PQ-4963-son Qaror · 25.01.2021

Maktabgacha va maktab taʼlimi sohasidagi ilmiy-tadqiqot faoliyatini qoʻllab quvvatlash hamda uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini joriy qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-4963
  • Qabul qilingan sana:25.01.2021
  • Kuchga kirgan sana:26.01.2021
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 07/21/4963/0064

(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-iyundagi PQ-231-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.06.2024-y., 07/24/231/0445-son)

Maktabgacha va maktab taʼlimi sohasida faoliyat koʻrsatayotgan rahbar, mutaxassis va pedagog xodimlarni (keyingi oʻrinlarda — maktabgacha va maktab taʼlimi xodimlari) qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish, umumiy oʻrta taʼlimning ilmiy asoslarini yaratish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-noyabrdagi “Oʻzbekistonning yangi taraqqiyot davrida taʼlim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6108-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida:

(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-iyundagi PQ-231-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.06.2024-y., 07/24/231/0445-son)

1. 2021-yil 1-martdan boshlab shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:

a) tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimlari tomonidan:

maktabgacha va maktab taʼlimi xodimlarining malaka oshirish boʻyicha ehtiyojlari oʻrganiladi hamda “Uzluksiz kasbiy taʼlim” maxsus elektron platformasi orqali ularning individual kasbiy rivojlanish trayektoriyasi tuziladi;

har bir maktabgacha va maktab taʼlimi xodimining elektron portfoliosi shakllantiriladi va unga xodimning individual trayektoriyasi, kasbiy rivojlanish natijalari va oʻzlashtirgan oʻquv dasturlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar kiritiladi;

(1-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-iyundagi PQ-231-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.06.2024-y., 07/24/231/0445-son)

b) Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (X. Umarova) hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov) tomonidan:

(1-band “b” kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-iyundagi PQ-231-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.06.2024-y., 07/24/231/0445-son)

maktabgacha va maktab taʼlimim xodimlarini ularning malaka darajasi, bilimi, ilmiy-pedagogik salohiyati, ish tajribasi, psixologik tayyorgarligi va individual kasbiy rivojlanish trayektoriyasiga mos keladigan tabaqalashgan malaka oshirish dasturlari boʻyicha oʻqitish amaliyoti yoʻlga qoʻyiladi;

(1-band “b” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-iyundagi PQ-231-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.06.2024-y., 07/24/231/0445-son)

anʼanaviy malaka oshirish bilan bir qatorda kasbiy oʻqitishning uygʻunlashgan, ish jarayoni bilan birgalikda olib boriladigan, masofaviy va boshqa turlari joriy etiladi;

v) Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (X. Umarova) tomonidan:

uzluksiz kasbiy rivojlanish tizimida maktabgacha va maktab taʼlimi xodimlari tomonidan toʻplanishi lozim boʻlgan kreditlarning (akademik soatlarning) eng kam hajmi (miqdori) tasdiqlanadi;

maktabgacha va maktab taʼlimi xodimlari malakasini oshirishning muqobil shakllari roʻyxati tasdiqlanadi va har bitta shaklga toʻgʻri keladigan kreditlar (akademik soatlar) hajmi belgilanadi. Bunda, malaka oshirishning muqobil shakllarini oʻzlashtirgan maktabgacha va maktab taʼlimi xodimlari tegishli shakl uchun belgilangan hajmdagi (miqdordagi) kreditlarni (akademik soatlarni) toʻplagan deb hisoblanadi;

(1-bandning “ v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-iyundagi PQ-231-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.06.2024-y., 07/24/231/0445-son)

g) Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (X. Umarova) hamda Oliy, taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov) tomonidan muntazam ravishda malaka oshirish dasturlari asosida taʼlim berishning samaradorligi baholanadi va dasturlarni takomillashtirish boʻyicha choralar koʻriladi.

