MK · 585-modda

585-modda. Xodimlarga ish tashlash munosabati bilan beriladigan kafolatlar

Mehnat kodeksi 34-bob. Mehnat nizolarini koʻrib chiqish Rasmiy manba (lex.uz)

Xodimning ish tashlash bilan bogʻliq jarayonda ishtirok etgani uni intizomiy javobgarlikka tortish uchun asos sifatida koʻrib chiqilishi mumkin emas.

Ish tashlash paytida unda ishtirok etadigan xodimning ish joyi va lavozimi saqlanib qoladi.

Ish beruvchi xodimga u ish tashlashda qatnashgan vaqtida ish haqini toʻlamaslik huquqiga ega.

Ish tashlashda ishtirok etmagan, biroq ish tashlash oʻtkazilayotganligi sababli bekor turib qolgan xodimlarga haq toʻlash ushbu Kodeksda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Ish tashlashda ishtirok etmagan xodimlar bekor turib qolish munosabati bilan ish beruvchining tashabbusi bilan ushbu Kodeksda belgilangan tartibda vaqtincha boshqa ishga oʻtkazilishi mumkin.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.