Maktabgacha va maktab taʼlimi tashkilotlari rahbar, pedagog va mutaxassis kadrlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimi samaradorligini taʼminlash, ularning kasbiy bilim, koʻnikma va mahoratini muntazam oshirib borish, Prezident maktablarida toʻplangan ilgʻor tajribalarni umumiy oʻrta taʼlim muassasalariga keng tatbiq etish maqsadida:
1. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining:
Avloniy nomidagi pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga oʻrgatish milliy-tadqiqot instituti negizida A. Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutini (keyingi oʻrinlarda — Institut) hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlardagi pedagoglarni yangi metodikalarga oʻrgatish milliy markazlari negizida Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar pedagogik mahorat markazlarini (keyingi oʻrinlarda — Hududiy markazlar) tashkil etish;
Toshkent shahar pedagoglarni yangi metodikalarga oʻrgatish milliy markazi hamda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti tasarrufidagi Respublika pedagogik taʼlim resurs markazi faoliyatini ularni Institutga qoʻshish orqali tugatish;
maktabgacha va maktab taʼlimi tizimidagi taʼlim tashkilotlarining xalqaro tadqiqotlarda munosib ishtirokini taʼminlash uchun Institut tuzilmasida uning umumiy shtat birliklari doirasida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan Xalqaro tadqiqotlar markazini tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
2. Quyidagilar:
A. Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutining asosiy vazifalari 1-ilovaga muvofiq;
Maktabgacha va maktab taʼlimi tashkilotlari rahbar, pedagog va mutaxassis kadrlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi 2-ilovaga muvofiq;
2030-yilgacha maktabgacha va maktab taʼlimi tashkilotlari rahbar, pedagog va mutaxassis kadrlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish boʻyicha erishiladigan maqsadli koʻrsatkichlar 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Belgilansinki, 2024/2025 oʻquv yilidan boshlab maktabgacha va maktab taʼlimi tashkilotlari rahbar, pedagog va mutaxassis kadrlarini (keyingi oʻrinlarda — xodimlar) qayta tayyorlash va malakasini oshirishning yaxlit tizimi joriy qilinadi. Bunda:
Maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti (keyingi oʻrinlarda — Maktabgacha taʼlim instituti) Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi boʻysunuviga oʻtkaziladi;
Hududiy markazlarning maktabgacha taʼlim tashkilotlari xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish faoliyati Maktabgacha taʼlim instituti tomonidan muvofiqlashtiriladi;
maktabgacha va maktab taʼlimi tashkilotlari xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha mavjud quvvatlarni kengaytirish uchun 4-ilovadagi 11 ta pedagogika kolleji bino va inshootlari, tegishli mol-mulki bilan birga Hududiy markazlar tasarrufiga oʻtkaziladi;
Hududiy markazlar tasarrufiga oʻtkaziladigan pedagogika kollejlari faoliyati ularda taʼlim olayotgan oʻquvchilar oʻqishini tamomlashi muddatlariga mos ravishda bosqichma-bosqich tugatiladi va ularning bino va inshootlaridan maktabgacha va maktab taʼlimi tashkilotlari xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish maqsadlarida foydalaniladi;
maktabgacha taʼlim tashkilotlarining pedagog va mutaxassis kadrlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish boʻyicha “Virtual kasbiy rivojlantirish” elektron dasturi joriy etiladi.
4. 2025-yil 1-yanvardan boshlab maktabgacha va maktab taʼlimi tashkilotlari xodimlarini kasbiy rivojlantirishning quyidagi tartibi joriy etilsinki, unga muvofiq:
a) maktabgacha va maktab taʼlimi tashkilotlari xodimlarini kasbiy ehtiyojlari va malaka toifasidan kelib chiqib tabaqalashgan taʼlim dasturlari asosida uzluksiz kasbiy rivojlantirishning vertikal tizimi (vazirlik — malaka oshirish muassasasi — taʼlim tashkiloti) yoʻlga qoʻyiladi;
b) maktabgacha va maktab taʼlimi tashkilotlarining xodimlari uchun besh yilda bir marotaba ishdan ajralgan holda oʻtkaziladigan malaka oshirish kurslari joriy qilinadi. Bunda:
rahbar kadrlar uchun malaka oshirish kurslari menejerlik oʻquv kurslari uchun joriy etilgan tartib asosida, pedagog va mutaxassis kadrlar uchun — variativ (ixtiyoriy tanlov) va invariant (majburiy) modullardan iborat boʻlgan hamda ularda zamonaviy kompetensiyalarni shakllantirishga yoʻnaltirilgan taʼlim dasturlari boʻyicha tashkil etiladi;
malaka oshirish kurslarida taʼlim olayotgan tinglovchilar bilimini baholash jarayonlarining pedagog kadrlarga malaka toifasini berish va ularni kasbiy sertifikatlash tizimlari bilan uzviyligi taʼminlanadi;
malaka oshirish kurslari oraligʻida xodimlarning oʻzaro tajriba almashish va oʻzini oʻzi mustaqil rivojlantirishga asoslangan uzluksiz kasbiy rivojlantirish shakllari tashkil etiladi;
v) malaka oshirish tizimi natijalarini baholashning yangi tartibi joriy etiladi va uning doirasida maktabgacha va maktab taʼlimi tashkilotlari xodimlarining faoliyat samaradorligini oshirishga alohida eʼtibor qaratiladi;
g) Prezident maktablarida oʻquvchilarni oʻqitish, kasb-hunarga yoʻnaltirish, ularda tanqidiy fikrlash, axborotni izlash va tahlil qilish koʻnikmalarini shakllantirish, olingan bilimlarni amaliyotda qoʻllash boʻyicha toʻplangan ilgʻor tajribalar uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimi orqali umumiy oʻrta taʼlim muassasalariga keng tatbiq etiladi.
