Qishloq aholi punktlarining ijtimoiy-iqtisodiy holatini yaxshilash, hududlarni kompleks rivojlantirish, yoʻl-transport infratuzilmasi, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari va ijtimoiy soha obyektlarini barpo etish orqali aholining yashash sharoitlarini yaxshilash, ularning turmush darajasini oshirish hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2023 — 2025-yillarga moʻljallangan investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-459-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida:
1. Quyidagilar maʼlumot uchun qabul qilinsin:
Oʻzbekiston Respublikasi va Islom taraqqiyot banki (keyingi oʻrinlarda — ITB) oʻrtasida “Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish” (2-bosqich) loyihasi (keyingi oʻrinlarda — Loyiha) boʻyicha qarz ajratilishi toʻgʻrisidagi qaror 2022-yil 31-dekabrda Islom taraqqiyot banki Direktorlar Kengashi tomonidan maʼqullanganligi hamda moliyalashtirish maqsadida 2023-yil 26-aprelda 5 yillik imtiyozli davrni oʻz ichiga oluvchi 20 yil muddatga 260 million AQSH dollari miqdorida Hadli kelishuv va Agentlik kelishuvi imzolanganligi;
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi Loyihani amalga oshirish davrida masʼul ijro etuvchi organning hamkori sifatida faoliyat koʻrsatishi;
Loyihaning umumiy qiymati 293,5 million AQSH dollariga teng ekanligi, shundan Oʻzbekiston Respublikasining ulushi — 33,5 million AQSH dollarini tashkil etishi;
Loyiha Qashqadaryo, Samarqand va Surxondaryo viloyatlarining 21 ta tumanidagi 157 ta mahalla fuqarolar yigʻinlarida amalga oshirilishi, Loyihani amalga oshirish davri 5 yilni (2024 — 2028-yillar) tashkil etishi;
Bojxona kodeksiga asosan Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari boʻyicha xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari tomonidan berilgan qarzlar (kreditlar) hisobidan yuridik shaxslar tomonidan bojxona hududiga olib kiriladigan tovarlar bojxona bojidan ozod qilinganligi.
2. Belgilansinki:
Iqtisodiyot va moliya vazirligi Loyihani oʻz vaqtida amalga oshirish va muvofiqlashtirish, shuningdek, ITB tomonidan ajratilgan qarzlardan maqsadli va samarali foydalanish boʻyicha masʼul ijro etuvchi organ hisoblanadi;
Loyiha doirasida subloyihalarni loyihalovchi va pudrat ishlarini amalga oshiruvchi tashkilotlarni tanlab olish ITB talablari asosida va ushbu talablarga zid boʻlmagan davlat xaridlari toʻgʻrisidagi tartib-taomillar asosida ochiq va shaffof usulda amalga oshiriladi;
Loyihani amalga oshirishda ishtirok etuvchi barcha tashkilotlar Loyiha boʻyicha imzolangan Hadli kelishuv va Agentlik kelishuvlarida koʻrsatilgan mexanizmlar talablariga amal qiladi;
Loyihani amalga oshirish doirasida tanlangan qishloqlarda zaruriy subloyihalar aniqlangandan soʻng, har bir viloyat boʻyicha amalga oshirilishi rejalashtirilgan tadbirlar yuzasidan belgilangan tartibda Loyihaning texnik-iqtisodiy hisob-kitoblari ishlab chiqiladi va ekspertiza organlarida belgilangan tartibda ekspertizadan oʻtkaziladi;
Loyihani amalga oshirishda Qashqadaryo, Samarqand va Surxondaryo viloyatlari hokimliklari “Yagona buyurtmachi xizmati injiniring kompaniyasi” DUKlar buyurtmachi hisoblanadi;
Loyihani amalga oshirish guruhi bilan “Yagona buyurtmachi xizmati injiniring kompaniyasi” DUKlar oʻrtasida hamkorlik kelishuvlari imzolanadi.
