MK · 582-modda

582-modda. Ish tashlashni eʼlon qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilish

Mehnat kodeksi 34-bob. Mehnat nizolarini koʻrib chiqish Rasmiy manba (lex.uz)

Ish tashlashni eʼlon qilish toʻgʻrisidagi qaror tashkilot (filial, vakolatxona yoki boshqa alohida tarkibiy boʻlinma) xodimlarining umumiy yigʻilishida (konferensiyasida) qatnashayotgan xodimlarning (delegatlarning) ellik foizidan koʻprogʻi yoqlab bergan ovozi bilan qabul qilinadi.

Tashkilot (filial, vakolatxona yoki boshqa alohida tarkibiy boʻlinma) xodimlarining umumiy yigʻilishi (konferensiyasi) tomonidan ish tashlashni eʼlon qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilish ish tashlash boshlanishidan kamida bir oy oldin ushbu Kodeksning 36-moddasida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Ish tashlashni eʼlon qilish toʻgʻrisidagi qarorda quyidagilar koʻrsatilishi kerak:

ish tashlashni eʼlon qilish va oʻtkazish uchun asos boʻlgan jamoaviy mehnat nizosi taraflarining kelishmovchiliklari roʻyxati;

ish tashlash boshlanadigan sana, vaqt va joy;

ish tashlashga rahbarlik qiluvchi va uning ish tashlash chogʻidagi vakolatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;

xodimlarning yarashtiruv-vositachilik tartib-taomillarida ishtirok etuvchi vakillari roʻyxati.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.