Jamoat transporti tizimini kompleks rivojlantirish, yoʻlovchilarga sifatli va xavfsiz transport xizmatlarini koʻrsatish, sohaga raqamli texnologiyalarni keng joriy etish, xususan, sohani moliyalashtirish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida:
1. Transport vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining:
tashuvchilar bilan hisob-kitoblarni amalga oshirish, yoʻlkira haqi boʻyicha tushumlarni jamlash uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Transport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar transport boshqarmalarida yuridik shaxs tashkil etmasdan ochilgan maxsus jamgʻarmalarni Iqtisodiyot va moliya vazirligining hududiy boshqarmalari tizimiga oʻtkazish;
yoʻlkira tushumlarining toʻliq yigʻilishini tahlil qilish, yoʻlovchi tashishni moliyalashtirishning shaffofligini taʼminlash maqsadida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, viloyatlar hamda Toshkent shahar iqtisodiyot va moliya boshqarmalari huzurida davlat muassasasi shaklida “Maxsus jamgʻarmalar mablagʻlarini boshqarish, yoʻnalishlar ishini tahlil qilish va pul tushumlari monitoringi guruhlari”ni tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
2. Belgilansinki, “Maxsus jamgʻarma mablagʻlarini boshqarish, yoʻnalishlar ishini tahlil qilish va pul tushumlari monitoringi guruhlari” davlat muassasalarini hamda Transport vazirligining hududiy “Yoʻlovchi tashishni monitoring va nazorat qilish” davlat muassasalarini saqlash xarajatlari maxsus jamgʻarmalar mablagʻlari hamda boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.
2023-yilda Transport vazirligining hududiy “Yoʻlovchi tashishni monitoring va nazorat qilish” davlat muassasalarini saqlash hamda brutto-shartnoma asosida tashkil etilgan shahar avtobus yoʻnalishlarida yoʻlovchi tashishni moliyalashtirish xarajatlari davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshirilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 2024-yil 1-iyunga qadar jamoat transportida yoʻlkira haqini toʻlashda elektron toʻlov tizimidan foydalanishni ragʻbatlantiruvchi tariflar joriy etilishini taʼminlasin.
4. Transport vazirligi Ichki ishlar vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Toshkent shahar hokimligi va “Oʻzmilliybank” AJ bilan birgalikda 2024-yil 1-iyunga qadar Toshkent shahri muntazam avtobus yoʻnalishlarida yoʻlovchilar hisobini yuritish, haydovchilar ishini va pul tushumlarini nazorat qilish, avtobuslar texnik holatini monitoring qilish, ajratilgan yoʻlaklarda yoʻl harakati qoidalari buzilishini qayd etish boʻyicha jamoat transportini boshqarishning yagona intellektual tizimini joriy etsin.
5. Nukus shahar va boshqa viloyatlar markazlarida muntazam shahar avtobus yoʻnalishlarida cheklangan tariflar boʻyicha yoʻlovchilar tashishni brutto-shartnoma asosida tashkil etish va moliyalashtirish tizimini joriy etishning asosiy parametrlari 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-fevraldagi “Jamoat transporti tizimini isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-59-son qaroriga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
7. Transport vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
8. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib transport vaziri I.R. Maxkamov belgilansin.