5. Belgilab qoʻyilsinki, 2025-yil 1-yanvardan boshlab pedagog va mutaxassis kadrlar kasbiy rivojlanishining uzluksizligini taʼminlash maqsadida barcha umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida malaka oshirishning “Kasbiy rivojlanish soati”, tayanch umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida esa, shuningdek, “Kasbiy rivojlanish kuni” kabi shakllari bosqichma-bosqich joriy etiladi. Bunda:
“Kasbiy rivojlanish soati” va “Kasbiy rivojlanish kuni” tadbirlarini tashkil etish uchun har bir tuman (shahar)da yuqori malakali oʻqituvchilar orasidan fanlar kesimida mentor-oʻqituvchilar tarkibi shakllantiriladi;
“Kasbiy rivojlanish soati” doirasida fan metodika birlashmalari va mentor-oʻqituvchilar tomonidan oʻqituvchilarning darslari tahlil qilinadi, ularga metodik yordam koʻrsatiladi, kasbiy rivojlanishi boʻyicha tavsiyalar beriladi;
“Kasbiy rivojlanish kuni” doirasida har bitta fan boʻyicha tayanch umumiy oʻrta taʼlim muassasalari tanlanadi va ushbu muassasalarda oʻqituvchilar uchun kasbiy rivojlantirish boʻyicha oʻquv mashgʻulotlari oʻtkaziladi;
Institut va Hududiy markazlarda mentor-oʻqituvchilar uchun alohida tayyorlov kurslari tashkil etiladi;
mentor-oʻqituvchi sifatida faoliyat yuritayotgan fan oʻqituvchilariga asosiy ish joyi boʻlgan umumiy oʻrta taʼlim muassasasi direktor jamgʻarmasi hisobidan lavozim maoshining 20 foizi miqdorida qoʻshimcha har oylik ustama haq toʻlanadi.
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (X. Umarova) ikki oy muddatda “Kasbiy rivojlanish soati” va “Kasbiy rivojlanish kuni” tadbirlarini oʻtkazish tartibini tasdiqlasin.
6. Belgilansinki, 2024-yil 1-iyuldan boshlab maktabgacha va maktab taʼlimi tashkilotlari xodimlarining xorijda malaka oshirish kurslarida oʻqiganligi yoki stajirovkadan oʻtganligi haqidagi hujjatlari (diplom, sertifikat, guvohnoma va boshqalar) milliy uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimida malaka oshirganlik toʻgʻrisidagi hujjat sifatida tan olinadi.
Bunda xorijdagi malaka oshirish kurslari va stajirovkalarga qoʻyiladigan talablar Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
7. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (X. Umarova) 2025-yil 1-yanvarga qadar Institut va Hududiy markazlarga kamida bir nafardan nufuzli xorijiy oliy taʼlim tashkilotlarini bitirgan chet ellik mutaxassislarni, shuningdek, ushbu muassasalarning metodik xizmat koʻrsatish boʻlimlari metodisti lavozimiga yuqori malakali va tajribali kadrlarni jalb qilsin.
Belgilansinki:
Institut va Hududiy markazlarning metodik xizmat koʻrsatish boʻlimlari metodistlarining bazaviy tarif stavkasi miqdori oliy taʼlim muassasasi ilmiy daraja yoki ilmiy unvonga ega boʻlgan katta oʻqituvchisining bazaviy tarif stavkasiga tenglashtiriladi;
Institut va Hududiy markazlarning mazkur qarorga muvofiq jalb qilinadigan chet ellik mutaxassislariga Prezident maktablarining xorijiy mutaxassislariga nisbatan joriy etilgan mehnatga haq toʻlash shartlari tatbiq etiladi;
Institut va Hududiy markazlarga chet ellik mutaxassislarni jalb qilish va ularning mehnatiga haq toʻlash bilan bogʻliq xarajatlarni Iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplashga ruxsat etiladi.
