MK · 587-modda

587-modda. Eʼlon qilingan ish tashlashning boshlash vaqtini kechiktirish yoki ish tashlashni toʻxtatib turish

Mehnat kodeksi 34-bob. Mehnat nizolarini koʻrib chiqish Rasmiy manba (lex.uz)

Ish tashlash insonlarning hayoti va sogʻligʻiga zarar yetkazish real xavfini keltirib chiqarsa, tinchlik va xavfsizlikka, jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga, ekologik barqarorlikka tahdid solsa, sudning qaroriga asosan:

eʼlon qilingan ish tashlashning boshlanish vaqti oʻttiz kalendar kundan koʻp boʻlmagan muddatga kechiktirilishi;

ish tashlash oʻttiz kalendar kundan koʻp boʻlmagan muddatga toʻxtatib turilishi mumkin.

Eʼlon qilingan ish tashlashning boshlanish vaqtini kechiktirish yoki ish tashlashni toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi sudning qarori toʻgʻrisida xodimlar ish tashlashga rahbarlik qiluvchi orqali darhol xabardor qilinishi shart.

Eʼlon qilingan ish tashlashning boshlanish vaqtini kechiktirish yoki ish tashlashni toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi sudning qarori darhol ijro etilishi kerak.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.