatlantirish hamda xalqaro standartlar darajasiga mos ilgʻor xorijiy tajribaga ega boʻlgan kadrlarni tayyorlash tizimini takomillashtirish maqsadida:
1. Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi hamda Moliya vazirligining 2021-yil 1-fevraldan:
a) oʻrmon xoʻjaligi sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, xorijiy stajirovkalarni tizimli tashkil etish, innovatsion ishlanmalarni ishlab chiqarishga keng joriy etish maqsadida Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi markaziy apparati tuzilmasida 4 ta shtat birligidan iborat Ilmiy tashkilotlar faoliyati va innovatsiyalarni joriy etishni muvofiqlashtirish boshqarmasini;
pistachilikni rivojlantirish, pistaning yangi va serhosil nav hamda shakllarini tanlash, rayonlashtirish, pistachilik boʻyicha oʻrmonchilar, fermer va dehqon xoʻjaliklari uchun seminar, trening va boshqa tadbirlar tashkil etish maqsadida Jizzax davlat oʻrmon xoʻjaligi Gʻallaorol boʻlimining “Oqtosh” uchastkasidagi onalik pista plantatsiyalari negizida Oʻrmon xoʻjaligi ilmiy-tadqiqot instituti huzurida davlat muassasasi shaklidagi Pistachilik ilmiy-tajriba stansiyasini tashkil etish;
oʻrmon tadbirlarining texnologik xaritalarini ishlab chiqish va oʻrmon amaliyotiga joriy etishni taʼminlash maqsadida Oʻrmon xoʻjaligi ilmiy-tadqiqot instituti tuzilmasida Oʻrmon iqtisodiyoti boʻlimini;
b) oʻrmon urugʻchiligini rivojlantirish, oʻrmon oʻsimliklari urugʻlari tahlilini ilmiy-tadqiqot ishlari bilan muvofiqlashtirish maqsadida Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi tizimidagi Oʻrmon va dorivor oʻsimliklar urugʻchiligini tahlil qilish markazini tugatish hamda uning moddiy-texnik bazasini saqlagan holda Oʻrmon xoʻjaligi ilmiy-tadqiqot institutiga berish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Belgilansinki, Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi markaziy apparati hamda Oʻrmon xoʻjaligi ilmiy-tadqiqot instituti tuzilmasiga kiritilayotgan oʻzgartirishlar Oʻrmon va dorivor oʻsimliklar urugʻchiligini tahlil qilish markazini tugatish natijasida boʻshayotgan shtat birliklari hamda Jizzax davlat oʻrmon xoʻjaligi shtat birliklarini maqbullashtirish hisobiga amalga oshiriladi.
2. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻrmon xoʻjaligi ilmiy-tadqiqot instituti tugatilayotgan Oʻrmon va dorivor oʻsimliklar urugʻchiligini tahlil qilish markazining huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 23-noyabrdagi PF-199-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.11.2023-y., 06/23/199/0882-son)
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 23-noyabrdagi PF-199-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.11.2023-y., 06/23/199/0882-son)
5. Belgilansinki, 2021-yil 1-yanvardan boshlab, Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasining Oʻrmon xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasi umumiy tushumlarining 5 foizi Oʻrmon xoʻjaligi ilmiy-tadqiqot instituti va uning tizimidagi ilmiy tashkilotlar faoliyatini qoʻllab-quvvatlash hamda xodimlarni ragʻbatlantirishga yoʻnaltiriladi.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
7. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil etishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasining raisi N.J. Bakirov belgilansin.
Qaror ijrosini har chorakda muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari Sh.M. Gʻaniyev zimmasiga yuklansin.
Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan 2021-yil 1-iyun va 2022-yil 1-yanvarga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot berilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2021-yil 21-yanvar,
PQ-4960-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-yanvardagi PQ-4960-son qarorigaILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 11-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-2966-son qarorida:
a) 2-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi “82” raqami “86” raqami bilan almashtirilsin;
b) 5-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi markaziy apparatini — Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti va Jamgʻarma mablagʻlari;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi qoʻmitasi, viloyatlar oʻrmon xoʻjaligi boshqarmalarini — Jamgʻarma mablagʻlari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar;
Milliy tabiat bogʻlari va ovchilik xoʻjaliklari boshqarmasini, Dorivor oʻsimliklarni yetishtirish va qayta ishlash ilmiy-ishlab chiqarish markazini, Oʻrmon xoʻjaligi texnikumini — Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti mablagʻlari, Jamgʻarma mablagʻlari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar;
Milliy tabiat bogʻlari, davlat oʻrmon xoʻjaliklari, davlat oʻrmon ishlab chiqarish korxonalari, dorivor oʻsimliklarni yetishtirish boʻyicha ixtisoslashtirilgan davlat oʻrmon xoʻjaliklari, davlat oʻrmon-ovchilik xoʻjaliklari, ilmiy-tajriba stansiyalarini — Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar mahalliy budjetlari, Jamgʻarma mablagʻlari, budjetdan tashqari mablagʻlar va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar;
Oʻrmon xoʻjaligi ilmiy-tadqiqot institutini, Oʻrmon xoʻjaligi ilmiy-tadqiqot institutining Andijon filiali, Choʻl hududlarida oʻrmonchilikni rivojlantirish ilmiy markazi, Oʻrmon xoʻjaligini rivojlantirish innovatsiya markazini — Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti mablagʻlari, Jamgʻarma mablagʻlari, grantlar va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar;
“Oʻrmonloyiha” loyihalash institutini, “Oʻrmonqurilish” davlat unitar korxonasini, “Oʻrmontexnoservis” davlat unitar korxonasini — budjetdan tashqari mablagʻlar moliyalashtirish manbalari etib belgilansin.”;
v) 1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasining
Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi Milliy tabiat bogʻlari va ovchilik xoʻjaliklari boshqarmasi milliy tabiat bogʻi — 4, davlat oʻrmon-ovchilik xoʻjaligi — 10 Qoraqalpogʻiston Respublikasi oʻrmon xoʻjaligi qoʻmitasi davlat oʻrmon xoʻjaligi — 12 Namangan viloyati oʻrmon xoʻjaligi boshqarmasi davlat oʻrmon xoʻjaligi — 3 Andijon davlat oʻrmon xoʻjaligi — 1 Sirdaryo davlat oʻrmon xoʻjaligi — 1 Samarqand viloyati oʻrmon xoʻjaligi boshqarmasi davlat oʻrmon xoʻjaligi — 7 Buxoro viloyati oʻrmon xoʻjaligi boshqarmasi davlat oʻrmon xoʻjaligi — 9 Dorivor oʻsimliklarni yetishtirish va qayta ishlash ilmiy-ishlab chiqarish markazi dorivor oʻsimliklarni yetishtirish boʻyicha davlat oʻrmon xoʻjaligi — 13 Xorazm davlat oʻrmon xoʻjaligi — 1 Surxondaryo viloyati oʻrmon xoʻjaligi boshqarmasi davlat oʻrmon xoʻjaligi — 5 Jizzax viloyati oʻrmon xoʻjaligi boshqarmasi davlat oʻrmon xoʻjaligi — 5 “Oʻrmonqurilish” davlat unitar korxonasi Toshkent viloyati oʻrmon xoʻjaligi boshqarmasi davlat oʻrmon xoʻjaligi — 5 “Oʻrmontexnoservis” davlat unitar korxonasi “Oʻrmonloyiha” loyihalash instituti Qashqadaryo viloyati oʻrmon xoʻjaligi boshqarmasi davlat oʻrmon xoʻjaligi — 8 Oʻrmon xoʻjaligi ilmiy-tadqiqot instituti Ilmiy tajriba stansiyasi — 5, Oʻrmon xoʻjaligi ilmiy-tadqiqot institutining Andijon filiali, Choʻl hududlarida oʻrmonchilikni rivojlantirish ilmiy markazi, Oʻrmon xoʻjaligini rivojlantirish innovatsiya markazi Fargʻona viloyati oʻrmon xoʻjaligi boshqarmasi davlat oʻrmon xoʻjaligi — 2 Navoiy viloyati oʻrmon xoʻjaligi boshqarmasi davlat oʻrmon xoʻjaligi — 7 Oʻrmon xoʻjaligi texnikumi ”;