(1-bandning “g” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-iyundagi PQ-231-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.06.2024-y., 07/24/231/0445-son)

2. Belgilansinki, 2021-yil 1-sentabrdan boshlab:

malaka toifasini berish va saqlab qolish boʻyicha maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish yil davomida amalga oshiriladi;

uzrli sabablarga koʻra (mehnatga layoqatsizlik, homiladorlik, tugʻish hamda bolani parvarish qilish taʼtili va boshqalar) attestatsiyadan oʻtmagan pedagog kadrlar ish faoliyatiga qaytganlariga bir yil toʻlgandan soʻng attestatsiyaga jalb etiladi va mazkur davr mobaynida ularning malaka toifasi saqlab qolinadi (oʻz tashabbusiga koʻra attestatsiyadan oʻtmoqchi boʻlgan pedagog kadrlar bundan mustasno).

3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-noyabrdagi “Oʻzbekistonning yangi taraqqiyot davrida taʼlim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6108-son Farmoniga muvofiq maktabgacha va maktab taʼlimi xodimlari oʻz ixtiyoriga koʻra Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan pedagog kadrlar tayyorlaydigan oliy taʼlim muassasalarida hamda nodavlat taʼlim tashkilotlarida malakasini oshirishi mumkinligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.

(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-iyundagi PQ-231-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.06.2024-y., 07/24/231/0445-son)

4. Belgilansinki:

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining A. Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti (keyingi oʻrinlarda — Institut), Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar Pedagogik mahorat markazlari, pedagog kadrlar tayyorlaydigan oliy taʼlim muassasalari hamda nodavlat taʼlim tashkilotlari tomonidan maktabgacha va maktab taʼlimi xodimlarining malakasini oshirish bilan bogʻliq xarajatlarni moliyalashtirish uchun zarur mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetidan birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchi sifatida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligiga ajratiladi;

(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-iyundagi PQ-231-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.06.2024-y., 07/24/231/0445-son)

Davlat budjeti mablagʻlaridan samarali foydalanish maqsadida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan maktabgacha va maktab taʼlimi xodimlari malakasini oshirish faoliyati bilan shugʻullanayotgan nodavlat taʼlim tashkilotlarining elektron reyestri (keyingi oʻrinlarda — Reyestr) yuritiladi;

(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-iyundagi PQ-231-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.06.2024-y., 07/24/231/0445-son)

Davlat budjetidan mablagʻlar faqat Reyestrga kiritilgan nodavlat taʼlim tashkilotlariga ajratiladi.

5. Xalq taʼlimi vazirligi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2021-yil 1-martga qadar Institut, hududiy markazlar, pedagog kadrlar tayyorlaydigan oliy taʼlim muassasalari hamda nodavlat taʼlim tashkilotlarining xalq taʼlimi xodimlari malakasini oshirish bilan bogʻliq xarajatlarini Davlat budjeti hisobidan qoplab berish va Reyestrni yuritish tartibini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

6. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov) maktabgacha va maktab taʼlimi xodimlari malakasini oshirish kurslarini tashkil etgan oliy taʼlim muassasalariga:

(6-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-iyundagi PQ-231-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.06.2024-y., 07/24/231/0445-son)

maktabgacha va maktab taʼlimi xodimlari malakasini oshirishning ilgʻor shakl va usullarini joriy etish, oʻquv-metodik resurslarini ishlab chiqish, taʼlim dasturlarini takomillashtirishga;

(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-iyundagi PQ-231-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.06.2024-y., 07/24/231/0445-son)

umumeʼtirof etilgan xalqaro taʼlim standartlari va talablari, ilgʻor pedagogik, axborot-kommunikatsiya va innovatsiya texnologiyalari asosida oʻquv jarayonini sifatli tashkil etishga koʻmaklashsin.