Qaror ijrosi uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2024-yil 25-mart,
PQ-139-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-martdagi PQ-139-son qaroriga 1-ILOVA
Nukus shahri va boshqa viloyatlar markazlarida muntazam shahar avtobus yoʻnalishlarida cheklangan tariflar boʻyicha yoʻlovchilar tashishni brutto-shartnoma asosida tashkil etish va moliyalashtirish tizimini joriy etishning
T/r Hududlar Yoʻnalishlar soni Yoʻnalishlardagi avtobuslar soni Jami 248 2551 2024-yil 1-apreldan boshlab joriy qilinadigan hududlar 1. Andijon shahri 18 203 2. Samarqand shahri 43 503 3. Namangan shahri 27 235 4. Qarshi shahri 29 253 5. Urganch shahri 18 160 2024-yil 1-iyuldan boshlab joriy qilinadigan hududlar 6. Nukus shahri 15 188 7. Buxoro shahri 16 190 8. Jizzax shahri 15 150 9. Navoiy shahri 5 60 10. Guliston shahri 8 65 11. Termiz shahri 10 108 12. Toshkent viloyati 21 170 13. Fargʻona shahri 23 266
Izoh: Yoʻnalishlar va avtobuslar soni hududlarda transportga boʻlgan talabni aniqlash uchun yakuniy ijtimoiy soʻrovnomalar oʻtkazilib, shaharlarning transport va yoʻl-transport infratuzilmasini rivojlantirish Bosh rejalari tasdiqlanganidan soʻng aniqlashtirilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-martdagi PQ-139-son qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-fevraldagi “Jamoat transporti tizimini isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-59-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 2-bandda:
yettinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“avtomatlashtirilgan dispetcherlik boshqaruvi va nazorat tizimini saqlash, yoʻlkira haqi boʻyicha tushumlarni jamlash va tashuvchilar bilan hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiyot va moliya boshqarmalari huzurida maxsus jamgʻarmalar (keyingi oʻrinlarda — Maxsus jamgʻarmalar) tashkil etiladi”;
sakkizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Maxsus jamgʻarmalar xarajatlari va daromadlari oʻrtasidagi tafovut Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qoplanadi”.
2. 6-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“6. Quyidagilar Maxsus jamgʻarmalar mablagʻlarini shakllantirishning qoʻshimcha manbalari etib belgilansin:”.
3. 1-ilova quyidagi mazmundagi 11-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
“ 11. Tashuvchilarning shahar atrofi va viloyat ichi shaharlararo norentabel avtobus yoʻnalishlarida koʻrilgan zararlarini qoplab berishni Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali amalga oshirishni yoʻlga qoʻyish. Tashuvchilarning shahar atrofi va viloyat ichi shaharlararo norentabel avtobus yoʻnalishlarida koʻrilgan zararlarini qoplab berishni Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali amalga oshirishni yoʻlga qoʻyish nazarda tutuvchi Vazirlar Mahkamasini qarori loyihasi kiritish. 2024-yil may Transport vazirligi (I. Maxkamov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norkulov) Adliya vazirligi (A. Tashkulov) ”.
4. 2-ilovada:
8-pozitsiyaning “Chora-tadbirlar nomi” ustunidagi “transport” soʻzi “Iqtisodiyot va moliya” soʻzlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi 15-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
“ 15. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzurida “Maxsus jamgʻarma mablagʻlarini boshqarish, yoʻnalishlar ishini tahlil qilish va pul tushumlari monitoringi guruhi” davlat muassasasini tashkil qilish. 1. Davlat muassasasini tashkil qilish, saqlash xarajatlari smetasini ishlab chiqish va tasdiqlash. 2024-yil aprel Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjeti hamda Maxsus jamgʻarma mablagʻlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi (F. Ermanov) 2. Monitoring guruhini malakali mutaxassislar bilan toʻldirish. Doimiy 3. Monitoring guruhi faoliyatini doimiy nazoratga olish hamda tashuvchilar bilan hisob-kitoblar oʻz vaqtida amalga oshirilishini taʼminlash. Doimiy 4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligida Maxsus jamgʻarma uchun hisobvaraq ochish. 2024-yil aprel ”;
quyidagi mazmundagi izoh bilan toʻldirilsin:
“Izoh: Vazirlar Mahkamasiga “Yoʻlovchi tashishni monitoring va nazorat qilish” davlat muassasalarini Transport vazirligining bir tarkibiy tuzilmasidan boshqasiga oʻtkazish huquqi beriladi”.