8. Institut va Hududiy markazlarga oʻquv mashgʻulotlarini olib borish uchun bakalavr darajasiga ega boʻlgan, kasbiy faoliyatida yuqori natijalarga erishgan hamda tegishli xalqaro yoki milliy sertifikatlarni qoʻlga kiritgan mutaxassislarni ishga qabul qilishga ruxsat etilsin. Bunda:
Institut va Hududiy markazlarning bakalavr darajasiga ega boʻlgan mutaxassislariga nisbatan oliy taʼlim muassasalarining ilmiy unvonga yoki ilmiy darajaga ega boʻlmagan assistent oʻqituvchilari uchun belgilangan lavozim maoshi qoʻllanadi;
bakalavr darajasiga ega boʻlgan mutaxassislarga qoʻyiladigan talablar Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan belgilanadi.
9. 2024 — 2027-yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar pedagogik mahorat markazlarining moddiy-texnika bazasini bosqichma-bosqich mustahkamlash boʻyicha asosiy parametrlar 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
10. Belgilab qoʻyilsinki:
Hududiy markazlarda amalga oshiriladigan qurilish-taʼmirlash ishlari boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish uchun talab etiladigan mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturida (keyingi oʻrinlarda — Dastur) loyiha-qidiruv ishlari uchun koʻzda tutilgan mablagʻlar hisobidan ajratiladi;
2024-yilda Hududiy markazlarda qurilish-taʼmirlash ishlarini amalga oshirish uchun talab etiladigan 50 milliard soʻm miqdoridagi mablagʻlar Dastur doirasida ajratiladi, 2025-yildan boshlab esa, Dasturni shakllantirishda belgilangan tartibda inobatga olinadi;
Hududiy markazlarda amalga oshiriladigan qurilish-taʼmirlash ishlari boʻyicha buyurtmachi etib — Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi huzuridagi “Infratuzilmani rivojlantirish” injiniring kompaniyasi, jihozlash ishlari boʻyicha — Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi “Taʼminot va logistika xizmati” davlat unitar korxonasi belgilanadi.
11. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi sogʻlomlashtirish oromgohlari 6-ilovaga muvofiq Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimi xodimlari, ilgʻor pedagoglar hamda iqtidorli oʻquvchilar uchun moʻljallangan dam olish maskanlari sifatida qayta tashkil etilsin.
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (X. Umarova) Adliya vazirligi (A. Tashkulov) hamda Kadastr agentligi (F. Pulatov) bilan birgalikda ikki oy muddatda ushbu dam olish maskanlari ustavlarini roʻyxatdan oʻtkazish hamda tegishli kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish choralarini koʻrsin.
12. Belgilansinki, mazkur qaror ijrosini taʼminlash bilan bogʻliq xarajatlarni moliyalashtirish 2024-yilda Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchi sifatida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligiga ajratilgan mablagʻlar doirasida amalga oshiriladi, 2025-yildan boshlab esa Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladi.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 7-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
14. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (X. Umarova) uch oy muddatda:
maktabgacha va maktab taʼlimi tashkilotlari xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirishni tashkil etishga oid Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Institut va Hududiy markazlarga professional, malakali va zamonaviy talablarga javob beradigan maʼmuriy-boshqaruv va pedagog xodimlar, shu jumladan, xorijiy mutaxassislarni tanlov asosida qabul qilish tartibini joriy etsin;
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
15. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri X.U. Umarova belgilansin.
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamenti rahbari O.Q. Abduraxmonov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2024-yil 21-iyun,
PQ-231-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-iyundagi PQ-231-son qaroriga 1-ILOVA
A. Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutining asosiy vazifalari
1) Prezident maktablarida oʻquvchilarni oʻqitish, kasb-hunarga yoʻnaltirish, ularda tanqidiy fikrlash, axborotni izlash va tahlil qilish koʻnikmalarini shakllantirish, olingan bilimlarni amaliyotda qoʻllash boʻyicha toʻplangan ilgʻor tajribalarni uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimi orqali umumiy oʻrta taʼlim muassasalariga keng tatbiq etish;
2) rahbar, pedagog va mutaxassis kadrlarni uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimi samaradorligini taʼminlash, ularning kasbiy bilim, koʻnikma va mahoratini muntazam oshirib borish, malaka oshirish va qayta tayyorlashning anʼanaviy, muqobil, dual va mustaqil shakllarini amaliyotga keng joriy etish;
3) malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslarining oʻquv reja va dasturlarini ishlab chiqish hamda ularni zamon talablari va xorijiy ilgʻor tajribalar asosida takomillashtirib borish;
4) kelajak maktabi, uning rahbari va oʻqituvchisining modelini yaratish asosida umumiy oʻrta taʼlim muassasalari xodimlarining kasbiy standartlarini ishlab chiqish va doimiy tarzda rivojlantirib borish, oʻquv-metodik faoliyatning taʼlim jarayoni bilan aloqalarini mustahkamlash;
5) davlat va nodavlat taʼlim tashkilotlari uchun uzluksiz kasbiy rivojlantirish kurslarining namunaviy oʻquv reja va dasturlarini ishlab chiqish va doimiy yangilab borish;
6) umumiy oʻrta taʼlim sohasidagi ilgʻor xorijiy tajribalarni oʻrganish va mamlakatimizda joriy etish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish, xorijiy yetakchi taʼlim tashkilotlari bilan xalqaro aloqalarni rivojlantirish;
