MK · 588-modda

588-modda. Ish tashlashni qayta tiklash

Mehnat kodeksi 34-bob. Mehnat nizolarini koʻrib chiqish Rasmiy manba (lex.uz)

Ish beruvchi tomonidan jamoaviy mehnat nizosini hal etish (tartibga solish) jarayonida mehnat jamoasi bilan erishilgan kelishuvlarda belgilangan majburiyatlar bajarilmagan taqdirda tugatilgan ish tashlash qayta tiklanishi mumkin.

Ish tashlashni qayta tiklash uchun jamoaviy mehnat nizosini yarashtiruv-vositachilik tartib-taomillari asosida qayta koʻrib chiqish talab qilinmaydi.

Kasaba uyushmasi qoʻmitasi ish beruvchini va jamoaviy mehnat nizolarini tartibga solish boʻyicha davlat organini ish tashlash qayta tiklanishi toʻgʻrisida kamida yetmish ikki soat oldin yozma ravishda ogohlantirishi kerak.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.