5. 3-ilovada:
8-pozitsiyaning “Chora-tadbirlar nomi” ustunidagi “transport” soʻzi “Iqtisodiyot va moliya” soʻzlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi 15-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
“ 15. Andijon viloyati Iqtisodiyot va moliya boshqarmasi huzurida “Maxsus jamgʻarma mablagʻlarini boshqarish, yoʻnalishlar ishini tahlil qilish va pul tushumlari monitoringi guruhi” davlat muassasasini tashkil qilish. 1. Davlat muassasasini tashkil qilish, saqlash xarajatlari smetasini ishlab chiqish va tasdiqlash. 2024-yil aprel Andijon viloyati mahalliy budjeti hamda Maxsus jamgʻarma mablagʻlari Andijon viloyati hokimligi (Sh. Abduraxmanov) 2. Monitoring guruhini malakali mutaxassislar bilan toʻldirish. Doimiy 3. Monitoring guruhi faoliyatini doimiy nazoratga olish hamda tashuvchilar bilan hisob-kitoblar oʻz vaqtida amalga oshirilishini taʼminlash. Doimiy 4. Andijon viloyati Iqtisodiyot va moliya boshqarmasida Maxsus jamgʻarma uchun hisobvaraq ochish. 2024-yil aprel ”;
quyidagi mazmundagi izoh bilan toʻldirilsin:
“Izoh: Vazirlar Mahkamasiga “Yoʻlovchi tashishni monitoring va nazorat qilish” davlat muassasalarini Transport vazirligining bir tarkibiy tuzilmasidan boshqasiga oʻtkazish huquqi beriladi”.
6. 4-ilovada:
8-pozitsiyaning “Chora-tadbirlar nomi” ustunidagi “transport” soʻzi “Iqtisodiyot va moliya” soʻzlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi 15-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
“ 15. Buxoro viloyati Iqtisodiyot va moliya boshqarmasi huzurida “Maxsus jamgʻarma mablagʻlarini boshqarish, yoʻnalishlar ishini tahlil qilish va pul tushumlari monitoringi guruhi” davlat muassasasini tashkil qilish. 1. Davlat muassasasini tashkil qilish, saqlash xarajatlari smetasini ishlab chiqish va tasdiqlash. 2024-yil aprel Buxoro viloyati mahalliy budjeti hamda Maxsus jamgʻarma mablagʻlari Buxoro viloyati hokimligi (B. Zaripov) 2. Monitoring guruhini malakali mutaxassislar bilan toʻldirish. Doimiy 3. Monitoring guruhi faoliyatini doimiy nazoratga olish hamda tashuvchilar bilan hisob-kitoblar oʻz vaqtida amalga oshirilishini taʼminlash. Doimiy 4. Buxoro viloyati Iqtisodiyot va moliya boshqarmasida Maxsus jamgʻarma uchun hisobvaraq ochish. 2024-yil aprel ”;
quyidagi mazmundagi izoh bilan toʻldirilsin:
“Izoh: Vazirlar Mahkamasiga “Yoʻlovchi tashishni monitoring va nazorat qilish” davlat muassasalarini Transport vazirligining bir tarkibiy tuzilmasidan boshqasiga oʻtkazish huquqi beriladi”.
7. 5-ilovada:
8-pozitsiyaning “Chora-tadbirlar nomi” ustunidagi “transport” soʻzi “Iqtisodiyot va moliya” soʻzlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi 15-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
“ 15. Jizzax viloyati Iqtisodiyot va moliya boshqarmasi huzurida “Maxsus jamgʻarma mablagʻlarini boshqarish, yoʻnalishlar ishini tahlil qilish va pul tushumlari monitoringi guruhi” davlat muassasasini tashkil qilish. 1. Davlat muassasasini tashkil qilish, saqlash xarajatlari smetasini ishlab chiqish va tasdiqlash. 2024-yil aprel Jizzax viloyati mahalliy budjeti hamda Maxsus jamgʻarma mablagʻlari Jizzax viloyati hokimligi (E. Saliyev) 2. Monitoring guruhini malakali mutaxassislar bilan toʻldirish. Doimiy 3. Monitoring guruhi faoliyatini doimiy nazoratga olish hamda tashuvchilar bilan hisob-kitoblar oʻz vaqtida amalga oshirilishini taʼminlash. Doimiy 4. Jizzax viloyati Iqtisodiyot va moliya boshqarmasida Maxsus jamgʻarma uchun hisobvaraq ochish. 2024-yil aprel ”;
quyidagi mazmundagi izoh bilan toʻldirilsin:
“Izoh: Vazirlar Mahkamasiga “Yoʻlovchi tashishni monitoring va nazorat qilish” davlat muassasalarini Transport vazirligining bir tarkibiy tuzilmasidan boshqasiga oʻtkazish huquqi beriladi”.