7) umumiy oʻrta taʼlimning dolzarb muammolari yuzasidan turli dastur va loyihalarni amalga oshirish, ilmiy-uslubiy konferensiya va seminarlar tashkil etish;
8) doktorantura yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari boʻyicha yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, ilmiy xodimlarning kasbiy bilim darajasini doimiy oshirib borish;
9) “Uzluksiz kasbiy taʼlim” maxsus elektron platformasini yuritish va uning faoliyatini takomillashtirib borish.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-iyundagi PQ-231-son qaroriga 2-ILOVA
Maktabgacha va maktab taʼlimi tashkilotlari rahbar, pedagog va mutaxassis kadrlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini takomillashtirish boʻyicha
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-apreldagi PF-73-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.04.2025-y., 06/25/73/0389-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-iyundagi PQ-231-son qaroriga 3-ILOVA
2030-yilgacha maktabgacha va maktab taʼlimi tashkilotlari rahbar, pedagog va mutaxassis kadrlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish boʻyicha erishiladigan
T/r Koʻrsatkich nomi Oʻlchov birligi Yillar kesimida Masʼul ijrochilar 2025-y. 2026-y. 2027-y. 2028-y. 2029-y. 2030-y. I. Maktabgacha taʼlim tashkilotlari rahbar, pedagog va mutaxassis kadrlari salohiyatini oshirish 1. Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida oliy maʼlumotga ega boʻlgan pedagog kadrlar salmogʻi foizda (jami pedagog kadrlar soniga nisbatan) 35 36 37 38 39 40 Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (X. Umarova) 2. Malaka oshirish kurslariga har yili jalb etiladigan davlat va nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari rahbar va pedagog kadrlari ulushi foizda (jami pedagog kadrlar soniga nisbatan) 20 20 20 20 20 20 Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (X. Umarova) 3. Maktabgacha taʼlim tizimining boshqaruv kadrlari zaxirasiga olingan mutaxassislarni menejerlik kursiga jalb etish salmogʻi foizda (jami zaxiradagi kadrlar soniga nisbatan) 10 20 30 50 75 100 Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (X. Umarova) 4. Maktabgacha taʼlim tashkilotlari rahbar va pedagog kadrlari uchun qisqa muddatli oʻquv kurslari, mahorat darslari va trening mashgʻulotlari oʻtkazish uchun jalb etiladigan xorijiy mutaxassislar soni nafar 10 14 16 16 16 16 Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (X. Umarova) 5. Menejerlik kurslarida malakasi oshirilgan va menejerlik sertifikatlariga ega boʻlgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktorlari soni nafar 500 1 000 1 500 2 000 3 000 4 000 Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (X. Umarova) II. Umumiy oʻrta taʼlim maktablarining rahbar, pedagog va mutaxassis kadrlari salohiyatini oshirish 6. Menejerlik kurslarida malakasi oshirilgan va menejerlik sertifikatiga ega boʻlgan umumiy oʻrta taʼlim muassasalari direktorlari soni foizda (jami direktorlar soniga nisbatan) 20 20 20 20 20 20 Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (X. Umarova) 7. Jahonning yetakchi oliy taʼlim tashkilotlari va maktablariga stajirovkaga yuboriladigan umumiy oʻrta taʼlim muassasalari direktorlari soni nafar 25 25 25 25 25 25 Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (X. Umarova) 8. Uzluksiz kasbiy rivojlantirishning muqobil shakllari orqali malakasi oshiriladigan umumiy oʻrta taʼlim muassasalari pedagog xodimlarining ulushi foizda (jami pedagog kadrlar soniga nisbatan) 2 2 3 3 4 5 Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (X. Umarova) III. Pedagogik mahorat markazlarini yuqori malakali rahbar, pedagog va mutaxassis xodimlar bilan taʼminlash 9. Pedagogik mahorat markazlarining Davlat boshqaruv akademiyasida maqsadli malaka oshirish kurslariga yuboriladigan rahbar xodimlari soni nafar 5 10 15 20 24 26 Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (X. Umarova) 10. Pedagogik mahorat markazlariga jalb etiladigan xorijiy mutaxassislar soni nafar 14 28 42 – – – Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (X. Umarova) 11. Pedagogik mahorat markazlarining uzluksiz kasbiy rivojlantirishning muqobil shakllari asosida malakasi oshiriladigan metodistlari salmogʻi foizda (jami metodistlar soniga nisbatan) 30 35 40 45 50 60 Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (X. Umarova)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-iyundagi PQ-231-son qaroriga 4-ILOVA
Pedagogik mahorat markazlari balansiga oʻtkaziladigan pedagogika kollejlarining
T/r Hudud nomi Kollej nomi Pedagogik mahorat markazlari 1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Toʻrtkoʻl pedagogika kolleji Qoraqalpogʻiston Respublikasi pedagogik mahorat markazi 2. Andijon viloyati Asaka pedagogika kolleji Andijon viloyati pedagogik mahorat markazi 3. Jizzax viloyati Zomin pedagogika kolleji Jizzax viloyati pedagogik mahorat markazi 4. Qashqadaryo viloyati Shahrisabz pedagogika kolleji Qashqadaryo viloyati pedagogik mahorat markazi 5. Namangan viloyati Namangan pedagogika kolleji Namangan viloyati pedagogik mahorat markazi 6. Samarqand viloyati Toyloq pedagogika kolleji Samarqand viloyati pedagogik mahorat markazi 7. Sirdaryo viloyati Yangiyer pedagogika kolleji Sirdaryo viloyati pedagogik mahorat markazi 8. Surxondaryo viloyati Angor pedagogika kolleji Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi 9. Fargʻona viloyati Margʻilon pedagogika kolleji Fargʻona viloyati pedagogik mahorat markazi 10. Xorazm viloyati Xiva pedagogika kolleji Xorazm viloyati pedagogik mahorat markazi 11. Toshkent viloyati Oʻrta Chirchiq pedagogika kolleji Toshkent viloyati pedagogik mahorat markazi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-iyundagi PQ-231-son qaroriga 5-ILOVA
