MK · 581-modda

581-modda. Ish tashlash huquqi

Mehnat kodeksi 34-bob. Mehnat nizolarini koʻrib chiqish Rasmiy manba (lex.uz)

Agar ushbu Kodeksda belgilangan yarashtiruv-vositachilik tartib-taomillari orqali jamoaviy mehnat nizosini hal qilishning iloji boʻlmasa, shuningdek ish beruvchi yarashtiruv-vositachilik tartib-taomillaridan bosh tortgan yoki jamoaviy mehnat nizosini hal qilish paytida erishilgan kelishuvni bajarmagan boʻlsa, mehnat jamoasi jamoaviy mehnat nizosini hal qilishning usuli sifatida ish tashlash toʻgʻrisida qaror qabul qilishi mumkin.

Ish tashlashda qatnashish ixtiyoriydir. Hech kim ish tashlashda qatnashishga yoki unda qatnashmaslikka majbur qilinishi mumkin emas.

Ish tashlash, qoida tariqasida, xodimlarning doimiy ish joyida amalga oshiriladi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.