8. 6-ilovada:
8-pozitsiyaning “Chora-tadbirlar nomi” ustunidagi “transport” soʻzi “Iqtisodiyot va moliya” soʻzlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi 15-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
“ 15. Qashqadaryo viloyati Iqtisodiyot va moliya boshqarmasi huzurida “Maxsus jamgʻarma mablagʻlarini boshqarish, yoʻnalishlar ishini tahlil qilish va pul tushumlari monitoringi guruhi” davlat muassasasini tashkil qilish. 1. Davlat muassasasini tashkil qilish, saqlash xarajatlari smetasini ishlab chiqish va tasdiqlash. 2024-yil aprel Qashqadaryo viloyati mahalliy budjeti hamda Maxsus jamgʻarma mablagʻlari Qashqadaryo viloyati hokimligi (M. Azimov) 2. Monitoring guruhini malakali mutaxassislar bilan toʻldirish. Doimiy 3. Monitoring guruhi faoliyatini doimiy nazoratga olish hamda tashuvchilar bilan hisob-kitoblar oʻz vaqtida amalga oshirilishini taʼminlash. Doimiy 4. Qashqadaryo viloyati Iqtisodiyot va moliya boshqarmasida Maxsus jamgʻarma uchun hisobvaraq ochish. 2024-yil aprel ”;
quyidagi mazmundagi izoh bilan toʻldirilsin:
“Izoh: Vazirlar Mahkamasiga “Yoʻlovchi tashishni monitoring va nazorat qilish” davlat muassasalarini Transport vazirligining bir tarkibiy tuzilmasidan boshqasiga oʻtkazish huquqi beriladi”.
9. 7-ilovada:
8-pozitsiyaning “Chora-tadbirlar nomi” ustunidagi “transport” soʻzi “Iqtisodiyot va moliya” soʻzlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi 15-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
“ 15. Navoiy viloyati Iqtisodiyot va moliya boshqarmasi huzurida “Maxsus jamgʻarma mablagʻlarini boshqarish, yoʻnalishlar ishini tahlil qilish va pul tushumlari monitoringi guruhi” davlat muassasasini tashkil qilish. 1. Davlat muassasasini tashkil qilish, saqlash xarajatlari smetasini ishlab chiqish va tasdiqlash. 2024-yil aprel Navoiy viloyati mahalliy budjeti hamda Maxsus jamgʻarma mablagʻlari Navoiy viloyati hokimligi (N. Tursunov) 2. Monitoring guruhini malakali mutaxassislar bilan toʻldirish. Doimiy 3. Monitoring guruhi faoliyatini doimiy nazoratga olish hamda tashuvchilar bilan hisob-kitoblar oʻz vaqtida amalga oshirilishini taʼminlash. Doimiy 4. Navoiy viloyati Iqtisodiyot va moliya boshqarmasida Maxsus jamgʻarma uchun hisobvaraq ochish. 2024-yil aprel ”;
quyidagi mazmundagi izoh bilan toʻldirilsin:
“Izoh: Vazirlar Mahkamasiga “Yoʻlovchi tashishni monitoring va nazorat qilish” davlat muassasalarini Transport vazirligining bir tarkibiy tuzilmasidan boshqasiga oʻtkazish huquqi beriladi”.