2024 — 2027-yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar pedagogik mahorat markazlari moddiy-texnika bazasini bosqichma-bosqich mustahkamlash boʻyicha
T/r Muassasalar nomi Yangi bino qurish va mavjud binoni rekonstruksiya qilish Mavjud binoni mukammal taʼmirlash Jihozlash ishlarining dastlabki hisobiy qiymati (mlrd soʻm) Moliyalashtirish manbasi jami quvvati (oʻrin) shu jumladan: dastlabki hisobiy qiymati (mlrd soʻm) jami quvvati (oʻrin) dastlabki hisobiy qiymati (mlrd soʻm) Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida Budjet mablagʻlari doirasida oʻquv binosi qurish oshxona qurish yotoqxona qurish mavjud binolarni rekonstruksiya qilish 2024-yil 650 650 250 200 0 40,0 1 275 4,0 11,0 50,0 5,0 1. Toshkent viloyati pedagogik mahorat markazi 650 650 100 200 35,0 6,0 41,0 2. Qashqadaryo viloyati pedagogik mahorat markazi 150 5,0 2,5 5,0 2,5 3. Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi 1 275 4,0 2,5 4,0 2,5 2025-yil 875 650 100 150 225 37,0 950 4,1 9,0 48,6 1,5 4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi pedagogik mahorat markazi 950 4,1 1,5 4,1 1,5 5. Andijon viloyati pedagogik mahorat markazi 425 200 225 15,0 4,0 19,0 6. Navoiy viloyati pedagogik mahorat markazi 450 450 100 150 22,0 3,5 25,5 2026-yil 450 0 0 0 450 15 2 290 17,5 6,7 35,5 3,7 7. Buxoro viloyati pedagogik mahorat markazi 720 15,0 2,0 15,0 2,0 8. Xorazm viloyati pedagogik mahorat markazi 450 450 15,0 3,0 18,0 9. Samarqand viloyati pedagogik mahorat markazi 1 570 2,5 1,7 2,5 1,7 2027-yil 950 950 200 300 0 55 845 8 10,8 72,0 1,8 10. Namangan viloyati pedagogik mahorat markazi 650 650 100 200 35,0 6,0 41,0 11. Sirdaryo viloyati pedagogik mahorat markazi 300 300 100 100 20,0 3,0 23,0 12. Fargʻona viloyati pedagogik mahorat markazi 845 8,0 1,8 8,0 1,8 Respublika boʻyicha 2 925 2250 550 650 675 147,0 5 360 33,6 37,5 206,1 12,0
Izoh: yangi binolarni qurish va jihozlash uchun zarur boʻladigan mablagʻlarga har yili ishlab chiqiladigan loyiha-smeta hujjatlari va haqiqiy talablar asosida hisob-kitob qilish orqali aniqlik kiritiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-iyundagi PQ-231-son qaroriga 6-ILOVA
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimi xodimlari, ilgʻor pedagoglar hamda iqtidorli oʻquvchilar uchun moʻljallangan dam olish maskanlari sifatida qayta tashkil etilayotgan sogʻlomlashtirish oromgohlari
T/r Amaldagi nomi Hudud nomi Manzili Yer maydoni (ga) Tashkil etilayotgan shakli Tashkilot nomi Tasarruf etuvchi tashkilot nomi Moliyalashtirish manbai 1. Respublika Mehribonlik uyi Toshkent viloyati Boʻstonliq tumani, “Qizilsuv” MFY 12 ga Respublika dam olish maskani Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi Respublika budjeti 2. “Lochin” Jizzax viloyati Zomin tumani, “Bogʻishamol” MFY 2,7 ga Jizzax viloyati dam olish maskani Jizzax viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi Mahalliy budjet 3. “Gagarin” Qashqadaryo viloyati Qamashi tumani, Yakka archa qishlogʻi 5,9 ga Qashqadaryo viloyati dam olish maskani Qashqadaryo viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi Mahalliy budjet 4. “Qaldirgʻoch” Samarqand viloyati Jomboy tumani, Oqtepa qishlogʻi 4 ga Samarqand viloyati 1-son dam olish maskani Samarqand viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi Mahalliy budjet 5. “Xumor” Samarqand viloyati Paxtachi tumani, Xumor qoʻrgʻoni 1,8 ga Samarqand viloyati 2-son dam olish maskani Samarqand viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi Mahalliy budjet 6. “Yoshlik” Samarqand viloyati Oqdaryo tumani, “Uchtepa” MFY 0,18 ga Samarqand viloyati 3-son dam olish maskani Samarqand viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi Mahalliy budjet 7. “Qoʻqon nafosat” Fargʻona viloyati Fargʻona viloyati, Qoʻqon shahri, Furqat koʻchasi 147-uy 1,1 ga Fargʻona viloyati dam olish maskani Fargʻona viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi Mahalliy budjet
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-iyundagi PQ-231-son qaroriga 7-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-noyabrdagi “Taʼlim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4884-son qarorining 6-bandi birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Belgilansinki, Institut Maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktor va mutaxassislarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar Pedagogik mahorat markazlari (keyingi oʻrinlarda — hududiy markazlar) uchun bosh taʼlim muassasasi hisoblanadi hamda ularning oʻquv, metodik va ilmiy faoliyatiga rahbarlik qiladi”.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 25-yanvardagi “Xalq taʼlimi sohasidagi ilmiy-tadqiqot faoliyatini qoʻllab quvvatlash hamda uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini joriy qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4963-son qarorida:
a) nomlanishi va muqaddimadagi “Xalq taʼlimi” soʻzlari “Maktabgacha va maktab taʼlimi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 1-bandda:
“a” kichik bandning birinchi — uchinchi xatboshilaridagi “xalq taʼlimi” soʻzlari “maktabgacha va maktab taʼlimi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“b” kichik bandda:
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“b) Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (X. Umarova) hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov) tomonidan”;