3. Belgilab qoʻyilsinki, Loyihani amalga oshirish doirasida:
hosil boʻladigan qoʻshilgan qiymat soligʻi summasi Loyiha doirasida ishtirok etayotgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar mablagʻlari hisobidan toʻlanadi va qonunchilikda belgilangan tartibda respublika budjeti mablagʻlari hisobidan qoplab beriladi;
olib kiriladigan tovarlarni bojxona bojidan ozod qilish va qoʻshilgan qiymat soligʻi summasini respublika budjeti mablagʻlari hisobidan qoplab berish Oʻzbekiston Respublikasining ulushi deb hisoblanadi.
donorning qarzlarini qaytarish, shu jumladan qoʻshimcha haq (ustama) va foizlar, xizmat koʻrsatganlik uchun haq va boshqa toʻlovlar bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
4. Quyidagilar:
“Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish” (2-bosqich) loyihasining asosiy texnik-iqtisodiy parametrlari 1-ilovaga muvofiq;
“Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish” (2-bosqich) loyihasining hududlar kesimida asosiy texnik-iqtisodiy parametrlari 2-ilovaga muvofiq;
“Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish” (2-bosqich) loyihasi doirasida ITB tomonidan ajratilgan mablagʻlarni boʻlib toʻlash prognoz jadvali 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
5. Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziriga Oʻzbekiston Respublikasi nomidan Loyihani amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi va ITB oʻrtasidagi Hadli kelishuv va Agentlik kelishuviga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish vakolati berilsin.
6. Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi va ITB oʻrtasidagi Hadli kelishuv va Agentlik kelishuvi, shuningdek, zarur hollarda, ushbu kelishuvlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha bitimlarga belgilangan tartibda yuridik xulosa bersin.
7. Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi Loyihani amalga oshirish guruhi bilan birgalikda Loyiha doirasida aholi orasida ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sogʻlomlashtirish, mahalla institutini yanada qoʻllab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqishda doimiy oʻzaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish boʻyicha zarur choralarni koʻrsin.
8. Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi — Loyihani amalga oshirish doirasida jalb qilinadigan xorijiy fuqarolarga Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati bilan shugʻullanish huquqini beruvchi tasdiqnomalar berilishini (muddati uzaytirilishini) belgilangan tartibda taʼminlasin.
9. Ushbu qarorda belgilangan chora-tadbirlarning samarali va oʻz vaqtida amalga oshirilishini taʼminlash maqsadida:
a) Iqtisodiyot va moliya vazirligi:
ikki hafta muddatda masʼul ijrochilar ishtirokida majlis oʻtkazib, ularning aniq vazifalarini belgilab bersin;
tegishli vazirlik va idoralar hamda mahalliy hokimliklar bilan birgalikda Loyihani amalga oshirishga masʼul boʻlgan mutaxassislar malakasini oshirish uchun xorijiy konsultantlarni jalb qilgan holda oʻquv-treninglar tashkil qilsin;
amalga oshirilayotgan subloyihalar va ularning sifatli bajarilishi ustidan monitoring oʻrnatsin hamda natijasi yuzasidan har chorak yakuni bilan 15 kun muddat ichida ijrochi tomonidan oʻzining rasmiy veb-saytida ochiq maʼlumotlar eʼlon qilinishini tashkil etsin va bu boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga maʼlumot kiritib borsin, ushbu maʼlumotlarni bir vaqtda jamoatchilikka eʼlon qilish orqali loyihalarning amalga oshirilishi ustidan samarali nazorat oʻrnatilishini taʼminlasin;
Loyiha doirasida amalga oshirilgan ishlar, oʻzlashtirilgan mablagʻlar va erishilgan natijalar yuzasidan maʼlumotlar Loyihaning rasmiy veb-saytida, ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy tarmoqlarda doimiy yoritib borilishini taʼminlasin;
b) Qashqadaryo, Samarqand va Surxondaryo viloyatlari hokimliklari:
bir oy muddatda Loyiha doirasida ajratiladigan mablagʻlardan samarali va oʻz vaqtida foydalanish boʻyicha hududlar kesimida tegishli “yoʻl xaritalari” ishlab chiqilishini hamda ularning tegishlicha xalq deputatlari Qashqadaryo, Samarqand va Surxondaryo viloyatlari va tumanlar Kengashlarida koʻrib chiqish va tasdiqlash uchun kiritilishini taʼminlasin;
har oy yakuni bilan Loyihani amalga oshirish boʻyicha hisobotlarni Iqtisodiyot va moliya vazirligiga kiritib borsin.