10. 8-ilovada:
8-pozitsiyaning “Chora-tadbirlar nomi” ustunidagi “transport” soʻzi “Iqtisodiyot va moliya” soʻzlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi 15-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
“ 15. Namangan viloyati Iqtisodiyot va moliya boshqarmasi huzurida “Maxsus jamgʻarma mablagʻlarini boshqarish, yoʻnalishlar ishini tahlil qilish va pul tushumlari monitoringi guruhi” davlat muassasasini tashkil qilish. 1. Davlat muassasasini tashkil qilish, saqlash xarajatlari smetasini ishlab chiqish va tasdiqlash. 2024-yil aprel Namangan viloyati mahalliy budjeti hamda Maxsus jamgʻarma mablagʻlari Namangan viloyati hokimligi (Sh. Abdurazakov) 2. Monitoring guruhini malakali mutaxassislar bilan toʻldirish. Doimiy 3. Monitoring guruhi faoliyatini doimiy nazoratga olish hamda tashuvchilar bilan hisob-kitoblar oʻz vaqtida amalga oshirilishini taʼminlash. Doimiy 4. Namangan viloyati Iqtisodiyot va moliya boshqarmasida Maxsus jamgʻarma uchun hisobvaraq ochish. 2024-yil aprel ”;
quyidagi mazmundagi izoh bilan toʻldirilsin:
“Izoh: Vazirlar Mahkamasiga “Yoʻlovchi tashishni monitoring va nazorat qilish” davlat muassasalarini Transport vazirligining bir tarkibiy tuzilmasidan boshqasiga oʻtkazish huquqi beriladi”.
11. 9-ilovada:
7-pozitsiyaning “Chora-tadbirlar nomi” ustunidagi “transport” soʻzi “Iqtisodiyot va moliya” soʻzlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi 14-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
“ 14. Samarqand viloyati Iqtisodiyot va moliya boshqarmasi huzurida “Maxsus jamgʻarma mablagʻlarini boshqarish, yoʻnalishlar ishini tahlil qilish va pul tushumlari monitoringi guruhi” davlat muassasasini tashkil qilish. 1. Davlat muassasasini tashkil qilish, saqlash xarajatlari smetasini ishlab chiqish va tasdiqlash. 2024-yil aprel Samarqand viloyati mahalliy budjeti hamda Maxsus jamgʻarma mablagʻlari Samarqand viloyati hokimligi (E. Turdimov) 2. Monitoring guruhini malakali mutaxassislar bilan toʻldirish. Doimiy 3. Monitoring guruhi faoliyatini doimiy nazoratga olish hamda tashuvchilar bilan hisob-kitoblar oʻz vaqtida amalga oshirilishini taʼminlash. Doimiy 4. Samarqand viloyati Iqtisodiyot va moliya boshqarmasida Maxsus jamgʻarma uchun hisobvaraq ochish. 2024-yil aprel ”;
quyidagi mazmundagi izoh bilan toʻldirilsin:
“Izoh: Vazirlar Mahkamasiga “Yoʻlovchi tashishni monitoring va nazorat qilish” davlat muassasalarini Transport vazirligining bir tarkibiy tuzilmasidan boshqasiga oʻtkazish huquqi beriladi”.
12. 10-ilovada:
8-pozitsiyaning “Chora-tadbirlar nomi” ustunidagi “transport” soʻzi “Iqtisodiyot va moliya” soʻzlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi 15-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
“ 15. Sirdaryo viloyati Iqtisodiyot va moliya boshqarmasi huzurida “Maxsus jamgʻarma mablagʻlarini boshqarish, yoʻnalishlar ishini tahlil qilish va pul tushumlari monitoringi guruhi” davlat muassasasini tashkil qilish. 1. Davlat muassasasini tashkil qilish, saqlash xarajatlari smetasini ishlab chiqish va tasdiqlash. 2024-yil aprel Sirdaryo viloyati mahalliy budjeti hamda Maxsus jamgʻarma mablagʻlari Sirdaryo viloyati hokimligi (A. Maxmudaliyev) 2. Monitoring guruhini malakali mutaxassislar bilan toʻldirish. Doimiy 3. Monitoring guruhi faoliyatini doimiy nazoratga olish hamda tashuvchilar bilan hisob-kitoblar oʻz vaqtida amalga oshirilishini taʼminlash. Doimiy 4. Sirdaryo viloyati Iqtisodiyot va moliya boshqarmasida Maxsus jamgʻarma uchun hisobvaraq ochish. 2024-yil aprel ”;
quyidagi mazmundagi izoh bilan toʻldirilsin:
“Izoh: Vazirlar Mahkamasiga “Yoʻlovchi tashishni monitoring va nazorat qilish” davlat muassasalarini Transport vazirligining bir tarkibiy tuzilmasidan boshqasiga oʻtkazish huquqi beriladi”.