ikkinchi xatboshidagi “xalq taʼlimi” soʻzlari “maktabgacha va maktab taʼlimi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“v” kichik bandda:
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“v) Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (X. Umarova) tomonidan”;
ikkinchi va uchinchi xatboshilardagi “xalq taʼlimi” soʻzlari “maktabgacha va maktab taʼlimi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“g” kichik banddagi “Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (U. Tashkenbayev), Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov) hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (A. Toshkulov)” soʻzlari “Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (X. Umarova) hamda Oliy, taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 3-banddagi “xalq taʼlimi” soʻzlari “maktabgacha va maktab taʼlimi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
g) 4-bandda:
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining A. Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti (keyingi oʻrinlarda — Institut), Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar Pedagogik mahorat markazlari, pedagog kadrlar tayyorlaydigan oliy taʼlim muassasalari hamda nodavlat taʼlim tashkilotlari tomonidan maktabgacha va maktab taʼlimi xodimlarining malakasini oshirish bilan bogʻliq xarajatlarni moliyalashtirish uchun zarur mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetidan birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchi sifatida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligiga ajratiladi”;
uchinchi xatboshidagi “Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan xalq taʼlimi” soʻzlari “Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan maktabgacha va maktab taʼlimi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
d) 6-bandda:
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“6. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov) maktabgacha va maktab taʼlimi xodimlari malakasini oshirish kurslarini tashkil etgan oliy taʼlim muassasalariga”;
ikkinchi xatboshidagi “xalq taʼlimi” soʻzlari “maktabgacha va maktab taʼlimi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshidagi “Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov) Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (A. Toshkulov)” va “xalq taʼlimi” soʻzlari tegishincha “Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (X. Umarova) Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov)” va “maktabgacha va maktab taʼlimi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
e) 7-bandda:
birinchi xatboshidagi “Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov)” soʻzlari “Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (X. Umarova)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi va beshinchi xatboshilardagi “Xalq taʼlimi vazirligining” soʻzlari “Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
j) 8-bandning ikkinchi — toʻrtinchi xatboshilaridagi “Xalq taʼlimi” soʻzlari “Maktabgacha va maktab taʼlimi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
z) 9-bandning ikkinchi, toʻrtinchi, yettinchi va sakkizinchi xatboshilaridagi “xalq taʼlimi” soʻzlari “maktabgacha va maktab taʼlimi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
i) 10-bandda:
uchinchi xatboshidagi “xalq taʼlimi” soʻzlari “maktabgacha va maktab taʼlimi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“hududiy markazlarining rahbarlari va rahbar oʻrinbosarlari maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi”;
beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2024-yil 1-iyuldan boshlab Institut va hududiy markazlar rahbarlari va oʻrinbosarlariga — oliy taʼlim muassasasining tegishincha rektori va prorektorlari uchun, tarkibiy boʻlinmalar boshliqlariga — oliy taʼlim muassasasi fakultet dekani uchun, bosh mutaxassislariga — oliy taʼlim muassasasi katta oʻqituvchisi uchun, yetakchi mutaxassislariga — oliy taʼlim muassasasi assistent oʻqituvchisi uchun, professor-oʻqituvchilari, texnik, xizmat koʻrsatuvchi va oʻquv-yordamchi xodimlariga — oliy taʼlim muassasalarining tegishli lavozimlari uchun hamda ilmiy xodimlariga — Fanlar akademiyasi tizimidagi ilmiy-tadqiqot institutlarining ilmiy xodimlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirish shartlari tatbiq etiladi. Bunda bir nafar oʻqituvchi hisobiga toʻgʻri keladigan tinglovchilar soni nisbatining cheklangan normativi 1:12 nisbatda belgilanadi”;
quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“moddiy ragʻbatlantirish maxsus fondlari mablagʻlari hisobidan Institut va hududiy markazlarning maʼmuriy-boshqaruv, metodist va pedagogik xodimlarini ragʻbatlantirish davlat boshqaruvi organlari uchun belgilangan shartlarda amalga oshiriladi. Bunda moddiy ragʻbatlantirish maxsus fondi mablagʻlari hisobidan hududiy markazlar xodimlarini ragʻbatlantirish Institut bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi”;
k) 11-bandning oltinchi xatboshisidagi “Xalq taʼlimi vazirligi va Innovatsion rivojlanish vazirligi” soʻzlari “Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi va Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
l) 12-bandda:
uchinchi xatboshidagi “Innovatsion rivojlanish vazirligi” soʻzlari “Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshidagi “Xalq taʼlimi” soʻzlari “Taʼlim” soʻzi bilan almashtirilsin;
m) 1-ilovada:
ilova hamda I — V boʻlimlar nomidagi tegishli kelishikdagi “Xalq taʼlimi” soʻzlari tegishli kelishikdagi “Maktabgacha va maktab taʼlimi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