Loyihani toʻla-toʻkis amalga oshirish uchun barcha zarur hujjatlar sifatli ishlab chiqilishini va Loyihani amalga oshirish guruhiga oʻz vaqtida taqdim qilinishini belgilangan tartibda taʼminlasin;
qishloqlarni kompleks rivojlantirish uchun Loyiha doirasida moliyalashtiriladigan obyektlardan tashqari amalga oshiriladigan chora-tadbirlarni bosh reja, hududlarni arxitektura-rejalashtirish jihatidan tashkil etish loyihalari va ular tarkibidagi batafsil rejalashtirish loyihalari asosida mahalliy budjetlar va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar hisobiga amalga oshirsin.
10. Qashqadaryo, Samarqand va Surxondaryo viloyatlari hokimliklari hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining Loyiha doirasida maqbullashtiriladigan mablagʻlar hisobidan 4-ilovaga muvofiq ushbu viloyatlarda qoʻshimcha ravishda yangi loyihalarni amalga oshirish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
11. Iqtisodiyot va moliya vazirligi:
a) Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi “Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” va “Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” birlashtirilgan loyihalarni amalga oshirish guruhi tarkibida “Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish” (2-bosqich) loyihasini tashkil etsin;
“Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish” (2-bosqich) loyihasi doirasida Qashqadaryo, Samarqand va Surxondaryo viloyatlarida loyihani amalga oshirish boʻyicha hududiy guruhlarni tashkil etsin;
Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi “Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” va “Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” birlashtirilgan loyihalarni amalga oshirish guruhining tuzilmasini qayta tasdiqlasin va faoliyatini yoʻlga qoʻysin;
Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining mablagʻlari hisobidan amalga oshirilayotgan loyihalar hajmi ortayotganligi munosabati bilan vazirlik huzurida “Xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari ishtirokidagi loyihalarni amalga oshirish markazi”ni tashkil etish yuzasidan ikki oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin;
b) Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda:
Loyiha doirasida zamonaviy qurilish texnologiyalari va materiallaridan foydalangan holda subloyihalarning texnik-iqtisodiy hisob-kitoblarini ishlab chiqishda ularning qiymatini optimizatsiya qilish hamda ajratilgan mablagʻlardan samarali va maqsadli foydalanish choralarini koʻrsin;
subloyihalarning texnik-iqtisodiy hisob-kitoblarini ekspertizadan oʻtkazish hisobiga iqtisod qilingan mablagʻlarni Islom taraqqiyot bankiga qoʻshimcha loyihalarni amalga oshirish uchun yoʻnaltirish boʻyicha taklif kiritsin.
12. Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi manzilli dasturlarda nazarda tutilgan obyektlar boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarining qisqa muddatlarda ekspertizadan oʻtkazilishi hamda qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga rioya etilishi yuzasidan nazorat oʻrnatsin.
13. Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Loyiha doirasida ajratilgan mablagʻlarning maqsadli ishlatilishi jarayonida ochiqlik va oshkoralikni taʼminlash ustidan doimiy nazorat oʻrnatsin.
14. Davlat dasturlari ijro etilishini nazorat qilish va muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika shtabi (S.I. Samadov) loyihaga ajratilayotgan mablagʻlar maqsadli va samarali sarflanishi ustidan tizimli nazoratni amalga oshirsin.
15. Iqtisodiyot va moliya vazirligi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Qashqadaryo, Samarqand va Surxondaryo viloyatlari hokimliklari bilan birgalikda mazkur qarorning mazmuni va ahamiyatini aholi hamda tadbirkorlik subyektlariga yetkazish, hududlarda amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida maʼlumot berib borish hamda qurilish-montaj ishlari ustidan jamoatchilik nazoratini oʻrnatish choralarini koʻrsin.
16. Oliy Majlis Senatiga xalq deputatlari Samarqand, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari Kengashlari hamda 21 ta tumanlar Kengashlari bilan birgalikda mazkur qaror ijrosini nazorat qilib borish tavsiya etilsin.