13. 11-ilovada:
8-pozitsiyaning “Chora-tadbirlar nomi” ustunidagi “transport” soʻzi “Iqtisodiyot va moliya” soʻzlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi 15-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
“ 15. Surxondaryo viloyati Iqtisodiyot va moliya boshqarmasi huzurida “Maxsus jamgʻarma mablagʻlarini boshqarish, yoʻnalishlar ishini tahlil qilish va pul tushumlari monitoringi guruhi” davlat muassasasini tashkil qilish. 1. Davlat muassasasini tashkil qilish, saqlash xarajatlari smetasini ishlab chiqish va tasdiqlash. 2024-yil aprel Surxondaryo viloyati mahalliy budjeti hamda Maxsus jamgʻarma mablagʻlari Surxondaryo viloyati hokimligi (U. Qosimov) 2. Monitoring guruhini malakali mutaxassislar bilan toʻldirish. Doimiy 3. Monitoring guruhi faoliyatini doimiy nazoratga olish hamda tashuvchilar bilan hisob-kitoblar oʻz vaqtida amalga oshirilishini taʼminlash. Doimiy 4. Surxondaryo viloyati Iqtisodiyot va moliya boshqarmasida Maxsus jamgʻarma uchun hisobvaraq ochish. 2024-yil aprel ”;
quyidagi mazmundagi izoh bilan toʻldirilsin:
“Izoh: Vazirlar Mahkamasiga “Yoʻlovchi tashishni monitoring va nazorat qilish” davlat muassasalarini Transport vazirligining bir tarkibiy tuzilmasidan boshqasiga oʻtkazish huquqi beriladi”.
14. 12-ilovada:
8-pozitsiyaning “Chora-tadbirlar nomi” ustunidagi “transport” soʻzi “Iqtisodiyot va moliya” soʻzlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi 15-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
“ 15. Toshkent viloyati Iqtisodiyot va moliya boshqarmasi huzurida “Maxsus jamgʻarma mablagʻlarini boshqarish, yoʻnalishlar ishini tahlil qilish va pul tushumlari monitoringi guruhi” davlat muassasasini tashkil qilish. 1. Davlat muassasasini tashkil qilish, saqlash xarajatlari smetasini ishlab chiqish va tasdiqlash. 2024-yil aprel Toshkent viloyati mahalliy budjeti hamda Maxsus jamgʻarma mablagʻlari Toshkent viloyati hokimligi (Z. Mirzayev) 2. Monitoring guruhini malakali mutaxassislar bilan toʻldirish. Doimiy 3. Monitoring guruhi faoliyatini doimiy nazoratga olish hamda tashuvchilar bilan hisob-kitoblar oʻz vaqtida amalga oshirilishini taʼminlash. Doimiy 4. Toshkent viloyati Iqtisodiyot va moliya boshqarmasida Maxsus jamgʻarma uchun hisobvaraq ochish. 2024-yil aprel ”;
quyidagi mazmundagi izoh bilan toʻldirilsin:
“Izoh: Vazirlar Mahkamasiga “Yoʻlovchi tashishni monitoring va nazorat qilish” davlat muassasalarini Transport vazirligining bir tarkibiy tuzilmasidan boshqasiga oʻtkazish huquqi beriladi”.
15. 13-ilovada:
8-pozitsiyaning “Chora-tadbirlar nomi” ustunidagi “transport” soʻzi “Iqtisodiyot va moliya” soʻzlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi 15-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
“ 15. Fargʻona viloyati Iqtisodiyot va moliya boshqarmasi huzurida “Maxsus jamgʻarma mablagʻlarini boshqarish, yoʻnalishlar ishini tahlil qilish va pul tushumlari monitoringi guruhi” davlat muassasasini tashkil qilish. 1. Davlat muassasasini tashkil qilish, saqlash xarajatlari smetasini ishlab chiqish va tasdiqlash. 2024-yil aprel Fargʻona viloyati mahalliy budjeti hamda Maxsus jamgʻarma mablagʻlari Fargʻona viloyati hokimligi (X. Bozarov) 2. Monitoring guruhini malakali mutaxassislar bilan toʻldirish. Doimiy 3. Monitoring guruhi faoliyatini doimiy nazoratga olish hamda tashuvchilar bilan hisob-kitoblar oʻz vaqtida amalga oshirilishini taʼminlash. Doimiy 4. Fargʻona viloyati Iqtisodiyot va moliya boshqarmasida Maxsus jamgʻarma uchun hisobvaraq ochish. 2024-yil aprel ”;
quyidagi mazmundagi izoh bilan toʻldirilsin:
“Izoh: Vazirlar Mahkamasiga “Yoʻlovchi tashishni monitoring va nazorat qilish” davlat muassasalarini Transport vazirligining bir tarkibiy tuzilmasidan boshqasiga oʻtkazish huquqi beriladi”.