9-pozitsiyada:
“Chora-tadbirlar nomi” ustunidagi “xalq taʼlimi” soʻzlari “maktabgacha va maktab taʼlimi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Masʼul ijrochilar” ustunidagi “Xalq taʼlimi vazirligi (Shermatov), Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (Tashkenbayev)” soʻzlari “Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (Umarova)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
12-pozitsiyada:
“Chora-tadbirlar nomi” ustunidagi “Xalq taʼlimi vazirligining A. Avloniy nomidagi Pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga oʻrgatish milliy-tadqiqot instituti” soʻzlari “Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining A. Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Masʼul ijrochilar” ustunidagi “Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abduraxmonov), Xalq taʼlimi vazirligi (Shermatov)” soʻzlari “Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Sharipov), Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (Umarova)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
13-pozitsiyada:
“Chora-tadbirlar nomi” ustunidagi “xalq taʼlimi” soʻzlari “maktabgacha va maktab taʼlimi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Masʼul ijrochilar” ustunidagi “Xalq taʼlimi vazirligi (Shermatov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abduraxmonov)” soʻzlari “Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (Umarova), Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Sharipov)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
14-pozitsiyaning “Masʼul ijrochilar” ustunidagi “Xalq taʼlimi vazirligi (Shermatov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abduraxmonov)” soʻzlari “Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (Umarova), Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Sharipov)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
15-pozitsiyada:
“Chora-tadbirlar nomi” ustunidagi “xalq taʼlimi” soʻzlari “maktabgacha va maktab taʼlimi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Moliyalashtirish manbalari” ustunidagi “Xalq taʼlimi vazirligi” soʻzlari “Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Masʼul ijrochilar” ustunidagi “Xalq taʼlimi vazirligi (Shermatov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abduraxmonov)” soʻzlari “Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (Umarova), Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Sharipov)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
18-pozitsiyada:
“Moliyalashtirish manbalari” ustunidagi “Xalq taʼlimi vazirligi” soʻzlari “Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Masʼul ijrochilar” ustunidagi “Xalq taʼlimi vazirligi (Shermatov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abduraxmonov)” soʻzlari “Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (Umarova), Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Sharipov)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
19-pozitsiyaning “Masʼul ijrochilar” ustunidagi “Xalq taʼlimi vazirligi (Shermatov)” soʻzlari “Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (Umarova)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
20-pozitsiyada:
“Chora-tadbirlar nomi” ustunidagi “Xalq taʼlimi” soʻzlari “Maktabgacha va maktab taʼlimi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Masʼul ijrochilar” ustunidagi “Xalq taʼlimi vazirligi (Shermatov), Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (Tashkenbayev)” soʻzlari “Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (Umarova)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
21-pozitsiyada:
“Chora-tadbirlar nomi” ustunidagi “Xalq taʼlimi” soʻzlari “Maktabgacha va maktab taʼlimi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Masʼul ijrochilar” ustunidagi “Xalq taʼlimi vazirligi (Shermatov), Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (Burxanov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sodiqov)” soʻzlari “Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (Umarova), Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (Burxanov), Raqamli texnologiyalar vazirligi (Shermatov)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
22-pozitsiyaning “Masʼul ijrochilar” ustunidagi “Xalq taʼlimi vazirligi (Shermatov)” soʻzlari “Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (Umarova)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
23-pozitsiyada:
“Chora-tadbirlar nomi” ustunidagi “Xalq taʼlimi” soʻzlari “Maktabgacha va maktab taʼlimi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Masʼul ijrochilar” ustunidagi “Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abduraxmonov), Xalq taʼlimi vazirligi (Shermatov)” soʻzlari “Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Sharipov), Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (Umarova)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
n) 2-ilova 2025-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
o) 3-ilovada:
nomidagi “Xalq taʼlimi vazirligining A. Avloniy nomidagi Pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga oʻrgatish milliy-tadqiqot instituti” soʻzlari “A. Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti” soʻzlari bilan almashtirilsin;
4-pozitsiyada:
“Moliyalashtirish manbalari” ustunidagi “Xalq taʼlimi vazirligi” soʻzlari “Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Masʼul ijrochilar” ustunidagi “Xalq taʼlimi vazirligi (Shermatov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abduraxmonov), Fanlar akademiyasi (Yuldashev), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Toshkulov)” soʻzlari “Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (Umarova), Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Sharipov), Fanlar akademiyasi (Yuldashev)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
7-pozitsiyada:
“Ustuvor masalalar” ustunidagi “Xalq taʼlimi” soʻzlari “Maktabgacha va maktab taʼlimi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Masʼul ijrochilar” ustunidagi “Xalq taʼlimi vazirligi (Shermatov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Toshkulov)” soʻzlari “Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (Umarova), Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Sharipov)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
8-pozitsiyada:
“Ustuvor masalalar” ustunidagi “Xalq taʼlimi vazirligiga” soʻzlari “Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Masʼul ijrochilar” ustunidagi “Xalq taʼlimi vazirligi (Shermatov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Toshkulov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abduraxmonov)” soʻzlari “Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (Umarova), Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Sharipov)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
11-pozitsiyaning “Masʼul ijrochilar” ustunidagi “Xalq taʼlimi vazirligi (Shermatov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abduraxmonov), Tashqi ishlar vazirligi (Komilov)” soʻzlari “Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (Umarova), Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Sharipov), Tashqi ishlar vazirligi (Saidov)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
13-pozitsiyada:
“Ustuvor masalalar” ustunining uchinchi xatboshisidagi “xalq taʼlimi” soʻzlari “maktabgacha va maktab taʼlimi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Masʼul ijrochilar” ustunidagi “Xalq taʼlimi vazirligi (Shermatov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abduraxmonov)” soʻzlari “Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (Umarova), Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Sharipov)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
14-pozitsiyada:
“Ustuvor masalalar” ustunidagi “xalq taʼlimi” soʻzlari “maktabgacha va maktab taʼlimi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Masʼul ijrochilar” ustunidagi “Xalq taʼlimi vazirligi (Shermatov)” soʻzlari “Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (Umarova)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
p) 5-ilovaning nomlanishidagi “Xalq taʼlimi vazirligining A. Avloniy nomidagi Pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga oʻrgatish milliy-tadqiqot instituti” soʻzlari “A. Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti” soʻzlari bilan almashtirilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasida xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5117-son qarori 5-bandi “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisi “davlat oliy taʼlim muassasalari oʻqituvchilarining xarajatlari esa oliy taʼlim muassasalarining” soʻzlaridan keyin “, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha davlat taʼlim muassasalari oʻqituvchilarining xarajatlari — kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha davlat taʼlim muassasalarining” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-iyundagi “Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti faoliyatini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-290-son qarorida:
a) 7-bandda “Xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi A. Avloniy nomidagi pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga oʻrgatish milliy-tadqiqot instituti (keyingi oʻrinlarda — Milliy-tadqiqot instituti)” soʻzlari “Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi A. Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti (keyingi oʻrinlarda — Institut)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 9-bandning birinchi, uchinchi, toʻrtinchi va oltinchi xatboshilaridagi tegishli kelishikdagi “Milliy-tadqiqot instituti” soʻzlari tegishli kelishikdagi “Institut” soʻzi bilan almashtirilsin;
v) 10-bandda:
birinchi xatboshidagi “Xalq taʼlimi vazirligi” soʻzlari “Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshidagi “Milliy-tadqiqot instituti” soʻzlari “Institut” soʻzi bilan, “Xalq taʼlimi xodimlarining” soʻzlari “Rahbar kadrlarning” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“b” va “g” kichik bandlardagi “Milliy-tadqiqot institutining” soʻzlari “Institutning” soʻzi bilan almashtirilsin;
g) 11-bandning yettinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“A. Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar Pedagogik mahorat markazlari metodistlarining bazaviy tarif stavkasi miqdori oliy taʼlim muassasasi ilmiy daraja yoki ilmiy unvonga ega boʻlgan katta oʻqituvchisining bazaviy tarif stavkasi miqdoriga tenglashtiriladi”.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-noyabrdagi “Bolalarning dam olishlarini tizimli tashkil etish va sogʻlomlashtirish ishlarini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-427-son qaroriga 2-ilovaning 22-pozitsiyasi chiqarib tashlansin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-fevraldagi PQ-75-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat va jamiyat qurilishi, sud-huquq, iqtisodiyot va ijtimoiy sohalardagi qonunlarning havolaki normalarini amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasining 7-pozitsiyasi chiqarib tashlansin.