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (X. Umarova) Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov) bilan birgalikda “Ustoz-shogird” tizimi orqali ustuvor boʻlgan fan sohalari (matematika, kimyo, biologiya, fizika, ona tili va adabiyot, xorijiy tillar, psixologiya, boshlangʻich taʼlim) boʻyicha maktabgacha va maktab taʼlimi tizimi xodimlari va oliy taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchilari oʻrtasida oʻzaro hamkorlik aloqalarini kengaytirish choralarini koʻrsin.

(6-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-iyundagi PQ-231-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.06.2024-y., 07/24/231/0445-son)

7. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (X. Umarova) 2021-yil 1-iyunga qadar Institut va hududiy markazlarda oliy taʼlim tashkilotlarining pedagogik boʻlmagan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarida tahsil olayotgan talabalari uchun pedagogik tayyorgarlik modullarini ishlab chiqsin va amaliyotga kiritsin.

(7-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-iyundagi PQ-231-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.06.2024-y., 07/24/231/0445-son)

Belgilansinki:

pedagog kadrlar tayyorlaydigan oliy taʼlim muassasalari, Institut hamda hududiy markazlarda joriy etiladigan pedagogik tayyorgarlik modullari (keyingi oʻrinlarda — modullar) boʻyicha bakalavriatning soʻnggi ikki bosqichida tahsil olayotgan talabalar oʻqishga qabul qilinadi;

modullar boʻyicha oʻqitish talabalarning oliy taʼlim muassasasida tahsil olishdan boʻsh boʻlgan vaqtida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining granti va toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi. Bunda, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining granti ehtiyoj yuqori boʻlgan pedagogik mutaxassisliklar boʻyicha vazirlikning budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan ajratiladi;

(7-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-iyundagi PQ-231-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.06.2024-y., 07/24/231/0445-son)

modullarni Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining granti asosida oʻzlashtirgan talabalar oliy taʼlim muassasasini bitirganidan soʻng ikki yildan kam boʻlmagan muddatga ishlab berish uchun vazirlik tomonidan davlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlariga taqsimlanadi;

(7-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-iyundagi PQ-231-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.06.2024-y., 07/24/231/0445-son)

modullarni oʻzlashtirganlik toʻgʻrisidagi sertifikatga ega shaxslarga oliy taʼlim tashkilotida oʻqishni bitirganidan soʻng qayta tayyorlash kurslaridan oʻtmasdan mutaxassisligiga oid fanlardan umumiy oʻrta va professional taʼlim tashkilotlarida pedagogik faoliyat bilan shugʻullanish huquqi beriladi.

8. Quyidagilar:

Maktabgacha va maktab taʼlimi xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” 1-ilovaga muvofiq;

(8-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-iyundagi PQ-231-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.06.2024-y., 07/24/231/0445-son)

Maktabgacha va maktab taʼlimi xodimlarini 2021 — 2025-yillarda uzluksiz kasbiy rivojlantirish natijasida erishiladigan asosiy maqsadli koʻrsatkichlar 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

(8-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-iyundagi PQ-231-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.06.2024-y., 07/24/231/0445-son)

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi boshqa vazirlik va idoralar bilan birgalikda “Yoʻl xaritasi”da nazarda tutilgan chora-tadbirlarni oʻz vaqtida, toʻliq va sifatli bajarilishini taʼminlasin.

(8-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-iyundagi PQ-231-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.06.2024-y., 07/24/231/0445-son)

9. Quyidagilar Institutning asosiy vazifalari etib belgilansin:

maktabgacha va maktab taʼlimi tizimini ilmiy-metodik jihatdan taʼminlash, fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlar oʻtkazish, tadqiqot natijalarini amaliyotga keng joriy etish;

(9-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-iyundagi PQ-231-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.06.2024-y., 07/24/231/0445-son)

umumiy oʻrta taʼlimning dolzarb muammolari yuzasidan tizimli asosda ilmiy-tadqiqot dasturlari va loyihalarini amalga oshirish, ilmiy, ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar, yigʻilishlar tashkil etish;

doktorantura yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari boʻyicha yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, ilmiy xodimlarning kasbiy darajasini doimiy oshirib borish, maktabgacha va maktab taʼlimi xodimlarini qayta tayyorlash, rahbar kadrlar va metodistlarning malakasini oshirish;