g) 1a-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi tizimiga kiruvchi tashkilotlar va boshqarmalar
d) 2-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi markaziy apparatining
Hayʼat Rais Ilmiy-texnik kengash Raisning iqtisodiy masalalar boʻyicha birinchi oʻrinbosari Rais oʻrinbosari Rais oʻrinbosari — Oʻrmon xoʻjaligi ilmiy-tadqiqot instituti direktori Raisning chegara masalalari, rejim va kadrlar boʻyicha oʻrinbosari Iqtisodiy tahlil, prognozlashtirish, moliyalashtirish va Oʻrmon xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlarini boshqarish boshqarmasi 4 Investitsiyalarni jalb etish va davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish boshqarmasi 4 Oʻrmonni qoʻriqlash va muhofaza qilish boshqarmasi 4 Tashkiliy-nazorat va tahlil boshqarmasi 4 Oʻrmonlarni rivojlantirish, koʻpaytirish va qayta tiklash boshqarmasi 6 Ilmiy tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va innovatsiyalarni joriy etish boshqarmasi 4 Xalqaro aloqalar va ekoturizmni rivojlantirish boshqarmasi 4 Oʻrmon qonunchiligi talablari ijrosini nazorat qilish boshqarmasi 5 Buxgalteriya hisobi boshqarmasi 4 Choʻllanish va qurgʻoqchilikka qarshi kurashish boshqarmasi 4 Oʻrmon xoʻjaligi ilmiy-tadqiqot instituti Oʻrmon mahsulotlari ishlab chiqarish va eksportni tashkil etish boshqarmasi 4 Oʻrmonlardan qoʻshimcha foydalanish boshqarmasi 5 Maxsus ishlar boʻyicha bosh mutaxassis Davlat oʻrmon kadastri va gidromelioratsiya boshqarmasi 4 Dorivor oʻsimliklarni yetishtirish va qayta ishlash ilmiy-ishlab chiqarish markazi Kadrlar boʻlimi 2 Mexanizatsiya va moddiy-texnika taʼminoti boshqarmasi 4 Ishlar boshqaruvchisi AKTni joriy etish va axborot xavfsizligini taʼminlash boʻlimi 3 “Oʻrmonqurilish” DUK Devonxona 2 Oʻrmon xoʻjaligi texnikumi “Oʻrmonloyiha” loyihalash instituti “Oʻrmontexnoservis” DUK Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash boʻyicha mutaxassis Yuridik boʻlim 3 Chegara masalalari, mehnat muhofazasi, texnika va yongʻin xavfsizligini taʼminlash boʻlimi 3 Rais yordamchisi Matbuot kotibi Korrupsiyaga qarshi komplayens-nazorat xizmati 2 Raisning maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari boʻyicha maslahatchisi Milliy tabiat bogʻlari va ovchilik xoʻjaliklari boshqarmasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi qoʻmitasi va viloyat oʻrmon xoʻjaligi boshqarmalari
Boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni — 86 nafar”.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 20-martdagi “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4247-son qaroriga 3-ilovaning 1-bandi “b”, “v”, “g”, “d”, “e” kichik bandlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-avgustdagi “Respublikada oʻrmonlardan foydalanish samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4424-son qarorida:
a) 12-bandning “a” kichik bandida:
ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
uchinchi xatboshi ikkinchi xatboshi deb hisoblansin;
b) 8-ilovada:
1-bandning “a” — “d” kichik bandlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
5-band “b” kichik bandining ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi xatboshilari chiqarib tashlansin.