17. Iqtisodiyot va moliya vaziriga ITBning ijtimoiy va ekologik himoyalash hamda koʻchirish siyosati tamoyillarini hisobga olgan holda, Loyiha komponentlarini amalga oshirish va moliyalashtirish jadvaliga hamda mazkur qaror bilan tasdiqlanayotgan ilovalarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish huquqi berilsin.
18. Iqtisodiyot va moliya vazirining birinchi oʻrinbosari I.I. Norqulov Qashqadaryo viloyati hokimi M.B. Azimov, Samarqand viloyati hokimi E.O. Turdimov va Surxondaryo viloyati hokimi U.B. Qosimov bilan birgalikda bir oy muddatda mazkur qaror ijrosini taʼminlash boʻyicha “yoʻl xaritasi” va Loyiha doirasida amalga oshiriladigan subloyihalar boʻyicha hisobotni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritsin.
19. Qaror ijrosini har chorakda muhokama qilib borish, shuningdek, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2024-yil 28-mart,
PQ-141-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 28-martdagi PQ-141-son qaroriga 1-ILOVA
“Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish” (2-bosqich) loyihasining asosiy texnik-iqtisodiy parametrlari
mln AQSH dollari T/r Xarajatlar komponenti ITB Oʻzbekiston Respublikasi ulushi Jami 1. Asosiy infratuzilmani taʼminlash 232,0 28,0 260,0 2. Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha maslahat xizmatlari 15,9 - 15,9 3. Loyihani amalga oshirishni qoʻllab-quvvatlash 2,0 0,5 2,5 4. Loyihaning moliyaviy auditi 0,1 - 0,1 5. Favqulodda vaziyatlar uchun zaxira 10,0 5,0 15,0 Jami 260,0 33,5 293,5
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 28-martdagi PQ-141-son qaroriga 2-ILOVA
“Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish” (2-bosqich) loyihasining hududlar kesimida asosiy texnik-iqtisodiy parametrlari
T/r Hudud nomi Tuman nomi Markaziy MFYlar nomi Yondosh MFYlar (soni) Aholi soni (kishi) Moliyalashtirish miqdori * (AQSH dollari) 1. Samarqand viloyati Bulungʻur tumani “Olmazor” MFY 3 15 803 6 599 061 Jomboy tumani “Dehqonobod” MFY 2 10 221 4 268 114 “Beshbola” MFY 1 12 350 5 157 148 Ishtixon tumani “Azamat” MFY 2 10 436 4 357 894 “Humo” MFY 2 11 887 4 963 807 Kattaqoʻrgʻon tumani “Polvontepa” MFY 2 13 474 5 626 511 “Olmazor” MFY 2 11 181 4 668 993 Narpay tumani “Sarbozor” MFY 4 15 932 6 652 929 Oqdaryo tumani “Oqdaryo” MFY 3 19 864 8 294 865 Paxtachi tumani “Saroy” MFY 3 11 381 4 752 510 Samarqand tumani “Shoʻrboyi” MFY 1 7 973 3 329 388 “Yangiariq” MFY 1 11 038 4 609 279 “Qoʻshtamgʻali” MFY 1 8 336 3 480 970 Tayloq tumani “Madaniyat” MFY 3 13 621 5 687 895 Urgut tumani “Kenagas” MFY 3 16 923 7 066 754 “Jartepa” MFY 3 16 622 6 941 061 2. Qashqadaryo viloyati Kitob tumani “Samarqand” MFY 2 14 111 5 892 511 “Istiqbol” MFY 4 17 079 7 131 897 Shahrisabz tumani “Ravot” MFY 3 16 492 6 886 776 “Xontepa” MFY 1 12 625 5 271 983 Yakkabogʻ tumani “Mevazor” MFY 4 20 449 8 539 151 “Yashnobod” MFY 3 15 258 6 371 478 Gʻuzor tumani “Xalqobod” MFY 2 11 767 4 913 697 “Boʻston” MFY 3 16 109 6 726 841 Dehqonobod tumani “Oʻzbekiston” MFY 5 22 395 9 351 767 Qamashi tumani “Qiziltepa” MFY 5 26 777 11 181 615 “Yuksalish” MFY 2 10 028 4 187 520 3. Surxondaryo viloyati Boysun tumani “Temir darvoza” MFY 4 13 672 5 709 192 “Dashtigʻoz” MFY 3 14 536 6 069 984 Sherobod tumani “Gʻurjak-2” MFY 3 14 900 6 221 984 “Qorabogʻ” MFY 4 19 376 8 091 084 “Chuqurkoʻl” MFY 3 18 720 7 817 150 “Oqtepa” MFY 4 20 184 8 428 491 “Hakimobod” MFY 3 20 092 8 390 074 Angor tumani “Gilambob” MFY 3 14 078 5 878 731 “Doʻstlik” MFY 4 18 328 7 653 458 Muzrabot tumani Fayziobod MFY 3 16 973 7 087 633 “Sopollitepa” MFY 3 17 804 7 434 644 “Mehnatobod” MFY 3 16 998 7 098 073 “Fidokor” MFY 2 9 842 4 109 850 Termiz tumani “Yangiobod” MFY 4 16 996 7 097 237 Jami 41 116 622 631 260 000 000