(9-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-iyundagi PQ-231-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.06.2024-y., 07/24/231/0445-son)

umumiy oʻrta taʼlim sohasidagi ilgʻor tajribalarni oʻrganish va mamlakatimizda joriy etish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish, xorijiy mamlakatlarning yetakchi ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan xalqaro aloqalarni rivojlantirish;

umumiy oʻrta taʼlimni tashkil etishning yangi texnologiyalari, vositalari va shakllarini ishlab chiqish, sinovdan oʻtkazish va ekspertiza qilishda ishtirok etish;

kelajak maktabi, uning rahbari va oʻqituvchisining modelini yaratish asosida maktabgacha va maktab taʼlimi xodimlarining kasbiy standartlarini ishlab chiqish va doimiy tarzda rivojlantirib borish, ilmiy-tadqiqot faoliyatining taʼlim jarayoni bilan aloqalarini mustahkamlash;

(9-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-iyundagi PQ-231-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.06.2024-y., 07/24/231/0445-son)

maktabgacha va maktab taʼlimi xodimlarining malakasini oshirish faoliyati bilan shugʻullanayotgan nodavlat taʼlim tashkilotlari uchun namunaviy oʻquv reja, dastur, oʻquv-metodik va boshqa hujjatlarni ishlab chiqish, shuningdek, kurslarning oʻquv-uslubiy taʼminotini doimiy yangilab borishga koʻmaklashish;

(9-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-iyundagi PQ-231-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.06.2024-y., 07/24/231/0445-son)

“Uzluksiz kasbiy taʼlim” maxsus elektron platformasi faoliyatini yuritish, malaka oshirish tashkilotlari bilan birgalikda qayta tayyorlash hamda malaka oshirish kurslari oʻquv modullari kontentini markazlashtirilgan tarzda ishlab chiqish va platformaga kiritilishini taʼminlash.

10. Belgilab qoʻyilsinki:

Institut A. Avloniy nomidagi Xalq taʼlimi tizimi rahbar va mutaxassis xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutining huquqlari va majburiyatlari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi;

Institutga maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan rektor rahbarlik qiladi;

(10-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-iyundagi PQ-231-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.06.2024-y., 07/24/231/0445-son)

hududiy markazlarining rahbarlari va rahbar oʻrinbosarlari maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;

(10-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-iyundagi PQ-231-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.06.2024-y., 07/24/231/0445-son)

2024-yil 1-iyuldan boshlab Institut, hududiy markazlar hamda Maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti rahbarlari va oʻrinbosarlariga — oliy taʼlim muassasasining tegishincha rektori va prorektorlari uchun, tarkibiy boʻlinmalar boshliqlariga — oliy taʼlim muassasasi fakultet dekani uchun, bosh mutaxassislariga — oliy taʼlim muassasasi katta oʻqituvchisi uchun, yetakchi mutaxassislariga — oliy taʼlim muassasasi assistent oʻqituvchisi uchun, professor-oʻqituvchilari, texnik, xizmat koʻrsatuvchi va oʻquv-yordamchi xodimlariga — oliy taʼlim muassasalarining tegishli lavozimlari uchun hamda ilmiy xodimlariga — Fanlar akademiyasi tizimidagi ilmiy-tadqiqot institutlarining ilmiy xodimlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirish shartlari tatbiq etiladi. Bunda bir nafar oʻqituvchi hisobiga toʻgʻri keladigan tinglovchilar soni nisbatining cheklangan normativi 1:12 nisbatda belgilanadi;

(10-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-apreldagi PF-73-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.04.2025-y., 06/25/73/0389-son)

moddiy ragʻbatlantirish maxsus fondlari mablagʻlari hisobidan Institut, hududiy markazlar hamda Maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutining maʼmuriy-boshqaruv, metodist va pedagogik xodimlarini ragʻbatlantirish davlat boshqaruvi organlari uchun belgilangan shartlarda amalga oshiriladi. Bunda moddiy ragʻbatlantirish maxsus fondi mablagʻlari hisobidan hududiy markazlar xodimlarini ragʻbatlantirish Institut bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.