16. 14-ilovada:
8-pozitsiyaning “Chora-tadbirlar nomi” ustunidagi “transport” soʻzi “Iqtisodiyot va moliya” soʻzlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi 15-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
“ 15. Xorazm viloyati Iqtisodiyot va moliya boshqarmasi huzurida “Maxsus jamgʻarma mablagʻlarini boshqarish, yoʻnalishlar ishini tahlil qilish va pul tushumlari monitoringi guruhi” davlat muassasasini tashkil qilish. 1. Davlat muassasasini tashkil qilish, saqlash xarajatlari smetasini ishlab chiqish va tasdiqlash. 2024-yil aprel Xorazm viloyati mahalliy budjeti hamda Maxsus jamgʻarma mablagʻlari Xorazm viloyati hokimligi (J. Raximov) 2. Monitoring guruhini malakali mutaxassislar bilan toʻldirish. Doimiy 3. Monitoring guruhi faoliyatini doimiy nazoratga olish hamda tashuvchilar bilan hisob-kitoblar oʻz vaqtida amalga oshirilishini taʼminlash. Doimiy 4. Xorazm viloyati Iqtisodiyot va moliya boshqarmasida Maxsus jamgʻarma uchun hisobvaraq ochish. 2024-yil aprel ”;
quyidagi mazmundagi izoh bilan toʻldirilsin:
“Izoh: Vazirlar Mahkamasiga “Yoʻlovchi tashishni monitoring va nazorat qilish” davlat muassasalarini Transport vazirligining bir tarkibiy tuzilmasidan boshqasiga oʻtkazish huquqi beriladi”.
17. 15-ilovada:
2-pozitsiyaning “Chora-tadbirlar nomi” ustuni quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:
“Bunda, Toshkent shahriga Toshkent viloyatining yondosh hududlaridan kirib keluvchi yoʻnalishlar Toshkent shahar jamoat transporti yoʻnalishlar tarmogʻiga kiritilishi hamda ular uchun belgilangan tariflar qoʻllanilishi inobatga olinsin”;
6-pozitsiyaning “Chora-tadbirlar nomi” ustunidagi “transport va yoʻl-transport infratuzilmasini rivojlantirish” soʻzlari “Iqtisodiyot va moliya” soʻzlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi 16-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
“ 16. Toshkent shahar Iqtisodiyot va moliya boshqarmasi huzurida “Maxsus jamgʻarma mablagʻlarini boshqarish, yoʻnalishlar ishini tahlil qilish va pul tushumlari monitoringi guruhi” davlat muassasasini tashkil qilish. 1. Davlat muassasasini tashkil qilish, saqlash xarajatlari smetasini ishlab chiqish va tasdiqlash. 2024-yil aprel Toshkent shahar mahalliy budjeti hamda Maxsus jamgʻarma mablagʻlari Toshkent shahar hokimligi (Sh. Umurzakov) 2. Monitoring guruhini malakali mutaxassislar bilan toʻldirish. Doimiy 3. Monitoring guruhi faoliyatini doimiy nazoratga olish hamda tashuvchilar bilan hisob-kitoblar oʻz vaqtida amalga oshirilishini taʼminlash. Doimiy 4. Toshkent shahar Iqtisodiyot va moliya boshqarmasida Maxsus jamgʻarma uchun hisobvaraq ochish. 2024-yil aprel ”;