* Shundan 28 mln AQSH dollari Oʻzbekiston Respublikasi ulushi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 28-martdagi PQ-141-son qaroriga 3-ILOVA
“Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish” (2-bosqich) loyihasi doirasida ITB tomonidan ajratilgan mablagʻlarni boʻlib toʻlash
Qarz miqdori 260 000 000 AQSH doll. Loyihani amalga oshirish muddati 5 yil Qarzni qoplash muddati 20 yil Investitsiya davri 5 yil ITB qarzini qaytarish ustamasi 10 yillik AQSH dollardagi SOFR oʻrtacha SVOP koʻrsatkichi + 2,1 b.p Toʻlovlar soni 30 AQSH dollari Yillar Asosiy qarzni qaytarish miqdori Investitsiya davrida yechib olingan mablagʻlar uchun hisoblangan oldindan toʻlov va mablagʻlarning ustama qiymati* Mablagʻlarni boʻlib toʻlash umumiy qiymati ** 26.05.2024 300 430,00 300 430,00 26.11.2024 300 430,00 300 430,00 26.05.2025 1 512 550,00 1 512 550,00 26.11.2025 1 512 550,00 1 512 550,00 26.05.2026 3 804 775,00 3 804 775,00 26.11.2026 3 804 775,00 3 804 775,00 26.05.2027 6 116 500,00 6 116 500,00 26.11.2027 6 116 500,00 6 116 500,00 26.05.2028 7 657 650,00 7 657 650,00 26.11.2028 7 657 650,00 7 657 650,00 26.05.2029 5 509 194,80 7 670 650,00 13 179 844,80 26.11.2029 5 671 729,82 7 508 114,98 13 179 844,80 26.05.2030 5 839 060,03 7 340 784,77 13 179 844,80 26.11.2030 6 011 326,90 7 168 517,90 13 179 844,80 26.05.2031 6 188 676,07 6 991 168,73 13 179 844,80 26.11.2031 6 371 257,48 6 808 587,32 13 179 844,80 26.05.2032 6 559 225,51 6 620 619,29 13 179 844,80 26.11.2032 6 752 739,06 6 427 105,74 13 179 844,80 26.05.2033 6 951 961,74 6 227 883,06 13 179 844,80 26.11.2033 7 157 061,99 6 022 782,81 13 179 844,80 26.05.2034 7 368 213,22 5 811 631,58 13 179 844,80 26.11.2034 7 585 593,93 5 594 250,87 13 179 844,80 26.05.2035 7 809 387,91 5 370 456,89 13 179 844,80 26.11.2035 8 039 784,38 5 140 060,42 13 179 844,80 26.05.2036 8 276 978,12 4 902 866,68 13 179 844,80 26.11.2036 8 521 169,66 4 658 675,14 13 179 844,80 26.05.2037 8 772 565,47 4 407 279,33 13 179 844,80 26.11.2037 9 031 378,08 4 148 466,72 13 179 844,80 26.05.2038 9 297 826,32 3 882 018,48 13 179 844,80 26.11.2038 9 572 135,44 3 607 709,36 13 179 844,80 26.05.2039 9 854 537,36 3 325 307,44 13 179 844,80 26.11.2039 10 145 270,85 3 034 573,95 13 179 844,80 26.05.2040 10 444 581,71 2 735 263,10 13 179 844,80 26.11.2040 10 752 722,98 2 427 121,82 13 179 844,80 26.05.2041 11 069 955,19 2 109 889,61 13 179 844,80 26.11.2041 11 396 546,54 1 783 298,26 13 179 844,80 26.05.2042 11 732 773,15 1 447 071,65 13 179 844,80 26.11.2042 12 078 919,29 1 100 925,51 13 179 844,80 26.05.2043 12 435 277,61 744 567,19 13 179 844,80 26.11.2043 12 802 149,39 377 695,41 13 179 844,80 260 000 000,00 174 179 154,01 434 179 154,01
* SOFR foiz stavkasi va oldindan toʻlov miqdori qarz mablagʻlari haqiqatda oʻzlashtirilganda aniqlanadi.