(10-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-apreldagi PF-73-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.04.2025-y., 06/25/73/0389-son)

11. Quyidagilar:

A. Avloniy nomidagi Pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga oʻrgatish milliy-tadqiqot instituti faoliyatini takomillashtirish boʻyicha maqsadli dastur 3-ilovaga muvofiq;

(11-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-iyundagi PQ-290-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.06.2022-y., 07/22/290/0563-son)

A. Avloniy nomidagi Pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga oʻrgatish milliy-tadqiqot institutining 2023-yilgacha maqsadli koʻrsatkichlari 4-ilovaga muvofiq;

(11-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-iyundagi PQ-290-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.06.2022-y., 07/22/290/0563-son)

A. Avloniy nomidagi Pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga oʻrgatish milliy-tadqiqot instituti xodimlarining xorijdagi yetakchi ilmiy markazlarda malakasini oshirish reja-grafigi 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

(11-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-iyundagi PQ-290-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.06.2022-y., 07/22/290/0563-son)

Belgilansinki, Institutga qoʻshimcha shtat birliklarini ajratish hududiy markazlarning tegishli boshqaruv shtatlar sonini qisqartirish hisobidan amalga oshiriladi.

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi va Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi Institut ilmiy xodimlarining tanlov asosida xorijdagi yetakchi ilmiy tashkilotlarda stajirovka oʻtashlarini tashkil etsin.

(11-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-iyundagi PQ-231-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.06.2024-y., 07/24/231/0445-son)

Innovatsion rivojlanish va novatorlik gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hamda Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari Institut ilmiy xodimlarining xorijda malaka oshirishini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin.

12. Quyidagilar Institut faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:

Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar;

ilmiy faoliyatga oid dasturlarni amalga oshirish uchun Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan oʻtkaziladigan tanlovlar natijalari boʻyicha ajratiladigan Davlat budjeti mablagʻlari;

(12-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-iyundagi PQ-231-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.06.2024-y., 07/24/231/0445-son)

Taʼlim sohasidagi islohotlarga koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlaridan ajratmalar;

(12-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-iyundagi PQ-231-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.06.2024-y., 07/24/231/0445-son)

xoʻjalik faoliyatidan hamda shartnoma asosida tadqiqotlar oʻtkazishdan tushadigan tushumlar;

xalqaro moliya va boshqa institutlar, xorijiy tashkilotlarning grantlari doirasida tushadigan mablagʻlar;

qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar.

13. Institutga oʻzining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan quyidagi chora-tadbirlarni moliyalashtirish huquqi berilsin:

malakali xorijiy mutaxassislar va maslahatchilarni jalb etish, ularga mehnat bozorining amaldagi konyunkturasini hisobga olgan holda ish haqi toʻlash;

zamonaviy axborot va innovatsion texnologiyalarni joriy etish, Institutning moddiy-texnik bazasini modernizatsiya qilish va mustahkamlash;

Institut xodimlarining xorijiy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida malaka oshirishi va stajirovka oʻtashi bilan bogʻliq xarajatlar uchun toʻlovlarni amalga oshirish;

qonun hujjatlariga muvofiq Institutga yuklangan vazifalarni hal etish va uning faoliyatini rivojlantirish bilan bogʻliq boshqa tadbirlarni amalga oshirish.