** ITB Hadli kelishuvi boʻyicha mablagʻlarni boʻlib toʻlash umumiy qiymati va mablagʻlarni qaytarish sanalari qarz mablagʻlari yechilgan kundan boshlab aniqlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 28-martdagi PQ-141-son qaroriga 4-ILOVA
Islom taraqqiyot banki ishtirokida “Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish” (2-bosqich) loyihasi doirasida maqbullashtiriladigan mablagʻlar hisobidan Samarqand, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida amalga oshiriladigan qoʻshimcha yangi loyihalar
T/r Hudud nomi Bajariladigan ishlar Qiymati (mlrd soʻm) Ijtimoiy soha obyektlari (ta) Ichimlik suv Elektr taʼminoti Kanalizatsiya (oqova suv) Yoʻl infratuzilmasi (km) Maktab Maktabgacha taʼlim tashkiloti Tibbiyot (OSHP) Tarmoqlar (km) Inshoot (dona) Tarmoqlar (km) Transformator punkti (tp) Tarmoqlar (km) Inshoot (dona) JAMI 20 14 10 199,1 31 367,7 53 20 3 328,2 717 I. Samarqand viloyati 19 14 10 16,1 26,7 122,2 400,7 1.1 Bulungʻur tumani 2 1 1 0,8 1,1 8,9 44,9 1.2 Jomboy tumani 3 2 1 2,6 2,1 11,2 44,4 1.3 Ishtixon tumani 2 3 1 0,4 3,5 15,9 54,9 1.4 Kattaqoʻrgʻon tumani 1 1 1 2,2 3,3 22,4 40,0 1.5 Narpay tumani 1 1 1 3,0 3,1 9,1 28,5 1.6 Oqdaryo tumani 1 1 1 2,8 2,5 15,8 34,5 1.7 Paxtachi tumani 1 1 1 0,7 1,4 7,1 25,4 1.8 Samarqand tumani 3 1 1 0,4 2,8 14,5 51,5 1.9 Tayloq tumani 2 1 1 1,0 3,7 3,7 30,4 1.10 Urgut tumani 3 2 1 2,2 3,2 13,6 46,2 II. Qashqadaryo viloyati 1 105 18 162 17 20 3 116 201,7 2.1 Kitob tumani 10 7 25 12 25 37,7 2.2 Shahrisabz tumani 1 24 31,1 2.3 Yakkabogʻ tumani 9 7 82 12,3 2.4 Gʻuzor tumani 30 2 20 3 34,7 2.5 Dehqonobod tumani 42 37,8 2.6 Qamashi tumani 56 2 55 5 25 48,1 III. Surxondaryo viloyati 78 13 179 36 90 114,5 3.1 Boysun tumani 57 2 24 5 6 28,7 3.2 Sherobod tumani 5 8 70 13 44 39,6 3.3 Angor tumani 1 1 22 10 19 21,7 3.4 Muzrabot tumani 5 2 52 5 14 13,2 3.5 Termiz tumani 10 11 3 7 11,3
* Qoʻshimcha loyihalar roʻyxati va ularning parametrlariga Samarqand, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari hokimliklari taklifiga asosan Loyihani amalga oshirish boʻyicha qoʻllanmaga muvofiq Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.