14. Xalq taʼlimi vazirligi 2021-yil 1-iyunga qadar Institutda:

a) xalq taʼlimi tizimidagi rahbar kadrlar va metodistlar malakasini oshirish kurslarini tashkil qilsin;

b) quyidagilarni tayyorlashni yoʻlga qoʻysin:

toʻlov-kontrakt asosida “Taʼlim menejmenti” va “Kattalar taʼlimi” bir yillik magistratura mutaxassisliklari boʻyicha kadrlarni;

“Taʼlimda menejment”, “Fanlarni oʻqitish nazariyasi va metodikasi” hamda “Elektron taʼlim nazariyasi va metodikasi” ixtisosliklari boʻyicha pedagogika fanlari doktorlarini (PhD, DSc).

15. Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov) ikki oy muddatda:

belgilangan tartibda Institutni xalqaro talablarga javob beradigan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, shuningdek, mebel va boshqa texnik vositalar bilan jihozlash;

Institutning ustavini tasdiqlash va belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazish choralarini koʻrsin.

16. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Hukumatining ayrim qarorlariga 6-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.

17. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 26-sentabrdagi “Pedagog kadrlarni tayyorlash, xalq taʼlimi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3289-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.

18. Xalq taʼlimi vazirligi Adliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

19. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil etishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.A. Musayev, Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vaziri Sh.X. Shermatov hamda Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri A.X. Toshkulov belgilansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2021-yil 25-yanvar,

PQ-4963-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 25-yanvardagi PQ-4963-son qaroriga 1-ILOVA

Maktabgacha va maktab taʼlimi xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha

(1-ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-iyundagi PQ-231-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.06.2024-y., 07/24/231/0445-son)

Izoh:

1. Tadbirlarni amalga oshirish shakli oʻzgarishi, ishlab chiqiladigan normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar esa huquqiy munosabatlarni tartibga solish predmeti va sohasidan kelib chiqqan holda birlashtirilishi mumkin;

2. Ikki va undan ortiq bandlar birlashtirilganda ushbu bandlar uchun belgilangan eng kech muddat ijro muddati etib belgilanadi.

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-iyundagi PQ-231-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.06.2024-y., 07/24/231/0445-son)

(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-iyundagi PQ-231-sonli qaroriga asosan 2025-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.06.2024-y., 07/24/231/0445-son )

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 25-yanvardagi PQ-4963-son qaroriga 3-ILOVA

A. Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti faoliyatini takomillashtirish boʻyicha

(3-ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-iyundagi PQ-231-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.06.2024-y., 07/24/231/0445-son)

(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-iyundagi PQ-231-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.06.2024-y., 07/24/231/0445-son)

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 25-yanvardagi PQ-4963-son qaroriga 4-ILOVA

Xalq taʼlimi vazirligining A. Avloniy nomidagi Pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga oʻrgatish milliy-tadqiqot institutining 2023-yilgacha

(4-ilova nomi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-iyundagi PQ-290-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.06.2022-y., 07/22/290/0563-son)

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 25-yanvardagi PQ-4963-son qaroriga 5-ILOVA

A. Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti xodimlarining xorijdagi yetakchi ilmiy markazlarda malakasini oshirish

(5-ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-iyundagi PQ-231-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.06.2024-y., 07/24/231/0445-son)

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 25-yanvardagi PQ-4963-son qaroriga 6-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-sentabrdagi “Xalq taʼlimi tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3931-son qarorida:

16-banddagi “A. Avloniy nomidagi Xalq taʼlimi tizimi rahbar va mutaxassis xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida” soʻzlari “Xalq taʼlimi vazirligining A. Avloniy nomidagi xalq taʼlimi muammolarini oʻrganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot institutida” soʻzlari bilan almashtirilsin;

1-ilovadagi “A. Avloniy nomidagi xalq taʼlimi tizimi rahbar va mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti” soʻzlari “A. Avloniy nomidagi Xalq taʼlimi muammolarini oʻrganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot instituti” soʻzlari bilan almashtirilsin.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-sentabrdagi “Xalq taʼlimi tizimidagi maktabdan tashqari taʼlim samaradorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4467-son qarorida:

9-banddagi “A. Avloniy nomidagi Xalq taʼlimi tizimi rahbar va mutaxassis xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida” soʻzlari “Xalq taʼlimi vazirligining A. Avloniy nomidagi xalq taʼlimi muammolarini oʻrganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot institutida” soʻzlari bilan almashtirilsin;

2019 — 2021-yillarda xalq taʼlimi tizimidagi maktabdan tashqari taʼlim muassasalari faoliyatini samarali tashkil etish boʻyicha “Yoʻl xaritasi”ning 24-pozitsiyasidagi “A. Avloniy nomidagi xalq taʼlimi tizimi rahbar va mutaxassis xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutining” soʻzlari “Xalq taʼlimi vazirligining A. Avloniy nomidagi xalq taʼlimi muammolarini oʻrganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot institutining” soʻzlari bilan almashtirilsin.

3. Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 22-noyabrdagi “2005 — 2009-yillarda umumtaʼlim maktablari uchun darsliklar va oʻquv-metodik qoʻllanmalar nashr etish dasturi toʻgʻrisida”gi 548-son qarori 3-bandida:

uchinchi xatboshidagi “Moliya vazirligi huzuridagi Respublika maqsadli kitob jamgʻarmasidan” soʻzlari “Xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Respublika maqsadli kitob jamgʻarmasidan” soʻzlari bilan almashtirilsin;

toʻrtinchi xatboshidagi “Moliya vazirligi huzuridagi Respublika maqsadli kitob fondining” soʻzlari “Xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Respublika maqsadli kitob jamgʻarmasining” soʻzlari bilan almashtirilsin.

4. Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 7-avgustdagi “Ayrim fanlar chuqur oʻrganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasalari faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 173-son qarorining 8-bandi quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:

“2021-yil 1-sentabrdan boshlab 50 foiz — matematika, kimyo va biologiya fanlariga ixtisoslashtirilgan maktablar rahbar kadrlari (direktor va ixtisoslashgan fan boʻyicha direktor oʻrinbosari) hamda tegishincha matematika, kimyo va biologiya fanlari oʻqituvchilariga (bunda mazkur bandning ikkinchi-toʻrtinchi xatboshilarida koʻrsatilgan ustamalar ushbu rahbar kadrlar va tegishincha matematika, kimyo va biologiya fanlari oʻqituvchilariga tatbiq etilmaydi)”.

5. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi 187-son qarori bilan tasdiqlangan Umumiy oʻrta taʼlimning davlat taʼlim standartida:

17-banddagi “Vazirlar Mahkamasi” soʻzlari “Xalq taʼlimi vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;

15-band quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:

“Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar uchun oʻrnatiladigan davlat taʼlim standartlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi tomonidan tasdiqlanadi”.

6. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-fevraldagi 146-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi toʻgʻrisidagi nizomda:

a) 8-banddagi “Shayxontohur koʻchasi, 3-uy” soʻzlari “Navoiy koʻchasi, 2 a-uy” soʻzlari bilan almashtirilsin;

b) 9-bandda:

uchinchi xatboshida:

“Xalq taʼlimi sohasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi, Xalq taʼlimini rivojlantirish fondi,” soʻzlari chiqarib tashlansin;

“Barkamol avlod” respublika bolalar badiiy ijodiyot markazi, “Barkamol avlod” respublika bolalar texnik ijodiyot markazi, “Barkamol avlod” respublika bolalar ekologiya va oʻlkashunoslik markazi” soʻzlari “Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi” soʻzlari bilan almashtirilsin;

toʻqqizinchi xatboshidagi “axborot-resurs markazlari” soʻzlari “bolalar kutubxonalari” soʻzlari bilan almashtirilsin.

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.